3 Monitorlar va lsd displeylar Suyuq kristalli displey



Yüklə 345,81 Kb.
səhifə8/9
tarix07.03.2023
ölçüsü345,81 Kb.
#102102
1   2   3   4   5   6   7   8   9
LCD monitorlar

2.7 Regeneratsiya chastotasi.
Tasvirni regeneratsiyalash (yangilash) chastotasi, monitordagi tasvirni soniya davomida necha marta to‘liq o‘zgartira olishini ko‘rsatadi (shuning uchun kadrlar chastotasi deb ham atashadi). Bu o‘lchov nafaqat monitorga, balki videoadapter sozligi va xususiyatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ammo baribir oxirgi imkoniyatini monitor aniqlab beradi. Regeneratsiya chastotasi gersda (Gts) o‘lchanadi. U qancha yo‘qori bo‘lsa, tasvir shuncha aniq va mustahkam bo‘ladi. Ko‘z kamroq charchaydi, kompyutyerdan uzoqroq ishlash imkoni bo‘ladi. Regenerasiya chastotasi 60 Gts bo‘lganda, tasvirni pirillashi darrov ko‘rinadi. Bugungi kunda bunday narsaga yo‘l qo‘yilmaydi. Minimal 75 Gts, normativ – 85 Gts va – 100 Gts va undan ortig‘i qulay hisoblanadi.
2.8 Monitor еkranining o’lchami http://niservis.narod.ru/album/album/monitor/display.jpg
Monitor еkranining o’lchami odatda uning diaganali kattaligi bilan dyuymlarda beriladi: IBM ga mos tushuvchi SHK lardaеkranlarning quyidagi tipik o’lchamlari qabul qilingan: 12, 14, 15, 17, 20 va 21 dyuym. Еng ko’p tarqalgan o’lchani 14 dyuymli, lekin 1996 yiddan boshlab 15 dyuymli monitorlarni sotish ancha ko’paydi. Xakmkatan ham, 15 dyuymli monitorlar ishda sezilarli darajada qulay va sog’liq uchun zararsizroqdir.
Ekran kattaligi parametrlarni eng muhimi hisoblanadi. U qancha yo‘qori bo‘lsa, ekranda shuncha ko‘p ma’lumotlar aks ettirsa bo‘ladi, ammo har bir alohida nuqtaning o‘lchami shuncha kam bo‘ladi. Kichik hajmdagi monitorda oshirilgan kattalikni qo‘llash, tasvir elementlari noaniq bo‘lishi sababli hujjat va dasturlar bilan ishlashda ko‘rish organlarining toliqishiga olib keladi. Kattaliklarni pasaytirish tasvirni kattalashib ketishiga olib keladi.Ammo ekranga ular sig‘maydi. Shunday qilib, har bir monitor o‘lchovi uchun, videoadapter ta’minlab beruvchi, ekranning o‘z kattaliklari mavju



Monitor o‘lchovi

Ekanni optimal kattaligi

14 dyuym

640х480

15 dyuym

800х600

17 dyuym

1024х768

19, 21 dyuym

1280х1024

Rang kattaligi (rang to‘qligi)


Rang kattaligi ekranni har bir nuqtasi qabul qila oladigan turli xil tuslarni sonini aniqlaydi. Maksimal kiritilgan rang kattaliklar videoadapter xususiyatiga va birinchi navbatda undagi o‘rnatilgan videoxotira soniga bog‘liq bo‘ladi. Undan tashqari, u ekranning belgilangan kattaligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ekranning yuqori kattaligida, tasvirning har bir nuqtasiga videoxotirada kamroq joy ajratishga to‘g‘ri keladi.
Berilgan ekran kattaligiga va rang to‘qligiga qarab, quyidagi formula orqali videoxotira hajmini aniqlash mumkin:
Р – videoadapter xotirasini zarur hajmi;
m – ekran (nuqtalar) gorizontal kattaligi;
n – ekran (nuqtalar) vertikal kattaligi;
b – rangni kodlash razryadi;
bugungi kunda ranglar to‘qligining asosiy talabi – 256 ta rang. Ko‘p dasturlar 65 ming rangni talab qiladi (High Color tartibida).

3.Suyuq kristalli displeylar


Bunday monitorlar ruschasiga «jidko-kristallicheskiy» deb nomlanadi, ingliz tildagi yozilishi LCD dir (liquid Cristal display). Bugungi kunda monitorlar ichida eng keng tarqalgani aynan LCD turidir.


Bu monitorlar maxsus, me’yoriy (normal) sharoitlarda shaffof suyuqlikni ishlatadi, bu suyuqlik aniq bir еlektrostatik maydon kuchlanganligida kristallanadi, bunda uning shaffofligi qutblanish va yorug’lik nurlarining sinish koеfficientlari o’zgaradi. Ana shu еffektlar tasvirni shakllantirish uchun ishlatiladi. Tuzulish jihatdan bunday displey ikkita еlektr o’tkazuvchan shisha plastina ko’rinishda bajarilgan bo’lib, ularning orasiga ana shunday kristallanadigan suyuqdikning juda yupqa qatlami joylashtiriladi. Bunday еkranlarni orqa yoki yon tomondan yoritish uchun yoruyutik manbai sifatida, odatda, sovuq katodli flyuorescent lampalar yoki еlektrolyuninescentli panellar ishlatiladi.



LCD displeylar dog‘siz yassi ekran va kam ishlatiladigan quvvat (bunday displeylarning ba’zi rusumlari 5 Bt ishlatishadi, elektron – nurli trubkali monitorlar esa, - 100 Bг ishlatishadi) mavjud. Rang uzatish sifati bo‘yicha faol matritsali suyuqkristalli panellar hozirgi kunda elektron nurli trubkali monitorlar rusumlaridan o‘zib ketyapti. Shuni aytib o‘tish kerakki, suyuq kristalli ekranlarning qobiliyati elektron nurli trubkalarga qaraganda sust va ular qimmatroq turadi. Suyuqkristalli displeylarni bir necha turlari mavjud, bular: passiv matritsali rangli, aktiv matritsali rangli (analogli) va aktiv matritsali rangli (raqamli) eng zamonaviy displey. Suyuq kristalli ekranda poryarizatsion yorug‘lik filtri ikkita alohida yorug‘lik to‘lqin tug‘diradi va faqat qutblanish tekisligi uni o‘ziga parallel bo‘lgan to‘lqinni o‘tkazadi. Suyuq kristalli monitorda, birinchi o‘qiga perpendikulyar qilib ikkinchi yorug‘lik filtrni joylashtirsak, yorug‘lik o‘tishini to‘liq bartaraf etishimiz mumkin (ekran to‘q qora bo‘ladi). Ikkinchi filtr qutblanish o‘qini aylantirsak, ya’ni yorug‘lik filtri o‘qlar orasidagi burchakni o‘zgartirsak, yorug‘lik energiyasini o‘tuvchanlik sonini, ya’ni ekran yorug‘ligini ham o‘zgartirishimiz mumkin bo‘ladi.



Rangli suyuq kristalli ekranida tasvirni har bir pikseliga uchta yacheykasi bo‘lgan yana bir qo‘shimcha yorug‘lik filtri bor – qizil, yashil va ko‘k nuqtalarni aks etish uchun bittadan yacheyka yorug‘lik to‘lqini suyuq kristalli yacheyka orqali o‘tadi, lekin har bir rang o‘z yacheykasiga ega.
Suyuqkristallar sterjen sifatli molekulalarni ifodalaydi, ularni xususiyati suyuqlikka o‘xshaydi.Bu suyuqlik o‘zidan yorug‘likni bemalol o‘tkazadi, uni qutblanish tekisligi optik o‘qiga parallel, ammo, molekulalar elektr zaryadi ta’siri ostida o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi.Bir vaqtda bundan o‘tuvchi yorug‘lik to‘lqinni qutblanish tekisligi yo‘nalishi o‘zgaradi. Biroq monoxrom suyuq kristalli monitorda rang filtri mavjud emas, unda bo‘linishning bir elementiga kul rang gradatsiyasini uzatish uchun bir nechta suyuq kristalli monitorlarda har bir yacheyka yorug‘ligi bilan tranzistor orqali o‘tuvchi elektr zaryadi (aniqrog‘I kuchlanish) boshqaradi. Tranzistorlarning nomerlari ekran matritsasidagi mazkur yacheykaning qator va ustunining raqamiga teng bo‘ladi. Tranzistorlar sonini (ustin va qatorlar bo‘yicha) ekran kattaligi aniqlaydi. Masalan, 800Ч600 kattalikdagi ekran gorizontal bo‘yicha 800 va vertikal bo‘yicha 600 ta tranzistorga ega. Yacheyka keladigan kuchlanish impul’siga shunday ta’sir qiladiki, o‘tuvchi yorug‘lik to‘lqinining qutblanish tekisligi buriladi, bunda kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, burilish burchagi ham katta bo‘ladi. Yacheykani barcha kristallarini to‘liq o‘zgarishi, masalan, yoqilgan holatiga muvofiq bo‘ladi va tasvirning maksimal kontrastini aniqlaydi. Shunday qilib, qo‘shni yacheykalarning qutblanish tekisligini yo‘nalishlarida o‘zgarishlar qancha katta bo‘lsa, tasvirning kontrasti shuncha yuqori bo‘ladi. Passiv matritsali suyuq kristalli monitor yacheykasiga pul’slovchi kuchlanish uzatiladi, shuning uchun ular tasvir yorug‘ligi bilan aktiv matritsali suyuq kristalli monitordan qolib ketadi. Aktiv matritsali suyuq kristalli monitorlarni har bir yacheykasiga doimiy kuchlanish beriladi. Tasvir yorug‘ligini ba’zi bir konstruksiyalarda yaxshilanishi uchun boshqaruv usuli ishlatiladi. Uni ikkilamchi skanerlash deyishadi va uning uskunasi – ikkilamchi skanerlashli suyuq kristalli monitorlardir (double-scan LCD). Ekran mustaqil ishlaydigan ikkita bo‘lakka (yuqori va quyi) bo‘linadi. Bu yacheykaga tushadigan impul’slar orasidagi intervallarni qisqarishiga olib keladi.

Ikkilamchi skanerlash tasvir yorug‘ligini oshiribgina qolmay, ekran reaktsiyasi vaqtini ham tushiradi, chunki yangi tasvir yaratilishiga vaqtni qisqartiradi. Shuning uchun ikkilamchi skanerlash suyuqkristalli monitorlar tez o‘zgaradigan tasvirni yaratish uchun, masalan, televizion tasvir uchun ko‘proq to‘g‘ri keladi. Aktiv matritsali suyuq kristalli monitorl har bir yacheykani alohida transistor xarita boshqaradi.Masalan, 1024Ч768 aktiv matritsali displey 786 432 tranzistorlarga ega. Bu passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga qaraganda, tasvirning yuqori yorug‘ligini ta’minlaydi, chunki har bir yacheyka impul’sli emas, balki doimiy elektr maydoni ta’siri ostida bo‘ladi. Bunda, albatta, aktiv matritsa ko‘proq energiya sarflaydi. Bundan tashqari, har bir yacheyka uchun alohida tranzistor kaliti mavjudligi bunday asboblarni ishlab chiqarilishini murakkablashtiradi va ularni qimmatbaho qiladi



Aktiv matritsada bo‘lganidek, passiv matritsali suyuqkristalli monitorlarda ham ikkinchi qutblangan yoryg‘lik filtri yacheyka orqali o‘tuvchi yorug‘lik miqdorini boshqaradi. Yacheykalar yorug‘lik filtri orqali o‘tadigan qutblash tekisligiga iloji boricha yaqin o‘tadigan qilib yorug‘lik to‘lqinini qutblash tekisligini qaytaradi. Har bir yacheykada yorug‘lik qancha ko‘p bo‘lsa, piksel shuncha yorug‘ bo‘ladi. Monoxromli (oq-qora) suyuq kristalli monitorlarda kulrang gradatsiyasi (CI gacha) yoki yacheyka yorug‘ligi o‘zgarishi hisobiga, yoki bitta pikselga muvaffaq bo‘lgan yoqilgan va o‘chirilgan yacheykalar miqdori orasidagi mutanosibligi hisobiga yaratiladi. Rangli suyuq kristalli monitorlarda bir pikselga uchta yacheyka to‘g‘ri keladi va ularning yorug‘ligini boshqargan holda ekranda tasvirni turli rangliligiga erishish mumkin. Hozirgi kunda passiv matritsali va ikkilamchi skanerlashli suyuq kristalli monitorlarkeng tarqalgan, chunki tasvir sifati bo‘yicha aktiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga yaqinlashtirib olindi, ammo oddiy passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarga qaraganga uncha qimmat emas.


Aktiv matritsali monitorlarni ishlab chirarishda uchraydigan jiddiy muammo chiqish nazoratida braklash foizi yo‘qori: Panellarda ishlamaydigan yacheykalar haddan tashqari ko‘p topiladi (asosan tranzistorlar buzilgani uchun). Bu ularni ancha qimmatlashtiradi, chunki braklangan mahsulot qiymati sifatli mahsulot qiymatiga kiradi.



Yüklə 345,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə