3- ma’ruza. O’lchashlarning turlari va usullari xaqida ma’lumot. Reja



Yüklə 381,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix27.05.2023
ölçüsü381,26 Kb.
#113434
  1   2   3   4   5   6
PdfFile



3- Ma’ruza. O’lchashlarning turlari va usullari xaqida ma’lumot . 
Reja. 
1. О’lchashlarning usullari va turlari. 
2. О’lchash vositalari va ularning turlari. 
Tayanch sо’zlar
: о’lchash obyekti, о’lchash usuli, о’lchash vositasi, о’lchov, 
о’lchash asbobi.
О’lchashlarning usullari va turlari 
Kattalikning sonli qiymatini odatda о’lchash amali bilangina topish mumkin, 
ya’ni bunda ushbu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan shu turdagi 
kattalikdan necha marta katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi.
О’lchash deb
, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki. 
unda о’lchanadigan kattalik fizik eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik 
sifatida qabul qilingan, miqdori bilan о’zaro solishtiriladi. 
Bu ta’rifdan shunday xulosaga kelish mumkinki: birinchidan, о’lchash bu 
har xil kattaliklar tо’g’risida informatsiya hosil qilishdir; ikkinchidan, bu fizik 
eksperimentdir; uchinchidan - о’lchash jarayonida о’lchanadigan kattalikning 
о’lchov birligi ishlatilishidir. Demak, о’lchashdan maqsad, о’lchanadigan kattalik 
bilan uning о’lchov birligi sifatida qabul qilingan miqdori orasidagi (tafovutni) 
nisbatni topishdir. YA’ni, о’lchash jarayonida о’lchashdan kо’zda tutiladigan 
maqsad, ya’ni izlanuvchi kattalik, bu shunday asosiy kattalikki, uni aniqlash butun 
izlanishni, tekshirishni vazifasi, maksadi xisoblanadi va 
о’lchash obyekti
ishtirok 
etadi. О’lchash obyekti (о’lchanadigan kattalik) shunday yordamchi kattalikki
uning yordamida asosiy izlanuvchi kattalik aniqlanadi, yoki bu shunday qurilmaki, 
uning yordamida о’lchanadigan kattalik solishtiriladi. 
Shunday qilib, uchta tushunchani bir-biridan ajrata bilish kerak; о’lchash, 
о’lchash jarayoni va о’lchash usuli. 
О’lchash
- bu umuman har xil kattaliklar tо’g’risida informatsiya qabul 
qilish, о’zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini 
qо’llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir. 

Yüklə 381,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə