6. Mavzu: Pedagogik takt va pedagogik etika. Reja


Pedagogik nazokat haqida tushuncha



Yüklə 363,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix22.04.2023
ölçüsü363,68 Kb.
#106664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-mavzu

Pedagogik nazokat haqida tushuncha
 
O„qituvchining o„quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo„shilib keta olishi 
nihoyatda qiyin jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o„quvchilar 
orasida olib boriladi. O„zaro munosabatlarni ishonch va do„stlik tuyg„ulari bilan 
mustahkamlab borish o„qituvchidan jiddiy psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. 
Buning uchun o„qituvchi avvalo, turli xarakterdagi o„quvchilardan iborat bo„lgan, 
sinf jamoasida tez-tez o„zgarib turadigan pedagogik vaziyatlarga darhol o„z 
munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o„quvchilar hatti-
harakatini to„g„ri idrok etishi, vaziyatlarni oldindan ko„ra bilishi, tarbiyaviy 
metodlarni o„z o„rnida qo„llashi, o„quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, 
milliy an‟ana va turmush tarzimizdan kelib chiqqan muruvvat va himmat
odamiylik va mehr-oqibat tuyg„ularini ko„rsata olishi shart. Bu vazifalar 
o„qituvchining zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bo„lgan 
pedagogik nazokat
deb atalmish faoliyatning zarur shartidir.
Pedagogik nazokat – o‘qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi 
me’yor tuyg‘usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik 
nazokat o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatini tashkil qilish 
vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, nazokat insonning bir qolipdagi barqaror 
tasavvurlarida mujassamlashgan shaxsiy insoniy hislatlarining yig‘indisidir.
Pedagogik nazokat me‟yorlari o„qituvchidan avvalo yuksak insoniy 
fazilatlarga ega bo„lishni talab qiladi. Zero, ta‟lim-tarbiya tizimini isloh qilishning 
asosiy maqsadlaridan biri komil inson tarbiyasi bo„lib, u davlat siyosatining 


ustuvor yo„nalishi deb e‟lon qilingan. Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan
xulq-atvori bilan o„zgalarga ibrat bo„ladigan bilimli, ma‟rifatli yoshlarni tarbiyalab 
voyaga etkazish o„qituvchi zimmasida. SHunday ekan, hozirgi demokratik jamiyat 
o„qituvchisining o„zi avvalo barkamol inson bo„lishi, mukammal bilimlar sohibi, 
o„z kasbining etuk egasi bo„lishi zarur. O„qituvchi xulq-atvorida pedagogik 
nazokat ma‟lum bir muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari 
ham jamiyat taraqqiyoti natijasida uzluksiz sayqallanib boradi. 
O„qituvchi pedagogik nazokatga ta‟lim va tarbiya jarayonidagi har bir 
vaziyatga adolatli baho berishi, o„quvchilarning hatti-harakatini to„g„ri idrok etishi, 
sabot va matonat, o„zini tuta bilish, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi 
xususiyatlarni o„zida mujassamlashtirishi bilan erishadi. Pedagogik faoliyatda o„z 

Yüklə 363,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə