3-ma’ruza minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi, mineral hosil qiluvchi jarayonlar. Reja



Yüklə 47,36 Kb.
səhifə8/9
tarix28.11.2023
ölçüsü47,36 Kb.
#138404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-ma’ruza minerallarning mo’rtligi, qayishqoqligi, mineral hosil-fayllar.org (1)

Pnevmatoliz (grekcha «pnevma» — gaz demakdir) hodisasi engil uchuvchan komponentlar bilan to‘yingan qaynoq erib turgan qotishmalarning pasaygan tashqi bosim sharoitlarida kristallanishi sababli yuz berishi yumkin. Buning natijasida ma’lum paytda katta ichki bosim ta’sirida qaynash sodir bo‘lib, avval ajralib chiqqan minerallari bo‘lgan qoldiq suyuqlik gazga aylanadi va moddalar dissillyasiyasi (tabiiy haydalishi) yuz beradi. Bu xil jarayonlar magma juda katta yoki o‘rtacha chuqurliklarda qotgandagina sodir bo‘ladi.
Bunday vaqtlarda engil-uchuvchan birikmalar yon jinslar tomon harakat qilib, ularga ximiyaviy ta’sir ko‘rsatadi va kontakt metamorfizmi deb yuritiluvchi jarayonni yuzaga keltiradi. Shuning bilan birga eritma singib borayotgan yon jinslarda (yuqori qismida) ximiyaviy reaksiyalar sodir bo‘ladi. Metamorfizm darajasi va yuzaga kelgan mahsulotlarning tarkibi temperaturadan ko‘ra, ko‘proq eritmaning ximiyaviy aktivligiga va u bilan reaksiyaga kirishadigan jinslarning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, magmatik jinslar bilan kontaktdagi jinslar orasida eng ko‘p intensiv o‘zgarishlar ohaktoshlar va boshqa ohakli jinslarda yuz beradi. Bunday paytlarda reaksiyalar natijasida metasomatoz deb ataluvchi ximiyaviy almashinishlar yo‘li bilan asosan Ca, Fe, A1 va boshqa elementlarning silikatlaridan tarkib topgai skarnlar hosil bo‘ladi (9.2-rasm). Bularning paydo bo‘lishi uchun asosiy manba bo‘lib yon jinslar (ohaktoshlar, dolomitlar va boshqalar) bilan, magmaning tarkibiy qismlari ishtirok qilganligi ularning ximiyaviy tarkibidan ko‘rinib turibdi. Olimlarimizning (A. N. Zavaritskiy va D. S. Korjinskiy) ko‘rsatishlaricha, bir vaqtning o‘zida shu jarayonning boshlanish davrigacha qotib bo‘lgan intruziv jinslarda ham kontakt bo‘ylab o‘zgarishlarning yuz berishi xarakterlidir. Shu bilan birga magmatik jins minerallari karbonat qatlamlardagi elementlardan (Ca, Mg) kelib qo‘shilganligini ko‘rgatib turuvchi tarkibi yangidan hosil bo‘lgan jinslar bilan almashinadi. Skarnlar bilan bog‘liq ravishda ko‘pinchayirik temir (Janubiy Uralda Magnit tog‘i) konlari (9.2-rasm), ba’zan volfram, molibden va ba’zi bir boshqa metallar konlari hosil bo‘ladi.
Magma yer yuziga otilib chiqqanda juda ko‘p miqdorda engil-uchuvchan birikmalar atmosferaga. ko‘tariladi. Biroq qotib qolgan lavaning darzlarida, vulkan kraterlari devorlarida va yon atrofdagi bodiqa jinslarda ko‘pincha o‘sha chyqayotganmahsulotlardan tashkil todgan (sublimatsiya) sof tuvma oltingugurt, nashatir (novshadil), bor minerallari kabi minerallarii ko‘rish mumkin. Metasomatik reaksiyalar ham sodir bo‘lishi mumkin, lekin ular yuqoridagiga qaragakda ancha kuchsiz bo‘ladi.

9.2-rasm. Kontakt metasomatik konining geologik kesmasi sxemasi. Ruda uyumlari qora qilib ko‘rsatilgan.
Gidrotermal protsecslar chuqurlik sharoitlarida ustki jinslar bilan magmatik jinslar kontaktidan birmuncha uzoqda taraqqiy etadi. Qoldiq bug‘simon eritmalar magmaning ko‘tarilishi natijasida magmatik ochaglar ustida yotgan jinslarda yuzaga kelgan darzliklar sistemasi bo‘yicha harakat qilib (9.3-rasm) asta-sakin soviydi, suyuladi va keyinchalik issiq suvli eritma — gidrotermalarga aylanadi.

9.3-rasm. Gidrotermal mahsulotlarining umumiy joylanish sxemasi. Krest bilan magmatik jinslar ko‘rsatilgan.
Gidrotermal jarayonlarning namoyon bo‘lishiuchun eng qulay sharoitlar kichik va o‘rtacha chuqurliklarda (yer yuzidan 3-5 km gacha bo‘lgan chuqurlikda) yaratiladi. Gidrotermal jinslarning ko‘pchiligi joylashgan o‘rni va genezisi jihatidan nordonintruziv jinslar (granitlar, granodioritlar va boshqa jinslar) bilan bog‘liqdir. Erixmalarning sirdulyasiya doirasi magmatik ochaglarning ustki qismlaridan boshlanib ba’zai er yuzigacha etadi. Yaqin o‘tmishda vulkanizm ro‘y bergan rayonlarda issiq suvli mineral buloqlar hozirgacha chiqib turadi va krsmniyll cho‘kindilar bilan birga ancha ko‘p miqdorda Hg, Sb, As, Pb, Cu va boshqa elementlarning (Oltingugurtli bir.ikmalari yotqiziladi (Nevadada Stimbot — Springs, Kaliforniyada Solfor — Benk va boshqalar).
Gidrotermal eritmalar magmatik ochaglardan yer yuzi tomon uzoqlasha borgan sari sekin-asta kislorod bilan boyib boruvchi muhitga duch keladi; bunda shunga mos ravishda tashqi bosim pasayadi; temperatura taxminan 4000 dan bir necha o‘n gradusgacha kamayadi. Bu faktorlar tabiiyki, ximiyaviy reaksiyalarning borishiga va gidrotermal jinslarning mineral tarkibiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Minerallar biror assotsiatsiyalarining ko‘proq bo‘lishiga qarab minerallar yuqori, o‘rtacha va past temperaturali mahsulotlarga shartli ravishda bo‘linadi. Bu yuqori temperaturali jinslar orasida past temperaturada kristallanadigan mineral assodiadiyalarining uchrashi mumkin emas degan ma’noni bildirmaydi, albatta. Hattoki pegmatitlar bilan kontakt — metamorfik jinslarda ham doimo past temperaturada gidrotermal yo‘l bilan hosil bo‘lgan minerallar uchraydi. Ular esa o‘sha yuqori temperaturalarda boshlangan mineral hosil qiluvchi jarayonning so‘nggi stadiyalari haqidagina guvohlik beradi.
Gidrotermal eritmalar balki juda uzoq vaqtlar — magmatik ochagning butun harakat davri davomida paydo bo‘ladi. Bir butun rudali regionni hosil qiluvchi xilma-xil koilarning bir-biriga bo‘lgan munosabatlarini tekshirishdan to‘plangan ma’lumotlarning analiziga asoslanib S. S. Smirnov, rudali eritmalar darz-yoriqlar hosil qiluvchi jarayonlarnidg bir necha bor takrorlanishi bilan bog‘liq ravishda o‘xtin-o‘xtin harakat qiladi, degan xulosaga keladi. Avvalgi minerallanish stadiyalaridagi keyingi minerallanish stadiyasi belgilarining uchrashi shundan dalolat beradi.
Mineral jismlarning shakli ular to‘ldirayotgan bo‘shliq qiyofasi bilan qisman eritmalar sirkulyasiya qilayotgan tog‘ jinslar tarkibiga bog‘liq. Agar darz-yoriqlarni gidrotermal eritma to‘ldirsa, uzilib-uzilib yotuvchi tomirlar hosil bo‘ladi, ularning ildizi ba’zan magmatik massivlarndng ustki qiomida yotadi. Mayda kovak va bo‘shliqlarni to‘ldirgan paytda xol-xol bo‘lib joylashgan minerallar paydo bo‘ladi. Eritma o‘z yo‘ldda osonlikcha ximiyaviy reaxsiyaga kirishuvchi jinslar (masalan, ohaktoshlar) bilan to‘qnash kelsa, u holda ko‘pincha noto‘g‘ri shakllarda bo‘lib topidadigan metasomatik uyumlar yuzaga keladi. Agar eritmalar keng ochiq bo‘shlidqa to‘satdan tushib qolsa, u holda bosimning keskin pasayib ketishi natijasida erituvchi (suv) juda ko‘p bug‘lanib, buning natijasida eritma boshlang‘ich davrda o‘ta to‘yinadi va undan kolloid massalar cho‘kadi. Haqiqatda ham metakolloid hosil bo‘lish belgilari tomir devorlarida ayniqsa shu jarayonlar uncha chuqur bo‘lmagan iktruzivlar bilan bog‘liq ravishda yuz bergan paytlarda tez-tez uchrab turadi. Devorlari xilma-xil kristallar druzalari bilan qoplangan bo‘shliqlar ham keng tarqalgan.
Gidrotermal konlarning mineral tarkibi juda ham turlicha bo‘ladi. Tomirlar juda ko‘p paytlarda kvars massasidan iborat bo‘lib, har xil minerallarni, hammadan ko‘proq metallar sulfidlari uyumlarini o‘z ichiga oladi. Nodir metallar (W, Mo, Sn, Bi, Sb, As, Hg, qisman Ni, Co), rangli metallar (Cu, Pb, Zn asl metallarning (Au bilan Ag) asosiy massasini, shuningdek radioaktiv metallarning (U, Ra, Th) ham shu gidrotermal konlardan qazib olinishini ko‘rsatib o‘tish lozim.
Quyosh energiyasi hisobiga yer yuzasida mineral hosil qiluvchi jarayonlarni endogen jarayonlarga qaraganda birmuncha ko‘proq kuzata olamiz.
Ma’lum quruqlikda atmosfera agentlari (havodagi kislorod, karbonat kislota, suv) bilan. mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati ta’sirida nurash prodessi degan umumiy nom bilan ataluvchi kuchli ximiyaviy jarayon yuz beradi. Bu endogen prodesslar natijasida hosil bo‘lgan mineral va jinslarning hammasini fizik va ximiyaviy jihatdan nurab ketishga va ayni bir vadtda yer yuzida bunyodga kelgan yangi dgaroitlarda barqaror bo‘lgan yangi mahsulotlarning hosil bo‘lishiga olib keladi.
Shu mahsulotlarning bir qismi yer yuzidagi odin suvlar bilan erigan holda yoki mayda zarrachalar holatida olib keltiriladi va yo‘l- yo‘lakay suvning tezligi sekinlashgan joylarda, soylarda, ko‘l va dengiz havzalarida ular yotqiziladi. Bu yerda ham o‘ziga xos mineral hosil qiluvchijarayonlar yuz beradi va uning natijasida cho‘kindilar suv havzalari tubiga qatlamlar shaklida cho‘kadi. Bunga cho‘kindilar hosil qiluvchi jarayon deb aytiladi.
1. Nurash jarayonlari avvalo tog‘ jinslari va rudalarning temperatura o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladigan mexanik parchalanishda o‘z aksini topadi, bu jins tashkil etuvchi kengayish koeffitsienti turlicha bo‘lgan minerallarsh! darzlar va kovaklarda muzlab qolgan suv va boshqa faktorlar ta’sirida ajralib ketishga olib keladi. Biroq nurab borayotgan minerallarning tarkibida erigan holda kislorod, karbonat kislotasi ham boshqa gazlari bo‘lgan yomg‘ir va er yuzasidagi suvlar ta’siri ostida ximiyaviy parchalanishi yanada muhimroqdir. Shunga ko‘ra bu suvlar ancha kuchli oksidlantirish va daytarish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Grunt suvlari sathigacha singib tushib borayotgan bu suvlar tarkibidagi kislorod sodir bo‘layotgan oksidlanish, gidratlanish va karbonatlanish jarayonlari sababli sekin-asta yo‘qola boradi.
Yuzaga kelgan erituvchi birikmalar jins va ba’zi minerallarnsh yuvib ketib kovaklar, ba’zan katta bo‘shliqlar (karst-g‘or) hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu bo‘shliqlarning devorlari ko‘pincha kolloidal oqiq-quyilma jinslar yoki qandaydir ekzogei minerallar kristallaridan iborat cho‘tkalar yoki nyhoyat, tuproqdek oxrasimon mahsulotlar, bilan qoplangan bo‘lishi mumkin. Birmuncha osonroq eruvchan jinslarko‘p yuvilib ketgan joylarida, katta-katta g‘orlarda (gips bilan ohaktosh qatlamlarida) ularning yuqori qismidagi tuproqning cho‘kkanligi, ba’zan esa o‘pirilishidan hosil bo‘lgan voronkalar ko‘rinadi.
Yerning ustida o‘sayotgan o‘simlik qoplami shu bilan birga har xil organik moddalar ham eritmaga o‘tib, jins va rudalarning ximiyaviy parchalanish jarayonini ancha tezlashtiradi.
Ximiyaviy barqaror minerallar (kvars, oltin, platina va boshqa minerallar), shuningdek yangidan hosil bo‘lgan qiyin eruvchan minerallar Yer yuzida qoldiq mahsulotlar orasida to‘planib boradi va har xil och-to‘q rangli, ko‘proq temir gidrooksidlari va qo‘ng‘ir rangga bo‘yalgai gilsimon massalar ko‘rinishida uchraydi.
Shunday yo‘l bilan yer yuzida yoki shunga yaqin joylarda to‘planib borayotgan erimaydigan ximiyaviy nurash mahsulotlari, ko‘proq gidrooksidlar va gidrosilikatlar uyumlaridan iborat qoldiq konla- rini hosil qiladi. Masalan, gil, kaolin, boksit, temir, nikel va boshqa tarkibiga ko‘ra shularga mos keladigan, ba’zan ancha katta maydonlarni egallagan tog‘ jinslarning kuchli parchalanishi natijasida paydo bo‘ladigan rudalarning ko‘pgina konlari shular jumlasiga: kiradi.
Ximiyaviy nurash qandaydir foydali qazilma koni ustida ro‘y bersa yuzaga kelgan qoldiq mahsulot shlyapalar (qoplam) deb aytiladi (temir, marganets, gips va boshqalar shlyapalari). Bu shlyapalarda qolgan foydali qazilmaning ayrim komponentlarining miqdori yuvilish hisobiga ko‘ra birlamchi parchalanmagan rudalarga, ya’ni grunt suvi sathidan pastda yotgan rudalarga qaraganda ancha ortiq bo‘lib qoladi. Ba’zi yuvilib ketadigan metallar, ayniqsa mis, shuningdek rux, kumush va boshqalar suvli eritma sifatida oksidlanish zonasining pastkv qismlariga, ya’ni grunt suvi sathiga siljib borib birlamchi rudalar yoki ximiyaviy aktiv yon jinslar (ohaktoshlar) bilan reaksiyaga kirishini ko‘rsatib o‘tish kerak. Mis sulfid konlarida shunday paytlarda ikkilamchi sulfidli boyish zonasi hosil bo‘glib, zona rudalaridagi mis miqdori ancha ortadi.
Ximiyaviy nurash jarayonlarida iqlimiy faktorlar (yillik o‘rtacha temperatura va yog‘ingarchilik miqdori) katta rolo‘yyaaydi. Namgarchilik kam va yillik o‘rtacha temperatura yuqori bo‘lgan paytlarda oksidlanish va ximiyaviy birikmalarning to‘planishi birmuncha tezroq boradi. Bunda o‘sha joyning relefi ham katta ahamiyatga egadir. Tog‘li rayonlarda erozion faoliyat kuchli bo‘lganligi uchun ximiyaviy nurash mahsulotlari to‘planib ulgurmay yuvilib ketadi. Relefi past bo‘lgan rayonlarda butunlay boshqacha holny ko‘ramiz.
Nurash jarayonida yuzaga kelgan konlarning shakli odatda unchalik to‘g‘ri bo‘lmagan uyasimon yoki qatlamsimon uyumlardan iborat bo‘lib, erning yuzasiga birmuncha parallel ravishda yotadi. Katta-katta yoriqlar, maydalanranda jinslar zonasi bo‘ylab hamda fizik va ximiyaviy xususiyatlari turlicha bo‘lgan jinslar kontakti bo‘ylab, ya’ni er yuzi nurash agentlari chuqurroqqacha bora oladigan o‘sha joylarida tik joylashgan, chuqurlasha borgan sari ingichkalanib yo‘q bo‘lib ketadigan ruda mahsulotlari uyumi yuzaga kelishi mumkin.
Cho‘kindi hosil qiluvchi jarayonlar suvli muhitlarda: daryo, ko‘l va dengizlarda yuzaga keladi. Dengiz havzalarida shu prodesslar hamma geologik davrlarda ham juda qalin cho‘kindi jins qatlamlarining yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Bular mexanik va ximiyaviy cho‘kindilarga bo‘linadi.
Mexanik cho‘kindilar nurash mahsulotlarshshng yuvilib, ximiyaviy barqaror minerallari bilan tog‘ jins parchalarining shag‘al, qum va qumli gillar shaklida daryo vodiylarida ham suv havzalarida qayta yotqizilishi natijasida hosil bo‘ladi. Agar tarkibida ximiyaviy barqaror qimmatli mig‘yurallari bo‘lgan kon va jinslarning nurash mahsuloti yuvilsa, u holda bularning qayta yuvilishi va mahsulotning solishtirma og‘irligiga ko‘ra taqsimlanib qayta yotqizilishi natijasida daryo vodiylarida ko‘pincha sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan sochilma konlar hosil bo‘ladi. Oltin, platina, olmos va boshqalarning sochilad a konlarm shular qatoriga kiradi.
Mexanik cho‘kindilar to‘planishi prodessida yangi minerallarning hosil bo‘lishi yuz bermaydi. Jins parchalarida bo‘lgan ayrim keyingi ximiyaviy o‘zgarishlar ba’zan qadimiysochilmalardagina kuzatiladi.
Ximiyaviy cho‘kindilar asosan ko‘l va dengiz havzalarida yuzaga keladi. Cho‘kindilarning hosil bo‘lishi turlicha yo‘llar bilan sodir bo‘lishi mumkin: yo tuzlar bilan to‘yingan eritmalarning kristallanishi, yoki gellarga aylakib borayotgan kolloid mahsulotlarning cho‘kishi, yoxud organik dunyo hayotiy faoliyati mahsulotlari va organik qoldiqlarning to‘planishi yo‘li bilan yuzaga keladi.
1. Kristallangan cho‘kindilarning hosil bo‘lishi qurib borayotgan ko‘pgina ko‘llarda uchraydi, ularda quruq issiq iqlimli sharoitlarda yuzadagi bug‘lanish quyilayotgan chuchuk suv oqimidan katta bo‘ladi.
Suvli eritma birmuncha o‘ta to‘yinishi bilan tuzlar kristallana boshlaydi. Minerallarning birin-ketin cho‘kish tartibi erituvchi (N2O) kuchli bug‘lanayotgan paytda systemalar muvozanatining‘ ikkita asosiy faktori: eritmalar tarkibi, to‘g‘rirog‘i shu sistemaga kiruvchi qompo nentlar konsentratsiyasining o‘zaro nisbati va kristallanish yuz beradigan eritma temperaturasi bilan belgilanadi. Dengiz suvlarida bo‘ladigan Ca, iMg, K va Na sulfat va xlorid tuzlarining muvozanat sharoitlari har xil konsentratsiya va temperaturalarda Vant-Goff, N. S. Kurnakov va boshqa ko‘pgina olimlar tomonidan bztafsil tekshirilgan.
Kolloidal cho‘kindilarning ko‘l va dengiz havzal.arida hosil bo‘lishi ancha murakkab jarayon bo‘lib, bu hodisa har tomonlama etarli darajada tekshirilgan emas. Nurash natijasida yuzaga kelgan ba’zi birikmalarning faqat haqiqiy eritmalar shaklida emas, balki chuchuk suvlardan barqaror bo‘lgan kolloid eritmalar - zollar qiyofasida oqin suvlar bilan olib ketilishi aniqlangan. Bu eritmalar erning ustki suvlari bilan birga dengiz suvlariga quyilib, erigan tuzlar ionlari shaklida dengiz suvlarida juda ko‘p miqdorda bo‘lgan elektrolitlar ta’sirida ularning koagulyadiyalanishi yuz beradi. Temir, marganets, kremniy va boshqa elementlar oksidlari kolloid eritmalari xuddi shunday yo‘l tutadi.
Hosil bo‘lgan gellar daryo suvlari oqizib kelgan gil zarrachalari, mayda jins parchalari va dengiz organizmlari qoldiqlari bilan birga kichik qatlamlar yoki birmuncha qalin to‘g‘ri-tekis qatlamlar shaklida suv havzalari qirg‘oq bo‘yi zonalari tubiga yotqiziladi. Vaqt o‘tishi bilan shu cho‘kindilarda ba’zi o‘zgarish (diagenezis) va ularning zich massalarga aylanish jarayonlari yuz beradi.
Cho‘kindi marganets konlari misolida cho‘kindilardagi minerallar paragenetik assotsiatsiyalarining suv havzalari tubidagi cho‘kindi hosil kiluvchi fizik-ximiyaviy sharoitlar bilan bog‘liq ravishda qonuniy o‘zgarishi aniqlangan. Qirg‘oqqa yaqin sayoz joylarda to‘rt valentlik marganetsning kislorodga boyroq birikmalari tarqalgan bo‘lib, ular qirg‘oq chizig‘idan uzoqlashgan sari siyrak temir sulfidlari bilan birga topiladigan ikki valentli marganed karbonatlari bilan sekin-asta almashina boradi. Suvi sayoz joylarda cho‘kindilarning to‘planishi dengiz suvida ma’lum chuqurliklargacha erigan holda kislorod kelib turgan sharoitlarda sodir bo‘lsa kerak, birmuncha chuqur suvlijoylarda kislorod etishmagan va organik qoldiqlar karbonat kislotalar bilan qisman vodorod sulfid hosil qilib parchalangan. Buning hisobiga karbonatlar bilan bir qatorda oltingugurtli birikmalar yuzaga kelgan bo‘lsa kerak. Shuning natijasida tarkibiga ko‘ra xilma-xil (oksid va karbonat) bo‘lgan rudalar fatsiyalari vujudga kelgan. Oksid, silikat va karbonatlardan iborat fatsiyalarning borligi qadimdan ma’lum bo‘lgan temir konlarida ham turli tarkibli cho‘kindilar o‘zaro xuddi shunday munosabatda bo‘lsa kerak.
Dengiz havzalariiing chuqur joylarida va okeanlarda yuz beradigan jarayonlar haqida hali juda kam narsalarni bilamiz.
Organizmlarning juda murakkab hayotiy faoliyatlari jarayoni natijasida hosil bo‘ladigan organogen yoki biogen cho‘kindilar qatoriga dengiz jonivorlari skelet mahsulotlaridan tarkib topgan ohaktoshlar, diatomiyalarning kremniyli skeletlaridan tashkil topgan diatomitlar; asosan o‘simlik, qisman hayvon organizmlari hisobiga vujudga kelgan kaustobiolitlar (grekcha «kaustos»-yonuvchi demakdir (yuzaga keladi) masalan, qazilma ko‘mir, yonuvchi slanetslao, neftlar, yonuvchi gazlar, qattiq bitumlar va h. k.) kiradi.
Organogen cho‘kindilar qirilib borayotgan hayvonlar skeletlarining (chig‘anoqlarning) yoki yuqori yoki quyi o‘simliklar to‘qimalarining to‘planishi (torf, sapropel) yo‘li bilan hosil bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ularning o‘zi organizmlar hayotiy faoliyatining natijasi bo‘lishi mumkin. Masalan, anaerob bakteriyalar organik qoldiqlar yoki sulfatlarni parchalab, nihoyat shu jarayon natijasida oltingugurt uyumlari hosil qiladi. Nihoyat, bakteriyalar faoliyati mahsuloti hisobiga laboratoriya sharoitlarida ferrobakteriyalar uchun isbot qilinganidek tugunchasimon mahsulotlar ham yuzaga kelishi mumkin.
Keyingi qayta tug‘ilishlar davomida ana shu cho‘kindilarning bir xillari anorganik mahsulotlarga aylanadi (masalan, ohaktoshlar, fosforitlar), boshqa xillari esa organik birikmaligicha qolib ketadi (toshko‘mir va boshhalar).



Yüklə 47,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə