4-Mavzu: Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi. Reja


Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi



Yüklə 43 Kb.
səhifə17/19
tarix11.05.2023
ölçüsü43 Kb.
#109552
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
4-Mavzu Shaxsni evalyusiyon jixatdan rivojlanishi. Reja

Shaxsning shakllanishi asosan uch sohada amalga oshiriladi:
1) Faaliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki bilvosita jalb etilgan bo’lib, bu jarayonda faoliyatlar jabxasi, soxasi kengayib, boyib boraveradi. Har bir faoliyat turi individdan maxsus fazilatlarni, malaka va ko’nikmalarni, bilimlarni talab etadiki, ularni qoniqtirish yo’lidagi aktivligi unda o’ziga xos ijtimoii-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2) Muloqot sohasi, ayniqsa maktabgacha yosh davrdagi va o’smirlik davrlaridagi muloqot sistemalari bolada bir qancha ijtimoiy-psixologik xislatlarni paydo qiladiki, buning natijasida u faol hayotiy mavqega ega bo’ladi, jamiyatda o’z o’rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) O’z-o’zini anglash sohasi, ya’ni ''Men" obrazining yil sayin o’zgarib borishi jarayoni bo’lib, avval o’zini boshqalardan farqliligini, o’zicha mustaqil harakat qilish, mustaqil fikr yurita olish qobiliyatini anglash, so’ngra esa o’z-o’zini baholash, anglash, nazorat qilish- xususiyatlari rivojlanadiki, ular ham faol shaxs psixologiyasining tarkibiy qismidir.
Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud.
Masalan,
birinchi bosqich — mehnat faoliyatigacha bo’lgan bosqich bo’lib, unga bolaning maktabgacha yosh davri hamda o’qish yillari kiradi. Bu davrdagi ijtimoiylashuvning ahamiyati va o’ziga xosligi shundaki, bu davrda asosan tashqi ijtimoiy muhit, ijtimoiy ta’sirlar faol ravishda ongga singdiriladi, mustaqil hayotga tayyorgarlik borasida muhim bosqich o’tiladi.
Ikkinchi bosqich — mehnat faoliyati davri — bu davr odamning yetuklik yillari bilan bog‘liq bo’lib, avvalgi davrlarda singdirgan ijtimoiy ta’sirlarni bevosita faol faoliyatda, shaxslararo munosabatlar sistemasida namoyon etadi. Kasbga ega bo’lib, aniq hayot yo’lini tanlagan, turmush qurib, kelgusi avlodni Ta’limlayotgan shaxsda namoyon bo’ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir.
Nihoyat, uchinchi bosqich — mehnat faoliyatidan keyingi davr bo’lib, bunga asosan aktiv mehnat faoliyatidan so’ng qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda ham shaxs ijtimoiylashuvi davom etaveradi, chunki endi ilgarigi davrlarda orttirilgan tajriba boshqalarga uzatiladi, shunga ko’ra shaxs strukturasida ham xususiy o’zgarishlar ro’y beradi.
Bu jarayon ro’y beradigan sharoitlar — muassasalar xususida gapiriladigan bo’lsa, turli davrlarda oila, bolalar muassasalari, maktab, boshqa dargohlari, mehnat jamoalarining roli nazarda tutiladi.

Yüklə 43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə