6-mavzu: yarimo‘tkazgichlarda kontakt hodisalari yarimo‘tkazgich diodlar. Diodlar



Yüklə 214,06 Kb.
səhifə9/15
tarix22.03.2024
ölçüsü214,06 Kb.
#183838
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
6-mavzu yarimo‘tkazgichlarda kontakt hodisalari yarimo‘tkazgich

6.5-rasm. Stabilitronning asosiy parametri
Stabilitronning asosiy parametri bo‘lib barqarorlash kuchlani-shining temperatura koeffitsiyenti (KTK) hisoblanadi. KTK – bu temperatura bir gradusga o‘zgarganda barqarorlash kuchlanishining nisbiy o‘zgarishi. Ko‘chkisimon teshilish kuzatiladigan kichik voltli stabili- tronlar odatda musbat KTKga ega. KTK qiymati odatda 0,2 - 0,4 % /grad dan oshmaydi.
Varikap elektr yordamida boshqariladigan sig‘im sifatida qo‘llanishga mo‘ljallangan. Varikapning ishlash prinsipi elektr o‘tish to‘siq sig‘imining teskari kuchlanishga bog‘liqligiga asoslangan.
Varikaplar asosan tebranma konturlarni chastotasini elektron qayta sozlashda qo‘llaniladi. Varikaplarning bir necha turi mavjud. Masalan, parametrik diodlar o‘ta yuqori chastota signallarini kuchaytirish va generatsiyalashda, ko‘paytiruvchi diodlar esa keng chastota diapazoniga ega bo‘lgan ko‘paytirgichlarda qo‘llaniladi.
Tunnel diodi deb qo‘zg‘otilgan yarim o‘tkazgich asosida loyihalangan yarim o‘tkazgichli asbobga aytiladi. Unda teskari va uncha katta bo‘lmagan to‘g‘ri kuchlanishda tunnel effekti yuzaga keladi va volt – amper xarakteristika manfiy differensial qarshilikka ega bo‘lgan soha mavjud bo‘ladi. Tunnel diodlar boshqa turdagi diodlardan sezilarli farq qilmaydi, lekin ularni yasash uchun 1020 sm-3 kiritmaga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli materiallar qo‘llaniladi.
VAX nochiziqli bo‘lsa, uning har bir kichik sohasi to‘g‘ri chiziq deb qaraladi va

xarakteristikaning bu nuqtasida


dU
Ri dI

differensial qarshilik kiritiladi. Agar xarakteristika



kamayuvchi bo‘lsa, bu sohada qarshilik Ri manfiy qiymatga ega bo‘ladi.

Yüklə 214,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə