4-mavzu. Motivatsiyaning psixologik nazariyalari. Asosiy savollar


Bixeviorizmda motivatsiya muammosi. Bixeviorizm



Yüklə 148,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix19.12.2023
ölçüsü148,57 Kb.
#150886
1   2   3   4   5   6
2.2 mavzu

3.Bixeviorizmda motivatsiya muammosi. Bixeviorizm.
Asosiy g‘oyasi-xulq-atvor motivlarini 
«stimul-reaksiya» tamoyiliga tayanib, ya’ni tashqi ta’sirlarga organizmning javob reaksiyasi 
motivlar sifatida talqin etildi. 
Asosiy vakillari:
DjUotson, Mak-Daugall,
Bixeviarizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi 
xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki 
shaklga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o‘zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog‘liq ekanligini 
ta’kidlab o‘tadi. Bixeviorizm uchun «xulq» asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan 
aloqasi chetlab o‘tilgandir. Shunga qaramasdan, ba’zi bixeviaristlar, jumladan E.Torndayk, 
E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivatsiyasiga muayyan darajada e’tibor qilganlar. Ular 
o‘zlarining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari» ni o‘rganib, kalamushlarda 
tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaksiya 
tezligiga nisban namoyon bo‘lish xususiyati, har xil sharoitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida 
muayyan qonuniyatlar ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimulni tashqi 
qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini faollashtiruvchi deb 
hisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi qo‘zg‘atuvchilar, doayvalar paydo bo‘lishiga 
asoslangan bo‘lib, ular insonning organik ehtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul natijasining 
uyg‘unlashuvi tariqasida tahlil etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko‘ra, ikkilamchi qo‘zg‘ovchilar 
organik qo‘zg‘atuvchilarning go‘yoki qobig‘iga o‘xshaydi, xolos. Vilyam Makdugall (1871-1938) 
motivatsiyaning irsiy (tabiatdan beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug‘ma 
instinktlar masalalari bilan mazkur voqelikni bog‘lab tushuntirishga harakat qilgan. Uning 
fikricha, tug‘ma instinktlar ham insonlarga, ham hayvonlarga bir tekis taalluqli bo‘lib, ular 
odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha «asosiy instinktlar» sifatida hukm 
surishi mumkin. Umuman olib qaraganda, bixevioristlar uchun bir qator holatlar o‘ziga xoslikka 
ega:
1. Bixeviorizm motivatsiya modelini topish bilan shug‘ullanib va xulq prinsiplarini 
vujudga keltira borib, hayvon xulqi hamda ularda kashf etilgan xulq motivatsiyasi qonuniyatlariga 
asoslanib insonning xulq motivatsiyasi yuzasidan xulosa chiqarishga harakat qiladi.
2. Bixeviorizm insonni biologik mavjudod sifatida qarab, unga biologik jabhada 
yondashadi, oqibat natijada uning ijtimoiy mohiyati tadqiqot predmetidan chetda qolib ketadi. 
3. Bixeviorizm ham insonga, ham hayvonlarga xos bo‘lgan xulqning umumiy prinsiplarini 
topishga intiladi.
4. Bixevioristlar insonni shaxs sifatida taraqqiy etish jarayonini ifodalovchi o‘ziga xosligini 
yo chetlab o‘tadilar yoki o‘ta sodda tarzda izohlashga moyildirlar. 
5. Hayvonlarning xulq motivatsiyasi shakllarini juda sodda tarzda tushuntirishga asosan 
tadqiqot natijalarini insonning murakkab va boshqa bir sifat bosqichidagi motivatsiyasiga 
ko‘chirish ishonchli dalillarga ega emas. 
6. Inson motivatsiyasini o‘rganishda foydalanilayotgan bixeviorizmning tushunchalari, 
chunonchi, birlamchi mayllar, organizmni qitiqlovchi tug‘ma ehtiyojlar kabilar odamning 
motivatsiya doirasi tuzilishi mohiyatini juda yuzaki ocha oladi, xolos. 

Yüklə 148,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə