4-Mavzu: Pedagogik kompetentlikning nazariy- metodologik asoslari reja



Yüklə 39,67 Kb.
səhifə1/5
tarix21.10.2023
ölçüsü39,67 Kb.
#129396
  1   2   3   4   5
Reja Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetentlikka oid ilm-fayllar.org


Reja: Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetentlikka oid ilmiy yondoshuvlar




4-Mavzu: Pedagogik kompetentlikning nazariy- metodologik asoslari 

REJA: 
1. Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik kompetentlikka oid ilmiy 
yondoshuvlar. 
G‘arb psixologlarining kasbiy kompetensiya masalasidagi qarashlari
diqqatga sazovor. Xususan, psixologiyaning differensial- diagnostika
yo‘nalishi asoschilaridan biri F.Parson har bir inson o‘zining kasbiy
qobiliyatlari bilan faqat bir kasbni bajarish layoqatiga ega deb hisoblaydi.
Uning fikricha, o‘z-o‘zining garmonik rivojlanishning asosida aynan
kasbni to‘g‘ri tanlash yotadi va insonning imkoniyatlari hamda
kutilayotganlar o‘rtasida ichki nizolarning mavjud emasligi bilan
belgilanadi. Barcha kasblarga qo‘llaganda ushbu fikrga qo‘shilmaslik
mumkinligiga qaramasdan, pedagoglik kasbini tanlashga nisbatan uni
to‘g‘ri deb aytish mumkin. Ta’lim muassasasida birinchi marta pedagogik
amaliyot o‘tayotgan yuqori bosqich talabalari va mustaqil pedagogik
faoliyatga kirishayotgan yosh o‘qituvchilarda vujudga kelayotgan
psixologik muammolar ko‘p jihatdan shaxsning psixologik holatining
pedagog xodimlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq kelmasligi bilan
bog‘liqdir.
V.A.Bodrov kasbiy rivojlanish nazariyasining umumiy qoidalarini
umumlashtirgan va tahlil qilgan. Uning mohiyati: “Professionallikning
muvaffaqiyati shaxsning individual-psixologik xususiyatlarining amaliyot
talablari bilan muvofiq kelish darajasi bilan belgilanadi. Har bir inson bir
qator kasblar talablariga mos keladi”.
Shu tariqa, professionallikni umumiy ma’noda, kasbiy faoliyatni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va
malakalarning, shuningdek, shaxsning neyrodinamik va shaxsiy
sifatlarining uyg‘unligi deb ta’riflash mumkin. N.E.Kazakova va
I.A.Valeyeva ta’rifi bo‘yicha professional – bu, mehnat faoliyati
jarayonida o‘zini ongli ravishda o‘zgartiruvchi va rivojlantiruvchi, kasbga
o‘zining shaxsiy ijodiy ulushini qo‘shuvchi, o‘zining kasbiy faoliyati
natijalariga jamiyatdagi qiziqishlarni vujudga keltiruvchi va jamiyatdagi
o‘z kasbining obro‘sini oshiruvchi insondir.
Professionalning yana bir muhim sifatlaridan biri bu doimiy o‘z- o‘zini
rivojlantirish va o‘z-o‘zini bilimini oshirish qobiliyati, shuningdek,
refleksiyaga oid qobiliyatidir. Kasbiy kompetensiyaning mazkur
jihatlarining asosi nazariy jihatdan hali maktab davridayoq - ta’lim
oluvchilarda o‘z-o‘zini baholash, tahlil qilish va bilimini oshirish
ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘li bilan qurilishi lozim.
Pedagogning kasbiy kompetentligini qanday qilib aniqlash mumkin va
oliy ta’lim muassasasining kasb ta’limi yo‘nalishi talabalariga pedagogik-
psixologik bilimlar kompleksidan qaysilarini ajratib tushuntirish zarur
bo‘ladi?



Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida


talabalarning pedagogik kompetentligini oshirish bir qator pedagogik-
psixologik fanlarni, jumladan: Kasbiy pedagogika, Kasbiy psixologiya,
ta’lim texnologiyalari, kasb ta’limi metodikasi, pedagogik mahoratni
o‘rganish davomida amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu muammoni hal
etilishida pedagogik amaliyotning o‘rni o‘ziga xosdir.
Shunday qilib, xulosa o‘rnida aytish mumkinki, kompetentlik – bu,
o‘rganish mumkin bo‘lgan (o‘qish davrida yoki amaliyotda) narsa, ya’ni
o‘qituvchining pedagogik, psixologik va metodik savodxonlikka egalik
darajasi, u yoki bu yosh guruhidagi ta’lim oluvchilar bilan ishlashda amaliy
tajribaga egalikdir; kompetensiya esa - pedagog kasbi uchun zarur bo‘lgan
tug‘ma yoki orttirilgan sifatlar: u yoki bu yoshdagi auditoriya bilan ishlay
olish ko‘nikmasi (har bir o‘qituvchi, qoidaga ko‘ra, o‘z yosh toifasiga,
ya’ni o‘zi uchun ishlashi qulay bo‘lgan yosh auditoriyasiga ega), o‘z fanini
o‘rganish qobiliyati, sabr-qanoatlilik, empatiya, psixologik kuzatish va
tahlil qilish qobiliyati va h.k. Bu sifatlarning qaysilarinidir, shubhasiz o‘zda
tarbiyalash mumkin, ammo talabalar va yosh o‘qituvchilar bilan ishlash
tajribasi o‘qituvchining pedagogik kompetensiyasining ko‘pchilik
komponentlari yo tug‘ma, yo bolada bolalikdan to‘planadi degan xulosaga
kelish imkonini beradi.
Zamonaviy pedagogika fanida o‘qituvchi shaxsini shakllantirish ham
psixologik (B.G.Ananyev, A.G.Kovaleva, S.L.Rubinshteyn va boshqalar),
ham shaxs (V.A.Slastenin, S.N.Arxangelskiy, L.P.Spirin) nuqtayi
nazaridan qarab chiqiladi. Pedagogning kasbiy kompetentligi va pedagogik
faoliyatning turli shakllariga oid ta’limni amalga oshirish jihatlariga doir
ko‘plab tadqiqotlar mavjud: sinfdan tashqari ishlar tashkil etish, ota-onalar
bilan ishlash, tarbiyaviy ishlar, o‘qituvchining didaktik ko‘nikma va
malakalarini shakllantirish va rivojlantirish, psixotahlil elementlaridan
foydalanish qobiliyatlari va
h.k. Ammo ko‘pchilik tadqiqotchilar pedagogik faoliyatning faqat u yoki
bu jihatlarini qarab chiqadilar, bu esa kasbiy kompetentlikning bir qismi
bo‘lgan u yoki bu sifatlardir.
O‘qituvchining “kasbiy kompetensiyasi” tushunchasiga hozirda
ta’limga insonparvarlik yondoshuvi nuqtayi nazaridan ham qaralmoqda,
uning maqsadi o‘quvchi shaxsini shakllantirish va rivojlantirishdan
iboratdir. Insonparvarlik nuqati nazaridan ta’limga yondoshuvning asosiy
elementi bu, subyekt-subyekt munosabatlari bo‘lib, pedagogik jarayonda
o‘qituvchi va o‘quvchi roli teng ahamiyatga ega hisoblanadi. Ta’lim
jarayonida tomonlarning teng faolligi ularning ijtimoiy va psixologik
manzaradagi tengligini ifodalamaydi. Bu vaziyatda o‘qituvchining
mahorati o‘zaro hamkorlik chegarasini ushlay bilishida, shaxsning o‘z-
o‘zini garmonik rivojlanishi g‘oyasiga e’tiborni qarata bilishida ko‘rinadi.
A.V.Lunacharskiy “Aqlli va tajribali o‘qituvchi uchta savolga javob 
berishda: qanday qilib irodani tarbiyalash kerak, qanday qilib xarakterni 
shakllantirish kerak, qanday qilib birdamlikni rivojlantirish kerak, — degan 





savolga bitta kuchli so‘z bilan — mehnat orqali” degan javob borligini
payqamasligi mumkin emas.
Dunyo pedagogik olimlari oldida turgan eng muhim muammo, agar
kompetensiya nuqtayi nazaridan yondoshilsa, pedagogik va psixologik
fanlarni ma’lum bir tizimga solish, korreksiya qilish, zamon talablariga javob
bermaydigan pedagogik nazariya va usullardan voz kechish vaqti
yetganligini ko‘rsatib turibdi.
Ko‘p hollarda o‘qituvchining nazariy tayyorgarligi deganda faqat
psixologik-pedagogik va maxsus bilimlar birligini tushunadilar. Faqat
bilimlarini oshirish bilangina ish bitmay di o‘qituvchi tajribasi tizimida
qo‘llay bilmasa, bilimlar keraksiz toshdek og‘ir yukka aylanadi. Shu bois
ta’lim berishning nazariy asoslariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Nazariy
faoliyat pedagogik fikr yuritishning umumlashgan bilish xususiya ti bo‘lib,
o‘qituvchining tahliliy, taxminiy, loyihaviy va refliksiv bilish xususiyatlarini
o‘zida birlashtiradi.



Yüklə 39,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə