6. Xonliklar davri tarixiy geografiyasi Tayanch iboralar



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə8/18
tarix31.03.2022
ölçüsü1,53 Mb.
#84904
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
6MAVZU

Xiva iqtisodi

Xiva xonligi iqtisodiy hayotida qishloq xо‘jaligi alohida muhim о‘ringa ega edi. Xonlikda yer egaligi uch hil shaklda bо‘lib, davlat yerlari, vaqf yer egaligi va hususiy yer egaligi shakillaridan iborat bо‘lgan. Davlat yerlari odatda xon va uning yaqinlariga tegishli bо‘lib, odatda ular suv manbalariga yaqin hosildor yerlardan iborat bо‘lgan. Davlat xazinasiga xonning shaxsiy mulki sifatida qarash hukmron edi.

Hususiy yer mulklar ichida yirik mansabdor, harbiy-ma’muriy va diniy amaldorlarga tegishli yer-mulklar katta foizni tashkil etardi. Qishloq jamolari egalik qiladigan yerlar dehqonlarga odatda 8-12 tanobdan bо‘lib berilgan.

Vaqf yerlariga odatdagidek, masjid va madrasalarga, diniy Mahkamalr va qabristonlarga tegishli yerlar kirgan va ulardan olinadigan daromad shu joylarning sarf-harajati uchun ishlatilgan.

Voha iqtisodining asosini dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etib, dehqonchilikda Amudaryoning quyi oqimidan olingan kо‘plab kanallar va ariqlar muhim о‘rin tutgan.Bu ariq va kanallar orasida eng yiriklari quyidagi 11 ta sugorish shaxobchasi edi: Pitnak kanali, Polvon kanali, Kazovot kanali, Shohabbaz kanali, Yarmish kanali, Qilich Niyoz biy kanali, Qorakо‘z kanali, Arna kanali, Bо‘zsuv kanali, Suvvoli  Xon kanali.

Bulardan tashqari yana kо‘plab о‘rtacha kattalikdagi va uzunlikdagi sugorish kanallari va ariqlari ham voha dehqonchiligi uchun qо‘l kelgan. Qishloq xо‘jaligida paxta, sholi va ekinlar yetishtirish, bogdorchilik va poliz ekinlari ekish keng tarqalgan va rivojlangan edi. Biroq xonlik xududlarida ipakchilik yaxshi rivojlanmagan edi. О‘troq ahvoli ham о‘z xо‘jaliklarida chorva mollari boqsalarda, biroq chorvachilik mahsulotlariga bо‘lgan asosiy talablarini chorvadorlar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar yordamida qondirganlar. Chorvachilikda asosan bir urkachli tuyalar, ot va qо‘y boqilgan.

Hunarmandchilik ham xonlik iqtisodiy hayotida alohida о‘ringa ega bо‘lib, hunarmandchilik va hal amaliy san’atning Xiva xonligi xududlarida о‘ziga xos maktabi yaratilgan edi. Xonlikda har bir shaharda kо‘plab hunar turlari bilan shugullanuvchi hunarmandlar mavjud edi. Ular faqatgina ichki bozorni о‘z mahsulotlari bilan ta’minlabgina qolmasdan, balki tashqi savdoga ham ajoyib hunarmandchilik mahsulotlarini chiqarar edilar. Tashqi savdoda chetdan qо‘rgoshin, mis, temir, chuyan kabi metallar va metall buyumlar asosan Rossiyadan, oltin, kumush, hunarmandchilik mahsulotlari hamda qishloq xо‘jalik mahsulotlari Buxoro, Qо‘qon, Eron va Rossiyadan keltirilgan va о‘z navbatida Xiva xonligida ham chetga shunday mahsulotlar va nafis hunarmandchilik mahsulotlari chiqarilgan.

Xivalik savdogarlar tranzit savdo aloqalarida ham faol ishtirok etganlar va bu yerlardan о‘tadigan savdo karvonlaridan olinadigan boj yigimlari ham xonlik xazinasiga kattagina daromad keltirib turgan.

Xiroj va zakot kabi asosiy soliqlardan tashqari turli yigimlar va majburiyatlar mavjud bо‘lgan.


Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə