3 ma’ruza yоrug‘lik o‘lchash asboblari reja: 1



Yüklə 63,04 Kb.
səhifə1/3
tarix23.12.2023
ölçüsü63,04 Kb.
#155290
  1   2   3
3 maruza


3 MA’RUZA


YОRUG‘LIK O‘LCHASH ASBOBLARI
Reja:


1. YOrug‘lik oqimi.
2. YOrug‘lik kuchi.
3. YOrug‘lik kuchi taqsimlanishining bo‘ylama egri chiziqlari.


Yorug‘lik oqimi
YOrug‘lik texnikasida ko‘z asosiy iste’molchi hisoblanadi. SHuning uchun, nurlanishni samarali ta’sirini baholash uchun yorug‘lik oqimi tushunchasi kiritiladi. Bu ko‘zga yorug‘lik ta’siri bilan baholanadigan nur energiyasi quvvati bo‘lib, uning nisbiy spektrial sezgirligi nurlanishning nisbiy spektrial yorug‘lik samaradorligining me’yorlangan funksiyasi bilan aniqlanadi.
YUqoridagi ifodalar va ta’rif bo‘yicha quyidagini olamiz:

bu erda: - nurlanish oqimining spektrial zichligi:
- ko‘zning spektrial sezgiligi.
Agar funksiyasini kiritsak, unda

Bu erda - nurlanishning nisbiy spektrial yorug‘lik samaradorligini me’yorlangan (ko‘z uchun) funksiyasi.
Kunduzgi ko‘rish uchun bu funksiyaning qiymatlari 1933 yil o‘lchov va og‘irlik qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan va ma’lumotnomada keltirilgan. Nurlanishning spektrial yorug‘lik samaradorligining eng katta qiymati to‘lqin uzunligi =555nm bo‘lgan monoxromatik nurlanish oqimiga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro shartnomaga binoan yorug‘lik oqimining birligi sifatida lyumen (lm) qabul qilingan. To‘lqin uzunligi =555nm va quvvati 1 kVt bo‘lgan monoxromatik nurlanishning yorug‘lik oqimi 680 lm ga tengligi o‘lchash asosida aniqlangan (agar nurlanishning to‘lqin uzunliga =555nm bo‘lsa, unda 1 Vt nur oqimining yorug‘lik oqimi 680 lm ga teng).
Integrallash oralig‘i V( ) funksiya bilan chegaralanadi; yning qiymati, to‘lqin uzunligi <380 nm va >760 nm bo‘lganda teng.
Demak, yuqoridagi ifodalarga asoslanib to‘lqin uzunligi bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik oqimini aniqlovchi tenglamani yozish mumkin.

bu erda: -to‘lqin uzunligi ma’lum bo‘lgan nurlanish oqimining qiymati, Vt.
-ning qiymatlari jadvallardan yoki nisbiy birlikda yaqin uzunligiga bog‘liq holda chiziqlardan aniqlanadi.


YOrug‘lik kuchi
Haqiqiy nurlanish manbasining yorug‘lik oqimi quyi hollarda atrof fazoda notekis taqsimlanadi. SHuning uchun, atrof fazoning har xil yo‘nalishi bo‘yicha nurlanishiing yorug‘lik oqimi taqsimlanishini aniqlash (xarakterlash) uchun yorug‘lik kuchi tushunchasi qo‘llaniladi.
YOrug‘lik kuchi, yorug‘lik oqimining fazoga oid zichligi bo‘lib, yorug‘lik oqimini (dF), uchi manba joylashgan nuqtada bo‘lgan (bu oraliqda oqim bir tekis taqsimlanadi) moddiy burchakka nisbati sifatida aniqlanadi.
yoki (amalda)
Bu tushuncha kichik o‘lchamli nuqtasimon manbalarga ta’luqlidir. (Bunday manbalarning o‘lchamlari ular xarakat kilayotgan masofaga nisbatan juda kichik).
Moddiy burchak, shar sirtidan u kesgan va uning uchidan chizilgan (yasalgan) S yuzani shu shar radusiga nisbati sifatida o‘lchanadi.
SHar radusiga bog‘liq bo‘lishiga qaramasdan bu nisbat o‘z qiymatini saqlaydi.
Moddiy burchak birligi sifatida steradian (ster) qabul qilingan. Bu, uchi shar markazida bo‘lgan burchak bo‘lib, shar sirtidan radus kvadratiga teng bo‘lgan qismni ajratadi (kesadi).
YOrug‘lik kuchining birligi sifatida kandela xizmat qiladi. Kandela (1kd=1lm/ster), platinaning qotish haroratida (erish xarorati 1779°S) yuzasi (1:600000) m2 bo‘lgan qora jism sirtiga perependikulyar yo‘nalishda nurlangan yorug‘lik kuchi sifatida aniqlanadi.
YOrug‘lik ko‘zda radius-vektor tarzida tasvirlanadi va uning uzunligi fazoning ma’lum yo‘nalishlarga o‘lchangan ma’lum masshtabdagi yorug‘lik kuchining qiymatlarini aniqlaydi.



Yüklə 63,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə