4-mavzu. Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi. Korrupsiyaga qarshi kurashning jahon tajribasi. O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati Reja



Yüklə 79,67 Kb.
səhifə1/9
tarix29.11.2023
ölçüsü79,67 Kb.
#140476
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Сиртки 4 маърмавзу


4-mavzu. Globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi. Korrupsiyaga qarshi kurashning jahon tajribasi. O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash siyosati
Reja :
1. Globallashuv hodisasi va globalistika.
2. Global muammolarning mohiyati va ularning tasnifi.
3. Globallik mezonlari.
4.Korrupsi tushunchasining ma'nosi va shakllanish tarixi. Dunѐ bơyicha korrupsi holatining tasnifi.
5. Korrupsi ga qarshi kurash bơyicha xalqaro qonunlar va ularning Ơzbekistonda ratifikasi qilishning ahami ti. Ơzbekistonda korrupsi ga oid qonunlar va qarorlar tasnifi, korrupsi ga qarshi kurashning ahami ti.
6.Korrupsi shakllanishining sabablari. Korrupsi ning shakllari. Korupsi ning turlari. Siѐsiy va ğo viy korrupsi xavfsizlikka tahdid. Iqtisodiy korrupsi va uning namoѐn bơlish shakllari.
7 Kadrlar korrupsi si va uni bartaraf tish mexanizmlari.
8.Ta'lim va fan tizimidagi korrupsi ning oqibatlari.


Falsafa va hozirgi zamon. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan 658 real hayoti kundalik amaliyotini ham aks ettiradi. SHu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarning ham e’tiborini tortmoqda. Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o‘z xulosalarida tafsilotlar va muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e’tiborni ishningmohiyatiga qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish imkonini beradi. Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida yoki «jamiyat-tabiat» tizimida yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks vazifalarni hal qilishga majbur bo‘layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat kasb etadi. SHu munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni ikkinchi darajali narsalardan, qonuniy narsalarni tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy rivojlanishda ob’ektiv jarayonlarning sub’ektiv omillardan farqi kabi usullari va metodlari hozirgi zamonda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy anglab etish va amalda bartaraf etish uchun ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Globallashuv hodisasi va globalistika.. Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi. Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek, ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. «globus» – «Er kurrasi») deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. SHuningdek, globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiytadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan, ularning natijalarini, shuningdek, ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi. 659 SHuni ta’kidlash lozimki, globalistika odatda ilmiy bilimning tabaqalanishi natijasida yoki turdosh fanlar tutashgan joyda paydo bo‘ladigan ayrim fanlar qatoriga kirmaydi. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o‘rganib, ularning echimlarini taklif qiladi. Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi. Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa, u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan, «Buyuk geografik kashfiyotlar» yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda, dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqealar, pirovard natijada, insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof-muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi. Er kurrasi shar (globus) ko‘rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab, insoniyat o‘z tarixida birinchi bo‘lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda, ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo‘lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo etish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, o‘z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi. Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab bo‘ldi. Xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy tarzda tashib keltira boshladilar va shu tariqa, uning demografik tarkibini butunlay o‘zgartirdilar. SHuning o‘ziyoq globallashuv turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalboshdan uzviy bog‘liq bo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi. XVII asr boshlariga kelib, SHarq va G‘arb savdogarlari ulkan hududlarni o‘zlashtirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar. SHu tariqa, ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar. SHunday qilib, XV–XVI asrlarda yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar 660 jahon tarixining rivojlanish jarayonida tub burilish yasadi va «Evropa siyosatining keskin, misli ko‘rilmagan darajada kengayishiga olib keldi. Dunyo chegaralari muayyan darajada kengaydi. Endilikda Evropa mamlakatlari o‘rtasidagi turli ziddiyatlarga mustamlakalar uchun kurashda raqobat ham qo‘shildi»1. SHu tariqa, yangi xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlarga, turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siriga va G‘arbiy Evropa dengiz davlatlarining o‘zlari kashf etgan Er kurrasining turli hududlaridagi ekspansiyasiga asos solindi. Fundamental globallashuv dunyo miqyosidagi aloqalar, tuzilmalar va munosabatlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq. Mazkurjarayonlar natijasida dunyo o‘zining deyarli barcha jihatlarida yaxlit bir butun organizm sifatida uzil-kesil shakllandi. Fundamental deb nomlanuvchi bunday globallashuvning ilk alomatlari XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘ldi, XX asr o‘rtalariga kelib esa, u to‘la darajada borliqqa aylandi. Ayni shu davrda, dunyoni iqtisodiy bo‘lib olish yakunlandi va buning natijasida turli mamlakatlar va xalqlarning kuchayib borayotgan o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadigan mutlaqo yangicha tusdagi keskin xalqaro muammolar yuzaga keldi. Bu jarayonlar nafaqat iqtisodiyot, siyosat va ijtimoiy hayotni, balki aloqa va kommunikatsiya vositalarini, shuningdek, ma’naviy jabha – madaniyat, fan va falsafani ham qamrab oldi. Turli-tuman xalqaro tashkilotlar, forumlar, s’ezdlar, kongresslar vujudga kela boshladiki, bunga o‘sha davrda aloqa va ommaviy kommunikatsiya vositalarining faol rivojlanishi ham imkoniyat yaratdi. SHunday qilib, amalda butun dunyo kuchli davlatlar va yirik monopoliyalar o‘rtasida keskin kurash va ta’sir doiralarini bo‘lib olish maydoniga aylandi va bu pirovardda, birinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu urushda jahonning ko‘p sonli xalqlari bevosita yoki bilvosita ishtirok etdi, chunki shu davrgacha dunyo miqyosida yuzaga kelgan iqtisodiy va siyosiy bog‘liqlik, sayyoraning birorta ham yirik davlatiga, urushdan yoki hech bo‘lmasa uning ta’siri va oqibatlaridan butunlay chetlashish imkonini bermas edi. Bu, mazkur davrdan e’tiboran, tarix faqat Evropa tarixi yoki aytaylik, alohida Xitoy, Rossiya, Amerika, G‘arb, SHarq tarixi bo‘libgina qolmasdan, insoniyat tarixiga, ya’ni tom ma’nodagi jahon tarixiga ham aylanganidan dalolat beradi. 1918 yilda birinchi jahon urushining tugashi xalqaro maydonda kuchlarning yangicha nisbati yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi va turli davlatlarning urushdan keyingimunosabatlari, manfaatlari va qarama-qarshiliklarini yanada tarangroq tugunga bog‘lagan oqibatlarga olib keldi, shu tariqa butun dunyoni barcha asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha jahon hamjamiyatiga aylantirdi. Pirovardda, birinchi va ikkinchi jahon urushlari oralig‘idagi davrda globallashuv jarayonlari yanada bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. Bu davrda, globallashuvning asosiy beligilari: a) biosferaga antropogen ta’sirning kuchayishi va insonning real «geologik kuch»ga aylanishi; b) ommaviy madaniyat, avvalo, kino, musiqa, adabiyot, keng iste’mol mollari ishlab chiqarish sohasida faol rivojlana boshlashi; v) televizorning ixtiro etilishi, vaqt o‘tishi bilan u ommaviy madaniyatning asosiy targ‘ibotchisiga va globallashuv ramziga aylanishi; 1 Xarenberg B. Xronika chelovechestva. –M.: «Slovo», 2000 g. s. 387. 661 g) makon va vaqtni ilk bor insonning kundalik hayoti ko‘rsatkichlariga qadar uzil-kesil «qisqartirgan» havo kemalarida qit’alararo qo‘nmay, to‘g‘ri uchib o‘tishlarlarda namoyon bo‘ldi. Ammo, echilmagan ziddiyatlar va umumiy bog‘liqlikning kuchayishi, insoniyat tarixidagi eng katta va davomli urush – ikkinchi jahon urushi boshlanishiga olib keldi. Bu safar dunyo miqyosidagi urushda Er aholisining to‘rtdan uch qismi ishtirok etdi. birinchi jahon urushiga qaraganda bir necha baravar ko‘proq qurbonlar berildi. Dunyo miqyosidagi jarayonlarning globallashuvi nuqtai nazaridan, bu urushlarning ikkalasi ham amalda ayni bir global urushning turli bosqichlari edi. Ularning o‘rtasidagi farq faqat miqdor ko‘rsatkichlarida ko‘rinadi. Mohiyat e’tibori bilan, ikkala urush ham ayni bir masalalarni echish – XX asr boshida bo‘lib olingan, yaxlit va o‘zaro bog‘langan dunyoni qayta bo‘lib olishga qaratilgan edi.Urusholibborishusullarihamdeyarlibiredi, farqiesa, texnikjihozlanish darajasi va miqyosi ikkinchi jahon urushida bir necha baravar yuqori, mafkuraviy ta’sir esa, avvalgi urushda yo mavjud bo‘lmagan radio, telefon, yo hali yaxshi rivojlanmagan aviatsiya, dengiz, temir yo‘l, avtomobil transporti aloqa va kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanish bilan ko‘p karra kuchaytirilishida namoyon bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushi ham, xuddi avvalgi jahon urushidek, urushdan keyingi dunyoviy tartibning o‘ziga xos xususiyatiga aylangan bir qator olamshumul oqibatlarga olib keldi. Ularning orasida eng muhimi shu bo‘ldi-ki, urush mutlaqo yangi qurol turi (atom va reaktiv qurol) yaratish borasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlarni rag‘batlantirdi. Mazkur davrda ularning ilk namunalari jangovar sinovdan o‘tkazildi va insoniyatga butun dunyoni xarobazorga aylantirish va barcha tirik mavjudotlarni qirib tashlash uchun cheksiz imkoniyatlar yaratdi. Fan-texnika taraqqiyotining ayni shu yutuqlari keyinchalik «sovuq urush» davrida avj olgan qurollanish poygasining mohiyati va mazmunini belgilab berdi va sayyoramizning nozikligi va makonda tutashligini amalda namoyish etdi. Ikkinchijahonurushiningboshqabiroqibatijamiyathayotiningijtimoiysiyosiy sohasida yuzaga keldi va u turli-tuman xalqaro tashkilotlarning mislsiz darajada o‘sishida namoyon bo‘ldi. Ularning orasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), hech shubhasiz, ajralib turadi. Evropadagi integratsiya jarayonlari ham urushning tugashi bilan bog‘liq bo‘lib, Buyuk Britaniya bosh vaziri U.CHerchill Evropa qo‘shma SHtatlarini tuzishga chaqirgan 1946 yilni, ularning sanoq boshi, deb hisoblash mumkin. Bosh harbiy jinoyatchilar guruhi va natsistlarning asosiy tashkilotlari ustidan o‘tkazilgan Nyurnberg sud jarayoni yana bir muhim tadbir va ayni vaqtda xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida dunyo miqyosidagi hamkorlikning ilk tajribasi bo‘ldi. Bu jarayon 1945 yil 8 avgustda g‘olib mamlakatlar – SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan tashkil etilgan tarixdagi birinchi Xalqaro harbiy tribunal tomonidan amalga oshirildi va hozirgi Xalqaro sud tizimini tashkil qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Ayni shu davrda, liberalizm va demokratiya g‘oyalari dunyo 662 miqyosida keng tarqala boshladi, ijtimoiy borliq asoslarini, jamiyatning axloqiy negizlari va ijtimoiy rivojlanishning asosiy tamoyillarini qayta anglab etishga qaratilgan jiddiy tadqiqotlar va nazariy ishlovlar majmui paydo bo‘ldi. Globallashuvning serqirraligi. Dunyo miqyosidagi tahdidlar va globallashuv jarayonlarini aholining keng qatlamlari anglab etishi, shuningdek, jahon hamjamiyati va unga mos keluvchi qadriyatlarga munosabat, madaniyat, turmush tarzining shakllanishi gldoballashuv serqirraligi bosqichiga xos xususiyat hisoblanadi. 1970-yillardan globallashuv o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarildi va serqirra tus oldi. Ayni shu davrda, axborot-texnologiya inqilobining rivojlanishi jadallashdi, mif, din, falsafa, fan, ekologiya bilan bir qatorda global ong, ijtimoiy ongning yana bir shakli sifatida paydo bo‘ldi. Globallashuvning serqirragijahonbozorinisezilarlidarajadao‘zgartirdi, jahon xo‘jaligi o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etib, milliy xo‘jaliklardan kuchliroq va muhimroq tus olishiga imkoniyat yaratdi. Quyidagilar globallashuv serqirraligining muhim xususiyatlari hisoblanadi: a) «rezonans effekti»ning paydo bo‘lishi, bunda iqtisodiy yuksalishlar yoki tangliklar bir mamlakatdan u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan boshqa mamlakatlar va mintaqalarga o‘tadi; b) turli tovarlar va xizmatlar jahon bozorlarining yaratilishi; v) ko‘rsatilgan tovarlar va xizmatlarga jahon narxlarining shakllanishi, ular mazkur tovarlar va xizmatlar milliy ishlab chiqaruvchilarining siyosatini ko‘p jihatdan belgilashi. Iqtisodiyotning internatsionallashuvi va pul rolining unifikatsiyalashuvi bilan bir qatorda ommaviy jamiyat va unga mos keluvchi ommaviy madaniyatning shakllanishi serqirra globallashuvning o‘ziga xos xususiyatiga va muayyan darajada uning qonuniy mahsuliga aylandi. Zamonaviy transport va aloqa vositalari sharofati bilan makon va vaqt omillari amalda muhim ahamiyatga ega bo‘lmay qolgan globallashuv sharoitida, til turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy, ilmiy, maishiy va hokazo aloqalari va muloqoti yo‘lidagi oxirgi jiddiy to‘siq bo‘lib qoldi. Umumiy qabul qilingan tilga ob’ektiv ehtiyoj doimo mavjud bo‘lgan, lekin jahon savdosi va kapitallarni bir joydan boshqa joyga o‘tkazish hajmlari ko‘p karra o‘sgan, siyosiy munosabatlar global darajagacha kengaygan, xalqaro jamoat tashkilotlari, sport musobaqalari, turistik industriya va shu kabilar paydo bo‘lgan serqirra globallashuv davrida u, ayniqsa, kuchaydi. Bugungi kunda, ingliz tili bir qator ob’ektiv sabablarga ko‘ra madaniyatlararo muloqot tiliga aylandi. 1991 yilda Internet paydo bo‘lganidan so‘ng, dunyo informatsion jihatdan ham uzil-kesil tutashdi. Kompyuter inqilobi va Internet tarmog‘ining rivojlanishi, chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo‘lgan yangi axborot maydonini vujudga keltirdi. Globallashuvning serqirraligi siyosatning ham sezilarli darajada o‘zgarishiga olib keldi. 1990-yillargacha «sovuq urush» holatida bo‘lgan ikki harbiysiyosiy blokning qattiq qarama-qarshiligi bilan tavsiflangan ikki qutblilik 663 xalqaro munosabatlarning asosiy xususiyati sanalgan bo‘lsa, sotsialistik tizim parchalanishi bilan vaziyat butunlay o‘zgardi. So‘nggi yillarda milliy davlatlar faoliyati bilan bir qatorda xalqaro munosabatlarning yangi, «noan’anaviy» sub’ektlarining faolligi va ta’siri ham ancha o‘sdi. Bu sub’ektlar o‘z soni, moliyaviy imkoniyatlari va siyosiy ta’siriga ko‘ra ayrim davlatlar bilan bemalol bellasha oladi. Xalqaro munosabatlarning mazkur sub’ektlari orasida eng muhimlari hukumatlararo tashkilotlar, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro nohukumat tashkilotlar hisoblanadi. «YAshillar», «muqobillar», antiglobalistlar kabi ijtimoiy harakatlar ham keng dovruq qozondi. Globallashuvning serqirraligi madaniyat, xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq sohasida jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar yasash bilan bir qatorda axloq, xulq-atvor me’yorlari, qadriyatlarga munosabat va mo‘ljallarda ham muhim o‘zgarishlarga kuchli ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mutlaqo yangi hodisa – jahon jamoatchilik fikri yuzaga keldi va sayyoramizda o‘zini jahon fuqarosi deb hisoblovchi odamlar soni ko‘paydi. Jahon hamjamiyati yangi ming yillik chegarasidan o‘tib, o‘z tarixiy rivojlanishining butunlay yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu bosqich, jahon ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy va ma’naviy aloqalarining tarqoqligi va parokandaligidan, ularning birligi, yaxlitligi, yagonaligi va globalligiga o‘tish bilan tavsiflanadi. Global muammolar globallashuvning oqibati sifatida. Ko‘rib chiqilgan globallashuv jarayonlari odamlarga yangi g‘am-tashvishlar va ijtimoiy hayotning internatsionallashuvidan kelib chiqadigan yangi (global) muammolar keltirdi. YUqorida qayd etib o‘tilganidek, ular ijtimoiy rivojlanishda, shuningdek, «jamiyat–tabiat» tizimida uzoq vaqt mobaynida yuz bergan miqdor va sifat o‘zgarishlari mahsuli bo‘ldi. SHuni ta’kidlash lozimki, jahon hamjamiyati nafaqat yanada rang-barang, balki avvalgidan ham ziddiyatliroq shakl-shamoyil kasb etgani bilan tavsiflanadigan hozirgi vaziyat tarixda hech qachon bo‘lmagan. Bir tomondan, u bir-biriga o‘xshamaydigan, katta va kichik, rivojlangan va qoloq, tinchliksevar va urushqoq, yosh va qadimgi ko‘p sonli madaniyatlar, millatlar va davlatlardan iborat. Boshqa tomondan esa, insoniyat uchinchi ming yillikka yagona organizm sifatida, bir «umumiy uy», aniqroq aytganda, yashash sharoitlari nafaqat tabiiy ko‘rsatkichlar, ya’ni yashash uchun yaroqli hudud Bilan, balki hayot faoliyati uchun zarur resurslar mavjudligi bilan ham chegaralangan Er deb atalmish katta va odamga to‘lib ketgan «kommunal kvartira» aholisi sifatida qadam qo‘ydi. Bu to‘la anglab etish jarayoni so‘nggi o‘n yilliklardagina yuz bergan va endilikda u bilan barcha mamlakatlar va xalqlar hisoblashishga majbur bo‘lgan borliqdir. Ayni vaqtda shuni ta’kidlash lozimki, global muammolarning paydo bo‘lishi qandaydir yanglishish, kimningdir xatosi yoki ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishning ataylab tanlangan strategiyasi natijasi emas. Bu tarix injiqligi yoki tabiiy anomaliyalar mahsuli ham emas. Ushbu muammolarning ildizlari ancha chuqur bo‘lib, industrial jamiyat, umuman texnokra- 664 tik yo‘naltirilgan madaniyatning keng miqyosdagi inqirozini yuzaga keltirgan hozirgi sivilizatsiyaning vujudga kelish tarixiga borib taqaladi. Mazkur inqiroz odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va tabiat bilan o‘zaro aloqalarining butun majmuini qamrab oldi va deyarli butun jahon hamjamiyatiga, rivojlanayotgan mamlakatlarga va rivojlangan mamlakatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Insonning atrof-muhitga salbiy ta’siri aynan rivojlangan mamlakatlarda, asosan, bu erda jadal sur’atlarda va stixiyali tarzda rivojlangan iqtisodiyot bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra, oldinroq va bo‘rtibroq namoyon bo‘ldi. SHu ma’noda 2008 yilda boshlanib, butun dunyoni larzaga solgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat rivojlangan sanoat mamlakatlari, balki rivojlanayotgan, ayniqsa, bozor munosabatlari qaror topayotgan davlatlarda ham o‘z salbiy oqibatini o‘tkazmasdan qolmadi. Ayni paytda, global moliyaviy inqiroz jahon moliya bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va uni tubdan isloh qilishning zarurligini ko‘rsatib berdi. Ushbu moliyaviyiqtisodiy inqirozning har qanday davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari ko‘p jihatdan bir qator omillarga, xususan, mamlakat moliya valyuta tizimi nechog‘lik mustahkam ekanligi, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi, oltin valyuta zahirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati, shuningdek, iqtisodiyotning barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatbardoshlik darajasi bilan bog‘liq. Darhaqiqat, I.A.Karimov aytganlaridek, «Mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009–2010-yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi»1. Bu esa, respublikamiz moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining barqaror va ishonchliligi, ularning himoya mexanizmlarini kuchaytirish uchun, xalqaro moliya inqirozining mamlakat bank tizimiga ta’siri darajasini e’tiborga olgan holda, Markaziy bankning pul-kredit siyosati dastaklari, likvidligini tartibga solish instrumentlarini yanada takomillashtirish, bank xizmatlaridagi innovatsiyalarni hisobga olgan holda banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni yanada takomillashtirishni talab qiladi. Hozirgi kunda bu vazifa bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy rivojlanishning jadallashuvi. Bunday rivojlanish, avvalo, atrof-muhitning tanazzuliga olib keldi va tez orada insonning o‘zi ham tanazzulga yuz tutganini namoyon etdi. Zero, inson xulq-atvori, tasavvurlari va fikrlash tarzi, uning atrofida yuz bera boshlagan o‘zgarishlarga muvofiq, o‘z vaqtida o‘zgarishga qodir bo‘lmay qoldi. Ijtimoiy-iqtisodiyjarayonlarningjadal sur’atlarda rivojlanishiga esa, insonning o‘zi va uning fan va texnika sohasidagi yangi va yangi yutuqlar bilan ko‘p karra kuchaytirilgan izchil o‘zgartiruvchi faoliyati sabab bo‘ldi. So‘nggi o‘n yilliklarning o‘zida fan-texnika yutuqlari o‘sishi natijasida jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishida avvalgi yuz yilliklarga qaraganda ko‘proq o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bunda o‘zgarishlar jarayoni o‘sib boruv1 Karimov I. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari. –T.: «O‘zbekiston», 2009 y. 30-b. 665 chi tezlikda rivojlandi va ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda yanada chuqurroq va jiddiyroq o‘zgarishlar yasadi. Masalan, verbal (og‘zaki) muloqotdan yozuvning yaratilishiga qadar insoniyat taxminan uch million yilga, yozuvdan kitob bosmasi ixtiro qilingunga qadar taxminan besh ming yilga, kitob bosmasidan telefon, radio, televidenie kabi audiovizual vositalar yaratilgunga qadar, taxminan besh yuz yilga teng yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lsa, odatdagi audiovizual vositalardan zamonaviy kompyuterlarga o‘tish uchun ellik yildan kamroq vaqt talab etildi. Misli ko‘rilmagan sur’atlarda – atigi 10–5 yil ichida odamlar Internet va uyali aloqa yordamida muloqot qilish uchun cheksiz imkoniyatlarni qo‘lga kiritdilar. YAngi ixtirolar yaratilganidan ular amalga joriy etilgunga qadar o‘tadigan vaqt ham yanada qisqardi; ular endi aksariyat hollarda yillar bilan emas, balki oylar va hatto kunlar bilan o‘lchanadi. XXI asrning eng so‘nggi kashfiyotlaridan biri bo‘lmish nanotexnologiyalar (mitti texnologiyalar)ning yaratilishi insonning barcha sohadagi imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. (Bu haqda Axborot va axborotlashuvning falsafiy asoslari mavzusida batafsil ma’lumot berilgan). SHunday qilib, atigi ikki-uch yuz yil muqaddam turli millatlar asosan alohida-alohida yashagan, ularning o‘zaro aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, endilikda, Erda nafaqat «oq dog‘lar», ya’ni inson oyog‘i etmagan joylar qolmadi, balki tabiiy holatiga inson bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmagan sof hududlar, suv va fazo bo‘shliqlari ham deyarli mavjud emas. Bularning barchasi endi bizning sayyoramizni «umumiy uy», «Koinotdagi orolcha», «qattiq to‘lqinlanayotgan okeandagi qayiq», «dunyoviy qishloq» deb, barcha odamlar uchun umumiy tus olgan muammolarni esa – olamshumul, umuminsoniy, global deb nomlash uchun asos bo‘lmoqda. Global tendensiyalarni anglashning ahamiyati. Jahonda yuz berayotgan o‘zgarishlarning ba’zi bir tendensiyalari olimlar va faylasuflar diqqat markazidan bu o‘zgarishlar barchaga ravshan bo‘lishidan oldinroq o‘rin oldi. Masalan, ijtimoiy rivojlanishga turli sivilizatsiyalarning oldinma-ketin almashishi sifatida qaragan ingliz tarixchisi A.Toynbi (1889–1975), kompyuter inqilobidan ancha oldin «XX asrda umumjahon tarixi boshlandi», degan xulosaga keldi. SHu tariqa, tub o‘zgarishlar nafaqat jamiyat qurilishi negizlarida, balki dunyo miqyosida yuz berayotgan ijtimoiy jarayonlarning asosiy tendensiyalarida ham aks etgani ta’kidlandi. Hozirgi zamon nemis falsafasining atoqli namoyandasi K.YAspers (1883– 1969) bu xususda yanada aniqroq fikr bildirdi. U, 1948 yilda e’lon qilgan «Tarix kurtaklari va uning maqsadi» asarida, jumladan, shunday deb yozadi: «Ilk bor olamshumul ahamiyat kasb etgan bizning tarixan yangi sharoitimiz Erda odamlarning real birligidan iboratdir. Zamonaviy aloqa vositalarining texnik imkoniyatlari sharofati bilan sayyoramiz insonga to‘la ochiq bo‘lgan yagona yaxlitlikka aylandi»1. Bu, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, tarixiy o‘lchovlarga ko‘ra jadal sur’atlarda emas, balki misli ko‘rilmagan shitob bilan yuz berdi. Bunda dunyoning yagonaligi tarixiy taraqqiyotni belgilovchi muhim omilga aylandi. Ikkinchi jahon urushi jahon hamjamiyatining parokandaligiga uzil-kesil chek qo‘ydi. Urush 1 YAspers K. Smыsl i naznachenie istorii. –M.: 1991 g. s. 141. 666 tugagani zahoti, K.YAspers, «SHu davrdan e’tiboran yaxlit bir butunning yagona tarixi sifatidagi jahon tarixi boshlanadi. Endi butun dunyo asosiy muammo va vazifaga aylandi. SHu tariqa tarixning butunlay o‘zgarishi yuz beradi. Dunyo mamlakatlari va xalqlari tutashdi. Er kurrasi yaxlit va yagona tus oldi. YAngi xavflar va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Barcha muhim muammolar dunyo miqyosidagi muammolarga, vaziyat – butun insoniyat vaziyatiga aylandi»1, – deb qayd etdi. Borliq, ong, hayotning mazmuni azaliy falsafiy muammolariga va falsafada muttasil muhokama qilinadigan boshqa masalalarga, hozirgi davr shu tariqa ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, mutlaqo yangi mavzu – insoniyatning yagona taqdiri va Erdagi hayotni saqlash mavzusini qo‘shimcha qildi. XX asrda fan va texnika sohasidagi aqlni lol qoldiradigan natijalar ta’sirida ilk texnokratik ijtimoiy nazariyalar paydo bo‘ldi. SHulardan birining muallifi – amerikalik iqtisodchi va sotsiolog T.Veblen jamiyatning rivojlanishida sanoat ishlab chiqarishi va texnika taraqqiyotining etakchi rolini birinchilardan bo‘lib falsafiy jihatdan asoslab berdi. Uning fikricha, hozirgi zamon davlati muhandislar va texniklar tomonidan boshqarilishi lozim, chunki ishlab chiqarishni jamiyat manfaatlarida rivojlantirish (bu g‘oya T.Veblen texnokratik nazariyasining mag‘zini tashkil etadi) faqat ularning qo‘lidan keladi va siyosiy hokimiyat ularga ayni shu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun kerak. SHu davrda yangi tendensiyalarga nisbatan boshqacha munosabatni ilgari suruvchi yondashuvlar ham paydo bo‘ldi. Xususan, tabiat bilan jamiyatning o‘zaro munosabati muammolarini anglab etishda V.I.Vernadskiyning roli va u noosferani yaxlit umumbashariy hodisa sifatida tushunishi mhim ahamiyatga ega bo‘ldi. SHunga o‘xshash fikrlarni taniqli fransuz faylasufi, teolog P.Teyyar de SHarden ham ilgari suradi. Biosferaning tarkibiy qismi sifatida insonning betakrorligini asoslashga harakat qilar ekan, u insonning tabiat bilan munosabatlarini uyg‘unlashtirish konsepsiyasini rivojlantirdi va butun insoniyatning birlashishi yo‘lida egoistik niyatlardan voz kechishga chaqirdi2. SHunday qilib, faylasuflar va olimlar XX asrning birinchi yarmidayoq nafaqat yangi davr – umumbashariy hodisalar davri boshlanayotganini, balki bu yangi sharoitlarda odamlar tabiiy va ijtimoiy stixiyaga faqat bahamjihat qarshilik ko‘rsata olishi mumkinligini ham anglab etdilar. Texnooptimizm. Ammo, qayd etilgan qarashlar 60-yillarning boshlariga kelib, texnokratik kayfiyatlarning yangi to‘lqini bilan chetga surib qo‘yildi va qariyb ikki o‘n yillik mobaynida ommaviy ongga o‘z ta’sirini yo‘qotdi. Bunga urushdan keyingi davrda jahonning deyarli barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarini qamrab olgan sanoat yuksalishi sabab bo‘ldi. 50–60-yillarda ijtimoiy taraqqiyot istiqbollari G‘arbda ham, SHarqda ham aksariyat mamlakatlar uchun porloq bo‘lib tuyular edi. Ijtimoiy ongda har qanday dunyoviy va hatto koinot muammolarini fan va texnika yordamida hal qilish mumkin, degan illyuziyani yaratgan texnooptimistik kayfiyatlar kuchaydi Bunday qarashlar, «iste’mol jamiyati»ni ijtimoiy rivojlanish maqsadi, deb e’lon qilgan ko‘p sonli nazariyalarda o‘z aksini topdi. Ayni shu davrda, «industrial», «postindustri1 YAspers K. Smыsl i naznachenie istorii. –M.: 1991 g. s. 142. 2 Qarang: P.T. de SHarden. Fenomen cheloveka. –M.: 1987 g. s. 194. 667 al», «texnotron», «informatsion» jamiyatlarning turli konsepsiyalarini yaratish ustida faol ish olib borildi. 1957 yilda taniqli iqtisodchi va sotsiolog J.Gelbreyt «Serobgarchilik jamiyati» kitobini e’lon qildi va uning asosiy g‘oyalarini keyinchalik, o‘zining «YAngi industrial jamiyat» deb nomlangan boshqa asarida rivojlantirdi. Uning asarlarida, inson fan va texnika sohasida erishayotgan yutuqlarga yuksak va faqat ijobiy baho beriladi, mazkur yutuqlar ta’sirida jamiyat iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarida chuqur o‘zgarishlar yuz berayotganiga e’tibor qaratiladi. Taniqli fransuz faylasufi R.Aron asarlarida, shuningdek, uning 1956– 1959-yillarda Sorbonna universitetida o‘qilgan ma’ruzalarida, amerikalik siyosatshunos U.Rostouning 1960 yilda chop etilgan va o‘z davrida shov-shuvga sabab bo‘lgan «Iqtisodiy o‘sish bosqichlari. Nokommunistik manifest» kitobida «industrial jamiyat» nazariyasi yanada to‘laroq asoslab berildi. Bu olimlar fikriga ko‘ra, fan-texnika inqilobi ta’sirida «odatdagi» agrar jamiyat o‘rnini sanoat jihatidan taraqqiy etgan «industrial» jamiyat egallaydi va bu erda bozor sharoitida ommaviy ishlab chiqarish birinchi o‘ringa chiqadi. Sanoatning rivojlanish va texnika yutuqlaridan foydalanish darajasi bunday jamiyat progressivligining bosh mezonlariga aylanadi. Jamiyat hayotining barcha sohalariga kompyuterlarning keng joriy etilishi yangi nazariyalar, chunonchi: «postindustrial», «informatsion» (D.Bell, G.Kan, J.Furaste, A.Turen), «texnotron» (Z.Bjezinskiy, J.J.Servan-SHrayber), «o‘ta industrial», «kompyuter» (A.Toffler) jamiyati nazariyalari yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ularda ijtimoiy taraqqiyotning asosiy mezoni sifatida texnika yutuqlari, aniqrog‘i faqatgina ular emas, balki fan va ta’limning rivojlanishi amal qiladi. Kompyuter texnikasi negizida yaratilgan yangi texnologiyalarning amalga joriy etilishi taraqqiyotning muhim mezoni hisoblanadi. Amerikalik taniqli faylasuf va sotsiolog D.Bell bo‘lg‘usi ijtimoiy qurilish shakl-shamoyillarini belgilar ekan, hali Internet paydo bo‘lishidan ancha oldin shunday degan edi: «SHunga ishonchim komilki, axborot va nazariy bilim postindustrial jamiyatning strategik resurslaridir. Bundan tashqari, o‘zining yangi rolida ular hozirgi tarixning tub burilish nuqtalaridir»1. D.Bell, birinchi burilish nuqtasi sifatida hozirgi jamiyatda «umumiy bilim» sifatida asosiy ishlab chiqaruvchi kuchga aylangan fan xususiyatining o‘zgarishini qayd etadi. Ikkinchi burilish nuqtasi yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, ular, sanoat inqilobi davri texnologiyalaridan farqli o‘laroq, o‘ta moslashuvchan va osongina qayta ixtisoslashtirilishi mumkin. U «Hozirgi texnologiya betakror va ayni vaqtda rang-barang natijalarga erishish uchun ko‘p sonli muqobil yo‘llar ochadi, bunda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish mislsiz darajada o‘sadi. Bular – imkoniyatlar, hamma gap ularni ro‘yobga chiqarishda»2, deb qayd etgan edi. Texnopessimizm, fan-texnika yutuqlari insoniyatni boshi berk ko‘chaga olib kiradi va pirovardda, u halok bo‘ladi, deb hisoblaydi. Ko‘rib chiqilayotgan naza1 Bell D. Sotsialnыe ramki informatsionnogo obщestva / Novaya texnokraticheskaya volna na Zapade. –M.: 1986 g. s. 342. 2 Tam je: s. 342. 668 riyalarning ayrim tarafdorlari, fan-texnika inqilobining salbiy oqibatlariga, xususan, atrof-muhitning ifloslanishi muammolariga ma’lum darajada e’tibor bergan bo‘lsalar-da, lekin, umuman olganda, ularning hech biri bundan 1980-yillarning o‘rtalarigacha jiddiy tashvishga tushmadi. CHunki, fantexnika taraqqiyoti hamma narsaga qodir ekanligiga ishonch haddan tashqari katta edi. Ayni zamonda, 1960-yillarning oxirlaridan ekologik qiyinchiliklardan tashqari aksariyat davlatlar va hatto qit’alarga tahdid solgan boshqa muammolar: aholining nazoratsiz o‘sishi, turli mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining notekisligi, xom ashyo resurslari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va boshqalar tobora bo‘rtibroq namoyon bo‘la boshladi. Tez orada ular fan va falsafa diqqat markazidan o‘rin olib, qizg‘in bahs va munozaralar predmetiga aylandi. Ko‘rsatilgan muammolarni falsafiy tahlil qilish borasidagi dastlabki urinishlarning o‘ziyoq texnokratik tendensiyalarga zid bo‘lgan, keyinchalik «texnologik pessimizm» deb nomlangan qarashlarni namoyon etdi. «Ekopessimizm», asosiy e’tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrofmuhit muammolariga qaratilgan, ularni echish imkoniyatlari salbiy tusda ko‘rilgan holdir. Ko‘pgina taniqli olimlar va faylasuflar, xususan, G.Markuze, T.Rozzak, P.Gudmen va boshqalar o‘z o‘tmishdoshlarini shafqatsiz ssientizmda1, insonni fan va texnika quliga aylantirishga urinishda ayblab, fan-texnika taraqqiyotiga qarshi chiqdilar. Fan-texnika taraqqiyotiga va umuman ijtimoiy taraqqiyotga qarshi norozilikning yangi to‘lqini yuzaga kela boshladi. Bu to‘lqin ta’sirida paydo bo‘lgan g‘oyalar «aksiliste’mol» jamiyatini asoslashga harakat qilar va «o‘rtacha odam»ni ozginaga qanoat qilish lozimligiga ishontirishga qaratilgan edi. Global muammolar paydo bo‘lishining aybdorini topishga urinish jarayonida asosiy ayb «zamonaviy texnologiya»ga qo‘yildi. Nafaqat fan yutuqlari, balki taraqqiyot g‘oyasi ham shubha ostiga olindi. O‘z davrida J.J.Russo ilgari surgan «tabiat bag‘riga qaytish»ga chorlovlar paydo bo‘ldi, iqtisodiy rivojlanishni erishilgan darajada «to‘xtatish» taklif qilindi. Rim klubi. YUqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish, asosan, Rim klubi faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda o‘zining birinchi majlisiga yig‘ilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash va e’lon qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon qilingan «O‘sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, chunki insoniyat o‘zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida o‘tirib, gugurt o‘ynayotgani»ni ko‘rsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan so‘zboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday o‘sish sur’atlariga dosh berishga, insonning har qanday erkaliklarini ko‘tarishga qodir ekanligiga sog‘lom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham 1 Ssientizm (ingl. science – fan) – fanning jamiyat hayotidagi rolini mutlaqlashtiruvchi konsepsiya. 669 ishonmaydi. O‘sish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim»1. Mazkur ma’ruza mualliflari shunday aniqlash bilan shug‘ullandilar. Olingan natijalarning muxtasar mazmuni shundan iborat ediki, sayyoramiz hajmining chegaralari muqarrar tarzda inson imkoniyatining chegaralarini ham nazarda tutadi; moddiy o‘sish cheksiz darajada davom etishi mumkin emas; ijtimoiy rivojlanishning haqiqiy chegaralari moddiy omillar bilan emas, balki ekologik, biologik va hatto madaniy omillar bilan belgilanadi. Ular jahon rivojlanishi asosiy tendensiyalarining kompyuter modelini tuzib, mazkur tendensiyalar saqlangan holda, uchinchi ming yillik boshidayoq, insoniyat voqealar ustidan nazoratni butunlay yo‘qotishi va natijada halokatga yuz tutishi mumkin, degan to‘xtamga keldilar. Bundan ishlab chiqarishning o‘sishini to‘xtatish, tobora ko‘payib borayotgan aholi sonini esa tegishli ijtimoiy siyosat yordamida barqarorlashtirish lozim, degan xulosaga kelindi. Ma’ruza jahonning ko‘plab tillariga o‘girildi va dunyo bo‘ylab keng tarqaldi, ishlab chiqarishning o‘sishini to‘xtatish g‘oyasi tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. So‘ngra navbatdagi ma’ruzalar majmui (bugungi kunda ular yigirmatadan oshib ketdi) paydo bo‘ldi. Bu ma’ruzalar umuminsoniy muammolarning ko‘pgina jihatlarini yoritib berdi va ularga nafaqat olimlar va faylasuflar, balki siyosatchilar, jamoat arboblari, umuman jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi. Globalmuammolarni echishdafalsafaning roli. Og‘ir va murakkab vazifalarni echishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o‘ziyoq odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa, bu muammolarni echish yo‘llarini izlashga majbur qildi. YUzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o‘rganish mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero, o‘z tadqiqoti ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli, u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni echishidan qat’i nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi. Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas. 1 Pechchei A. CHelovecheskie kachestva. –M.: 1980. s. 123–124. 670 SHunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy echimi to‘g‘risida, boshqa tomondan esa – falsafa fanlarning keng doirasi o‘zaro aloqa qilishini rag‘batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda bo‘lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o‘rganadi, degan fikr mavjud bo‘lsada, u (falsafa) global muammolarni echishda muhim rol o‘ynaydi. Zero, umumiy nazariyalar, ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda ko‘proq samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum. Albatta, falsafa siyosiy va boshqa qarorlar qabul qilish jarayoniga muqarrar tarzda va bevosita ta’sir ko‘rsatadi, deb aytish uncha o‘rinli bo‘lmaydi. Zero, uning bosh vazifasi dunyoqarashni shakllantirish va shu tariqa amaliy qarorlar ishlab chiqish jarayoniga bilvosita ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Uning vazifasi global muammolarning tabiiy-ilmiy va texnikaviy jihatlarini bevosita o‘rganishdan emas, balki boshqa fanlar taklif qiladigan tegishli echimlarning falsafiy, metodologik, madaniy va axloqiy negizini ta’minlashdan iborat. Falsafiy tadqiqot muayyan fanlarning mazkur sohadagi yutuqlariga tayanib, masalaning ayrim jihatlarini mavhumlashtiradi va global muammolarni ular bir-birini qay darajada taqozo etishi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Boshqacha aytganda, falsafiy yondashuv global muammolarni ularning ijtimoiy ahamiyati va ijtimoiy belgilanganligi nuqtai nazaridan yaxlit o‘rganishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot, avvalo, global muammolarning mohiyatini aniqlashni nazarda tutadi, chunki ularning asl tabiati va genezisini aniqlash bu muammolarning ilmiy va amaliy echimini topish yo‘llarini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Global muammolarni falsafiy anglab etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bo‘lgan xususiyatlarni qayd etib o‘tamiz. Birinchidan, falsafa, dunyoqarashni shakllantirar ekan, inson faoliyati yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilaydigan muayyan mo‘ljallar beradi. SHu tariqa falsafa o‘zining dunyoqarashni shakllantirish va aksiologik funksiyalarini bajaradi. Ikkinchidan, turli fanlar doirasida o‘rganiladigan murakkab tizimlar haqida yaxlit tasavvur mavjud emasligi bu fanlarning o‘zaro hamkorligi yo‘lida jiddiy to‘siq hisoblanadi. SHu ma’noda, falsafaning mazkur fan doirasida yuzaga keladigan nazariyalarni umumlashtiruvchi metodologik funksiyasi, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy bilimning integratsiyalashuviga ko‘maklashadi. Uchinchidan, falsafa ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tarixiy kontekstda tushuntirish imkonini beradi. U jamiyat va tabiat rivojlanishining umumiy qonunlarini ta’riflaydi va shu sababli global muammolarni o‘rganishda ularni ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qonuniy hodisa sifatida tushunishga yo‘l ko‘rsatadi. SHunday qilib, global muammolarning paydo bo‘lishi tasodif yoki insoniyatni halokatga oldindan mahkum etuvchi taqdirning hukmi sifatida emas, balki qarama-qarshiliklarga to‘la insoniyat tarixi ob’ektiv rivojlanish jarayonining mahsuli sifatida qaraladi. 671 To‘rtinchidan, falsafa global muammolar rivojlanishining umumiy tendensiyasini, ularning o‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etish darajasini falsafiy nuqtai nazardan anglab etish imkonini beradi. Beshinchidan, falsafa nazariy fikrlash madaniyatini rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish orqali ma’naviy – madaniy funksiyani bajaradi. Turli xalqlarning falsafa tarixini o‘rganish, ularning madaniyati bilan ham tanishish imkonini beradi. Muayyan xalqlar oldida turgan muammolarning birortasini ham ularning madaniyatiga bog‘lamasdan echish mumkin emas. Oltinchidan, global muammolarga oid ilmiy axborotning shiddat bilan o‘sib borayotgan oqimida yanada aniqroq mo‘ljal olish imkoniyati tabiiy-tarixiy jarayonni yaxlit ko‘rish va uni talqin qilishga nisbatan dialektik yondashuv mahsuli hisoblanadi. Ettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, o‘lim va umrboqiylik masalalarini kun tartibiga qo‘yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid solayotgan sharoitda ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funksiyasi shundan iboratki, u insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan va bashariyat rivojlanishining ob’ektiv tendensiyalarini tushunish va anglab etishda ulkan rol o‘ynaydigan «tabiat», «jamiyat», «sivilizatsiya», «ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnika inqilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab chiqadi. Hozirgi davrning global muammolarini o‘rganishga nisbatan falsafiy yondashuv haqida muayyan tasavvur hosil qilgach, endi globallashuv jarayonlari kuchayishiga qarab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning o‘zini shu nuqtai nazardan ko‘rib chiqamiz. Global muammolarning mohiyati. «Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiymuomala(leksikon) hamda ommaviy ongdanmustahkam o‘rin oldi. Aksariyat hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo‘llaniladigan atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish mumkin. Falsafada bu vazifani echish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo‘lib, ularga muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday xususiyatga ega bo‘lmagan boshqa ko‘p sonli muammolardan farqlanadi. Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, er kurrasi bilan bog‘liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli bo‘lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining muhim ob’ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ularni echish aksariyat davlatlar va tashkilotlarning kuch-g‘ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda global muammolarning echilmay qolishi, butun insoniyat kelajagi uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. 672 Muammolarning turli darajalari. Global muammolar butun dunyogagina tegishli bo‘lmay, uning mintaqalari va hatto ayrim mamlakatlar darajasida namoyon bo‘lgani bois, ilmiy adabiyotlarda ularning umuminsoniy ahamiyatini tan olish bilan bir qatorda, ularni mohiyati o‘zgacha, ta’sir doirasi esa torroq bo‘lgan ayrim, mahalliy, mintaqaviy muammolardan farqlash ham amalga oshiriladi. Turli darajadagi muammolarni «umumiylik», «xususiylik» va «yakkalik» falsafiy kategoriyalarining muayyan ifodasi sifatida o‘rganar ekanlar, ularni odatda shunday talqin qiladilarki, xususiy muammolar ayrim muammolar sifatida, mahalliy va mintaqaviy muammolar – xususiy muammolar sifatida, global muammolar esa – umumiy muammolar sifatida amal qiladi. Zikr etilgan muammolarni farqlash zamirida yotuvchi asosiy mezon ham ayni shu yondashuvni belgilaydi. U geografik deb ataladi, chunki makon omilini yoki, boshqacha aytganda, muayyan muammolar mavjud hududni aks ettiradi. Xususiy muammolar davlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo‘lgan muammolardir. Bular, odatda, turli avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar va shu kabilar. Mahalliy muammolar tushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta hududlariga tegishli bo‘lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda, odatda, kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar urushi nazarda tutiladi. Milliy muammolar tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g‘amtashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin. Mintaqaviy muammolar ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiyiqtisodiy hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi. Bunday muammolarga SHarqiy Evropaning bir necha mamlakatlari hududi radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan CHernobil fojiasi yoki bir qator davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim o‘zgarishlari misol bo‘lishi mumkin. Masalan, 1968 yilda Saxel mintaqasida yuz bergan qurg‘oqchilik «asr falokati» degan nom oldi. U Afrika qit’asining 18 davlatini qamrab oldi, bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan ko‘proq odam halok bo‘ldi, taxminan 18 million bosh qoramol nobud bo‘ldi, xavfli kasalliklarning epidemiyalari yuzaga keldi, bu ulkan mintaqa hududi esa deyarli to‘la sahroga aylandi. Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo‘shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilan izohlanadi. SHunday qilib, global muammolar to‘g‘risida so‘z yuritilganda butun sayyora nazarda tutiladi, uning eng yirik tarkibiy birligi sifatida esa mintaqa qabul qilinadi. Bunda mintaqalar soni va ularning miqyosi ko‘rib chiqilayotgan muammolar xususiyati bilan belgilanadi. Masalan, dunyo miqyosidagi iqtisodiy 673 qoloqlik muammosini tadqiq etishda, odatda, butun sayyorani ikki mintaqa – rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ajratish bilan kifoyalaniladi. Demografik, energetik muammolar yoki xom ashyo muammolarini o‘rganishda esa, mintaqalar soni ko‘payadi va har safar tadqiqotning muayyan maqsadlari bilan belgilanadi. Bunda shuni qayd etish lozimki, har qanday muammo sayyoraning istalgan mintaqasiga nisbatan muhim sanalgan, ya’ni ularning har birida namoyon bo‘lgan holdagina global, deb hisoblanishi mumkin. Aks holda, bir yoki bir necha mintaqalarning muammolari (yoki bundan ham kichikroq miqyosdagi muammolar) to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Bundan barcha global muammolar, ayni vaqtda, mintaqaviy ahamiyat ham kasb etadi, lekin mintaqaviy darajada aniqlangan barcha muammolar ham global bo‘lavermaydi, degan xulosa kelib chiqadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, global muammolar soni kamroq bo‘ladi. Boshqa darajalarga kelsak, global muammolar bevosita mahalliy yoki xususiy ko‘rinishga ega bo‘lmasligi yoki bu erda uncha sezilmasligi mumkin. Masalan, Antarktidada yoki sayyoramizning atrof-muhit ifloslanadigan asosiymarkazlari vamanbalaridan ancha uzoqdajoylashgan boshqa burchaklarida havo yoki suv havzalarining holati qoniqarli bo‘lishi, tabiiy muhitga antropogen ta’sir esa, deyarli sezilmasligi mumkin. SHunga qaramay, bu keskinlik darajasi tabiiy muhitga antropogen ta’sirning notekisligiga bog‘liq bo‘ladigan ekologik muammoning global xususiyatiga shak-shubha tug‘dirmaydi. O‘z navbatida, barcha mahalliy yoki xususiy muammolar global muammolar bilan bog‘lanavermaydi, zero, ularning soni taqqoslab bo‘lmaydigan darajada ko‘proqdir. Keltirilgan mulohaza global va mintaqaviy muammolarni nafaqat ilmiy balki, amaliy jihatdan ham farqlash imkonini beradi, chunki barcha global muammolar o‘z miqyosida o‘zgarmaydigan yagona tizim – butun sayyoraga tegishlidir. SHu sababli mazkur tizim uchun ularning soni ma’lum tarixiy bosqichda muayyan hisoblanadi. Ayni vaqtda boshqa darajadagi muammolar sonining aniq hisobini yuritish mumkin emas. Zero, mintaqalarning va turli hududlarning chegaralari tadqiqotning maqsad va vazifalariga qarab shartli olinadi. Globallik mezonlari. Fan va falsafada global muammolarni yanada aniqroq tavsiflash uchun yuqorida zikr etilgan «geografik» mezondan tashqari bu muammolarni boshqa tomondan – ularning sifati va muhim xususiyatlari nuqtai nazaridan tavsiflovchi qo‘shimcha mezonlar qo‘llaniladi. Birinchidan, global muammolar o‘z mohiyatiga ko‘ra nafaqat ayrim kishilarning manfaatlariga, balki butun insoniyat taqdiriga daxldordir. Ikkinchidan, ularni bartaraf etish uchun butun sayyora aholisi hech bo‘lmasa aksariyat qismining kuch-g‘ayratini birlashtirish va ular bahamjihat, izchil ish ko‘rishi talab etiladi. Uchinchidan, bu muammolar dunyo rivojlanishining ob’ektiv omili hisoblanadi va biron-bir mamlakat ularni e’tiborga olmasligi mumkin emas. To‘rtinchidan, global muammolarning echilmagani kelajakda butun insoniyat va uning yashash muhiti uchun jiddiy, balki tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. 674 Qayd etilgan mezonlardan tashqari ba’zan global muammolarning boshqa bir qator xususiyatlari ham ko‘rsatiladi. Xususiy, mahalliy va mintaqaviy muammolardan farqli o‘laroq, global muammolar nisbatan turg‘unroqdir. Ular globallikning yuqorida sanab o‘tilgan barcha mezonlariga mos kelishdan oldin, zimdan va uzoq shakllanadi, echilishiga qarab esa (nazariy jihatdan), quyiroq darajaga tushib, dunyo miqyosida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi mumkin. Ammo tendensiyalarni teskari yo‘nalishda o‘zgartirish kamida butun jahon hamjamiyatining izchil harakatlarini talab etuvchi o‘ta og‘ir ish bo‘lib, hali bunga erishilganicha yo‘q. Global muammolar mavjudligining nisbatan qisqa tarixiga nafaqat ularning quyiroq darajaga tushishi, balki susayish hollari ham ma’lum emasligining sababi ana shundadir. Global muammolarning boshqa bir muhim xususiyati – ularning barchasi birbiriga shu darajada bog‘liqki, ulardan birini echish hech bo‘lmasa unga boshqa muammolarning ta’sirini hisobga olishni nazarda tutadi. Global muammolarning tasnifi. Global muammolarning keltirilgan mezonlari va o‘ziga xos xususiyatlari asosanmazkur sohadagi aksariyat tadqiqotchilarning qarashlarini aks ettiradi va global muammolarni boshqa barcha muammolardan farqlab, aniq aytish imkonini beradi. Bunda u yoki bu muammoning keskinlik va muhimlik darajasini belgilash, uning boshqa muammolar bilan o‘zaro nisbatini aniqlash uchun odatda turli tasniflashlar amalga oshiriladi, ular alohida guruhlarga ajratiladi. Tasniflash birdan-bir maqsad hisoblanmaydi, balki hozirgi davrning o‘ta keskin ziddiyatlarini kompleks o‘rganishning muhim elementi sifatida amal qiladi va mazkur muammolarni ularning o‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etishi nuqtai nazaridan o‘rganish imkonini beradi. U muhim aloqalarni farqlash, ustuvorliklarni va ob’ektiv mavjud global muammolarning keskinlashuv darajasini aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, tasniflash global muammolarning tizimli o‘zaro aloqasini yanada teranroq tushunishga ko‘maklashadi va amaliy qarorlar qabul qilish ketma-ketligini belgilashga yordam beradi. Izchil va aniq amalga oshirilgan tasniflash bilishning mazkur sohasidagi avvalgi tadqiqotlarni ma’lum darajada sarhisob qiladi va ayni vaqtda, bunday tadqiqotlarning rivojlanishida yangi bosqich boshlanganini qayd etadi. Hozirgi zamonda global muammolarni tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida, ayniqsa, keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va echimining ahamiyatiga, shuningdek, real hayotda ularning o‘rtasida qanday sababiy bog‘lanishlar mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi. Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va adolatli dunyoni ta’minlash; yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish kabi ikki o‘ta muhim muammo farqlanadi. Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’siri natijasida yuzaga 675 keladigan muammolar bo‘lib, ular odamlarni energiya, yonilg‘i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek, Jahon okeani va kosmik fazoni o‘zlashtirish ham kiradi. Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog‘liq muammolar ya’ni demografiya muammosi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma’naviyat masalalari va shu kabilardir. U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog‘liq bo‘ladi. SHu sababli har qanday tasnif masala echimining uzil-kesil varianti sifatida emas, balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar o‘zaro aloqasi tabiatini yaxshiroq tushunishga ko‘maklashadigan usullaridan biri sifatida qaralishi lozim. Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug‘dirayotgan eng muhim muammolarga qisqacha tavsif beramiz. Asosiy global muammolar tizimi. Hozirgi davrning global muammolari o‘z holatini zamonda tinimsiz o‘zgartiradigan yagona, faol va ochiq tizim hisoblanadi, chunki unga umuminsoniy ahamiyatga molik bo‘lgan yangi muammolar kirishi, avvalgi muammolar esa, ularning echilishiga qarab, yo‘qolishi mumkin. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti A.Pechchei bu holatga e’tiborni qaratib, insoniyat qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan aksariyat muammolar «birbiri bilan mahkam chirmashib oldi, ulkan sprut changali yanglig‘ butun sayyorani o‘z iskanjasiga olmoqda... echilmagan muammolar soni o‘sib bormoqda, ular yanada murakkabroq tus olmoqda, ularning chirmashuvi yanada chigallashmoqda, ularning «iskanjasi» esa sayyoramizni o‘z changalida tobora qattiqroq siqmoqda»1, deb yozgan edi. Ammo global ziddiyatlar tuguni qanchalik chigal bo‘lmasin, uni fan va falsafa yordamida echish, ya’ni sababni oqibatdan, muhim tafsilotlarni ikkinchi darajali tafsilotlardan, ob’ektivni sub’ektivdan farqlash uchun nazariy jihatdan anglab etish lozim. Dunyo miqyosidagi jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish uchun odamlarning imkoniyatlari va resurslari cheklanganini hisobga olib, muammolarning qaysi biri darhol echishni talab qilishi va qaysi biri ikkinchi darajali ahamiyat kasb etishini ham farqlash muhimdir. Demografik muammo. Hozirgi zamonda insoniyatning eng muhim muammolari orasida, aksariyat davlatlar va mintaqalarda aholi haddan tashqari ko‘payishiga sabab bo‘layotgan aholining nazoratsiz o‘sishi qayd etiladi. Ayrim mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, sayyorada mavjud energetika, xom ashyo, oziq-ovqat va boshqa resurslar Erda faqat bir milliardga yaqin kishi («oltin milliard») munosib hayot kechirishini ta’minlashi mumkin. Vaholanki, oxirgi ming yillik mobaynida sayyoramiz aholisi 15 baravar ko‘paydi va bugungi kunda 6 milliard kishidan oshib ketdi. Bunda nafaqat miqyos, balki aholining o‘sish sur’atlari ham aqlni lol qoldiradi. Xususan, birinchi ikki baravar ko‘payish 700 yil ichida, ikkinchisi – 150 yil ichida, uchinchisi – 100 yil ichida va oxirgisi – 40 yildan kamroq vaqt ichida yuz berdi. SHuni aytishning o‘zi kifoyaki, 1956 1 Pechchei A. CHelovecheskie kachestva. –M.: 1980 g. s. 7. 676 yil Erda 2,8 milliard kishi yashagan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib, bu raqam 6 milliardga etdi. XX asrda Er kurrasi aholisining «demografik portlash» deb nomlangan mislsiz darajada o‘sishi biologik qonunlarning emas, balki stixiyali, notekis ijtimoiy rivojlanish va insoniyat katta mashaqqatlar bilan bartaraf etishga harakat qilayotgan chuqur ijtimoiy ziddiyatlar mahsuli bo‘ldi. Bu, avvalo, rivojlanayotgan mamlakatlarga tegishli bo‘lib, ularga jahon aholisi o‘sishining o‘ndan to‘qqiz qismidan ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Bu erdagi vaziyat rivojlangan mamlakatlarga XX asr boshidayoq xos bo‘lgan o‘lim darajasining yuqoriligi va butun insoniyatga XVIII asrga xos bo‘lgan tug‘ilish darajasining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ayni vaqtda mehnat unumdorligi darajasi va aholi jon boshiga olinadigan daromad miqdoriga, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorlik darajasi va qishloq xo‘jaligining samaradorligiga, aholining savodxonlik darajasi va umumiy madaniy saviyasiga ko‘ra, bu mamlakatlar xalqlarining aksariyati hali XIX asrda yashamoqda. Demografik muammolar juda murakkab va o‘ta turg‘un bo‘lib, ularni tez bartaraf etish mumkin emas. Ularni echish kechga surilgani sari, yanada murakkabroq va chigalroq tus oladi. SHu sababli rivojlanayotganmamlakatlarda barcha hukumatlar tug‘ilish darajasini pasaytirishga qaratilgan demografik siyosatni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda 1995 yilda «Oilani rejalashtirish» Davlat dasturi qabul qilindi. Bu dasturda har bir oilada farzand tug‘ilishini rejalashtirishning ona va bola sog‘ligini asrashga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlardan biri bo‘lishi bilan bir qatorda, mamlakatda demografik portlashning oldini olish vazifasini bosqichma-bosqich amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu borada barcha viloyatlarda, qishloq va ovullarda reproduktiv salomatlik bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. SHuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholining o‘rtacha yoshi erkaklar orasida – 73, ayollar orasida – 75 yoshga teng. Mazkur muammo rivojlangan mamlakatlarda ham keskinlashdi, lekin bu erda uning aks ko‘rinishiga duch kelish mumkin. Umr uzunligining va keksa odamlar sonining o‘sishi jarayonida hatto aholining oddiy ko‘payishini ham ta’minlamaydigan tug‘ilish darajasining pasayishi kuzatilmoqda. Ayni holda depopulyasiya, ya’ni aholi sonining kamayishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi-ki (Rossiya aholisi o‘rtacha 54 yoshni tashkil qiladi), bu ham milliy manfaatlar, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, pensiya ta’minoti va shu kabilarga tegishli qo‘shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Rossiyadagi so‘nggi 20 yillikdagi demografik jarayonlar bunga yorqin misol bo‘ladi. Biroq, keyingi besh yilda bu masalada ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Jumladan, aholi soni ortishi va o‘rtacha umrguzaronlik 4 yilga oshdi. Ta’lim muammosi. Demografik portlash sabablari ta’lim muammosi bilan uzviy bog‘liq. So‘nggi yillarda, jahonda savodsizlar soni foiz hisobida kamayganbo‘lsa, mutlaq hisobda o‘sishda davometmoqda. Bundama’lumotsiz odamlarning hayoti amalda ko‘p bolalikni xurofiy aqidalar bilan oqlaydigan arxaik oilaviy an’analarga bo‘ysunadi. Pirovardda, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut bu jihatdan ham ortishda davom etmoqda. Hozirgi vaqtda 677 ajabtovur vaziyatni kuzatish mumkin: savodxonlik mutlaq raqamlarda o‘sayotgan bir paytda, savodsizlar, ya’ni o‘qish, yozish, oddiy arifmetik amallarni bajarishni bilmaydigan odamlar soni ham o‘sib bormoqda (Hindiston aholisining 70 foizi, Pokiston aholisining 60 foizi, Afrika mamlakatlari aholisining 80 foizi savodsiz). SHu bilan bir qatorda aksariyat odamlarning ma’lumot darajasi yangi texnologiyalar va kompyuter texnikasidan keng foydalanuvchi hozirgi jamiyatda to‘laqonli yashash va mehnat qilish imkonini bermasligi bilan bog‘liq funksional savodsizlik ham o‘sib bormoqda. Bu muammoning boshqa bir jihati shundan iboratki, jahonning aksariyat davlatlarida ta’lim olish imkoniyati barchaga teng darajada ta’minlanmagan bo‘lib, bu ijtimoiy keskinlikning qo‘shimcha manbai hisoblanadi. SHuningdek, hozirgi davrda ta’lim sifatini yaxshilash, uning mazmunini ijtimoiylashtirish masalasi ko‘ndalang bo‘lib turmoqda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki ta’limning ijtimoiylashuvi o‘quv jarayonida gumanitar fanlarning o‘quv soatlari yoki fanlar sonini ko‘paytirish emas, balki tabiiyilmiy fanlar mazmunini gumanitarlashtirish, har qanday ilmiy kashfiyotni inson manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirishi lozim. SHundagina inson o‘z mavjudligini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. SHu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda 1997 yilda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida» aynan shu maqsadlarni o‘zida ifodalaydi. «O‘zbekistonda har yili ta’lim uchun sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10–12 foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3–5 foizdan oshmaydi»1. Zero, insonning nafaqat bilim olishi, balki kasbiy malakalarga ega bo‘lishi ijtimoiy savodsizlikni bartaraf qilishning muhim omili hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash. Aholi soni va uning yashash sharoiti, shuningdek, atrofmuhit holati hozirgi davrning yana bir global muammosi bilan uzviy bog‘liq. Aksariyat kasalliklar va atrof-muhitdagi antropogen o‘zgarishlar o‘rtasida bevosita va bilvosita aloqa mavjud. Hozirgi odamlar avlodiga atrof-muhit ifloslanishining hali o‘rganilmagan yoki kam o‘rganilgan ko‘p sonli fizik (avvalo, elektromagnit), kimyoviy va biologik omillari ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar aholisi kasalliklarining tarkibi va xususiyatida yuz bergan o‘zgarishlar ayni shu hol bilan izohlanadi. Bu erda yuqumli kasalliklar bartaraf etilgan bo‘lib, ular odamlar o‘limining asosiy sabablari hisoblanmaydi. Lekin, yurak-qon tomir kasalliklari, ruhiy kasalliklar sezilarli darajada ko‘paydi, «sivilizatsiya kasalliklari» deb nomlangan butunlay yangi kasalliklar: rak, OITS va boshqalar paydo bo‘ldi. Bunday kasalliklar, xususan yurak-qon tomir kasalliklari o‘sishining asosiy sabablari kam harakatchan turmush tarzi, semirish, chekish, ruhiy zo‘riqish, stress holatlari ekanligi aniqlangan. Bu hodisalar insonga tabiatning qudratli kuchlarini jilovlash va o‘zini jismoniy mehnatdan asosan xalos etish, mazkur ishni mashinalar, texnika vositalariga yuklab, 1 Karimov I.A. BMT Sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutq. –T.:. «O‘zbekiston», 2010 678 o‘ziga asosan aqliy mehnat, tartibga solish va nazorat qilish funksiyalarini qoldirish imkonini bergan XX asr sivilizatsiyasining rivojlanish mahsulidir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda boshqacha vaziyatni kuzatish mumkin: bu erda kasalliklardan azob chekayotganlar soni rivojlanganmamlakatlardagidan ko‘proq, kasallikning oldini olish yoki davolanish imkoniyati esa sezilarli darajada kamroqdir. Tibbiyot sifatining pastligi, qashshoqlik va antisanitariya tufayli rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar o‘limi, bezgak, sil, traxoma, qoqshol bilan kasallanish darajasi, epidemik yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lish ehtimoli, rivojlangan mamlakatlardagi holat bilan taqqoslab bo‘lmaydigan darajada yuqoridir. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yurak qon-tomir kasalliklari kun sayin ortib bormoqda. Bunday kasalliklar aksariyat hollarda o‘limbilantugaganligi sababli jamiyat uchun katta tahdid sanaladi. Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (WHO) hisobotiga ko‘ra, 2005 yilda yurak qon-tomir kasalliklaridan 17,5 million inson vafot etgan. Ushbu ko‘rsatkich barcha o‘lim holatlarining 30 foizini tashkil qiladi. SHu jumladan, 7,6 million kishi yurak-ishemik kasalligidan 5, 7 million kishi insult oqibatida hayotdan ko‘z yumgan1. Hozirgi vaqtda o‘rnatilgan internatsional aloqalar natijasida davlatlar o‘rtasidagi ulkan yuk oqimlari, odamlarning faol migratsiyasi va kengaygan iqtisodiy munosabatlar olamshumul xususiyat kasb etdi va ko‘pgina yuqumli kasalliklarning tarqalish tezligini oshirdi. Notipik zotiljam, qush grippi, cho‘chqa grippi kabi ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, yangi kasalliklarning paydo bo‘lishi sabablarini ham ayni shu erdan izlash lozim. Ayni paytda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, XX–XXI asrda yangi kasalliklar soni ko‘payib borsada, kasalliklarga qarshi kurash vositalari ham takomillashib bormoqda. Jumladan, XXI asr fanining eng katta yutug‘i sifatida, 2008 yilda nemis olimi Xareld sur Xauzen (1936), ayollarda bachadon saratoni kasalligini «papiloma» virusi keltirib chiqarishini aniqlagan va unga qarshi emlash vositasini yaratgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Dunyo bo‘yicha umumiy saraton kasalligining 5 foizini bachadon raki tashkil qilar va har yili ikki yuz mingga yaqin ayollar shu kasallikdan bevaqt olamdan ko‘z yumar edi. Ushbu kasallikka qarshi vaksinatsiyaning ommalashuvi yuzlab ayollarning sog‘ligi garoviga aylanmoqda. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham 2009 yildan 12–14 yoshdagi qizlarda bachadon saratoni kasalligiga qarshi emlash ishlari keng amalga oshirilmoqda. Xareld sur Xauzenning kashfiyoti asr boshining eng buyuk kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligi bo‘yicha davlat dasturi qabul qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, barcha viloyatlarda skrining markazlari tashkil qilindi, ona va bola salomatligining profilaktikasi, «Tez yordam» markazlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi, aholini notipik gripp kasalligiga qarshi emlash ishlari rejali amalga oshirilmoqda. «Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida bolalar1 Bobojonova N. «YOshargan» xavfli to‘lqin. –T.: «Noshir», 2008 y. 23-b. 679 ning 98 foizidan ortig‘i oldini olish mumkin bo‘lgan infeksiyalarga qarshi emlanmoqda. Buning natijasida, difteriya, qizamiq kasalliklariga chalinish holatlari keskin kamayganini aytish darkor. 2010 yilda yuqumli kasalliklar bilan og‘rish holatlari, jumladan, meningikok infeksiyasi – 28 foiz, epidemik parotit – 27 foiz, virusli gepatit – 13 foizga kamaygani ana shunday tadbirlar samarasidir»1. Darhaqiqat, 1997 yilda 1-sonli yuqumli kasalliklar ilmiytadqiqot institutida yangi laboratoriyaning tashkil qilinishi, O‘zbekistonda (gippotit) odam organizmida sariq kasalligining nafaqat A va V virusi, balki S, D, E viruslarini aniqlash imkonini yaratdi. «Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish va rivojlantirish, o‘ta og‘ir yuqumli kasalliklarga barham berish hamda ularni kamaytirish borasida qat’iy choralar ko‘rildi. Onalar o‘limi darajasi 2 baravardan ko‘proq, bolalar o‘limi 3 baravar kamaydi. Erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rishi 67 yoshdan 73 yoshgacha, ayollarning umr ko‘rishi esa 75 yoshgacha oshdi»2. Zamonaviy diagnostika texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi, surunkali sariq kasalligining oqibati bo‘lmish jigar sirrozining kamayishiga va aholining umumiy umrguzaronligini oshishiga olib keldi. Oziq-ovqat muammosi. Ommaviy kasalliklar va umrning sezilarli darajada qisqarishi sabablaridan biri oziq-ovqat muammosidir. Xususan, surunkali to‘yib ovqat emaslik va nomutanosib ovqatlanish kam rivojlangan mamlakatlar aholisida ommaviy tarzda namoyon bo‘layotgan muttasil oqsil ochligi va vitamin taqchilligiga olib kelmoqda. Natijada, jahonda har yili ochlikdan bir necha o‘n millionlab odamlar, kattalardan ko‘ra ko‘proq bolalar halok bo‘lmoqda. Oziq-ovqat taqchilligiga duch kelgan mamlakatlar uni import qilishga majbur, lekin bu, odatda, ocharchilikka qarshi kurashda kam samara beradi va bundan tashqari, mazkur mamlakatlarni eksportchilarga qaram qilib qo‘yadi. SHu tariqa g‘alla ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tazyiq o‘tkazishning samarali vositasiga va mohiyat e’tibori bilan, avvalo, eng qashshoq mamlakatlarga qarshi «oziq-ovqat quroli»ga aylanadi. 1960-yillarda oziq-ovqat muammosini echish rivojlanayotgan mamlakatlar uchun «yashil inqilob»ni amalga oshirish bilan bog‘langan edi. Bu tadbirning mohiyati bug‘doy va sholining o‘ta unumli yangi navlaridan foydalanib, qishloq xo‘jalik mahsuldorligini keskin oshirishdan iborat edi. Buning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini zamonaviy texnologiyalar yordamida modernizatsiya qilish mo‘ljallandi. «YAshil inqilob» aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda qabul qilindi, lekin amalda ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga olib keldi. Qishloqni qayta tashkil etish uchun tegishli ijtimoiy shart-sharoitlar va buning uchun zarur mablag‘lar mavjud bo‘lgan davlatlarda u ijobiy samara berdi. Ammo, bunday mamlakatlar uncha ko‘p emas, masalan Hindiston, Pokiston shular jumlasidan. Texnika va o‘g‘itlar xarid qilish uchun mablag‘lar mavjud bo‘lmagan, aholining ma’lumot darajasi juda past bo‘lgan, turg‘un an’analar va 1 Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo‘lini izchil davom ettirish – taraqqiyotimizning muhim omilidir.–T.: «O‘zbekiston», 2010 y. 2 Karimov I.A. BMT Sammiti mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutq. –T.: «O‘zbekiston», 2010 y. 680 xurofiy aqidalar xo‘jalik yuritishning ilg‘or shakllarini amalga joriy etishga to‘sqinlik qilgan o‘ta qoloq mamlakatlarda esa «yashil inqilob» samara bermadi. SHuningdek, u odatdagi mayda xo‘jaliklarni vayron qila boshladi, qishloq aholisining shaharga migratsiyasini kuchaytirdi. «YAshil inqilob» eski qishloq xo‘jaligi o‘rnida yangi, zamonaviy qishloq xo‘jaligini barpo eta olmadi, ya’ni eski uyni buzib, uning o‘rnida yangi imorat qura olmadi, bu esa oziq-ovqat muammosini yanada keskinlashtirdi. O‘zbekistonda bu muammoning echimini topishga oqilona yondoshildi. Paxta yakkahokimligiga chek qo‘yilib, g‘alla, sholi, chorma mollarini etishtirishga alohida e’tibor qaratildi, qishloq infratuzilmasini takomillashtirish, qishloqqa sanoatni olib kirish, g‘alla mahsulotlarini ishlab chiqish texnologiyalaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Iqtisodiy rivojlanishning notekisligi. Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish va yangi xalqaro iqtisodiy tartib o‘rnatish, hozirgi davrning global muammolari orasida alohida o‘rin egallaydi, chunki bu erda vujudga kelgan xalqaro munosabatlar tizimi beqarorlashuvining kuchli omillari yashirinib yotadi. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida yalpi mahsulot ishlab chiqarish o‘sgani holda, boylar va kambag‘allar, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi ulkan tafovut yanada oshdi. Bu muammo, ba’zan «boy SHimol» va «qashshoq Janub» o‘rtasidagi qarama-qarshilik sifatida ham tavsiflanadi. 1960-yillarda aksariyat mamlakatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustamlaka qaramligidan xalos bo‘lish jarayoni yangi, lekin o‘zgacha tusdagi qaramlik o‘rnatilishiga olib keldi. Urushdan keyingi davrda jahon savdosining o‘sishi va davlatlararo aloqalarning kuchayishi yuz berdi. Ayni vaqtda G‘arb davlatlari iqtisodiyotida monopoliyalashuv jarayoni kuchaydi va transmilliy korporatsiyalar paydo bo‘la boshladi. Ular arzonroq ishchi kuchi topish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qo‘shimcha xarajatlardan qutulish maqsadida mehnat sarfi katta bo‘lgan va ekologik jihatdan iflos ishlab chiqarishlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga eksport qila boshladilar. Bu hol, bir tomondan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda atrof-muhitni himoya qilish uchun ommaviy harakatning faollashuvi va ekologik qonunchilikning yanada keskinlashuvi bilan, boshqa tomondan esa, rivojlanayotgan mamlakatlar o‘zining qashshoqligi tufayli, qat’iy ekologik me’yorlar va bu bilan bog‘liq cheklov choralari joriy etishni o‘ziga doim ham ep ko‘ra olmasligi bilan izohlanar edi. So‘nggi o‘n yilliklarda vaziyat yana rivojlanayotgan mamlakatlar zarariga o‘zgara boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha jabhalariga va iqtisodiyotga kompyuterlar va mikroelektronika jadal sur’atlarda joriy etila boshladi. SHuningdek, texnologik novatsiyalar va yangi (yuksak) texnologiyalar roli ham sezilarli darajada oshdi, bu esa ishlab chiqarishga ma’lumotli, malakali ishchi kuchini jalb qilishni taqozo etdi. SHu sababli iqtisodiy o‘zaro aloqalar va jahon savdosi asosan iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasidagi almashinuv hisobiga amalga oshirila boshladi, rivojlanayotgan mamlakatlar esa, agar ular ko‘p miqdorda xom ashyo resurslariga ega bo‘lmasa, jahon bozoridan siqib chiqarildi. 681 O‘zbekistonda esa, mustaqillik yillarida «...yalpi ichki mahsulot 3,5, aholi jon boshiga hisoblaganda esa 2,5 baravar o‘sdi, o‘rtacha ish haqi 14 baravar oshdi. Davlatning ijtimoiy soha va ijtimoiy muhofaza uchun sarf xarajatlari 5 baravardan ziyodroq ko‘paydi. Har yili davlat byudjetining 50 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmoqda1. Energetika va xom ashyo resurslari. YAna bir global muammo – insoniyatni energetika va xom ashyo resurslari bilan ta’minlash xalqaro maydonda ko‘p sonli ziddiyatlar, shu jumladan, harbiy mojarolar manbaiga aylandi. Bu resurslar moddiy ishlab chiqarishning negizi hisoblanadi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga qarab inson hayotida tobora muhimroq rol o‘ynaydi. Mazkur resurslar tiklanadigan, ya’ni tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan tiklash mumkin bo‘lgan resurslarga (gidroenergiya, yog‘och, quyosh energiyasi va sh.k.) va miqdori mavjud tabiiy zahiralar bilan chegaralangan tiklanmaydigan resurslarga (neft, ko‘mir, tabiiy gaz, har xil rudalar va minerallar) bo‘linadi. Hozirgi iste’mol sur’atlari saqlangan taqdirda tiklanmaydigan resurslarning aksariyati insoniyatga bir necha o‘n yillardan bir necha yuz yillargacha bo‘lgan muddat bilan o‘lchanadigan yaqin kelajakda foydalanishgagina etishi hisoblab chiqildi. SHuningdek, mavjud zaxiralarning anchagina qismi murakkab sharoitda joylashgan konlarda jamlangan yoki nisbatan qashshoq rudalardan iborat. YAqindagina odamlar aksariyat foydali qazilmalarni ochiq usulda yoki 600 m dan oshmaydigan chuqurlikda qazib olgan bo‘lsalar, bugungi kunda vaziyat sezilarli darajada o‘zgardi. Qulay joylardagi foydali qazilmalar tugab bormoqda va endilikda 8–10 km chuqurlikda yoki okean tubidajoylashgan konlarni ishga solish vazifasi paydo bo‘lmoqda. Bu esa, nafaqat ko‘p miqdorda kapital qo‘yilmalarni, balki ularni qazib chiqarish va qayta ishlash uchun yangi texnika va texnologiyalar yaratishni ham taqozo etadi. SHu sababli chiqindisiz texnologiyalarni rivojlantirish bilan bir qatorda insoniyat ixtiyorida mavjud resurslardan oqilona foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Urush va tinchlik muammosi. Harbiy soha jamiyat hayotining eng isrofgar sohasi hisoblanadi. Ayni shu sababli, jamiyat hayotidan urushni bartaraf etish va Erda mustahkam tinchlikni ta’minlash butun dunyoda mavjud barcha global muammolar orasida eng muhimi, deb e’tirof etiladi. Uning keskinligi barcha zamonlarda hech qachon pasaymagan bo‘lsa-da, XX asrda u nafaqat ayrim kishilar, xalqlar, balki butun insoniyat oldiga «o‘lish yo qolish?» degan mudhish savolni qo‘yib, alohida, fojeaviy mazmun va ahamiyat kasb etdi. Bu hol ilgari mavjud bo‘lmagan imkoniyat – Erdagi hayotni yo‘q qilish imkoniyatini yaratgan yadro quroli paydo bo‘lishi bilan izohlanadi. YAdro quroli 1945 yil avgustda (Xirosima va Nagasaki) ilk bor qo‘llanilgan paytdan e’tiboran mutlaqo yangi davr – inson hayotining barcha jabhalari: siyosat, iqtisod, tafakkurda, jahon maydonidagi kuchlar nisbatida tub o‘zgarishlar yasagan yadro davri boshlandi. Ammo muhimi shundaki, mazkur davrdan e’tiboran nafaqat ayrim 1 Karimov I.A. BMT Sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutq. –T.: «O‘zbekiston», 2010 y. 682 inson, balki butun insoniyat o‘lishi mumkin bo‘lib qoldi. Teyyar de SHarden yangi vaziyatga baho berar ekan, shunday deydi: «Bir individ o‘lsa, uning o‘rnini doim boshqa bir individ egallaydi. Individning o‘limi hayotning davom etishiga to‘siq bo‘la olmaydi. Ammo butun insoniyat o‘lsa-chi?..»1. 1940-yillarning oxirida ta’riflangan bu masala vaqt o‘tishi bilan ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etdi. Atom bombasi paydo bo‘lishi bilan «qiyomat-qoyim» xom xayol bo‘lmay qoldi. O‘sha davrda yangi ixtironing butun xavfini ko‘pchilik hali tushunmagan, ayrim faylasuflar va olimlar yadro urushi tahdid solayotgan sharoitda odamlar o‘zining o‘zgargan holatini anglab etishlari va insoniyat halok bo‘lishining oldini olish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishlari lozimligi haqida ogohlantirgan edi. Albatta, o‘zini o‘zi qirib tashlash imkoniyati odamlarda darhol paydo bo‘lgani yo‘q. YAdro qurolini yaratish va uni butun tiriklikni qirib tashlash uchun etarli miqdorda jamg‘arish uchun vaqt, juda katta moddiy, moliyaviy va boshqa xarajatlar, shuningdek, jahonning turli mamlakatlaridagi olimlar, muhandislar va ishchilar ko‘p millionli armiyasining kuch-g‘ayrati talab etildi. Ammo, birinchi yadro portlashlaridan so‘ng yuzaga kelgan vaziyatning jiddiyligini jahon hamjamiyatining keng davralari anglab etishi uchun ham qariyb 30 yil vaqt o‘tishi kerak bo‘ldi. AQSH va Sovet Ittifoqida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ish olib borgan olimlar ikki jamoasi tadqiqotlarining aqlni lol qoldiruvchi natijasi bo‘lgan «yadro qishi» konsepsiyasi paydo bo‘lgan 1980-yillarning boshiga kelibgina insoniyat yadro quroli yaratilishi, shuningdek, global muammolar paydo bo‘lishi bilan u o‘zining avvalgi «umrboqiyligi»ni yo‘qotganini uzil-kesil anglab etdi. Kompyuterda yaratilgan modellarda ancha aniq hisoblab chiqilgan mazkur konsepsiyaning asosiy mazmuni shundan iboratki, jahonda Erdagi hayotni butunlay yo‘q qilish uchun etarli miqdorda yadro zaryadlari to‘plangan. Ular portlatilgan taqdirda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shikastlantiruvchi ta’sirdan tashqari havoga son-sanoqsiz miqdorda chang, tutun va kul ko‘tariladi va ularning qalin pardasi sayyoramizni quyosh nurlaridan butunlay to‘sib qo‘yadi. Bu atmosfera va Er yuzasining temperaturasi keskin pasayishiga sabab bo‘ladi va uni muz bosishiga olib keladi. «YAdro qishi» konsepsiyasi odamlarni ular yangi xavf darajasini anglab etishga va sivilizatsiyani qutqarish uchun harbiy kuch ishlatishdan voz kechib, choh yoqasidan uzoqlashishga qodirmi, degan savolga javob berishda muqobildan uzilkesil mahrum qildi. Muhokama qilinayotgan muammoning boshqa bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, u mohiyati va hozirgi holati «Tabiat falsafasi»mavzusida ko‘rib chiqilgan ekologiya bilan uzviy bog‘liq. Biz fan-texnika taraqqiyoti darajasi ekologik tanglikni bartaraf etish borasidagi imkoniyatlarni belgilashini qayd etgan edik, ammo qurol-yarog‘larning vayronkor imkoniyatlari, ularning shakllari, qo‘llash metodlari va usullarining rang-barangligi ham ayni shu darajaga bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha aytganda, inson o‘z hayotini tabiat bilan uyg‘unlikda yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini qo‘lga kiritish bilan bir qatorda 1 P. Teyyar de SHarden. Fenomen cheloveka. –M.: 1987 g. s. 216. 683 butun tiriklikni yo‘q qilish qobiliyatini ham ko‘p karra oshirdi. Jamiyatning harbiylashuvi, qurollanish poygasi va harbiy mojarolarning salbiy oqibatlari atrof-muhitning buzilish jarayonlarini yanada jadallashtirmoqda. YAdro quroli bilan bir qatorda urush olib borishning «geografik» vositalari ham oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlardan iborat alohida xavf tug‘diradi. Bu oqibatlar inson sun’iy yo‘l bilan tabiiy ofatlar, vayrongarchiliklar va shu kabilarga erishish maqsadida tabiiy jarayonlarga izchil ta’sir ko‘rsatishi natijasida kelib chiqishi mumkin. Urush harakatlari olib borishning bunday usullari, masalan muayyan hudud ustidagi ozon qatlamini ataylab vayron qilish va shu kabilar yadro qurolining qo‘llanilishi bilan teng oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda harbiy qarama-qarshilik ma’lum darajada susayganiga qaramay, aksariyat mamlakatlarda mudofaa va atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlarida ulkan nomutanosiblik hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Bu tafovut mudofaa foydasiga ba’zan ellik baravar va undan ko‘proq darajaga etadi. Bu hol «uchinchi dunyo» mamlakatlarida, ayniqsa, bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Bu erga, bir tomondan, qurol-aslaha, boshqa tomondan esa, murakkab ekologik vaziyatni yanada og‘irlashtiruvchi eskirgan asbob-uskuna va noekologik texnologiyalar tobora ko‘proq etkazib berilmoqda. Natijada ifloslanish va tabiatning zavol topish sur’atlari bu erda rivojlangan mamlakatlardagidan ancha yuqoridir. Qurollanish poygasi nafaqat ulkan moddiy resurslarni, balki mehnat resurslari, intellektual resurslarni ham behuda sarflamoqda. Butun dunyoda olimlarning to‘rtdan bir qismi, odatda, eng malakali kadrlar urushga tayyorgarlik ko‘rish borasidagi ishlarga jalb qilingan bo‘lib, ularning bilim va ko‘nikmalari vayronkorlik vositalarini yaratishga yo‘naltirilgan. Ammo olimlar insoniyat duch kelgan xavf darajasini birinchi bo‘lib (ularning eng ilg‘or vakillari) anglab etdilar. Qurollanish poygasi avj ola boshlagan 1955 yilda taniqli ingliz faylasufi B.Rassel tinchlik va qurolsizlanish uchun kurash tashabbusi bilan chiqdi. U A.Eynshteyn bilan hamkorlikda F.Jolio-Kyuri, M.Born, S.Pauell, L.Infeld va boshqa yirik olimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan mashhur Manifestni e’lon qildi. Bu Manifestda, insoniyat unga tahdid solayotgan xavf haqida ogohlantirildi, shuningdek, yadro asrida sivilizatsiyani asrab qolish uchun «yangicha fikrlashni o‘rganish» lozimligi uqtirildi. B.Rassel nafaqat xavf-xatarlar haqida ogohlantirdi, balki ularni echish yo‘llarini ham taklif qildi. Xususan, u barcha urushlarga chek qo‘yishi lozim bo‘lgan jahon hukumatini tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Uning fikricha, BMT1 bunday hukumat negizi bo‘lishi mumkin. U, shuningdek, davlatlar o‘rtasidagi nizoli masalalarni tinch yo‘l bilan echish uchun jahon konferensiyasi chaqirishni talab qildi. Tinchlik, qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik uchun kurash boshlagan jahon ilmiy hamjamiyati bu borada o‘z kuch-g‘ayratini birlashtirishlozimligini anglab etdi va 1957 yilda Pagoush (Kanada)da o‘z tarafdorlarining birinchi konferen1 Birlashgan Millatlar tashkiloti. 684 siyasini o‘tkazdi. «Pagoush harakati» deb nomlangan bu tashkilot tinchlik uchun kurash olib boruvchi nufuzli xalqaro tashkilotlardan biriga aylandi. Endilikda unga hozirgi globallashuv muammolari va nomutanosibliklarini bartaraf etish yo‘lida kurash olib borayotgan boshqa ko‘p sonli tashkilotlar va harakatlar (Grinpis, Rim klubi, antiglobalistlarning harakatlari va boshqalar) qo‘shildi. Tinchlik va qurolsizlantirish, xalqaro terrorizmga qarshi birgalikdagi kurash g‘oyasini 1993 yilda I.A. Karimov BMTning 48 sessiyasida taklif qilgan edi. O‘zbekistonda 1999 yil 16 fevral voqealari, 2001 yil 11 sentyabrda AQSHning markazida ko‘p qavatli savdo uyining portlatishi, CHechenistondagi cheksiz terrorchilik harakati natijasidagi minglab qurbonlar I.A.Karimovning nechog‘lik haqligini yana bir karra isbotladi. Global ongni shakllantirish zaruriyati. Globallashuv jarayonlarini nazariy jihatdan anglab etish va global muammolarni bartaraf etish nafaqat o‘ta og‘ir va uzoq davom etadigan, balki kutilgan natijalarga qanday erishish mumkinligi xususida hali aniq javoblar va uzil-kesil echimlarga ega bo‘lmagan ishdir. Ayni vaqtda aksariyat tadqiqotchilar global tangliklarni bartaraf etish imkoniyatini ommaviy ongda yangicha axloqning shakllanishi va mustahkamlanishi, madaniyatning rivojlanishi va uning insonparvarlashuvi bilan bog‘lamoqdalar. Buning uchun jiddiy asoslar bor, zero, odamlarning fe’l-atvori, xatti-harakatlari, pirovard natijada esa ular erishishga harakat qiladigan natija asosan ularning hayotga munosabati va fikrlash tarzi bilan belgilanadi. Darhaqiqat, asrlar mobaynida saqlanib qolayotgan dunyo haqidagi tasavvurlarni o‘zgartirish, qotib qolgan fikrlash andozalarini bartaraf etish va odamlar ongida insoniylikning yangicha tamoyillarini shakllantirishning o‘zi umuminsoniy muammolar echimi emasligi ham ravshan. Bu mazkur muammolarni bartaraf etish yo‘lidagi zarur, lekin faqat birinchi qadam va u muttasil o‘zgaruvchi vaziyatga mos bo‘lgan va hozirgi davr ruhini aniq aks ettiradigan dunyoqarashning shakllanishi bilan bog‘liq. Bunday yangilangan dunyoqarash zamirida faqat so‘nggi yuz yillikka xos bo‘lgan jamiyat hayoti internatsionallashuvining keskin o‘sishi bilan belgilanadigan ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmuni va shaklshamoyillarini aks ettiruvchi yangicha insoniylik yotishi lozim. Mazkur yangicha insoniylik global ongni shakllantirishga qaratilishi va uch asosiy negiz: globallik tuyg‘usi, zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik va insonning asosiy huquqlarini tan olishdan kelib chiqadigan adolatparvarlikni o‘z ichiga olishi darkor. Xalqaro kuchlarning birlashuvi. Odamlar dunyoqarashi nafaqat ularning dunyo haqidagi bilimlarida, balki ular bu bilimni qanday talqin qilishi, qanday xulosalar chiqarishi va qanday ish ko‘rishida ham namoyon bo‘ladi. SHu sababli global muammolarni butun dunyo bahamjihat hal qilishi lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, insoniyat nazariyada muayyan yutuqlarga va ba’zi bir amaliy natijalarga erishgan holda, dunyo rivojlanishining salbiy jarayonlarini to‘xtatishga hali muvaffaq bo‘lmaganini e’tibordan chetda qoldirishimiz mumkin emas. Xalqaro kuchlarning muayyan darajada birlashuvi, ularning muvofiqlashtirilgan, izchil va eng muhimi, samarali harakatlari ham 685 hali mavjud emas. Nega shunday bo‘lyapti va bunga nima xalaqit beryapti? Hozirgi rang-barang va ziddiyatlarga to‘la dunyoda kelishilgan harakatlarni amalga oshirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, bunga qanday asosda erishish mumkin? Bular bugungi kunda ijtimoiy tafakkur, shu jumladan falsafa echishga harakat qilayotgan bosh masalalardir. Tarixiy tajriba turli xalqlarning yaqinlashuvi ularning manfaatlari mos kelgan joyda ayniqsa, yaxshiroq yuz berishini ko‘rsatadi. O‘zaro manfaatdorlik turli qiyinchiliklarni tez bartaraf etish, savdo-sotiqni faol rivojlantirish, iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga ko‘maklashadi. Odatda bu yo‘lda engishga to‘g‘ri keladigan eng katta qiyinchiliklar eskicha qarashlar, qotib qolgan fikrlash uslubi, an’analar bilan bog‘liq bo‘ladi. Ular o‘zgarish xususiyatiga ega, lekin bu juda uzoq, katta qiyinchiliklar bilan tashqi yoki ichki omillar ta’sirida yuz beradi. Masalan, tashqi omillar qatoriga ekologik tanglikning kuchayishi, «demografik portlash» oqibatlari, urush xavfi va nafaqat odamlarning turmush tarzini sezilarli darajada o‘zgartirgan, balki ularning ongiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan boshqa global muammolar kiradi. Ichki omillar inson manfaati, uning sub’ektiv, shaxsiy asosi bilan bog‘liq. U yoki bu muammolarning keskinlik darajasi, hatto buning uchun zarur shartsharoit va etarli asoslar paydo bo‘lgan hollarda ham, nima uchun pasaymayapti, degan savolga javob topishda yuqorida zikr etilgan omillar, ayniqsa, manfaat omili albatta hisobga olinishi lozim. Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar. Har bir xalq, har bir mamlakat xalqaro munosabatlarning u yoki bu tartibida, davlatlararo savdo oqimlarining yo‘nalishi va kapitallarning taqsimlanishida o‘z muayyan manfaatiga ega bo‘ladi. Ular tabiiy resurslardan foydalanish, atrof-muhitni saqlash va shu kabi masalalarda doim o‘z manfaatlarini himoya qiladiki, bu ularning siyosatida umumiy masalalarda ham, xususiy masalalarda ham bevosita aks etadi va boshqa mamlakatlar siyosatiga o‘xshamasligiga sabab bo‘ladi. Ba’zan ichki manfaatlar umumiy manfaatlardan ustunlik qiladi. Bunday hollarda mazkur siyosat boshqa davlatlarning manfaatlariga zid ravishda amalga oshiriladi. Masalan, ekologiya nuqtai nazaridan bu qo‘shni hududlarda yashovchi xalqlarning qarama-qarshi manfaatlari to‘qnashgan hollarda ko‘p kuzatiladi. Ammo hozir, jamiyat hayotining internatsionallashuvi va iqtisodiy aloqalarning o‘sib borayotgan integratsiyalashuvi sharoitida, sayyoramizning turli burchaklarida jahon hamjamiyatining yadro urushi, ekologik tanglik, demografik keskinlik va resurslar taqchilligini bartaraf etishdan iborat ob’ektiv manfaatlarini o‘zlarining umumiy manfaati deb biluvchi odamlar soni tobora ko‘payib bormoqda. Ma’rifatli siyosiy va jamoat arboblari yanada aniqroq anglab etayotgan kelishilgan harakatlarga bo‘lgan bu ob’ektiv ehtiyoj hozirning o‘zidayoq ayrim davlatlar xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatmoqda va hatto ularning ichki va tashqi siyosatini ma’lum darajada belgilamoqda. Inqiroz ildizlari. Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi va mohiyatidan kelib chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. U kom- 686 pyuter inqilobi ta’sirida o‘zgarganiga qaramay, texnogen sivilizatsiyaning asosiy shakl-shamoyillarini saqlab qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari (texnokratik optimistlar) sobiq izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantirmayapti. Ularning aksariyati fikriga ko‘ra, hozirgi G‘arb sivilizatsiyasi insoniyat uchun shikastli bo‘lgan ko‘pgina ziddiyatlarni yuzaga keltirdi, chunki uning zamirida tabiat va uning resurslariga nisbatan iste’molchilik yondashuvi yotadi. Tegishli qadriyatlar tizimidan mustahkam o‘rin olgan bunday tasavvurlar tarixan sanoat inqilobi, keyinroq – fan-texnika inqilobi davrida shakllangan bo‘lib, o‘z ildizlari bilan inson, xuddi Erdagi Xudo kabi, dunyoni bunyod etadi, uni tabiat imkoniyatlari va o‘z imkoniyatlari bilan hisoblashmasdan o‘z ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartiradi, degan dunyoqarashga borib taqaladi. Pirovardda nafaqat ekologik va demografik tangliklar, balki ma’naviy inqiroz ham yuzaga keladi, bunda avvalgi dunyoqarash mo‘ljallari ob’ektiv sharoit tazyiqi ostida o‘zgarayotgan amaliyot bilan to‘qnashadi. SHu bois O‘zbekistonda aynan ma’naviy inqirozning oldini olish maqsadida 1994 yilda «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi tashkil qilindi, 1996 yilda markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi va unga ko‘ra 1997 yildan barcha ta’lim muassasalarida «Ma’naviyat asoslari» fanini o‘qitish joriy qilindi. 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ma’naviyat va ma’rifat markazlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Ma’naviyat Kengashi tashkil qilindi. 2008 yilda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov o‘zining «YUksak ma’naviyat – engilmas kuch» asarida ma’naviy tahdidlar va ma’naviy yuksalish omillarini nazariy asosladi. Zero, «Ma’naviyat – insonning ulg‘ayish va kuchqudrat manbaidir»1, faqat ma’nan etuk insongina har qanday tahdidga qarshi kurashga o‘zida kuch topishi mumkin. YAngi qadriyatlar tizimi. Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash mo‘ljallarini izlash jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga aylanadi. Bugungi kunda turli mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan o‘zga sivilizatsiyaga o‘tish amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini tabiatdan ustun qo‘yuvchi antropotsentrizmga emas, balki hayot fenomenining betakrorligiga va biosferani muvozanat holatida saqlash lozimligiga e’tiborni qaratuvchi biosferotsentrizmga asoslanishi lozim. Inson esa, aqlli mavjudot va mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida, bu bilan nafaqat hisoblashishi, balki tegishli tarzda ish ko‘rishi ham lozim. Uning dunyoga munosabatini o‘zgartirish, insonparvarlik va koevolyusiya, ya’ni tabiat va jamiyatning mushtarak rivojlanishi tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar tizimini va ijtimoiy rivojlanish mo‘ljallarini yaratishdan boshqa yo‘li yo‘q. 1 Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat», 2008 y. 18-b. 687 Dunyo xalqlar o‘rtasida o‘zaro aloqa va asosli hamkorlik yo‘liga yanada ishonch bilan kirishi, odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati esa tabiat bilan ziddiyatga kirishmasligi uchun dunyoda yuz berayotgan hozirgi jarayonlar haqidagi ilmiy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek, odamlarning yuz berayotgan hodisalar va jarayonlarga o‘z javobgarligini yanada teranroq tushunishiga erishish lozim. Bu yana shuning uchun ham muhimki, zamonaviy elektron qurilmalar va hisoblash texnikasi insonning o‘z faoliyati natijalarini ham, ular olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni ham chamalash va bashorat qilish qobiliyatini ko‘p karra oshiradi. SHu sababli ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning inson uchun ham, atrof-muhit uchun ham muayyan ekologik, tibbiy va boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan texnik loyihalar bo‘yicha qarorlar va tavsiyalar uchun javobgarligini mislsiz darajada oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda genetika sohasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlar o‘ziga tobora ko‘proq e’tiborni tortmoqda. Bu erda jonli organizmlarni, shu jumladan insonni ham klonlash imkonini beruvchi gen injeneriyasi uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Bu ko‘p sonli axloqiy va psixologik masalalarni yuzaga keltiradi, chunki inson shaxs sifatida genlar ta’sirida faqat ellik foizga shakllanadi, qolgan jihatdan u ijtimoiy muhit va muayyan yashash sharoitlari bilan belgilanadigan ijtimoiy mavjudotdir. SHu munosabat bilan eng yangi falsafiy adabiyotlarda insonparvarlik masalalari yana birinchi o‘ringa chiqmoqda. Fan-texnika taraqqiyotini nafaqat ayrim insonning, balki butun insoniyatning axloqiy fazilatlariga bevosita bo‘ysundiruvchi inson faoliyatini butunlay o‘zgartirish lozimligini ifodalovchi «ilmiy insonparvarlik» atamasi faol ishlab chiqilmoqda. I.A.Karimov bu xususda: «Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin»1, degan edi. Umuminsoniy qadriyatlar. Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi «yangi insonparvarlik»ning mohiyati Er kurrasida yashovchi barcha odamlarning muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan borliq me’yorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat. Bunday qadriyatlarning ayrimlari ilk bor jahon dinlarida umuminsoniy qoidalar sifatida ta’riflangan. Keyinchalik muayyan inson dunyoviy axloq va qadriyatlar umumiy tizimini yaratishning boshlang‘ich tayanch nuqtasiga aylandi. Bu odamlar, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarda axloq «oltin qoidasi»ni ro‘yobga chiqarish mumkinligi va zarurligini e’lon qilgan Forobiy, Ibn Sino, T.Gobbs, P.Gassendi, M.Volter, J.J.Russo, I.Kant, G.Gerder va boshqa mutafakkirlar etikasida, ayniqsa, bo‘rtib namoyon bo‘ldi. Uning bizgacha turli ko‘rinishlarda etib kelgan mazmuni Volter bayonida barcha odamlarga qaratilgan insoniy chorlov sifati1 I.A. Karimov. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T.: «Ma’naviyat», 2008 g. 12-b. 688 da yangraydi: «O‘zing bilan qanday muomala qilishlarini istasang, boshqalar bilan shunday muomala qil». Ayni shu XVII asrda ingliz liberalizmining yorqin vakili J.Lokk (1632–1704) insonning uzviy huquqlari (yashash, erkinlik, mulk huquqi va b.) daxlsiz ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Alisher Navoiy o‘zining mashhur «erkinlik», «tenglik», «birdamlik», «adolat» shiorlarini e’lon qilib, odamlarning umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi. Ular to‘la holda BMT Bosh Assambleyasi 1948 yil 10 dekabrda qabul qilgan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi»da o‘z ifodasini topdi va 1975 yilda xalqaro Xelsinki bitimi bilan tasdiqlanib, jahon hamjamiyati tan oluvchi umumiy normaga aylandi. Xulosalar. Insoniyat o‘zini o‘zi tashkil etuvchi jonli tizim sifatida o‘z mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erishishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi globallashuv jarayonlari va ular yuzaga keltirayotgan turli muammolar insoniyat oldida tarqoqlik va ixtiloflarni engib, o‘z birligi sari harakat qilish, ayni vaqtda madaniyatlar, asriy an’analarning o‘ziga xosligini, ayrim millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, faqat umuminsoniy qadriyatlarni e’tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin.



Yüklə 79,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə