Yallama yorim yallola, yallolashaylik, Uchtami-
to 'rtta bir bo Tishib hasratlashaylik. Ariq bo *yi salqin ekan,
chaqchaqlashaylik, Yallama yorim yallola, yallolashaylik,
degan qo’shiq
kuylanayotganda chiqib kelib, she'riy tarzda barcha
obrazlar bir-birlarini
tanishtirib, chiqib ketishlaridan voqea boshlanadi. Sahnada qishloq hovlisidagi
supada bir qancha qizlar. «o’sma qo’ysam» qo’shig’ini aytib, qoshlariga o’sma
qo’yishyapti. Shu hovlida yashovchi qizga oshiq bo’lgan yigit olma daraxtiga
chiqib qizlarni kuzatadi. Qizlar o’sma qo’yib bo’lishgach, yigit qizga daraxt
ustidan olma otib, «01ma otdim yorimga» qo’shig’ini ijro etadi. Shu mahal
qizning onasi hovliga chiqib keladi. Yigit otgan 122
olmalardan bin qrzning
onasiga borib tegadi. Olmaning shoxi smib yigit hovliga qulab tushadi, qizlar
xaxolab kulib yuboradilar. Qizning onasi yigitga yaqinlashadi, yigit:
Xolajon,
qarang, qarang Qizginangiz barno ekan. Yuzlari qirmizi, Qoshlari kamon ekan,
degan qo’shiqni aytib turganda qizning otasi kirib keladi. Yigit yugurib,
devordan oshib qochadi, qizlar kulib yuborib, chiqib ketadilar.
Chol bilan
kampir «qilpillama» qo’shig’ini ijro qiladilar. Qo’shiqning oxirida cholning
beli og’rib qoladi, kampir cholning belini uqalab supaga yotqizadi. Shu payt
ikkita chol uyning egasini chaqirib kirib kelishadi. Ularning qo’llarida bedana.
Bedana jangida kimniki zo’r urishganini talashib, uy egasini ham esdan
chiqarib, «Bedana» qo’shig’iga mos plastik etyud bajaradilar.
Eshik oldida
tog’ora ko’targan sovchi ayollar «Sovchi keldi» qo’shig’ini ijro etib, eshikni
taqillatishadi. Uy egasi kampir, ularni uyga taklif etadi. Chollarni ko’rgan
sovchilar uyalib, o’zlarini chetga olib «Bu chollar-yomon chollar» qo’shig’ini
ijro etadilar. To’y sahnasi, shu hovli, to’yga tayyorgarlik qizg’in, sahnaning
chap tomonida qizlar kelinni yasantirmoqdalar. Qizlarning biri, keling, kelinga
kuyov bolaning kirib kelishini ko’rsatib
beramiz deb, boshiga do’ppi kiyib,
beliga qiyiqcha boylab, shartli kelin boiib olgan qiz bilan «Omon yor» qo’-
shig’iga raqsga tushib , imitatsiya qiladilar. Kuyovlar qo’shiq bilan kirib kelib,
kelin tomon bilan aytishuv etib, osh yeydilar. Oshdan so’ng kuyov oq
ro’moldagi kelinni
ammasi bilan yanglishtirib, gulxanning atrofida uch
marotaba aylantirib, go’shangaga olib kiradi. Shunda yigit lapar aytishni
boshlaydi Yigit:
Qoshingni qaro deydilar, Jon singiljonim yor-yor. Yuzingni
qirmiz deydilar Jon singiljonim yor-yor. Ko 'rsat yuzingni man bir ko 'rayin Jon
singiljonim yor-yor.
Savollar
Insinirovka deganda nimani tushunasiz?
Insinirovka turlari haqida?
Insinirovka misollar?
Asosiy adabiyotlar
1. X. Muhammad. Ssenariynavislik asoslari. Т.Ғап va texnologiY. 2009. 2. V.
Rustamov. Ssenariynavislik mahorati. T.2016. 3. B. Axmedov. Adabiy va