3 II bob adir mintaqasi oʻsadigan o’simliklar


O‘simlik va hayvonot dunyosi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə10/15
tarix23.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#155974
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
adir mintaqasi o’simliklari va hayvonlar

O‘simlik va hayvonot dunyosi
Qo‘riqxonada to‘qay o‘rmonlaridan tashqari, qamishzorlar va yaylovlarini ham ko‘rishimiz mumkin. Baday-To‘qay qo‘riqxonasida terak, jiyda, tol va qamish o‘sadi. Hayvonot olami turli xil qushlar, sutemizuvchilarning ko‘plab turlari va 15 turdagi baliqlardan iborat. Bu yerda, asosan, yovvoyi cho‘chqa, tolay tovushqoni, tulki, chiyabo‘ri, to‘qay mushugi (O‘rta Osiyodagi eng katta mushuk), bo‘rsiq, ariq sichqoni, cho‘l sassiqkuzani, katta quloqli tipratikan va ko‘plab kemiruvchilar yashaydi. Muhofaza ostidagi hayvonlar orasida Buxoro bug‘usi yoki xongul alohida o‘rin egallaydi. To‘qay o‘rmonlari inson tomonidan o‘zlashtirilganidan so‘ng, ilgari juda ko‘p sonli bo‘lgan Buxoro bug‘usi o'zining qadimgi yashash joylaridan deyarli siqib chiqarildi. Amudaryoda har xil baliq turlari, masalan, bakra baliq, katta va kichik Amudaryo qilquyruqlari, cho‘rtan baliq, oqqayroq, Orol so‘zanbalig'i, leshch, tarasha baliq, sazan, laqqa baliq, sudak va oq amur kabi baliqlar yashaydi.
Qushlar dunyosi xilma-xildir. Qo‘riqxona hududida sor, oddiy miqqiy, ko‘k kaptar, katta quloqli boyo‘g‘li, oq qanotli qizilishton, kichkina g‘urrak, uy yapaloqqushi, kokildor to‘rg‘ay, hakka, qora qarg‘a, zog‘cha, katta chittak, mayna, dala chumchug‘i, qora kalxat va qirg‘iyni uchratish mumkin. Baday-To‘qaydagi qushlarning alohida muhofazadagi turi – bu Xiva qirg‘ovulidir.
2.2 Adir o’simlik va hayvonot olamiga ta’siri va oqibatlari
O’zbekiston hududidagi balanlik mintaqalarining vujudga kelishi va uning sabablari, u bilan bog’liq bo’lgan qonuniyatlar O’zbekiston Fanlar akademiyasining akkademigi K.Z. Zokirov tomonidan ishlab chiqildi. K.Z. Zokirov tavsiya qilgan to’rtta: cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalarining har biri o’ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o’simlik va xayvonot dunyosiga ega. Ularning xar birida ro’y beradigan tabiiy geografik jarayonlar ham bir-biridan farq qiladi.
Tabiiy geografiyaning ham ob’ekti, ham predmeti vazifasini o’tovchi geografik qobiq eng katta va eng murakkab tabiiy geografik kompleks bo’lishi bilan bir qatorda ko’p va turli taksonomik qiymatga ega bo’lgan tabiiy geografik komplekslarga bo’linadi. Bular suvlik va quruqlik, materik-mintaqa-o’lka-zona-provinstiya–kichik provinstiya–okrug-rayon ko’rinishlaridir. Ularning hammasi regionallik xususiyatiga ega bo’lgan tabiiy geografik kompleks sifatida regional tabiiy geografiyaning o’rganish ob’ekti hisoblanadi, regional ko’lamdagi katta va murakkab tabiiy geografik komplekslar esa bu fanning tadqiqot predmetidir.
Regional tabiiy geografik tadqiqotlar faqat bironta tabiiy geografik kompleks hududida olib borilibgina qolmay, balki maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda bironta davlat chegarasida ham, bironta tabiiy hudud – tog` tizmasi yoki daryo havzasi doirasida ham olib borilishi mumkin. Bu hollarda ham regional tabiiy geografiyaning o’rganish predmeti regional ko’lamdagi tabiiy geografik komplekslar bo’lib qolaveradi.
Hozirgi kunda xalq xo’jaligini rivojlantirish, shahar, transport, qurilish, suv inshootlari bunyod etish, yangi yerlarni o’zlashtirish va boshqa xalq xo’jaligi ishlarini chuqur geografik va geoekologik tadqiqotlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Shuning uchun O’zbekiston geograflari, shu jumladan tabiiy geograflarining ham ilmiy-tadqiqot ishlari xalq xo’jaligi taraqqiyoti jarayonida vujudga keladigan muammolarni hal qilish hamda atrof-muhitni va yirik hududiy ishlab chiqarish majmualarini sifat jihatdan o’zgartirishning ilmiy asoslarini yaratishga qaratilgandir.
Bu vazifalarni amalga oshirish O’zbekiston hududi tabiiy sharoitini chuqur bilishni taqazo qiladi. Shuning uchun geograf mutaxassislar tayyorlashda beriladigan geografik bilimlar tizimining eng muhim o’quv fanlaridan biri-bu O’zbekiston tabiiy geografiyasidir. Bu o’quv kursi mukammal o’rganilishi zarur. Bu o’quv fani Vatanimiz O’zbekistonning tabiat komponentlari, tabiiy komplekslari, ularning holati, bir-biriga bog`liqligi, tabiiy boyliklari, ulardan oqilona foydalanish, muhofaza qilish haqida bilim berish bilan birga respublikamiz tabiatidagi tafovutlarni tushunib olishga va amaliy faoliyatda ularni nazarda tutishga xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritganidan keyin bu kurs Vatan tabiiy geografiyasiga aylandi va Vatan tushunchasining o’zi endilikda yangicha mazmun va mohiyatga ega bo’ldi. Bu kurs universitetlarda o’qitiladigan barcha regional kurslar orasida tabiiy Vatanshunoslik kursi sifatida ustivor o’rin tutadi.
Kursning maqsad va vazifalari, xususan uning mazmun va mohiyati tor ta’limiy doiradan chiqib, katta ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy ahamiyat kasb etdi. Ushbu kurs ma’lumotlari Vatanimiz-O’zbekistonning o’ziga xos sahovatli tabiati, xilma-xil va boy tabiiy sharoiti hamda resurslari tavsifi misolida talabalarimizning vatanparvarlik, o’z diyoriga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Ushbu kursda asosiy e’tibor faqat tabiiy komponentlar tavsifiga qaratilmay, unda tabiat kompleksi tavsifi ham mumkin qadar keng yoritilib berildi, hozirgi zamon tabiiy geografiyasi va landshaftshunosligining talablaridan kelib chiqib, respublikamiz hududi tabiiy komplekslari ko’p funkstiyali ekanligi va ularning xususiyatlari ochib beriladi. Kursda O’zbekistonda tabiatdan foydalanishning geoekologik asoslari ham munosib o’rin oladi, ayrim tashkiliy muammolari ham ko’rib chiqiladi.
Binobarin, O’zbekiston tabiiy geografiyasi kursining maqsadi talabalarda O’zbekistonning kompleks tabiiy geografiyasi bo’yicha bilimlar asosini landshaftlarning strukturasi, o’z funkstiyasini bajarishi va rivojlanishining qonuniyatlari tavsifi bilan birgalikda shakllantirishdir. Kursning vazifasi esa quyidagilar:
- Regional tabiiy geografiya va landshaftshunoslikning ob’ekti, predmeti haqida tushuncha berish;
- O’zbekistonning tabiatini geografik o’rganish tarixi bosqichlariga tavsif berish;
- O’zbekiston tabiatini shakillantiruvchi eng muhim omillar mazmuni va o’rnini ochib berish;
-Landshaftning o’zaro bog`liqligi va aloqadorligi, O’zbekiston tabiatining zonal va vertikal tuzilishini tushunishga o’rgatish;
-Respublikamiz tabiiy sharoiti va boyliklaridan xalq xo’jaligini rivojlantirish va aholi sog`ligini saqlash maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari va muammolari haqida fikr yuritishga o’rgatish.
O’zbekistonning tuproq qoplami, o’simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil. Respublikamiz hududida 3000 tadan ziyod o’simlik turi mavjud bo’lib, bularning 9 foizi faqat O’zbekistonda uchraydigan endemik o’simliklardir. O’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosi Kavkaz va Old Osiyo, xususan Eron mamlakatlari hududi bilan muayyan umumiylikka ega. Respublikamizda sut emizuvchilarning 91 ta turi, sudralib yuruvchilarning 57 ta turi, qushlarning 400 ta turi, baliqlarning 40 tadan ortiq turi bor. Ular muayyan qonuniyatlar bo’yicha tarqalgan.
O’zbekiston hududi yer yuzasining g’arb va shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa va sharqqa tomon ko’tarila borishi sizga malum. Toqqa tomon havo harorati pasayib, yog’inlar miqdori ortadi, tuproq o’simlik qoplami o’zgaradi. Shuning uchun hami respublikamiz tabiat zonalari janubdan shimolga emas, balki g’arbdan sharqqa, yani tekislikdan toqqa tomon o’zgarib, balanlik mintaqalarini hosil qiladi.
Yer yuzasi okean sathidan balanlashgan sari iqlim umuman bir butun tabiatning o’zgarib borishini ulug’ allomalar Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinolar X asrdayoq idrok etgan edilar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə