3 Monitorlar va lsd displeylar Suyuq kristalli displey


LCD monitorlarni vujudga kelishi



Yüklə 345,81 Kb.
səhifə3/9
tarix07.03.2023
ölçüsü345,81 Kb.
#102102
1   2   3   4   5   6   7   8   9
LCD monitorlar

1.2LCD monitorlarni vujudga kelishi
1888 yilda avstriyalik olim Fridrix Reynitser (1857-1927) murakkab efirlardan biri – xolesterilbenzonatning erish haroratini aniqlash uchun laboratoriya tajribalari olib borar edi. Uning hayratlanishiga sab bo’lib, bu murakkab modda ikki xil erish harorati nuqtasini namoyon etdi. Xolesterilbenzonat 145.5 °C da loyqa va xira suyuqlikka aylanar edi, 178.5 °C da esa u yana qaytadan shaffof va tiniq xususiyat kasb etardi.
O’z tajribalarining natijalaridan jiddiy hayratlangan olim, muammo haqida nemis fizigi Otto Lemanni (1855-1922) voqif qiladi. O’sha vaqtlarda fanga moddaning faqat uch xil faza holati ma’lum bo’lib, u qattiq, suyuq va gaz bo’lishi mumkin holos degan tushuncha humkron edi. Lemann mazkur qiziqarli jumboqni tadqiq qilib, Xolesterilbenzonatning loyqalangan ko’rinishdagi xira suyuqlik holati to’rtinchi faza bo’lishi kerak degan xulosaga keldi. Bu fazani olim «Suyuq kristall holati» deb atadi.Hozirgi davrda fanga minglab shunday fazaga ega moddalar ma’lum.Buning natijasida 1960 yillarda paydo bo’lgan Suyuq Kristalli Displeylar (SKD yoki, LCD –liquid-crystal display) haqiqiy texnik inqilobni amalga oshirdi. Aynan ular tufayli hozirda, maishiy xizmatimizda tasvirning o’ta sifatli va tiniq ko’rsatish imkoniga ega bo’lgan tekis ekranli televizorlar, kompyuter monitorlari, va boshqa ko’plab texnikalarga ega bo’ldik. Bunday ekranlar keng miqiyosli va energiya tejamkorligi bilan ham benazirdir.





1.3Monitorlarning ishlash tamoyillari.
Rangli tasvir shakllanishi Rangli monitorda rastrni shakllanish tamoyili monoxromnikiga o‘xshaydi. Biroq rangli tasvirni shakllanish usuli asosiga rangli ko‘rishni boshqa muhim xususiyatlari kiritilgan bo‘lib,masalan,bularda biri: rangli o‘zlashtirishni uch komponentliligidir. Bu barcha ranglar uchta yorug‘lik oqimlarini, masalan, qizil, ko‘k va yashilni qo‘shish (aralashtirish) yo‘li bilan olish mumkinligini bildiradi. Bu esa rangli televizorlarda va monitorlarda ranglarini additiv aralashtirish usulini qo‘llash imkonini berdi. Ushbu usulni ekranga uchta asosiy ranglarni ekran yuzini qoplash sharti bilan bir vaqtda uzluksiz tasvirlash yo‘li bilan ko‘rsatish mumkin. Uchta asosiy ranglarni birgalikda ishlatib, rangni qabul qilishni uch komponentli nazariyasiga muvofiq rang tuslarini kerakli gammasini olish imkoni tug‘ildi. Asosiy ranglarni – qizil, ko‘k va yashil – ma’lum proporsiyalarda aralashtirilsa, rasmda ko‘rsatilgan ranglar hosil bo‘ladi.
Rangli fazoviy o‘rtalatish. Agar rangli tasvirda rangli detallar yaqin joylashgan bo‘lsa, unda uzoq masofadan biz alohida detallarni rangini farqlay olamiz. Butun guruh ranglarni aralashtirish qonuniga muvofiq bir rangga bo‘yalgan bo‘ladi. Tasvirning bu xususiyati monitorni elektron – nurli trubkasida lyuminofor donachalari yonida joylashgan uchta rang yordamida tasvir bitta elementining rangini shakllanish imkonini beradi. Odamni ko‘rish qobililayi xususiyatlariga muvofiq rangli monitorning elektron – nurli trubkasida alohida boshqarish sxemalariga ega bo‘lgan uchta elektron to‘plari lari mavjud. Ekranni ichki tomoniga esa uchta asosiy ranglar lyuminofori: qizil - R (Red), ko‘k – B (Blue) va yashil – G (Gren) o‘rnatilgan. Shu tarzda har to‘plari lyuminoforni faqat o‘zini rangiga “otishi” kerak. Buning uchun har bir rangli kineskopda soyaviy maska yoki apertuar panjara mavjud.Ular to‘plarini nurlari faqat muvaffaq rangdagi lyuminofor nuqtasiga tushishi uchun hizmat qiladi. Soyaviy maska kineskopni ichki yuziga qo‘yilgan nuqtalarga muvofiq teshiklar tizimiga ega bo‘lgan invar nomli (bu material juda kichik kengayishli koeffiseyentga ega) maxsus materialdan bo‘lgan metall plastinalardan yasalgan.
Apertuar panjara soyaviy maskadagi teshiklar bajaradigan funksiyani bajaruvchi tirqichlar tizimidan tashkil topgan. Talab etiladigan yechimni hal qilish uchun zarur bo‘lgan lyuminofor nuqtalarini miqdori ekran hajmiga bog‘liq. 
Nuqtalarni qancha ko‘p joylashtirish kerak bo‘lsa va ekran qancha kichik bo‘lsa, nuqtalarni shuncha zich joylashtirishga to‘g‘ri keladi.
Ekranni ichki yuzida lyuminofor nuqtalarini kattaligi qanchakichik bo‘lsa,monitorda tasvirni tiniqligi shuncha youqori bo‘ladi. Bu nuqtalar o‘lchovi, aniqrog‘i ular orasidagi o‘rtacha masofasi donachalar deb ataladi. Monitorlarni turli rusumlarida bu o‘lchov 0,25 dan 0,41 mm gacha bo‘lgan diapazonda joylashgan. Biroq yaxshi monitorlar uchun bu diapazon ancha qisqaradi - 0,28 mm gacha.

2. Monitorlar tavsifnomasi



Yüklə 345,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə