4-mavzu: asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining moliyaviy aspektlari reja



Yüklə 48,24 Kb.
səhifə5/8
tarix20.10.2023
ölçüsü48,24 Kb.
#128351
1   2   3   4   5   6   7   8
4-mavzu asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishining moliya-fayllar.org

AAaylanma aktivlar;
QP – qisqa muddatli passivlar (kelgusi davr daromadlaridan tashqari).
Sof aylanma kapitalni boshqarishning natijaliligini sof aylanma kapitalning aylanish koeffitsienti xarakterlab beradi va u quyidagicha aniqlanadi:

K а = T с : Sак

Bu erda: K а – sof aylanma kapitalning aylanish koeffitsienti;


T с – realizatsiyadan olingan sof tushum;
Sак – sof aylanma kapitalning o’rtacha qiymati.
Aylanma mablag’larni boshqarishda ularni likvidlilik dara-jasi bo’yicha strukturizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Bu maq-sadlar uchun likvidlilikning quyidagi ikki ko’rsatkichidan faol foydalaniladi:
  • joriy likvidlilik koeffitsienti;


  • absolyut likvidlilik koeffitsienti.


Joriy likvidlilik koeffitsienti ma’lum bir sana uchun aniqlanib, uning aniqlanish tartibi quyidagicha:


K жл = A а : QP 2

Bu erda: K жл – joriy likvidlilik koeffitsienti;


A а – aylanma aktivlar (balansning P bo’limi);
QP – qisqa muddatli passivlar (kelgusi davr daromadlarisiz).
Joriy likvidlilik koeffitsientining darajasi ikkidan kichik bo’lmasligi lozim. Shunday bo’lishiga qaramasdan, g’arb iqti-sodiyotida uning darajasiga birdan kichik bo’lmagan hollargacha yo’l qo’yiladi.
Absolyut likvidlilik koeffitsienti eng likvidli aktiv-larning (pullar va qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar) qisqa muddatli majburiyatlarga nisbati orqali aniqlanadi va uni formula orqali quyidagicha ifodalash mumkin: Kал = (PM + MQ) : QP 0,2
Bu erda: Kал – absolyut likvidlilik koeffitsienti;
PM – pul mablag’lari;
MQ – qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar; QP – qisqa muddatli majburiyatlar (kelgusi davr daromadlarisiz).
Bu koeffitsientning istaluvchi darajasi 0,2 dan iborat bo’lib, biroq amaliyotda bu narsa o’z faoliyatining turli davr-larida XYuSning moliyaviy siyosati va ishining samaradorligiga bog’liq.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aylanma kapitaldan foydala-nishning samaradorligi juda ko’p omillarga bog’liq. U, eng avvalo, to’lov intizomining ahvoli, aylanma mablag’larning turli funk-tsional elementlariga joylashtirilgan qo’yilmalarning hajmi bilan belgilanadi. Shuningdek, ishlab chiqarish sohasida aylanma kapitaldan samarali foydalanishga ishlab chiqarishning chiqit-larsiz yuqori texnologiyalarga asoslanganligi, materiallar qiyma-tining pasayishi, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining minimallashtirish, ishlab chiqarish zaxiralari va ularning haraka-tini oqilona tashkil qilish hamda natijali boshqaruv me’yorlash-tirishni hisobga olgan holda), albatta, o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Muomala sohasida bunday omillar qatoriga mol etkazib beruvchilar va iste’molchilar bilan ishlarni yaxshilash, samarali xo’jalik aloqalaridan foydalanish, zamonaviy marketingni amal-ga oshirish, tayyor mahsulot zaxiralarini kamaytirish va uning realizatsiya qilinishini tezlashtirish kabilar kiradi. To’lov qo-biliyatini ta’minlash (mustahkamlash) va mablag’larning aylanuv-chanligini tezlashtirish maqsadida debitorlik qarzlari va pul oqimlarini boshqarishni yaxshilash ham bu o’rinda alohida ahamiyat kasb etadi.
4.3. Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish

Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bo’lgan ehtiyojni aniqlash me-todlari va rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxiralarining harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o’ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manbalari bilan to’g’ri manyovr qilish, material-larning sarflanishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak.


Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag’lar quyidagi ikki guruhga bo’linadi:
  • Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’lar;


  • Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar.


Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’larga aylanma ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi.


Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar esa ombordagi tayyor mahsulot zaxiralaridan tashqari muomala fondlarining barcha elementlarini qamrab oladi. Aylanma kapi-talning o’lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma mablag’-larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi.
Moddiy aylanma mablag’larni rejalashtirishning asosini normativ metodi tashkil etadi. Unga ko’ra aylanma mablag’larning normativi belgilanadi, transport, sug’urta, tayyorgarlik, texnolo-gik, joriy zaxiralarni ham qo’shgan holda zaxiralar normalashti-riladi, moddiy resurslarning barcha ko’rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar me’yori o’rnatiladi.
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag’larning har bir elementi bo’yicha ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarining me’yori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan rejali hajmidan iborat bo’lib, u eng avvalo, quyida-gilarni o’z ichiga oluvchi XYuS ish sharoitiga bog’liq:
  • ishlab chiqarish tsiklining uzoq-yaqinligi;


  • ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri;


  • mol etkazib beruvchilarning uzoqligi;


  • mol etkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi;


  • materiallar sifati;  hisob-kitoblar tizimi;  va boshqalar.


Me’yor me’yorlashtiriladigan moddiy resurslarga (ularning har bir turi bo’yicha) bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyoj (xarajat)lar-ning hajmi va mol etkazib berishlar o’rtacha intervalining uzun-ligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda o’rnatiladi. Demak, agar ana shu interval, masalan, 24 kunga teng bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu kunlar oralig’ida ishlab chiqa-rish tsiklining normal (sog’lom) rivojlanishini ta’minlashga etarli bo’lmog’i lozim.


Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko’rinishdagi tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining me’yori asosida me’yor-lashtiriladigan zaxiralarni yaratish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larning hajmi aniqlanadi. Agar me’yor kunlarda aniqlansa, u holda aylanma mablag’larning normativi XYuS ning normal faoliyat ko’rsatishi uchun minimal darajada zarur bo’lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashtirilgan zaxiralaridan iborat.
Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslashtirila-digan aylanma mablag’lar normativining formulasi quyidagi ko’-rinishga ega: N = E x U x B
Bu erda: N – aylanma mablag’larning normativi;

Yüklə 48,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə