4- sinf ona tili darslarida so`z turkumlarini o’rganish. Reja: Kirish


-mashq. She’rni ifodali o’qing? Ona tilim Ming



Yüklə 129,21 Kb.
səhifə6/7
tarix26.10.2023
ölçüsü129,21 Kb.
#131698
1   2   3   4   5   6   7
4- SINF ONA TILI DARSLARIDA GAPNI O’RGATISH TIZIMI...

137-mashq. She’rni ifodali o’qing?
Ona tilim
Ming yillarkim bulbul kalomi O’zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho’rlik to’tining holi O’zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim sen borsan shaksiz Bulbul kuyin she’rga solaman.

Sen yo’qolgan kuning shubhasiz,
Men ham to’ti bo’lib qolaman.
Ajratilga so’zlarga so’roq bering va qaysi so’z turkumiga kirishini ayting.
1.Ming-necha? Son so’z turkumiga oid.
2. O’zgarmaydi- Nima qilmaydi? Fe’l so’z turkumiga.
3. Bulbul- nima? Ot so’z turkumiga mansub.
4. She’r- nima? Ot so’z turkumiga mansub.
5. to’ti – nima ? Ot so’z turkumiga mansub.

138-mashq. Matnni o’qing. Matn sizga kim haqida ma’lumot berdi? Zafar diyorning qaysi she’rlarini yod ayta olasiz?
Zafar Diyor bolalarning sevimli shoiri edi. U quvnoq she’rlari qo’shiqlari bilan har bir bolaga o’rtoq edi. Zafar Diyor 1912 yilda Chust tumanining Samsoqtepa qishlogida tug’ildi. Shoir 38 yoshida og’ir kasallikdan vafot etdi.
Shukur Sa’dulla
Matnda 4 ta gap qatnashgan. Shoir-Kim? Ot so’z turkumi. 38-Necha?
Sanoq son. Og’ir-qanday? Sifat so’z turkumi. Kasallik-nima? Ot s.turk.
Vafot etdi- nima qildi? Fe’l so’z tur. mansub.
”Tez javob” didaktik oyini.

  1. Sifat deb nimaga aytiladi?

  2. Kim? Nima? So’rog’iga javob bo’ladigan so’z turkumi?

  3. Lotin alifbosida nechta harf bor?

  4. Uch harfdan iborat so’z turkumi nomi?

  5. Fe’l so’z turkumining so’roqlari?

  6. Men katta va chiroyli maktabda o’qiyman. Gapdagi sifat so’z turkumiga oid so’zni ayting.

  7. Kiyik, qovoq, alla, amma so’zlarini teskarisidan o’qing?

  8. Qish, tish, ish so’zlaridagi unli harf?

Son so’z turkumi

139-mashq. So’zlarni o’qing. So’roqlar yordamida turkumlarga ajrating

Kim?
Nima?

Qanday?
Qanaqa?

Necha?
Nechanchi?

Nima qilibdi?
Nima qilyapti?
Nima qilmoqchi?

Giyoh,hammom,
Qovun, dehqon, uchuvchi, kitob-xon, daraxt, yaproq.

Paxlavon, sovuq
Issiq, ziyrak, uchqur, qiziqarli.

To’qqiz, yeti, o’n ikki, sakkizinchi.

Ergashyapti, chan-qaydi, pishibdi, su-g’ormoqchi, yor-damlashdi, ishla-yapti.







“Ma’nosini kim chaqdi” o’yini. Berilgan iboralarning ma’nosi fe’l so’z turkumiga doir. Iboralar qanday ma’no anglatmoqda?

  1. Og’ziga talqon soldi.--- ……….?

  2. Yuragi dov bermadi.---………....?

  3. Tinka madori quridi.---…………?

  4. Kapalagi uchdi.---…………..?

  5. Mag’zini chaqdi.---…………….?

TEST
1. Qaysi qatorda ot yasovchi qo’shimchalar ko’rsatilgan?
A. li, kor, dosh, zor
B. kor, dosh, zor, siz
S. chi, kor, dosh, loq
D. illa, dor, chi, kor
2. Sifat yasovchi qo’shimchalar yozilgan qatorni ko’rsating?
A. li, siz, dor
B. li, kor, zor
S. li, loq, la
D. li, siz, dor, zor
3. Fe’l yasovchi qo’shimchalar yozilgan qatorni ko’rsating.
A. la, illa
B. chi, la
S. illa, siz
D. zor, kor
4. “Son” so’z turkumining xususiyatlari.
A. Narsa va shaxsning belgisini bildiradi
B. Narsa va shaxsning sanog’ini, tartibini bildiradi
S. Narsa va shaxsning nomini, sanog’ini bildiradi
D. Narsa va shaxsning harakatini bildirib nechanchi so’rog’iga javob bo’ladi
5. Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar mavzusi nechanchi sinfda o’rgatiladi.
A. 2-sinfda B. 4-sinfda S. 3-sinfda
D. 2-sinf, 2-yarim yillikda
Darsda faol qatnashgan guruh va o’quvchilar aniqlanadi , ballari e’lon qilinadi.
Uyga vazifa: mavzuni o’qib o’rganish va 140-mashqni bajarib kelish.

XULOSA
Ushbu kurs ishimni xulosa qismini yakunlar ekanman, quyidagi oldimga qo’ygan maqsadlarimga erishdim deb o’ylayman. Mana shu bir soatlik ona tili darsimizda o’quvchilar DTS talablarida ko’rsatilgan bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’ldilar. Dars jarayonida o„tilgan mavzu bo„yicha o„quvchilarga dars mustahkamlanib tushuntirildi. O„tilgan va yangi mavzular bo’yicha yangi usullardan foydalanib, o„quvchilarning bilimini jetonlar orqali baholab borildi. Darsda ”Test savollari”, ”Kim chiroyli yozadi?”, jadvalni to’ldirish, ”Do’stlik bog’i”, ”Aqliy hujum” usullaridan foydalandim. O„quvchilar DTS talablarida ko„rsatilgan bilimni o’z qobiliyatlariga yarasha tushundi va o’rgandi. Gapning maqsad va mazmuniga ko’ra turlarini dars davomida yaxshi o’zlashtirdi.
O‟quvchilarda gap bo‟laklari haqidagi tasavvurni o‟stirish gapni o‟zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang‟ich sinf o‟quvchilari gap bo‟laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarga) bo‟linishini o‟zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo‟laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o‟zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo‟laklarning mohiyati ochiladi: bosh bo‟laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo‟laklar esa bosh bo‟laklarni aniqlovchilik va to‟ldiruvchilik vazifasini bajaradi. Gap ustida ishlashning boshlang‟ich bosqichi savod o‟rgatish davriga to‟g‟ri keladi. Bu davrda o‟quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so‟zlardan gap tuzib bo‟lmaydi. Agar o‟quvchilar gapning bosh bo‟laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. SHuning uchun ham savod o‟rgatish davrida gapning bosh bo‟laklari ustida kuzatish o‟tkazgan ma‟qul.
Gapning bosh bo‟laklarini kuzatish bilan o‟quvchilar o‟z fikrlarini aniq ifodalashga o‟rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko‟nikmasi shakllanadi. Gapni o‟rganish me‟yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so‟z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi.

Yüklə 129,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə