3 -ma’ruza. Yuzlarni formula yordamida hisoblashga doir masalalar. Bir
o‘zgaruvchili tenglamalar bilan yechiladigan murakkab masalalarni
yechishga o‘rgatish. Masalalarni tenglama va jadval tuzib yechish.
REJA:
1. Yuzlarni formula yordamida hisoblashga doir masalalar.
2. Bir o‘zgaruvchili tenglamalar bilan yechiladigan murakkab masalalarni
yechishga o‘rgatish.
3. Masalalarni tenglama va jadval tuzib yechish.
Tayanch so‘z va iboralar:
perimetr, yuza, sig‘im, hajm
1. O‘quvchilarda uzunlik haqidagi tasavvurni shakllantirish. Uzunliklarni
o‘lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi
Kesma uzunligi tushunchasi predmetlarni uzunligi bo‘yicha taqqoslash
asosida kiritiladi. Masalan, o‘qituvchi bolalarga ikki bo‘lak lentani ixtiyoriy
uzunlikdagi ikkita qog‘oz poloskani va hokazolarni ustma-ust qo‘yish yo‘li bilan
taqqoslashni (qaysi lenta uzun, qaysinisi qisqa yekanini bilishni) taklif qilishi
mumkin. Amaliy ishlar bunda ularning so‘zlar yordamidagi ifodalari bilan
kuzatiladi. «Uzunliklari bo‘yicha teng», «Uzunliklari bo‘yicha teng yemas»
so‘zlarining mazmunlari «bir xil», «uzunroq», «qisqaroq» kabi tushunarliroq so‘zlar
orqali aniqlanadi.
Oldin uncha katta bo‘lmagan predmetlarning, masalan, cho‘plarning,
qalamning va boshqa narsalarning uzunliklarini topishni o‘rganib olamiz. Buning
uchun aniq, umumiyat tomonidan qabul qilingan uzunlik birligi-santimetrdan
foydalanilishini o‘qituvchi aytadi.
O‘quvchilar santimetr haqida ayoniy (abstrak) tasavvur olishlari uchun, ular
o‘qituvchi rahbarligida santimetrning bir qancha modelini tayyorlashlari lozim.
Buning uchun katakli qog‘oz varag‘idan eni bir katakka teng bo‘lgan uzun poloska
qirqishlari va so‘ngra undan 1 sm li poloska qirqishlari kerak. Poloskalarni ustma-
ust qo‘yib, bolalar ular o‘zaro teng yekaniga ishonch hosil qiladilar. Bunday
poloskalarning har biri santimetrning modeli yekanini o‘qituvchi aytadi.
Santimetr modeli yordamida o‘quvchilar: 1) berilgan kesmani o‘lchash; 2)
berilgan uzunlikdagi kesmani yasash (chizish) masalasini hal qilishni o‘rganib
olishlari kerak. Bu masalalarni yechishning ikkita usulini ajratish mumkin.
O‘quvchilarni uzunlikning yangi birligi-detsimetr bilan tanishtirish ikkinchi
o‘nlikni o‘rganish munosabati bilan boshlanadi. Yuqorida qaralgan chizg‘ich
(qog‘oz poloska) aslida detsimetrning raqamlanmagan qog‘oz modelidir. Har bir
o‘quvchi shunday modellardan bir qanchasini yasashi muhimdir. O‘quvchilar
detsimetr modeli bilan ham santimetr modeli yordamida bajarganlaridek ishlarni
ya’ni o‘lchashlar va yasashlarni bajarishadi.
Detsimetr modeli yordamida o‘lchashlarga doir ba’zi mashqlarni keltiramiz:
1.Detsimetrning uchta modelini bir qatorga qo‘ying. Qanday uzunlykda
poloska hosil bo‘ldi?
2.Qog‘oz lenta (ip yoki kanop) dan uzunligi 3 dm (yoki boshqa songa teng)
bo‘lgan bir bo‘lak o‘lchang va poloskaning shu qismini qirqib oling.
3.To‘g‘ri chiziqda berilgan nuqtadan boshlab ikki marta detsimetr qo‘ying va
boshqa bir nuqta qo‘ying. Hosil bo‘lgan kesma o‘zunligini ayting.
4.Partaning, stolning eni va bo‘yini, porgfel uzunligini toping.
2. O‘quvchilarda massa va hajm haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirish,
ularning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi
Maktabgacha bo‘lgan yoshdayoq bolalar his va tuyg‘ular asosida jismning
massasi haqida dastlabki tasavvurlarni olishgan.
Har xil predmetlarning massalarini taqqoslashga doir amaliy ishlarni bolalar
ularning so‘zlar orqali ifodalari bilan kuzatib bornshgan: «yengil», «og‘irroq», «bir
xil og‘irlikda».
Bolalar I sinfda tanishadigan birinchi massa birligi bu kilogrammdir.
1 kg li massa haqidagi tasavvurni bolalar faqat o‘zlarining amaliy ishlari
asosida olishlari kerak. Bolalar massalari 1 kg ga teng bo‘lgan (masalan, bir pachka
shakar) predmetlarni qo‘llarida ushlab ko‘rishlari va bu predmetlarni og‘ir yoki
yengil predmetlar bilan taqqoslashlari kerak. Taqqoslash operatsiyasi asosidagina
bolalar 1 kg li massa haqida real tuyg‘uni sezadilar.
Birinchi darsning o‘zidayoq bolalarni pallali (richagli) tarozida har xil
predmetlarni (paketga solingan 1 kg, 2 kg, 3 kg shakar, tuz, yormalar va boshqa
narsalarni) 1, 2, 5 kg li toshlar. naboridan foydalanib tortish bilan tanishtirish kerak.
Tortish jarayonida bolalarning o‘zlari qatnashishi muhimdir. Albatta, bunda
o‘qituvchi oldindan tarozida tortish qoidalarini gapirib berishi kerak. Tortish
nagijalari doskaga va daftarlarga yoziladi.
Navbatdagi darsda bolalar hajm (sig‘im) o‘lchovi birligi-litr bilan
tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarining bo‘lishi, ya’ni bir litrli banka,
krujka, shuningdek, idishlarning (banka, chelak, kastryulka, stakanlar) bo‘lishi juda
ahamiyatga ega.
O‘qituvchiga mo‘ljallangan metodik qo‘llanmada «darsni suhbatdan
boshlash» tavsiya qilinadi, - bu suhbatda «bolalardan oldin, kim ulardan sut sotib
olganini, unda sotuvchi sutni nima bilan o‘lchashini» so‘rab olish tavsiya yetiladi.
Shundan keyin litrni ko‘rsatish va litr yordamida har xil idishlarning hajmini
(sig‘imini) o‘lchashga o‘tish tavsiya qilinadi. Amaliy ishlarni har xil shaklda
o‘tkazish mumkin. Shulardan ba’zilarini keltiramiz:
1) «Magazin» o‘yini. O‘quvchilardan biri sotuvchi qilib tayinlanadi.
Chelaklarga «sut» (suv) quyilgan. Bir necha o‘quvchi bidonlar va bankalar olishadi-
ular xaridorlar. Xaridorlarning talabiga binoan sotuvchi ularga 1l, 2l, 3l «sut» quyib
beradi. Qolgan hamma o‘quvchilar sotuvchi «sutni» to‘g‘ri quyib berayotganini
kuzatib borishadi.
2) Bankaga, kastryulkaga (boshqa idishga) qancha suv sig‘ishini o‘lchash
taklif qilinadi. Bunda oldin o‘quvchilardan biror idishga necha litr suyuqlik sig‘ishi
haqida qanday fikrda yekanliklarini so‘rash kerak. Ular o‘zlari o‘ylagan sonni yozib
qo‘yishsin, o‘lchashlardan keyin o‘zlarining qanchalik to‘g‘ri o‘ylaganliklarini
tekshirib ko‘radilar.
3)
Bir chelakka 5 l ikkinchi chelakka 3 l suv quying. Chelaklardagi suvlar
teng bo‘lishi uchun nima qilish kerak? (1 l suvni birinchi chelakdan ikkinchisiga
quyish, birinchi chelakdan 2 l suvni to‘kib yuborish mumkin, ikkinchi chelakka yana
2 l suv quyish mumkin).
O‘qituvchi bulardan ba’zi mashqlarni tanlab olishi, o‘z mashqlaridan
foydalanishi mumkin, ammo bolalar o‘lchashni mashq qilishlari va sig‘imni ko‘zda
chamalab aniqlashni mashq qilishlari yeng muhimdir.
Ikkinchi sinfda o‘quvchilar yangi massa birligi-gramm bilan tanishadilar.
Bunda ish metodikasi kilogramm bilan tanishishdagidekdir. Masalan, gramm haqida
aniq tasavvur hosil qilish uchun bolalar qo‘llari bilan massasi 1 g bo‘lgan toshni
ushlashlari va uning og‘irligini boshqa predmetlarning og‘irliklari bilan
taqqoslashlari kerak. Bolalarga 1 so‘mlik tanganing massasi 1 g, 2 so‘mlikniki 2 g,
3 so‘mlikniki 3 g, 5 so‘mlikniki 5 g yekanini aytish va bu chaqalardan toshlar o‘rnida
foydalanish mumkinligini aytish foydali. Sinfga dorixona tarozisini olib kirish,
bolalarga bu tarozida dorilar tortilishini tushuntirish kerak. Dorilarni o‘lchash uchun
1 g, 2 g, 5 g, 10 g, 20 g, 50 g, 100 g, 500 g li mayda toshlar kerakligini aytadi (va
ko‘rsatadi). Shundan keyin tortishga oid amaliy mashqlar o‘tkazish kerak: Masalan,
300 g shakar, 200 g yorma tortib olish va hokazo. Bu jarayonda o‘quvchilarning
o‘zlari ishtirok yetishlari muhimdir.
Ikkinchi sinfda o‘quvchilarni savdo tarozisi bilan tanishtirish tavsiya qilinadi.
Shu maqsadda yaqin joydagi oziq-ovqat magaziniga yekskursiya tashkil kilish va
bolalarni bunday tarozilarning tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishtirish kerak.
Uchinchi sinfda, birinchidan «massa o‘lchovlari» tushunchasi kiritiladi,
ikkinchidan, o‘quvchilar o‘zlari uchun yangi birlik— sentner va tonna bilan
tanishadilar, uchinchidan, massa o‘lchovlari jadvali kiritiladi.
«Massa o‘lchovlari» terminini quyidagicha tushuitirish yordamida kiritilishi
tavsiya qilinadi: «Ikki kesmani taqqoslab, ulardan qaysinisi uzun, qaysinyasi qisqa
yekanini bylish zarur bo‘lganda ularning uzunliklarini bir xil birlik masalan,
santimetr bilan o‘lchab taqqoslaymiz. Qaysi bo‘lak nonning massasi ortiq,
qaysinisiniki kam yekanini bilish zarur bo‘lganda yesa, buni tarozi va toshlar
yordamida hal qilamiz. Siz qanday massa birliklarini bilasiz? 1 kg da qancha gramm
bor?...».
Massasi 1 s va 1 t bo‘lgan predmetlarni qo‘lda «ushlab turish» mumkin yemas.
Shu sababli o‘quvchilarda yangi o‘lchov birliklari haqida aniq tasavvurlar hosil
qilishi uchun metodik adabiyotda ilgaridan o‘quvchilarga, masalan, bunday
ma’lumotlarni aytish tavsiya qilinadi: ikki qop kartoshkaning massasi taxminan 1 s,
«Moskvich» avtomobilining massasi (passajirlarsiz) taxminan 1 t ga teng; sinfdagi
hamma o‘quvchilarning (30—35 ta o‘quvchi) massasi taxminan 1 t ga teng.
Shundan keyin massa o‘lchovlari jadvali tuziladi va bolalarga uni yeslab
qolish tavsiya yetiladi.
3. O‘quvchilarda geometrik shakllarning yuzi haqidagi tasavvurlarni tarkib
toptirish, yuz o‘lchovlari birliklari bilan tanishtirish metodikasi
«Ko‘pburchakning yuzi» mavzusi III sinfda o‘rganiladi. Ammo tegishli
tayyorgarlik ishlari I sinfdan boshlanadi.
I va II sinf o‘quvchilariga shakllardagi kataklarni sanash, shakllarni berilgan
shakliga ko‘ra kataklar bo‘yicha yasash, shakllar qirqish, ustiga qo‘yish yo‘li bilan
shakllarni taqqoslashga oid mashqlar beriladi.
«Shakllarning yuzlari» mavzusini darslikda ko‘rsatilgan reja asosida
o‘rganish kerak.
1. Taqqoslash, qaysi shakl tekislikda ko‘proq o‘rin olishini aniqlash asosida
shaklning yuzi haqidagi umumiy tasavvurlarni shakllantirish.
2. Birlik kvadrat haqidagi tasavvurni shakllantirish, bu kvadrat yordamida
shakllarning qaysinisining yuzi katta yekanligini har doim aniqlash mumkin.
Kvadrat santimetr bilan tanishish.
3. Har xil shakllarning yuzlarini kvadrat santimetrlarda topish. Paletka.
4. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini kvadrat santimetrlarda hisoblash.
5. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini kvadrat detsimetrlarda hisoblash.
6. To‘g‘ri to‘rtburchakning yuzini kvadrat metrlarda hisoblash.
Paletka-bu har xil shakllarning yuzlarini o‘lchaydigan asbobdir. Har qaysi
o‘quvchida paletka bo‘lishi kerak. Paletka bu kvadratlarga bo‘lingan shaffof
plastinkadir (har qaysi kvadratning tomoni 1 sm dan). Kvadrat to‘r kal kaga
tushirilgan bo‘lishi yoki ramkaga iplar bilan tortilishi mumkin. Mehnat darslarida
bunday paletkani tayyorlash foydalidir. (Paletkaning o‘lchami 8sm x 8sm dan kam
bo‘lmasligi kerak.)
Daftarlarga chizilgan shakllarning yuzlarini topish uchun daftarning
chiziqlaridan paletka sifatida foydalanish mumkin. Ko‘rsatish uchun demonstratsion
paletka bo‘lishi kerak. Bu paletka to‘r tortilgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi
ramkadan iborat bo‘ladi. Bu paletkaning har bir katagi kvadrat detsimetrni
tasvirlaydi. Shakllarning yuzlarini bevosita hisoblash yo‘li bilan topish uchun
kataklarga bo‘lingan doska juda qulaydir. Bu doskaga konturi egri chiziqli bo‘lgan
shakllarni tez chizish va unga joylashgan kvadratlarni tez sanash mumkin.
Paletkadan foydalanishda kelib chiqadigan qiyinchiliklarni bartaraf qilish
uchun u yoki bu shaklning to‘la va to‘lamas kvadratlari sonini sanash bilan bog‘liq
bo‘lgan bir qator tayyorgarlik mashqlarini o‘tkazish kerak.
Quyidagi amaliy topshiriqlarni berish mumkin:
1. Matematika darsligi muqovasining bo‘yi va enini santimetrlarda o‘lchang
va uning yuzini toping. Yuzni kvadrat detsimetrlarda ifodalang.
2. Gazeta sahifasining bo‘yi va enini detsimetrlarda o‘lchang va sahifaning
yuzini toping. Sahifaning yuzini kvadrat santimetrlarda ifodalang.
Shundan keyin o‘quvchilarni sinfning yuzini (polning yuzini), yer
uchastkasining gozini va boshqalarni hisoblash bo‘yicha mashq qildmrish
muhimdir.
Nazorat savollar
1. O‘quvchilarni uzunlik, massa va vaqt o‘lchovlari bilan tanishtirish
darslaridan bir nechta bo‘laklar ishlab chiqing.
Dostları ilə paylaş: |