3-mavzu. Elektron xujjatlarga amaliy dasturlar yordamida ishlov berish texnologiyalari


Maxsus amaliy dasturlar. Tex, Latex xaqida umumiy tushunchalar



Yüklə 32,14 Kb.
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü32,14 Kb.
#133464
1   2   3   4   5   6
3-Maruza

Maxsus amaliy dasturlar. Tex, Latex xaqida umumiy tushunchalar.
TEX va LATEX matn muharririda ishlash
TEX – ilmiy-texnikaviy matnlar bilan ishlashga mo’ljallangan tahrirlovchi dastur.. Amaliy matematika bo’yicha yirik mutaxassis mashhur D.E.Knut tomonidan Stanford Universitetida ishlab chiqilgan. TEX da tayyorlangan hujjatlarning sifati yaxshiligi, keng imkoniyatliligi, turli sohalarga oid formulalar, shu jumladan matematik formulalarni yozish uchun qulayligi, fayllarining xotiradan kam joy egallashi xususiyatlari bilan muhandis, ilmiy-texnik xodimlar ayniqsa ilm ahli tomonidan keng qo’llanila boshladi. Keyinchalik Lesli Lamport LATEX deb ataluvchi, TEX ning imkoniyatlari kengaytirilgan tizimini ishlab chiqdi. Hozirgi kunda LATEX-1, LATEX-2, LATEX-2E, AMS (Amerika matematigi jamiyati) LATEX kabi lahjalari foydalanuvchilarga keng tarqalgan. LATEXda tayyorlangan matnlarni kompyuter tarmoqlari (elektron pochta va h.k.) orqali uzatish ham har tamonlama qulay.
Shuning uchun ham, hozirgi kunda o’tkazilayotgan xalqaro ilmiy anjumanlar, xalkaro ilmiy jurnallar aynan LATEX tizimida tayyorlangan matnlarni qabul qilmoqda. LATEXning TEX dan farq qiluvchi jihati, hujjat turini ko’rsatish mumkinligidadir.
LATEX hujjat turlari asosan quyidagilar:

Maqola (article)- kichik hajmdagi hujjatlar yoki maqola tayyorlash uchun mo’ljallangan. Bunda matn boblarga ajratilmaydi va alohida titul varag’iga ega emas.

Ma’ruza (repolt)- katta hajmdagi texnik hujjatlarni tayyorlashda ishlatiladi. Oldingi turdan farqi - boblarga ajratish va alohida titul varag’iga ega.

Kitob (book)- kitob matnlarini tayyorlash uchun mo’ljallangan. Bunda matn varaqning har ikkala tomoniga ham chop etiladi.

Xat (letter)- turli xildagi (adres, sana va h.k.) xatlar tayyorlash mumkin.


LATEX hujjatining umumiy tarkibi

LATEXda doimo yozilishi shart bo’lgan bir nechta buyruq mavjud. LATEX hujjati asosan ikki qismdan iborat bo’ladi:
1.Bosh qismi (priambula).
a) Bu qismda dastlab |documentstyle [x] {hujjat turi} buyrug’i yoziladi.
Bunda [X] - belgilar o’lchovini bildiradi. Agar [X] yozilmasa,
X=10pt o’lchovli belgilar;
X=11pt bo’lsa, 11pt o’lchovdan 10 foiz katta belgilar;
X=12pt bo’lsa, 12pt o’lchovdan 20 foiz katta belgilar ishlatiladi.
Misol: |documentstyle [12pt] {article}
b) hujjat varag’ining o’lchovlarini berish:

Yüklə 32,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə