4- sinf ona tili darslarida so`z turkumlarini o’rganish. Reja: Kirish


II.BOB. 4-SINF SINFDA SO‟Z BIRIKMASI VA GAP USTIDA ISHLASHDA GRAMMATIK TUSHUNCHALARNING MOHIYATI



Yüklə 129,21 Kb.
səhifə4/7
tarix26.10.2023
ölçüsü129,21 Kb.
#131698
1   2   3   4   5   6   7
4- SINF ONA TILI DARSLARIDA GAPNI O’RGATISH TIZIMI...

II.BOB. 4-SINF SINFDA SO‟Z BIRIKMASI VA GAP USTIDA ISHLASHDA GRAMMATIK TUSHUNCHALARNING MOHIYATI
2.1. 4-sinfda so’z birikmasi ustida ishlash metodlari

Gap ustida ishlash o‟quvchilarning nutqini o‟stirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o‟quvchilarni sintaktik jihatdan to‟g‟ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o‟rgatish hisoblanadi. Gap (grammatik jihatdan o‟zaro bog‟langan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega bo‟lgan) nutq birligi bo‟lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa oid mashqlarga qo‟yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir; ikkinchidan, gap − grammatik tomondan to‟g‟ri tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bog‟liq bo‟lib, bu jarayonda gap qurilishi, gapda so‟zlarning bog‟lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan, gap mazmun birligi bo‟lib, tugallangan mazmunni bildiradi. Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bog‟liqligi ustida ishlash ham zarur; to‟rtinchidan, gapning intonatsiyasi katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, intonatsiyaning mazmun bilan bog‟liqligini tushuntirish kerak.


Boshlang‟ich sinflar dasturining «Grammatika, imlo va nutq o‟stirish» bo‟limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko‟rsatilgan. Bola boshlang‟ich sinflarda beriladigan sintaktik materiallar hajmida faqat ona tili darslaridagina emas, balki boshqa darslarda va maktabdagi barcha mashg‟ulotlar jarayonida gap tuzish, uni tahlil qilish va qayta tuzishga o‟rgatib boriladi.
Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma-xil bo‟lib, analiz va sintezning ustunligiga hamda o‟quvchilarning mustaqillik darajasiga ko‟ra tasnif qilinadi.
Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo‟linadi:

analitik mashqlar, ya‟ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish;

sintetik mashqlar, ya‟ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar.

Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi, ular parallel holda yoki sintetik mashqdan so‟ng analitik mashq o‟tkaziladi.


O‟quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko‟ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo‟linadi:
Namuna asosidagi mashq aniq, to‟g‟ri tuzilgan sintaktik qurilmalarni amaliy o‟zlashtirishni, ularning ichki bog‟lanishini, mazmunini tushunishni ko‟zda tutadi. Bunday mashqlar ichida analitik mashqlarga, shuningdek, gapni kuzatish va eshitish, uni o‟qishga muhim o‟rin beriladi. Namuna asosidagi mashqlarga quyidagilar kiradi:

Gap ustida ishlashning eng oddiy, boshlang‟ich, shu bilan birga, eng zaruriy shakli − namunani o‟qish (yozish), intonatsiyasi, ifodaliligi ustida ishlash, gapning asosini va mazmunini tushuntirish, ba‟zan esa gapni yodda saqlash, yodlash hisoblanadi.


Gapni o‟qish va kuzatish nutq o‟stirishga katta yordam beradi. Gap intonatsiyasi ustida ishlash gap mazmunini va bog‟lanishini tushunishga, namunaga qarab, uni o‟zlashtirish va yodda saqlashga, gap qurilishini yaxshi tushunishga yordam beradi. Bu jarayonda nutqdan gapni intonatsiyaga qarab ajratishga, intonatsion tugallanganlikni ifodalashga, darak, so‟roq va his-hayajon gaplarning intonatsiyasiga, uyushiq bo‟lakli gaplar va bog‟lovchisiz qo‟shma gaplardagi sanash ohanggiga, bog‟langan qo‟shma gap intonatsiyasiga e‟tibor berish kerak.

Savol asosida gap tuzish. Bunda berilgan savol javob (gap tuzish) uchun asos bo‟ladi va «namuna» vazifasini bajaradn. Savolda uning asosiy mazmunigina

emas, balki barcha so‟zlari va sintaktik qurilishining chizmasi ham beriladi. Masalan: Bolalar bog‟da nima terdilar? (Bolalar bog‟da olma terdilar).
Savollar asta-sekin murakkablashtirib boriladi: bolalar oldin so‟roq so‟z o‟rniga bir so‟z qo‟shib gap tuzgan bo‟lsalar, keyinroq o‟z so‟zlarini ko‟proq qo‟shishga majbur bo‟ladilar: Bolalar bog‟da nima qildilar? (Bolalar bog‟da olma terdilar. Bolalar bog‟da olma terdilar va uni savatlarga soldilar).Yoki «Bolalar qaerda bo‟ldilar? Ular nima qildilar?»(Bolalar bog‟da bo‟ldilar. Ular olmaterdilar vasavatlarga soldilar).Sen tipratikan haqida nimalarni bilasan? Nega qushlar uyasini buzii mumkin emas? kabi.

Konstruktiv mashqlarga gap tuzish va uni qayta tuzishga qaratilgan mashqlar kiradi. Bunday mashqlar grammatik tushuncha va qoidaga asoslanadi. Konstruktiv mashqlarning turlari quyidagilar:

Aralash berilgan so‟zlardan gap tuzish yoki tartibsiz berilgan gaplardan matn tuzish. Bunda so‟zlar grammatik materialning o‟rganilishiga qarab uch variantda berilishi mumkin: a) so‟zlar tayyor ishlatiladigan shaklda beriladi: meva, bog‟da, bog‟bonlar, terdilar (Bog‟bonlar bog‟da meva terdilar); b) o‟rganilgan grammatik materialni hisobga olib, ayrim so‟zlar bosh shaklda, boshqalari tayyor shaklda beriladi. Masalan, «Otlarda birlik va ko‟plik» mavzusi o‟tilgach, paxta, dalada, bola, terdilar shaklida berilishi mumkin; v) barcha so‟zlar bosh shaklda beriladi: koptok, hovli, bola, o‟ynamoq.

Nuqtalar qo‟yilmagan, bosh harf yozilmagan matndan gaplarning chegarasini ajratish. Bu mashq bolalarni o‟z nutqlarida gaplarning chegarasini ajratishga, gapni to‟g‟ri o‟qish va yozishga o‟rgatadi.

Berilgan sodda gapni so‟roqlar yordamida bosqichli yoyish mashqi. Masalan: Qushlar uchib keldi. Qaerdan uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan uchib keldi. Qaerga uchib keldi? Qushlar sovuq mamlakatlardan o‟z uyalariga uchib keldi
Berilgan gapga o‟xshash, masalan, uyushiq egali yoki kesimli

sodda yoyiq gap tuzish. Bunda o‟quvchilarga «Quyosh yoritadi va isitadi» kabi gap beriladi, o‟quvchi esa «Ravshan o‟qidi va ishladi» kabi gap tuzadi.

Ikki-uch sodda gapdan bitta uyushiq bo‟lakli sodda gap tuzish. Masalan, «Bahorda qaldirg‟ochlar issiq mamlakatlarga uchib ketadi», «Bahorda laylaklar ham uchib ketadi» gaplaridan uyushiq bo‟lakli «Bahorda qaldirg‟ochlar va laylaklar issiq mamlakatlarga uchib ketadi» gapi tuziladi.

Ijodiy mashqlarda o‟quvchilar o‟zlari erkin ravishda gap tuzadilar.


Boshlang‟ich sinflarda ijodiy mashqlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

Gap tuzish uchun mavzu beriladi, o‟quvchilar shu mavzuga mos gap tuzadilar: «Quyoshli kunda», «Bizning uy» yoki «Quyon va tipratikan» kabi.

Narsa rasmi yoki syujetli rasm beriladi, o‟quvchilar rasm asosida bir yoki bir necha gap tuzadilar.

Ikki-uchta «tayanch» so‟z beriladi, o‟quvchilar shu so‟zlarni qatnashtirib gap tuzadilar. Tayanch so‟z sifatida bolalarning faol lug‟atiga aylantirish zarur bo‟lgan so‟zlar olinadi.





Yüklə 129,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə