6. Mavzu: Pedagogik takt va pedagogik etika. Reja


kasbidagi  yuksak shaxsiy fazilati



Yüklə 363,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix22.04.2023
ölçüsü363,68 Kb.
#106664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-mavzu

kasbidagi 
yuksak shaxsiy fazilati
sifatida namoyon bo„ladi. Xushmuomalalilik, SHarq 
mutafakkirlari ijodida yuksak odob namunasi sifatida tasvirlangan. Dilkashlik, 
o„qituvchi uchun ajoyib bezak hisoblanadi va muosharat odobi sifatida talqin 
qilinib, o„quvchilar ongiga singdirilgan. 
O„qituvchining xushmuomalaligi va dilkashligi o„zida butun bir global 
insonparvarlik jarayonini qamrab oluvchi, ko„plab tarkibiy qismlardan iborat 
bo„lgan ajoyib fazilatlaridan biridir. O„z pedagogik kasbidan voz kechgan sobiq 
o„qituvchilar bilan suhbat jarayonida shu narsa ma‟lum bo„ldiki, ularning 
ko„pchiligi qo„pol, muloqotda nazokatsiz kishilar. Odamlar bilan muloqotga 
kirishish, ular uchun qiziqarli emas. SHu sababli o„qituvchi sifatida kasbiy 
hislatlari ham shakllanmagan. Muloqot jarayoni – doimiy, uzoq vaqt davomida 
shakllanuvchi, keng qamrovli jarayon. Zero, shuning uchun pedagogik faoliyat – 
muomalada qo„pol, nazokatsiz o„qituvchilarni charchatadi, ish jarayoni uning 
g„ashiga va asabiga tegadi, ta‟lim muassasasidagi faoliyatiga putur etkazadi. 
Xushmuomalalilik va dilkashlik shaxsning insoniy fazilati sifatida 
o„qituvchilarning ham kasbiy faoliyatidagi yuksak fazilatlaridan biriga aylanib, 
o„qituvchining pedagogik muloqoti unumdorligini ta‟minlaydi. Pedagogika oliy 
ta‟lim 
muassasalarida 
bo„lajak 
o„qituvchilarni 
kasbga 
yo„naltirishda, 
xushmuomalalilik va dilkashlikni shakllantirish uchun maxsus tayyorgarlikdan 
o„tishni taqozo etadi. O„qituvchining dilkashligi – uchta tarkibiy qismni 
birlashtiruvchi jarayondir: 

muloqotda zaruriyatning mavjudligi

muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kayfiyat; 

kommunikativ ko„nikma va malakalarga ega bo„lish.
Ushbu ta‟rifda muloqotning o„qituvchi kasbiy faoliyatidagi ijodiy jihatlari 
ko„rsatilgan. Biroq, muloqot uchun zaruriyat hamisha mavjudligi – umuminsoniy 
xususiyat bo„lib, u barcha kasb egalariga taalluqlidir. 
Rus olimi A.V.Mudrik o„z ilmiy tadqiqotlarida o„qituvchining 
xushmuomalalilik bilan muloqotga kirishishi va unga ko„nikma hosil qilishga
nisbatan qobiliyatini aniqlaydigan quyidagi mezonlarni ajratib ko„rsatadi:

inson tafakkurining o„ziga xos xususiyatlarga muvofiqligi;

notiqlik san‟atini mukammal egallaganlik yoki nutqda erkinlik;

xushmuomalalilik va shirinsuxanlik;

empatiya va o„z-o„zidan paydo bo„ladigan o„tkir zehnga ega bo„lish;

ma‟lum bir maqsadga qaratilgan aniq ijtimoiy munosabat (masalan, 
muloqot jarayonining natijalariga emas, balki o„ziga nisbatan qiziquvchanlik);

kommunikativ mahoratda – vaqtni, suhbatdosh ichki dunyosini, 
munosabatni, vaziyatni aniq mo„ljalga olish. 


Ushbu nuqtai nazardan ta‟kidlash joizki, o„qituvchining kasbiy faoliyatida 
mavjud bo„lgan pedagogik dilkashlik ham o„ziga xos mazmunga ega va uning 
quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko„rsatish mumkin: 

ta‟lim va tarbiyaning turli sharoitlarida o„quvchilar bilan doimiy muloqotda 
bo„lish uchun barqaror zaruriyatning mavjudligi; 

o„qituvchining shaxsiy va kasbiy jihatdan dilkashlik va xushmuomalalik 
fazilatlarini namoyon qilishda uzviylikning doimiyligi; 

dilkashlik va xushmuomalalikning barcha bosqichlarida ruhiy xotirjamlikni 
his etish;

muloqotning samaradorligi va pedagogik faoliyatning turli tarkibiy 
qismlariga ijobiy ta‟sir etishi; 

pedagogik kommunikatsiya jarayonini amalga oshirishda qobiliyatning 
mavjudligi;

o„qituvchining pedagogik kommunikativ ko„nikma va malakalarni doimiy 
egallab borishi.
Hozirgi kunda ta‟lim-tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda 
ekanligi, o„quvchilarni erkin, mustaqil fikr yuritishga va ongli intizomga o„rgatish, 
intellektual va ma‟naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, o„qituvchidan chuqur 
bilimga, kasbiy malaka va ko„nikmalarga, yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo„lishni 
talab qiladi. SHu jihatdan o„qituvchining o„quvchilar bilan munosabatida 
“Pedagogik takt” muhim pedagogik qobiliyat sifatida e‟tirof etiladi.
Takt so„zi azaldan pedagogikada tarbiyaviy ta‟sir etish ma‟nosini bildiradi va 
o„quvchilar bilan o„zaro munosabatni boshqarishga yordam beruvchi axloqiy 
kategoriya sifatida ta‟riflanadi. O„quvchilar bilan muloqot jarayonida ro„y 
beradigan eng og„ir vaziyatlarda ham pedagogik takt o„qituvchidan mutlaqo 
bosiqlikni, suhbatdoshiga nisbatan hurmat va ehtiromni talab qiladi.
Pedagogik takt – o„qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo„lib, o„quvchilarga 
barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta‟sir o„tkazish, muloqotni 
insonparvarlik tuyg„ulari asosida o„rnatish o„lchovi, o„quvchilarda mustaqil fikr 
yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko„nikmalarini hosil qilish 
shaklidir. Pedagogikada o„qituvchining o„quvchilar bilan munosabati ularning 
yosh xususiyatlariga qarab belgilanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat‟iy 
talab qilinadi. 
SHunday ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq 
shakllanmagan, ta’sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining 
sevimli farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo 
unutmasligi kerak.
O„quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo„lgan qo„pollik, 
adolatsizlik, qo„rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo„lgan jazolash 
usullarini qo„llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta‟sir qiladigan turli jargon 
so„zlar ishlatish o„quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab 
qo„yishi, yoki o„qituvchining obro„siga putur etkazishi mumkin. O„qituvchi va 
o„quvchi o„rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar ko„pincha dars va darsdan 
tashqari jarayonlarda sodir bo„ladi. Bunda ayniqsa yosh o„qituvchilarning 
pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi. 


O„qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar 
davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o„rganishda, dars jarayonida, 
sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o„quvchilar bilan muloqotda 
takomillashib boradi. Dars jarayonida pedagogik mahoratning asosi bo„lmish 
pedagogik taktga ega bo„lish o„qituvchi uchun juda zarurdir. 

Yüklə 363,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə