3- laboratoriya mashguloti: Mavzu: Sportchilarning jarohatlanishi. Ochiq va yopiq jarohatlarda 1-tibiiy yordam. Reja



Yüklə 33,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü33,59 Kb.
#157726
1   2   3   4
лаб-3

Paylar cho’zilishi.
Ko'pincha boldir-tovon bo’g'imlarining paylari cho’zilishi sport 
bilan shug'ullanuvchilarda ko'p uchraydi.Oyoq qayrilib yiqilganda uchraydi. 
Paylar cho’zilganda bo’g'im sohasida og'riq, oqsab yurish, oyoqni bosganda 
og’riqning kuchayishi kuzatilib, ikkinchi kunlari shish, og'riq kuchayadi.Pay 
cho’zilishi tizza bo’g'imlarida ham uchraydi, lekin kam uchraydi.Boldir-tovon 
bo'g'imlarining paylari cho’zilishi odat bo'lib qolishi mumkin. 
Birinchi yordam
.Bemorga osoyishta sharoit yaratish kerak. Pay cho’zilgan sohaga 
sovuq kompress qo'yish, qattiq qilib bog'lash kerak. O'sha soha qo'l ostida bo'ladigan 
shinabop narsalar bilan shinalanadi.Odat bo'lib qolishini oldini olish uchun tezda 
kasalxonaga yotqizish kerak. 
Suyaklar chiqishi
.Bir yoki bir qancha suyaklarning bo’g'imlardagi normal holatidan 
surilishi suyak chiqishi deb ataladi. Shu bilan birga bir suyakning bo'gim sathi 
ikkinchi suyakning bo’g'im sathidan surilib ketadi va bo’g’im xaltachasining yurilgan 
joyidan chiqib ketadi.Suyaklar 
to’la va qisman chiqishi
mumkin. Agar surilish 
natijasida bo’g’im yuzalari bir-biriga tegmay qolsa

to’la suyaklar chiqishi 
deyiladi.Agar, surilish natijasida bo'gim yuzalari bir-biriga qisman tegib tursa, to'la 
bo'lmagan qisman suyaklar chiqishi deyiladi.Suyaklar chiqishi sabablariga ko'ra 
quyidagi turlarga bo'linadi: 
1) tug'ma suyaklar chiqishi:
2) travmatik suyaklar chiqishi;
3) patologik suyaklar chiqishi: 
4) odat bo'lib qolgan suyaklar chiqishi farqlanadi. 
Klinik belgilari.
Bemor kishi asosan bo'g'imi og'riyotgani va harakat qila 
olmayotganidan shikoyat qiladi, harakat qilishga urinib ko'rilganda bo'g'imdagi og'riq 
kuchayadi, shishadi, chiqqan oyoq yoki qo'l uzunligi o’zgaradi. Qo'1-oyoq chiqqan 
bo'gimda kuchli og’riq bo'lib, uni o'z o'rniga qo'yishga harakat qilinsa, yana asl holiga 
keladi. Bu belgi prujinasimon fiksasiya simptomi deyiladi. Ba'zan zararlangan qo'l 


yok oyoq karaxt bo'lib qolishi ro’y beradi, bu holat nerv tolasi qisilishidan va chiqqan 
suyak bo’lagini spastik ravishda qisqargan mushaklar qimirlatmay qo’yishi natijasida 
kelib chiqadi. Ko'zdan kechirish paytida qo'l-oyoqning noto'gri holati va bo’g'im 
sohasining shakli buziladi.Ba'zida suyakning siljigan uchi o'z joyida emasligi 
aniqlanadi. Masalan: yelka suyagi chiqqanda uning boshi qo'ltiq ostida yoki ko'krak 
mushagi ostida ekanligini ushlab aniqlash mumkin. Bemor odatda, tirsagini bukkan 
holda gavdasidan uzoqroq qilib turadi.Nerv qisilib qolgan bo’lsa, bemor oyoq-qo'li 
holsizlanganligidan shikoyat qiladi.Suyaklar chiqishini tashxisi rentgenografiya 
yordamida aniqlanadi, unda simmetrik bo'g'imlar solishtirilib ko’riladi.Suyaklar 
chiqqanda birinchi vrachgacha yordam ko'rsatish.Suyagi chiqqan ya'ni shikastlangan 
oyoq yoki qo’lning bo'gim sohasiga sovuq kompress qo’yish kerak.qimirlamaydigan 
qilib immobilizasiya qilinadi. Qo'l ostida bo'ladigan taxta, reykalar bilan 
immobilizasiya qilish kerak.Qo’l suyaklari chiqqanda kosinka yordamida bo'yinga 
osib qo'yiladi, oyoq suyaklari chiqqanda oyoqni taxtakach yoki qo'shimcha vositalar 
bilan mahkamlash kerak.Og'riq kuchli bo’lganda, og’riq qoldiradigan dorilar (analgin, 
baralgin) ishlatish kerak.Bemor tezda davolash muassasasiga olib boriladi.Chiqqan 
suyak o'z o'rniga solinadi. 
Teri va shilliq pardaning mexanik ta'sir natijasida butunligi buzilishiga

Yüklə 33,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə