5-mavzu. Ish yuritish tili va uslubi. Hujjat turlari va xususiyatlari: tarjimayi hol, ariza, bildirishnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Reja



Yüklə 36,72 Kb.
səhifə3/8
tarix29.04.2023
ölçüsü36,72 Kb.
#107735
1   2   3   4   5   6   7   8
Rasmiy uslub leksikasi boshqa uslublardan ma’lum chegaralanishga egaligi bilan ham farq qiladi. Unda uslubiy bo`yoqdor, so`zlashuv uslubiga xos, shevaga oid, badiiy uslubga xos so`zlar, iboralar, jargon va argolardan foydalanilmaydi (2, 15-b.). Bu uslub qat’iy ravishda yozma nutqning betaraf leksikasiga tayanib ish ko`radi. Shuning uchun ham bu uslubga xos hujjatlar asosini siyosiy va xalqaro munosabatlar, mamlakat siyosiy va ma’muriy tuzilmalari hamda ularning faoliyati, huquq, qonun, iqtisod, ma’naviy-ma’rifiy sohaga hamda rasmiy-ma’muriy, idoraviy yo`nalishga oid hujjatlar, ish qog`ozlari leksikasi tashkil etadi.
Hujjatlar avvalo tuzilish o`rniga ko`ra 2 xil bo`ladi: ichki va tashqi hujjatlar. Tashkilotning o`zida foydalaniladigan hujjatlar ichki hujjatlar dеyilsa, tashkilotlararo qo`llanuvchi hujjatlar tashqi hujjatlar sanaladi.
Mazmuniga ko`ra hujjatlar sodda va murakkab bo`lsa, mazmun bayonining shakli jihatdan xususiy, namunaviy va qolipli hujjatlar farqlanadi.
Tеgishlilik jihatiga ko`ra rasmiy va shaxsiy hujjatlar ajratiladi.
Tayyorlanish xususiyat va darajasiga ko`ra qoralama, asl nusxa, ikkinchi nusxa (dublikat), ko`chirma hujjatlar farqlanadi.
Ma'muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqеiga ko`ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma'lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari.


ARIZA
Ma’lum bir davlat tashkiloti, xususiy korxona, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, mansabdor shaxslar nomiga iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Shikoyat mazmunidagi arizalar kelib tushgan tashkilot tomonidan tegishli tartibda ro`yxatdan o`tkaziladi. Ariza ish, o`qish, yashash joylarida eng ko`p qo`llanadigan hujjatlar turiga kiradi. Ariza alohida bir shaxs yoki bir qancha kishilar tomonidan jamoa bo`lib yozilishi ham mumkin. Bu hujjat mahalla raisiga, jamoat tashkiloti rahbariga, bog`cha mudirasiga, maktab, litsey, kollej direktoriga, oliy o`quv yurti rektoriga, xo`jalik, tashkilot, korxona, muassasa boshliqlariga, tuman, shahar, viloyat hokimlari yoki respublika miqyosidagi rahbarlar, mansabdor shaxslarga yo`llanishi mumkin. Arizalarning mazmuni va hajmi turli-tuman bo`lsa-da, ularning barchasi uchun xos bo`lgan umumiy zaruriy qismlar muvjud.
Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
- ariza yo`llanayotgan tashkilot nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi;
- ariza yozuvchining ish, o`qish yoki yashash joyi, lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
- hujjat nomi – ariza;
- matn (iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunidagi ariza uchun asos bo`lgan fikr-mulohazalarning qisqagina bayoni);
- ilova hujjatlar ro`yxati (mavjud bo`lsa yoki talab etilsa);
- ariza yozuvchining imzosi, familiyasi, ismi, yozilgan sana.
Ariza imkon qadar qisqa, ma’lumotlarga asoslangan holda, tushunarli uslubda yozilishi lozim. Ariza bevosita rahbarning o`ziga yoki shu ishlar bo`yicha mutasaddi kishiga topshiriladi. Arizada bayon etilgan iltimos, talab, taklif yoki shikoyat amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda muddatda hal etiladi.
NAMUNA
Samarqand davlat universiteti
rektori, professor R.I.Xalmuradovaga
amaliy matematika va informatika
fakulteti 104-guruh talabasi
Iskandorov Akmaldan


ARIZA

Meni Samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti “Amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasiga 0.5 (yarim) shtat birligida kabinet mudiri lavozimiga ishga qabul qilishingizni so‘rayman.


2020.02.09. imzo Iskandarov A.
Samarqand davlat universiteti
kasaba uyushmasi rasi X.To‘xtayevga
kimyo fakulteti 106-guruh talabasi
Rahmonova Dildoradan


ARIZA

Guruhimiz talabalari bilan Prezident ta’tili paytida, ya’ni 2006-yil 28-29-dekabr kunlari mamlakatimizning qadimiy shaharlaridan Buxoro hamda Qarshi shaharlariga jamoa bo`lib sayohatga borishni rejalashtirganmiz. Viloyat sayohat byurosi bilan kelishib, guruhimiz talabalari uchun ikki kunga 25 o`rinli avtobus olishimizga yordamlashishingizni so`rayman. Yo`l xarajatlarini naqd pul bilan to`laymiz.


2020.21.12. imzo Rahmonova D.





Yüklə 36,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə