4-mavzu: jadvallar va grafiklar


O‘zbekiston iste’mol baholari indeksi



Yüklə 218,01 Kb.
səhifə4/6
tarix31.05.2023
ölçüsü218,01 Kb.
#114625
1   2   3   4   5   6
4-мавзу

O‘zbekiston iste’mol baholari indeksi
dekabr 1994 = 100%









1995

1996

1997

1998

1999

Yanvar

1

1,169

228,5

381,2

465,1

598,2

Fevral

2

1,377

234,6

899,9

478,2

616,2

Mart

3

1,484

240,0

410,8

487,7

631,0

Aprel

4

1,732

263,0

440,0

497,0

345,5

May

5

1,840

270,4

452,8

503,9

657,7

Iyun

6

1,801

270,7

438,7

495,9




Iyul

7

1,803

262,3

437,4

504,3




Avgust

8

1,816

265,2

434,8

506,3




Sentyabr

9

190,3

272,3

436,1

511,9




Oktyabr

10

200,4

284,3

439,2

527,8




Noyabr

11

208,6

314,2

446,6

547,8




Dekabr

12

217,0

356,6

454,7

572,5






Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar statistik ma’lumotlarni ko‘rimli qilib tasvirlashning eng oddiy usulidir. Ular har xil ko‘rsatkichlarni taqqoslash, murakkab hodisalarning tuzilishi va ularning zamonda (vaqtda) o‘zgarishini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalarda statistik ma’lumotlar vertikal yoki gorizontal joylashtirilgan to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida tasvirlanadi. Bunday diagrammalarni tuzish tartibi bilan quyidagi misolda tanishib chiqaylik.
4.3.1-jadval
O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot va uning tarkibiy qismlarining yillik o‘sish sur’atlari (oldingi yilga nisbatan % da)



Yillar

1992

1993

1994

4995

1996

1997

1998

1999

YaIM

-11,1

-2,8

-5,2

-0,9

1,7

5,2

4,4

4,4

Sanoat

-6,7

3,6

0,9

0,2

6,3

6,5

5,8

6,1

Qishloq xo‘jaligi

-6,4

1,5

-7,4

2,3

-6,5

5,8

4,0

5,9



Manba: O‘zbekistonning iqtisodiy yo‘nalishlari. 1998 va 1999 yil IV chorak, 38-bet.
Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlash uchun masshtab belgilaymiz. Aytaylik, masshtab qilib 1 sm:2% ga olsak, u holda ma’lumotlar shkalada quyidagi nuqtalar bilan ifodalanadi(sm):






1992

1993

1994

1995

1996

1997

1998

1999

YaIM

-11,1

-2,8

-5,2

-0,9

1,7

5,2

4,4

4,4

Sanoat

-6,7

3,6

0,9

0,2

6,3

6,5

5,8

6,1

Qishloq xo‘jaligi

-6,4

1,5

-7,4

2,3

-6,5

5,8

4,0

5,9

Koordinat sistemasini chizib, vertikal o‘qqa masshtab bo‘yicha shkalaga asoslanib o‘sish sur’atlarini, gorizontal o‘qqa esa mahsulot turlari bilan yillarni joylashtiramiz. Har qaysi yil uchun to‘rttadan kengligi 0.5 sm va bo‘yi yuqoridagi jadval ma’lumotlariga teng qilib gorizontal o‘qda ustunlar chizamiz.


Turli mamlakatlarni tasvirlovchi ustunlar bir-biridan ajralib turishi uchun ularni har xil ranglarga bo‘yash kerak. Ustunlarni bir-biridan ochib tuzish ham mumkin. Bu holda ularning oralig‘i teng bo‘lishi lozim. Ularga tegishli ma’lumotlarni yozib qo‘yish tavsiya etiladi. Ustunlarning kengligi hamma obyektlar va yillar uchun bir me’yorda bo‘lishi shart. Ustun shaklli diagrammada murakkab hodisalarning strukturasini tasvirlash mumkin.
Tasmasimon diagramma ham ustun diagrammaga o‘xshab tuziladi. Bu holda ustunlar yotqizilgan holda tasvirlanadi. Tasmasimon diagrammalar orqali aholining yosh-jinsiy tuzilishini piramida shaklida tasvirlash mumkin.


4.6. Sektorli diagrammalar.
Sektorli diagramma bo‘laklarga ajratilgan doiradan iborat bo‘lib, ularning kattaligi tasvirlanuvchi sonlarga mos keladi. Bunday diagrammalar yordamida murakkab hodisalarning tarkibiy qismlarga taqsimlanishi, ya’ni ularning strukturasi tasvirlanadi. Ular quyidagi tartibda tuziladi. Doira chizilib, uni o‘rganilayotgan to‘plamning umumiy yig‘indi soni (100%) deb qabul qilinadi. Keyin esa tarkibiy qism sonlariga proporsional holda doira sektorlarga bo‘linadi. Buning uchun sektorlarning markaziy burchaklari topilib, transportir yordamida ular doirada belgilanadi. Agar butun va bo‘lak sonlar absolut miqdorda ifodalangan bo‘lsa, markaziy burchaklarni aniqlash uchun 3600 ni umumiy butun songa bo‘lib, masshtab belgilanadi va uni ketma-ket bo‘lak sonlarga ko‘paytiriladi. Agarda hodisaning tuzilishi tuzilmaviy nisbiy miqdorlar bilan ifodalangan bo‘lsa (umumiy to‘plam 100% deb olinib, uning ayrim qismlari jamiga nisbatan foizda hisoblangan), u holda masshtab 3,60 ga teng (3600: 100%) bo‘lib, ayrim qismlarning salmog‘i (% da hisoblangan) unga ko‘paytiriladi.
Sektorli diagrammani tuzish tartibi bilan quyidagi misolda tanishib chiqaylik.
4.4-jadval


O‘zbekiston iqtisodiyotida o‘zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlarning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi (jamiga nisbatan foiz hisobida)



Tarmoqlar

Jamiga nisbatan, %

Shkala, gradus hisobida

2000

2010

2000

2010

Kimyo va neft-kimyo sanoati

7,4

26,6

26,7

95,8

Mashinasozlik

3,0

10,2

10,8

36,7

Engil sanoat

5,4

9,3

19,4

33,5

Oziq-ovqat

4,7

5,8

16,9

20,9

Transport

12,7

20,2

45,7

72,7

Aloqa

7,5

4,5

27,0

16,2

Boshqalar

59,3

23,4

213,5

84,2

Jami

100

100

360

360

Bu ma’lumotlarni sektorli diagramma shaklida tasvirlash uchun 2 ta teng radiusli doiralar chizib, har birini tegishli yil ma’lumotlariga mos ravishda sektorlarga bo‘lamiz. Buning uchun tarmoqlar salmog‘i haqidagi ko‘rsatkichlarni 3,60 ga ko‘paytirib, sektorlarning markaziy burchaklarini aniqlaymiz. Keyin esa har bir tarmoq uchun sektorni transportir yordamida tegishli yil doirasida belgilaymiz.


Sektorli diagrammalar qiyosiy jihatdan jozibali bo‘lishi uchun doiralarni bir-biridan teng olislikda joylash, ularning markazlarini bir to‘g‘ri chiziqda ifodalash va shu chiziqdan yo‘nalgan holda tarmoqlarning (qismlarning) jiddiy ketma-ketligini ta’minlab, tegishli markaziy burchaklarni belgilash hamda sektorlarni har xil ranglarga bo‘yash yoki shtrixlash lozim.


Kvadrat va doira shakldagi diagrammalar

Bu diagrammalar yassi diagrammalar turkumiga kiradi va qator kvadrat yoki doiralardan iborat bo‘lib, ularning har biri o‘z maydoni bilan tasvirlanuvchi hodisa miqdorini ifodalaydi. Bunday diagrammalar dinamika qatorlarini tasvirlash va bir vaqt (davr) ga tegishli miqdorlarni solishtirish maqsadida tuziladi. Kvadrat shaklli diagrammalarni tuzish uchun tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqariladi va so‘ngra tomonlari olingan natijalarga proporsional qilib kvadratlar chiziladi. Doira shaklli diagrammalar ham shu tartibda tuziladi. Ammo bu holda radiuslari tasvirlanuvchi miqdorlarni kvadrat ildizlardan chiqarish natijasida olingan miqdorlarga proporsional bo‘lgan doiralar chiziladi. Quyidagi ma’lumotlarni kvadrat va doirali diagramma shaklida tasvirlaylik.


4.5-jadval
O‘zbekistonda fermer ho‘jaliklarining rivojlanishi


Yillar

2007

2008

2009

2010

Ho‘jalik soni (ming)

5,9

14,2

21,4

31,1

Umumiy maydoni (ming ga)

45

193

413

666

1 ho‘jalik o‘rtacha yer maydoni (ga)

7,6

13,6

19,8

21,4

Umumiy maydon haqidagi ma’lumotlarni kvadrat ildizdan chiqarib quyidagi natijalarga ega bo‘lamiz:



Masshtab qilib 1 sm ni 4 deb olsak, u holda tomonlari 1,68 sm; 3,48sm; 5,08 sm va 6,45 sm ga teng kvadratlar chizamiz (4.9-grafik).



666.0

193

45

413

2007 2008 2009 2010


4.9-grafik. O‘zbekistonda fermer ho‘jaliklariga biriktirilgan yer maydonining o‘sishi.


O‘rtacha bir fermer xo‘jaligi yer maydoni haqidagi ma’lumotlarni kvadrat ildizdan chiqarsak:



Masshtab qilib 1 sm:2 olsak, u holda radiusini 1,38 sm; 1,85 sm; 2,20 sm va 2,32 sm qilib doiralar chizamiz (4.10-grafik).

21.4

13.6

7.6

19.3

2007 2008 2009 2010


4.10-grafik. O‘zbekistonda o‘rtacha 1 fermerga biriktirilgan maydonning o‘sishi.

Yüklə 218,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə