4-mavzu. Ilmiy tadqiqot metodolgiyasi va metodikasi reja: Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi


Ilmiy tadqiqotlar metodikasi va reja-dasturi



Yüklə 25,01 Kb.
səhifə2/3
tarix22.03.2024
ölçüsü25,01 Kb.
#182768
1   2   3
4 maruza

Ilmiy tadqiqotlar metodikasi va reja-dasturi.

Metodika termini ostida ma’ntiqiy o‘zaro bog‘langan, metodlar ketma ketligi, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga yo‘l qo‘yadigan vosita va formalar majmui tushuniladi. Nazariy va eksperemental tadqiqotlar, natijalarga ishlov berish, ularning taxlili va sintezi, texnik – iqtisodiy samaradorligini aniqlovchi funksional – narxlanuvchi taxlil va x.k. metodikalari farqlanadi. Ilmiy tadqiqotlarga qo‘l urushdan oldin ularni o‘tkazish metodikasini ilmiy asoslash zarur. Ilmiy tadqiqotlar metodikasining asosi metodlar bo‘lganligi sababli, bu masala tadqiqotlar metodlarini mantiqiy ketma ketligini reja va dasturlar kurinishida tuzushga olib keladi.


Tadqiqodlarni ma’lum bir ketma –ketlikda va yuqori samarada bajarish uchun qo‘llaniladigan metodlarning tizimi metodika deyiladi. Metod-ilmiy tadqiqot metodikasining asosidir. Metod deganda ma’lum jarayonni nazariy jihatdan ta’riflab berish va amaliy jihatdan amalga oshirish uchun foydalaniladigan usul tushuniladi.
Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan avval, uning metodlarini, shakllarini, vositalarini to‘g‘ri tanlab olish va metodikani ilmiy jixatdan asoslash lozim.
Ilmiy maktabda barcha ishlar yagona metodikaga, texnikaga bo‘ysunadi, bu esa olimlar orasida yuqori maxsuldor shakldagi o‘zaro xurmat va tushunish xolatini shakllantiradi. Unda tasodifiy mavzular bo‘lmaydi. Ilmiy maktabning yutug‘i ko‘p jixatdan ilmiy raxbarga borib taqaladi. Raxbar keng, ko‘pqirrali bilimga, aniq va mustaxkam fikr va muloxazalarga ega bo‘lishi kerak. Ustozga bo‘lgan xurmat ustoz va shogird o‘rtasidagi ilmiy raqobatga xalaqit bermasligi kerak. U odamlarni o‘ziga tortishi, o‘z qiziqishlariga kirita olishi, katta ilmiy tajribaga ega bo‘lishi, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish tamoyillaridan, metodologiya va metodikadan xabardor bo‘lishi lozim.
Metodikani ilmiy jihatdan asoslash uchun reja dastur tuziladi. Reja-dastur murakkab masalani bir qancha oson masalalarga bo‘lib yuborish va tadqiqot doirasini aniqlashdan iborat. Bunda har bir masala aniq ravishda ta’riflanadi, asoslanadi va boshqa masalalar bilan uzviy bog‘liqligi topiladi. Bunda tadqiqodning mantiqiy ketma – ketligi belgilanib, ayni vaqtda butun diqqatni jalb qilib, hal qilinishi lozim bo‘lgan bosh vazifa aniqlanadi. Reja- dasturni tuzishdan oldin vazifalarni yechish metodlari bilan tanishiladi.
Reja – dastur tuzishdan avval o‘xshash sinfga oid shu kabi masalarlar yechimi metodlari bilan tanishib chiqish va qo‘yilgan masalaning bir nechta yechilish variantlarini mo‘ljallab qo‘yish lozim. Agarda bunday masalar bo‘lmasa, unda eng onson masalani qo‘yishdan boshlash va ularni ketma ketligda qiyinlashtirish sxemalar variantlarini ishlab chiqish kerak.
Reja – dastur tuzish jarayonida asosiysidan kelib chiqish zarur: mavzudan, ilmiy tadqiqot maqsadidan va unga ajartilgan vaqt yoki uni bajarishga ko‘zlanilayotgan muddatdan. Ish maqsadi tadqiqotchi tomonidan aniq va lo‘nda ta’riflangan va oydinlashtirib olingan bo‘lishi kerak. Odatda reja – dasturda barcha ish bosqichlarga bo‘linadi (yillar, kvartallar yoki oylar). Yordamchi masalarning soni va ularda yechiladigan tarkibni asosiy masala belgilaydi. Xar bir bosqichda belgilangan qiyin savolarning yechimi ko‘zda tutiladi, ular shu bosqich doirasida aniq belgilangan tadqiqotlar chegarasi va o‘tkazilish muddati (boshlanishi va tuganlanishi) ko‘rsatilingan qator yengil savollarga bo‘linadi. Butun ish doirasida xar bir bosqich yoki savol, butun bosqich doirasida esa – xar bir masala, aniq ifodalangan, asoslangan, o‘zaro mantiqiy bog‘langan va ketma ketligda bo‘lishi kerak.

Yüklə 25,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə