3-mavzu. Matnli axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari


Foydalanuvchini lentali interfeysi



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə3/10
tarix26.10.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#131247
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-ma\'ruza mashg\'uloti

Foydalanuvchini lentali interfeysi. Varaqa nomlari keltirilgan satrdan, kerakli varaqani tanlanishi, unga oid buyruqlar guruhini oynani lenta maydoniga ochilishini taminlaydi. Lenta varaqa (vkladka)lari aniq bir guruhga oid buyruqlarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Demak, varaqa buyruqlari guruhlarga ajratilib taqdim qilinadi. Masalan, Glavnaya varaqasini Shrift guruhi buyruqlari matn elementlarini formatlash uchun, Abzas guruhi esa xat boshi parametrlarini formatlash uchun ishlatiladi. Har bir guruhdagi tugma ko‘rinishda joylashtirilgan buyruqlar – kerakli amallarni tezkor bajarishga imkon beradi. Lenta varaqalariga joylashtirilgan guruhlarda “Muloqot oynasini chaqiruvchi tugma” (Knopki vыzova dialogovыx okon)lar vazifasini bajaruvchi kichik nishonchalar joylashtirilgan (3.11-rasm).
Kontekst vositalar. Kontekst vositalar matnlarda jadvalli, tasvirli yoki grafikli ob’ektlar elementlari bilan ishlashda qo‘llaniladi. Masalan, matnda joylashtirilgan jadval sichqoncha bilan faollashtirilsa, varaqani standart ilovalar satrida “Rabota s tablitsami - Jadvallar bilan ishlash” nomida Konstruktor va Maket kontekst varaqalari avtomatik tarzda o‘rnatiladi. Bu varaqalarni kontekst vositalar yoki kontekst varaqalar deb atash qabul qilingan. “Rabota s tablitsami”ni Konstruktor yoki Maket kontekst varaqalarini keraklisi sichqoncha bilan faollashtirilsa unga oid buyruqlar lenta maydonida ochiladi.













3.11-rasm. Microsoft Word 10 varaqasini “Abzas muloqot oynasini chaqirish tugmasi”ni ko‘rinishi.

3.12-rasm. Microsoft Word 10 varaqalari.





3 .13-rasm. Microsoft Word 10 ni Glavnaya varaqasi buyruqlarini guruhlanishi.

  • Shuningdek Svedeniya: oynasida Pereobrazovat (O‘zgartirish), Zaщitit dokument (Xujjatni himoyalash), Poisk problem (Muammolarni qidirish), Versii (versiyalar) ilovalari keltirilgan. Masalan, Zashifrovat parolem ilovasini Zashifrovat parolem (Parol bilan shifrlash) buyrug‘i yordamida joriy xujjatga parol o‘rnatish mumkin.


Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə