6. Xonliklar davri tarixiy geografiyasi Tayanch iboralar



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə12/18
tarix31.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84904
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
6MAVZU

Sirdaryo viloyati - Toshkent, Avliyoota, Kazalinsk, Perovsk, Chimkent;

Farg‘ona viloyati - Marg‘ilon, Andijon, О‘sh, Qо‘qon, Namangan;

Samarqand viloyati - Jizzax, Xо‘jand, Samarqand;

Yettisuv viloyati - Verniy, Kopal, Lersin, Pishpak, Prjevalsk; 

Kaspiyorti viloyati - Ashxobod, Krasnovodsk, Mang‘ishloq, Marv, Tajan, uezdlariga bо‘lingan.

Bulardan tashqari Turkiston general gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Amudaryo bо‘limi ham mavjud bо‘lib, u 1873 yilda Rossiya imperiyasi va Xiva xonligi о‘rtasidagi harbiy tо‘qnashuvlardan sо‘ng Xiva xonligidan tortib olingan hududlarda tashkil qilingan, Amudaryo bо‘limi – Turkiston general- Rossiya podsho hukumati Xiva xonligini bо‘ysundirgach (1873 y), Amudaryoning sо‘l qirg‘og‘ida yashovchi qoraqalpoqlar xonlik tarkibida qoldi, о‘ng qirg‘og‘idagilar esa imperiya tobeligiga о‘tkazildi. Bu joyda 1873 yilda Turkiston general-gubernatorligi tarkibidagi Amudaryo okrugi, 1874 yildan Amudaryo bо‘limi tashkil etildi. 1886 yilga kelib, Amudaryo bо‘limi Sirdaryo viloyatiga kiritildi. Bо‘lim hududida 95 ming qoraqalpoq, 55 ming о‘zbek, 40 ming qozoq va 16 ming turkman istiqomat qilgan. Amudaryo bо‘limi SHо‘roxon va Chimboy degan ikki qismdan iborat bо‘lib, Biybozor, Tо‘rtkо‘l, Tomdi, Shayx Abbos Vali, Mingbuloq, Soriboy, Chimboy, Nukus, Davqaron, Ishim, Naupir, Kо‘kkо‘l, Qо‘ng‘irot, Toldi va Kegayli (bо‘lis)larni о‘z ichiga olgan.

Amudaryo bо‘limining yer maydoni 111,5 ming km2 ni tashkil qilgan.

1868 yilda Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi о‘rtasidagi harbiy tо‘qnashuvlar natijasida buxoro amirligidan tortib olingan hududlarda tashkil qilingan Zarafshon okrugi alohida maxsus okrug statusiga ega bо‘lgan, bunday mavqega ega okruglar Rossiya imperiyasida 2 ta bо‘lgan (ikinchisi Chernomorsk okrugi)

Uezdlar uchastkalarga bо‘lib idora qilingan. Uchastkalar esa о‘z navbatida mahalliy ma’muriy amaldorlar (oqsoqollar, mingboshilar, biylar) boshqaradigan ma’muriy hududlarga bо‘lingan.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə