6-laboratoriya ishI. ChO‘yanlarni mikrostrukturalarining analizi



Yüklə 25,3 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü25,3 Kb.
#158139
6-laboratoriya.KMT


6-LABORATORIYA IShI.
ChO‘YANLARNI MIKROSTRUKTURALARINING ANALIZI

Mikroanaliz deb metallografik mikroskop yordamida 50 dan 2000 martagacha kattalashtirib metalda qotishmalarni ichki tuzilishini o‘rganishga aytiladi. Mikroskop ostida o‘rganish uchun tayyorlangan namuna yuzasi mikroshlif deb ataladi.


Temir uglerod qotishmalarida uglerodning miqdori 2,14% dan 6,67% gacha bo‘lsa cho‘yanlar deb ataladi. Cho‘yanlar oq kulrang bolg‘alanuvchi va juda puxta cho‘yanlarga bo‘linadi. (beliy,serыy, kovkiy, vыsokoprochnыy).
Oq cho‘yanlarda bor uglerod temir bilan bog‘langan sementit (Fe3C) holatda bo‘ladi. Oq cho‘yanlar uglerod miqdoriga qarab uch xilda bo‘ladi:
1. Evtektikagacha (tarkibida 2,14% dan 4,3% uglerod bo‘lgan)perlit - ledeburit strukturali;
2. Evtektikali (tarkibida 4,3% C) ledeburit struktura­li;
3. Evtektikadan keyingi (tarkibida 4,3% dan 6,67% C gacha) ledeburit-sementit strukturali.
Bizni qiziqtiradigan evtektikagacha bo‘lgan oq cho‘yan
Kulrang cho‘yanlarda uglerod qisman erkin holatda (grafit) plastina shaklida ajralib chiqadi. Cho‘yan strukturalari quyidagicha bo‘lishi mumkin.
1. Temir plastinasimon grafit. Bu cho‘yanlar perlitli kulrang cho‘yanlar deyiladi
2. Perlit + ferrit + plastinasimon grafit perlit ferritli kulrang cho‘yan
3. Ferrit + plastinasimon grafit-ferritli kulrang cho‘yan
Kulrang cho‘yanlar quyidagicha markalanadi:
Cch 10, Cch 15, Cch 20, Cch 25, Cch 30, Cch 40 bunda raqamlar cho‘zilishidagi mustahkamlik chegarasini ko‘rsatadi. (kg.s/mm2).
Bog‘lanuvchi cho‘yanlarda grafit pag‘a-pag‘asimon bo‘ladi. Bog‘lanuvchi cho‘yanlarni oq cho‘yanlarni yumshatish yo‘li olinadi. Bu cho‘yanlarni metall asosi – perlitli, perlit ferritli va ferritli bo‘lishi mumkin.
Bog‘lanuvchi cho‘yanni olish uchun oq cho‘yanni 3 rejimda yumshatish kerak
1. - perlit + grafit strukturali, perlitli bog‘lanuvchi cho‘yanni olish uchun yumshatish.
2. - perlit + ferrit + grafit strukturasi, perlit - ferritli cho‘yanni olish uchun yumshatish.
3. - ferrit + grafit strukturali, ferritli bog‘lanuvchi cho‘yanni olish uchun yumshatish.
Bog‘lanuvchi cho‘yanlar quyidagicha markalanadi:
Kch 30-6, Kch 33-8, Kch 50-4, Kch 56-4, Kch 60-3 bunda birinchi raqamlar cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg.s/mm2) va ikkinchi raqamlar nisbiy uzayishni (%) hisobida bildiradi.
Juda puxta cho‘yanlarda grafit shar shaklida bo‘ladi. Metall asosi perlitli, strukturasi perlitli+grafitli; perlit ferritli, strukturasi perlit+ferrit+grafit; Ferritli, strukturasi ferrit+grafit.
Juda puxta cho‘yanlar quyidagicha markalanadi: Vch 42-12, Vch 45-5,Vch 50-2, Vch 60-2, Vch 70-3, Vch 80-3, Vch 100-4, V4 120-4. Bunda birinchi raqamlar cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasini (kg.s/mm2) va ikkinchi raqamlar nisbiy uzayishi (%) hisobida bildiradi.



Cho‘yanlarni mikrostruktura sxemasi.



Qayta ishlanuvchi oq cho‘yan mikrostrukturasi



Juda puxta cho‘yanlarni mikrostrukturasi sxemasi.
Ishni bajarish maqsadi
Mustaqil ravishda oq, kulrang, bolg‘alanuvchi va juda puxta cho‘yanlarni strukturalarini (tuzilishini) reaktiv ta’sir ettirib va ta’sir ettirmasdan o‘rganish va mikroanaliz o‘tkazish.
Ish bajarish uchun: metallografik mikroskop, reaktiv ta’sir ettirilgan va ta’sir ettirilmagan mikroshliflar (oq, kulrang, bolg‘alanuvchi, juda puxta) kerak.
Ishni bajarish tartibi
Talabalar 3-4 kishidan bo‘lib kichik gruppalarga bo‘linadi. Xaar-bir gruppa komplekt mikroshliflarni qabul qilib quyidagilarni bajarishlari kerak.
a) mikroskopni ishga soldirish.
b) mikroshlif yaltiratilgan tomoni bilan mikroskop stoliga o‘rnatiladi.
v) kattalashtirish jadvalidan foydalanib okulyar o‘rnatiladi.
g) mikroskop ostida oq, kulrang,bolg‘alanuvchi juda puxta cho‘yanlarni strukturalarini o‘rnatish.
d) mikroskopda ko‘ringan struktura bilan plakat albomlarda ko‘rsatilgan strukturalarni taqqoslash (solishtirish).
e) jadvalga oq, kulrang, bolg‘alanuvchan juda puxta cho‘yanlarni struk­turalarini chizish.
z) tekshirilgan cho‘yan strukturalaridan grafit qo‘shilganlariga metall asosiga va struktura klassiga xarakteristika berish.
i) Oq, kulrang,bolg‘alanuvchi juda puxta cho‘yanlarni strukturalaridan xossalarini orasidagi farqini tushuntirish.
k) Bolg‘alanuvchi cho‘yan strukturasidan uni hosil qilish texnologik protsessini yozish, va yumshatish grafigini chizish.
g) tekshirilgan cho‘yanlarni markalariniyozish.


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Cho‘yan deb qanday qotishmaga aytiladi?
2. Cho‘yanlarning qanday turlarini bilasiz?
Yüklə 25,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə