3. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning hozirgi zamon usul va vositalari 20


-jadval O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatining



Yüklə 361,5 Kb.
səhifə7/9
tarix23.02.2023
ölçüsü361,5 Kb.
#101353
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mundarija

2-jadval
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatining
asosiy ko‘rsatkichlari6

Ko‘rsatkich



2011



2012



2013



2014



2015



2016



2017



2018



Tijorat banklari aktivlari (mlrd so‘m)

3198,0



3918,2



4419,0



6400,0



6630,6



7208,0



9276,2



12065,0



Tijorat banklari yalpi kapitali hajmi (mlrd so‘m)

602,0



714,7



791,0



824,0



930,9



1250,0



1502,6



2104,0



Faoliyat ko‘rsatayotgan mini-banklar soni (birlik)

309



530



795



1122



1450



1500



2038



2161



Kichik tadbirkorlik sub‘ektlariga ajratilgan kreditlar hajmi (mlrd so‘m)

206,0




256,0




294,0




353,9




419,9




547,9




743,7




1251,0




Tijorat banklarda aholi omonatlari qoldig‘i (mlrd so‘m)

91,5



170,1



245,0



323,0



449,5



975,0



994,6



1724,0



O‘rta va uzoq muddatli kreditlarning jami ktredit qo‘yilmalaridagi ulushi (foiz)

74,0




81,0




81,0




82,8




81,0




85,0




86,7




-


  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda budjet-soliq vositalarining o‘rni va takomillashtirish yo‘nalishlari


Ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olish hozirgi iqtisodiyotni isloh qilish strategiyasining boshlangich nuktasi bo‘lib xizmat kiladi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirishning hozirgi sharoitida brinchi darajali chora tadbirlar hamda ustuvor yo‘nalishlar sifatida moliya va soliq siyosati sohasida quyidagilar ilgari suriladi;
qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat budjeti defitsitini iloji boricha hamaytirish, budjetdan beriladigan dotatsiyalar va subsidiyalarning barcha turlarini bosqichma-bosqich kiskartirib borish;
budjet mablag‘lari daromad tushganidan keyingina taqsimlashtiradigan yo‘ldan ogishmay borish, birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ektiyojlari uchungina budjetdan mablag‘ ajratish;
Xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan pul bilan qaytarilmaydigan kilib ta’minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu maqsadlar uchun investitsiya kreditlaridan keng foydalanish;
Soliq tizimini takomillashtirish, budjet daromadlari barkaror suratda to‘ldirib turilishini ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalarning, chet el kapitali ishtirokidagi, kishlok xo‘jalik mahsulotini qayta ishlaydigan va xalq is’temoli mollari ishlab chiqaradigan ko‘shma korxonalarning rivojlanishini rag‘batlantiradigan pishik-puxta soliq siyosatini olib borish.
Byudjet xarajatlari 2017-yilga nisbatan 60 foiz yoki 29 trillion soʻmga oshgan. Ushbu mablagʻlarning 5,6 trillion soʻmi “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari va arzon uy-joylar qurilishini moliyalashtirishga yoʻnaltirildi. Yosh tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish, aholini ish bilan taʼminlash uchun “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankiga 700 milliard soʻm va Xalq bankiga 1 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini oshirishga 4,5 trillion soʻm ajratildi. 
Asosiysi, byudjet sohasi xodimlari ish haqi, pensiya va nafaqalarini inflyatsiya koʻrsatkichidan yuqori oshirish bilan birga tarbiyachilar, oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar, profescor-oʻqituvchilar, madaniyat xodimlarining ish haqi 30 foizdan 100 foizgacha oshirildi. 
Xususan, 2019-yil 1-yanvardan: 
– tushumdan olinadigan majburiy ajratmalarni toʻliq bekor qilish natijasida korxonalarda qoʻshimcha 5,2 trillion soʻm daromad qoladi;
– jismoniy shaxslar uchun daromad soligʻining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy toʻlovi 25 foizdan 15 foizgacha tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sugʻurta badali bekor qilinishi natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshadi; 
– yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi 5 foizdan 2 foizgacha, foyda soligʻi 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes subyektlari yagona soligʻi 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ qoladi. Umuman olganda, mavjud 19 ta soliq va majburiy toʻlovlar turi 15 tagacha kamaytiriladi. 
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga fiskal siyosat orqali erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni o‘z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarnni (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o‘sishini chegaralashdan iborat.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o‘z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‘lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‘tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l hisoblanadi.
Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig‘ini maqsadli o‘zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskretsion fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag‘batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O‘z navbatida davriy ko‘tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.
Diskretsion fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol o‘ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalambor, vaqt oraliqlari bilan bog‘liq.
Nodiskretsion fiskal siyosat — davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig‘ini avtomatik o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Nodiskretsion fiskal siyosat o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o‘rnatilgan barqaror-lashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskretsion fiskal siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun huqumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro huquqning boshqa sub’ektlari oldidagi (davlat kafolatlari bo‘yicha majburiyatlarni qo‘shgan holda) mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat xazinasini tashkil etadigan davlat mulki bilan to‘liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak.
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarziy majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini shakllantirish bo‘yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarziy majburiyatlari quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;
mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to‘g‘risidagi shartnomalar;
o‘tgan yillardagi mamlakatning qarziy majburiyatlarini restrukturizatsiya qilish va muddatini o‘zgartirish to‘g‘risidagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar;
Mamlakatning qarziy majburiyatlari o‘zining muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo‘lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to‘lov muddatlari, foiz to‘lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o‘zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
hukumatning davlatni qimmatbaho qog‘ozlari bo‘yicha qarzining asosiy nominal summasi;
hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzning hajmi;
mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo‘yicha majburiyatlar hajmi; va boshqalar.
O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat kafolatlari bo‘yicha majburiyatlar hajmi;
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarz hajmidan iborat bo‘ladi.
Xususan, bunda iqtisodiyotdagi soliq yukini izchil kamaytirib borish siyosati sharoitida byudjet xarajatlarini manzilli va maqsadlik darajasini oshirish, jon boshiga moliyalashtirish tizimini joriy etish, byudjet ijrosining g‘aznachilik tizimini joriy qilish kabi chora-tadbirlarning ahamiyati kattadir.

Yüklə 361,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə