|
3- ma’ruza. O’lchashlarning turlari va usullari xaqida ma’lumot. RejaPdfFile
О’rindoshlik usuli -
о’lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib,
о’lchanayotgan kattalikning о’lchov orqali yaratilgan ma’lum qiymatli kattalik
bilan о’rin almashishiga asoslangan. Misol, о’lchanadigan massa bilan tarozi
toshini bir pallaga galma-gal qо’yib о’lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida
tekshirilayotgan rezistorning qarshiligini topish:
R
0
K 1
+
2
U
-
Bunda “K”ni ikkala holatda (1,2) qо’yganda
1
=
2
shart bajarilishi kerak.
I
1
= U / R
0
1
I
2
= U / R
k
2
Mos kelish usuli -
о’lchov bilan taqqoslash usulining turi. О’lchanayotgan
kattalik bilan о’lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar
yoki davriy signallarni mos keltirish orqali о’tkaziladigan о’lchash. Masalan, kalibr
yordamida val diametrini moslash.
Har bir tanlangan usul о’z usuliyatiga, ya’ni о’lchashni bajarish usuliyatiga
ega bо’lishi lozim. О’lchashni bajarish usuliyati deganda, ma’lum usul bо’yicha
о’lchash natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi.
О’lchash vositalari va ularning turlari
Ma’lumki, о’lchashni biror bir vositasiz bajarib bо’lmaydi.
О’lchash vositasi
deb о’lchashlar uchun qо’llaniladigan va meyorlangan
metrologik xossalarga ega bо’lgan texnikaviy vositaga aytiladi.
О’lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi
katta yoki kichik bо’lishi mumkin. О’lchash vositalari meyorlangan metrologik
xosalarga ega bо’lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda
tekshirilib turiladi. О’lchash amalida о’lchanayotgan kattalikning qiymati tо’g’ri
aniqlanishi aynan mana shu о’lchash vositasining tо’g’ri tanlanishiga va ishlashiga
bog’liq.
О’lchash vositalarining namoyondalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz
mumkin:
*
о’lchovlar;
*
о’lchash asboblari;
*
о’lchash о’zgartkichlari;
*
о’lchash qurilmalari;
*
о’lchash tizimlari.
Dostları ilə paylaş: |
|
|