4-mavzu. Motivatsiyaning psixologik nazariyalari. Asosiy savollar


K.Levin maydon nazariyasining umumiy holati



Yüklə 148,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü148,57 Kb.
#150886
1   2   3   4   5   6
2.2 mavzu

4.K.Levin maydon nazariyasining umumiy holati. 
Geshtaltpsixologiya maktabi namoyandalari uchun motivatsiya o‘ziga xos talqinga ega bo‘lib, 
uning mohiyatini eksperimental tarzda o‘rganishga, ochib berishga intilish ko‘rsatkichi bilan 
boshqalardan ajralib turadi. K.Levin (1890-1947) motivlarni eksperimental o‘rganish 


metodikasini ishlab chiqib, ularni mutlaqo mustaqil holat sifatida tushuntirishga harakat qilgan va 
bu 
borada 
muayyan 
muvaffaqiyatlarga 
erishgan. 
Geshtaltpsixologiya 
maktabining 
namoyandalariga obraz tushunchasi qanchalik o‘ta ahamiyatli bo‘lsa, K.Levinning maydon 
nazariyasi uchun motiv kategoriyasi xuddi shunday muhim xususiyat kasb etadi. Obraz va motiv 
o‘zaro aloqasiz hukm surishi ta’kidlanadi, motivatsiyani amalga oshiruvchi vaziyatning predmetli, 
ma’noviy mazmuni esa inkor qilinadi. K.Levin xalqni mana bunday izohlashga intiladi, muayyan 
muvaqqatli mikrointervalda shaxsning bevosita yaqqol muhit bilan munosabatlaridan kelib 
chiquvchi voqelikdir. Uning mazkur nazariyasida insonda har xil ma’no anglatuvchi ikkita 
motivatsion o‘zgaruvchi hukm surishi tan olinadi, ularning bittasi tug‘ma, hayvonlar turtkisiga 
o‘xshash va turmush davomida egallangan faqat insongagina xos bo‘lgan. Geshtaltpsixologlarning 
asarlarida shunday holatlar ham mavjudkim, ularda xulq motivatsiyasi muammolari shaxsning 
muhim (asosiy) xususiyatlarini tahlil qilish negizidan kelib chiqib qaraladi. Ushbu holat G.Ollport 
konsepsiyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi, uningcha, eng muhim jihat bu inson xulqini o‘zgarish 
sabablarini ochishdir. Shuning bilan birga mazkur vaziyatga olib keluvchi motivlarning omillarini 
tekshirish ham alohida ahamiyatga ega ekanligini anglab olish qiyin emas. Bu borada individning 
javoblari o‘ziga xosligi bilan o‘zaro ta’sir o‘tkazish o‘rtasida qandaydir aloqa mavjudligini 
o‘rnatish ham ikkinchi darajali narsa sifatida talqin qilinmaydi.

Yüklə 148,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə