25-mavzu. Mehmonxonalardagi texnik jihozlar va ularga qo‘yiladigan talablar Reja



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə3/4
tarix11.12.2023
ölçüsü4,8 Mb.
#144734
1   2   3   4
25-mavzu

T/r


Tavsifi









1.

Quvvati, Vt

850-1250

850-2000

1300-2000

1150-1250

2.

Og‘irligi, kg

8-10

9-30

10-50

3,9-9,7

3.

Rezervuar sig‘imi, l

7-15

20-60

-

5-5,5

4.

Shamollatgich parametri:

  • havo sarfi l/s

  • bo‘liq, m bar

47-72
202-257

50-60
178-220

-
-

43
180

5.

Unumdorligi, m3/s

-

-

10-100

-

6.

Bosimning sig‘imi, l:

  • toza suvda

  • kir suvda

-
-

-
-

10-45
9-18

-
-

7.

Purkash miqdori, l/min

-

-

1-5

-

Ho‘l va quruq yig‘ishtirish uchun qo‘llaniladigan changyutgichlar boshqaruv paneli, ustki yechiladigan seksiyadan, filtrlar va tozalangan havoni chiqarib yuboruvchi teshik, so‘rish shlangi, kir suv baki, joylashtirilgan pastki seksiyadan iborat. Uning ishlash vaqtida so‘ruvchi shlangidan so‘rilgan changlar yoki suyuqlik kir suv uchun mo‘ljallangan baka tushadi, o‘z og‘irligi bilan kir yoki changlar suvga cho‘kib ajralsa, qolgan mayda zarralar filtrlar yordamida ushlanib qoldiriladi. Changyutgich shunday tuzilganki, uning ishlash vaqtida nam yoki suyuqlik elektrodvigatelga o‘tishi mumkin emas, filtrlar doimo quruq bo‘ladi. Kir suv baki to‘lishi bilan undagi qo‘yilgan kuzatuv elektrodlari yordamida chang yutgich avtomatik ravishda ishdan to‘xtaydi. Uni yana ishlatish uchun bak suvini to‘kish yoki olib tozalab qo‘yish kerak. Changyutgichning ko‘pgina qulayliklari bilan birga, uning korpusi urishga chidamli plastik yoki zanglamas po‘latdan yasalgan bo‘ladi.

Rasm-5. Ho‘l va quruq tozalash changyutgichlar.
Mehmonxonadagi gilamlar, gilamli yuzalar, yumshoq mebellar, drapirovka, devor va deraza, potoloklarni yuvib tozalashda yuvib tozalash changyutgichlari qo‘llaniladi.
Yuvish bilan tozalovchi changyutgichning tozalash jarayoni sxemasini rasm-6 da keltirilgan. Bunda, kimyoviy tozalash eritmasi bosim ostida moddiy yuzasiga purkaladi, kirlarni eritishi bilan eritma va kir tezlikda so‘rilib olinadi. Tozalash texnologiyasiga asosan, yuza tozalangunga qadar tozalanadi, so‘ng agar kimyoviy eritma qo‘llanilgan bo‘lsa, albatta toza suv bilan yana bir bora tozalash va quritish kerak bo‘ladi. Bunday yo‘l bilan tozalangan yuzadan bir muncha vaqt yurmaslik talab etiladi.

Rasm-6. Yuvuvchi changyutgichlar.
Yuvish bilan tozalovchi changyutgichlarda, shu maqsadlar uchun ikkita bak bo‘lishi mumkin. Kir suv baki tozalanib turilsa, suv baki har vaqt suv bilan to‘ldirilib boriladi.
Mehmonxonadagi gilamlarni yanada chuqurroq tozalashda maxsus gilam tozalagich changyutgichlar qo‘llaniladi. Ularning boshqalardan tozalashdagi farqi, maxsus shyotkali qurilmaning qo‘llanilishida, ya’ni chang yutgichning pastki qismida alohida elektr yuritmali sintetik shyotka o‘rnatilgan. Bu bilan gilamlarda yopishib qolgan ip, soch va boshqa kirlarni ajratib, so‘rib tozalaydi. Gilam tozalagichlarning boshqa chang yutgichlardan ustunligi: gilamli moddiylarni yuqori sifatda tozalashi, tozalangandan so‘ng ularning patini tiklashi, havoni to‘rt karrali tozalashi, shyotkasining tekis va kengligi, gilamli moddiylar patiga qarab uni moslashtirish mumkinligi hisoblanadi.
Mehmonxona jamoaviy va yashash joylarining pollari joyning mo‘ljallanganligi bilan linoleumli, kafelli, granit va marmarli, sintetik qoplamali bo‘lishi mumkinki, ularning kundalik tozalashda turli xildagi pol tozalagichlar qo‘llaniladi.
Pol tozalagichlar turli xildagi: ishchi organi bo‘yicha: rolikli, diskli; ishlash prinsipi bo‘yicha: issiq yuvish eritmali, havoli va supurib tozalagich yuqori bosimli suvni isitmasdan, yuqori bosimli suvni isitadigan, par yordamida tozalagichlar ishlab chiqarilgan. Ularning texnikaviy tavsifi jadval-2 da berilgan.
Pol tozalagich mashinalarning ishchi organi bo‘lib, rolikli yoki diskli shyotkalar xizmat qiladi. Agar tozalash sirti silliq, notekis va general tozalash va yaltiratish talab etilsa, rolikli, tekis-silliq yuzalar uchun diskli shyotkalar qo‘llash taklif etiladi. Rolikli shyotkali polyuvgich-tozalagich bilan mebellar tagini, jihozlar atrofini, prilavkalar ostini yuvib tozalash ancha qulay hisoblanadi. Chunki, diskli shyotkali pol yuvgich-tozalagichlar bunday joylarni tozalashda qulay va ayrim hollarda mumkin emas.
Jadval 2 Pol yuvgich-tozalagichlar texnikaviy tavsifi



Tavsifi

Yuqori bosim suvini
isitmasdan pol yuvgich mashina

Yuqori bosimli suvini
isituvchi pol yuvgich mashina

Par yordamida tozalagich mashina

1.

Quvvati, Vt

2,2-3,1

300-1800

2,2

2.

Massasi, kg

15-55

2,2-8,2

7,5

3.

Unumdorligi, l/s

150-600

80-150

-

4.

Suvning maksimal harorati, 0C

60

80

-

5.

Bosim kuchi, bar

10-130

100-180

3,8

6.

Suv parining maksimal harorati, 0C

-

140

150

Pol yuvgich-tozalagich mashinalar (rasm-7) o‘zining tuzilishi bo‘yicha kompakt, rolikli va diskli shyotkalar, individual elektrodvigateldan, maxsus trubka bilan issiq kir yuvish eritmasini beruvchi bakdan, kir suv baki, kir va suvni so‘ruvchi vakuumli qurilmadan, uning ishini boshqarish uchun boshqaruv panelidan, harakat g‘ildiragi, sozlovchi qurilma, qulay ushlagich va elektrta’minot uchun elektr kabeldan tuzilgan bo‘ladi.

Rasm-7. Pol yuvgich mashinalari.

Rasm-8. Supurish mashinalari:
a – qo‘lli supurish mashinasi; b – vakuumli supurish mashinasi; v – avtomatik supurish-so‘rish mashinasi.

Rasm-9. Suvini isitmasdan yuqori bosimli tozalash apparati.

Rasm-10. Suvi isitiladigan yuqori bosimli tozalash apparati.
Mehmonxona ochiq va yopiq maydonchalaprini tozalashda supurib tozalovchi mashinalar ko‘plab ishlatiladi. Uning yordamida changlar so‘riladi, qum va kichik axlatlar yig‘ib olinadi. Ular quvvati bo‘yicha kichik (mayda xona va joylarga mo‘ljallangan), vakuumli (akumlyator batareysi yoki benzinli dvigatelda), avtomatlashgan (katta maydonlar uchun) bo‘lishi mumkin. Ular ikki xil prinsipda: oddiy va murakkab sxemada ishlashi mumkin. Oddiy sxemada valik axlatlarni supurib idishga yig‘adi, murakkabida esa tez aylanib o‘zidan axlatni o‘tkazib, idishga uloqtiradi. Agar birinchi sxemada idish 40-50 %ga to‘ldirilsa, ikkinchisida 85-100 % to‘ldirishi mumkin (rasm-11).

Rasm-11. Supurish prinsipi:
a - oddiy supurish; b – olib tashlash prinsipi.
Supurib tozalovchi mashinalarning qo‘lli mexanik yuritmali va vakuumli qo‘lli, to‘la avtomatlashtirish o‘z o‘rnida turli qulayliklarga ega bo‘ladi. Ayniqsa, katta maydonlarni tozalashga mo‘ljallangan avtomatik mashinada, tozalovchi – operator mashinani boshqarish uchun maxsus o‘rindiqda o‘tirib maydonni tozalash mumkin.
Hosil bo‘lgan kirlarni tez va effektiv ravishda tozalashda suvi isitilmaydigan, yuqori bosimda ishlovchi apparatlar qo‘llaniladi.
Ularning trubalarni tozalashda, qumli oqimni qayta ishlov berishda ham samarali qo‘llash mumkin.
Mehmonxona binosini, jixozlarini, transport qurilmalarini, yog‘li va moyli kirlarini tozalashda suvi isistiladigan yuqori bosimda tozalagich apparatlaridan foydalaniladi.
Ular o‘zining yuqori effektiv tozalashi, boshqaruvdagi soddaligi, ularda qulayligi va turli xildagi tozalash vositalari va qurilmalarining borligi bilan ajralib turadi.
Turli xildagi sirtlarni tozalashda, hozirgi vaqtda eng samarilisi, bu par yordamida tozalovchi apparatlar hisoblanadi.
Chunki, uning yordamida tozalashdan tashqari, hech bir kimyoviy vositasiz tozalash joyini dezinfeksiyalash ham mumkin.
Tozalovchi mashinalarning ekspluatatsiyasi vaqtida, turli baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida qo‘yidagi qoidalarga rioya etish zarur hisoblanadi.

  • jihozlar ekspluatatsiya talablarini bilish va ularga to‘la rioya etish kerak;

  • jihozlarni ho‘l qo‘l yoki ho‘l qo‘lqop bilan ishlatish taqiqlanadi;

  • tozalash vaqtida, tozalagich mashinalarning havo shlangi yoki elektr o‘tkazgichlar ustidan bosib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak;

  • elektr tokining urishini oldini olish uchun, elektr jihozlarning ochiq tok o‘tkazish qismlariga tegmaslik, ishlayotgan elektr jihozlarni qarovsiz qoldirmaslik zarur;

  • nosoz elektr jihozlarini ishlatmaslik, kuchlanish mos

kelmaydigan elektr jihozlarini bir-biriga ulamaslik kerak;

  • kabeli vilkalarni tokdan o‘chirishda, kabeldan tortmasdan, vilkani ushlab rozetkadan uzishg zarur;

  • ish vaqtida biror bir nosozlik aniqlansa yoki nojo‘ya tovush chiqsa darhol mashina to‘xtatilishi elektr tokidan uzilishi kerak;

  • aniqlangan barcha nosozliklarni malakali mutaxassis yordamida sozlash zarur.

Mehmonxona xo‘jaligining muhim bo‘limidan biri, bu kirlangan choyshab, oshxona dasturxon va sochiqlari, mehmonlar va personal kiyimlarini tozalash bo‘limi hisoblanadi.
Kiryuvish bo‘limi kir choyshablar, yostiqlar g‘ilofi uchastkasiga, yuvish va dazmollash, belyo, mehmonlarga maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘limidan tarkib topadi.
Mehmonxona ish faoliyatida muntazam ravishda almashtirilgan choyshablar, sochiqlar, yostiq va odeyal g‘iloflari, oshxona belyosi va boshqalar maxsus qoplarda yig‘ilib, aravachalarda kiryuvish bo‘limiga yetkazilib beriladi.
Kiryuvish bo‘limida ular turiga qarab: sortlanadi, yuviladi va siqiladi, kraxmallanadi; kir turiga qarab: kimyoviy qayta ishlov berilishi va tozalanishi, dazmollanib bir tartibda yig‘iladi.
Ushbu jarayonlarning hajmi murakkabligi bo‘yicha u yerda ishlovchilar mehnatini yengillashtirish uchun mehmonxona kiryuvish bo‘limining quvvatiga qarab turli xildagi jihozlar qo‘llanilishi mumkin.
Hozirgi vaqtda mehmonxona kiryuvish bo‘limida: yuvuvchisiquvchi mashinalar, quritish, moddiylarni kimyoviy qayta ishlov berish, dazmollash mashinalari, presslar, parlimankenlar, qatlab tortibga soluvchi mashinalardan foydalanib kelinmoqda.
Dunyo bo‘yicha bunday jihozlarni Amerikaning “Uni Mac”, Buyuk Britaniyaning “ BMM Wecton Ltd”, “HI Weir Engineering Co Ltd”, Belgiyaning “Primus” va boshqa firmalari ko‘plab ishlab chiqarilmoqda.
Belgiyaning “Primus” firmasi ishlab chiqarilgan jihozlar texnikaviy tavsiflari jadval-3 da berilgan.
Hozirgi vaqtda, ushbu jihozlar turli salohiyatli mehmonxonalarda samarali foydalanib kelinmoqda.
Barcha mehmonxonalardagi kiryuvish mashinalari asosan: stanina, korpus, bakdan, ortuvchi lyukli baraban, kiryuvish vositasi dozatori, yuritma qurilmasidan, dasturlash qurilmasi, suv isitish qurilmasidan iborat bo‘lib (rasm-12) komplekt konstruksiyada avtomatik

Rasm-12. Kir yuvish-siqish mashinasi tuzilish sxemasi:
1-staninasi; 2-privod tuzilishi; 3-korpusi; 4-bak; 5-baraban; 6-solish lyuki; 7-yuvish vositasi dozatori; 8-dasturlash qurilmasi; 9-suv isitish qurilmasi.
boshqaruv holida ishlaydi. Ularning ish vaqtidagi vibratsiyasini kamaytirish uchun kuchli amartizatorli qurilmalar qo‘llaniladiki, mashinaning ish vaqtida shovqin sezilmaydi.
Jadval 3 Belgiya davlati «Primus» firmasining avtomatik kiryuvish mashinalari texnikaviy tavsifi



Tavsifi

Yuvish-siqish mashinasi

Gigiyenik tozalash mashinasi

F22

F33

F40

F55

MB22

MB33

MB44

MB66

1.

Quruq belyoning yuklanish massasi, kg

22

33

40

55

26

33

44

66

2.

Isitish

Elektr parli

3.

Siqish aylanish soni, ayl/min

850

845

830

830

960

960

915

915

4.

Massa, netto, kg

585

1366

1466

1566

940

1040

1190

1340

5.

O‘lchamlari: balandligi eni uzunligi

1640 985
1075

1902
1190
1220

1902
1190
1430

1902
1190
1610

1550
1350
900

1550
1500
900

1600
1550
1100

1600
2100
1100


Rasm-13. Kir yuvish-siqish
“Primus” mashinasi
Mashina bakidagi suv elektrisitgich yoki parli isitgich orqali qizdiriladi. Kiryuvish vaqtida yuvish vositasi, dozalarda avtomatik ravishda berilib boriladi, uning yuvilayotgan moddiy bilan to‘g‘ridanto‘g‘ri uchrashish kuzatilmaydi, chunki bakning faqat pastki qismida yuvish eritmasi tayyor bo‘ladi. Shuning uchun kiyimlarning buzilish xavfi yo‘q darajada bo‘ladi. Kirlar yuvilib bo‘lingandan so‘ng ishlatilgan suv bakning tagida o‘rnatilgan quyish shlangidan chiqarilib yuboriladi. Mashina bakiga bir vaqtning o‘zida 7 dan 55 kg kir solish mumkin.
Mashinaning modeliga bog‘liq ravishda yuvish vaqtida aylanish tezligi 36-45 ayl/min, siqish vaqtida 400-1000 ayl/min bo‘ladi.
Uning ishi ma’lum mashinada kiritilgan dastur bo‘yicha avtomatik ravishda olib boriladi. Unda 5 ta standart yuvish dasturi mavjudki, ular ranglanmagan va ranglangan moddiy uchun, sintetik, neylon, sherstli moddiylar uchun alohida bo‘ladi. Bundan tashqari, kraxmallanmagan, oqartiruvchi va boshqa qo‘shimcha dasturlar ham kiritish mumkin. Ushbu dasturlar bo‘yicha mashinada o‘rnatilgan mikroprotsessorlar yordamida erkin yuvish vaqtini, temperatura rejimini, bakdagi suv darajasini, chayish va siqish sonini, kiryuvish vositasining bo‘llash miqdorini va boshqalarni oldindan belgilash mumkin (jadval-4).
Jadval 4
Kiryuvish bo‘limi quritgichi va dazmollash katoklari texnikaviy tavsifi



Tavsifi

Barbanli quritgich

Dazmollovchi katok

DA9

DA1
1

DA1
3

DA1
5

125-100, 120, 140

130-
160

1.

Ho‘l belyoning massasi, kg

8

10

11

14

-

-

2.

Isitish

Elektr energiyasi, par

Elektr energiyasi

3.

Baraban

Zanglamas po‘lat

4.

Silindr diametri, mm

-

-

-

-

250

300

5.

Silindr uzunligi, mm

-

-

-

-

1000,
1200,
1400

1600

6.

O‘lchamlari: balandligi eni uzunligi

1097
683
711

1622
711
987

1622 711
1140

1622 800
1140

1005
420
1400,
1600,
1800

1060 500
2200

7.

Massasi, kg

57

149

158

165

110, 118, 126

248

Kiryuvish mashinalari gigiyenik yuvish mashinalari ham bo‘lishi mumkin. Bunday mashinalarda kirlar bir tomondan mashinaga solinsa, tozalangan albatta, qarama-qarshi tomondan olinadi. Ularning qo‘llanilishi bilan kiryuvish bo‘limi toza va kir qismlarga bo‘linadi. Chunki, ishning bunday tashkil etilishi bilan yuqori darajada gigiyena talablari bjariladi. Ya’ni kir bilan toza narsalar bir-biri bilan aloqada bo‘lishi mumkin emas.

Rasm-15. Barabanli “Primus” quritgichi
Kiryuvish bo‘limida yuvilgan kirlarni quritish uchun barabanli quritgichlar, dazmollash uchun maxsus katoklar qo‘llaniladi, bu jihozlarning ayrimlari tavsifi jadvalda keltirilgan. Yuvilgan kir aylanuvchi, ichki sirti perforatsiyali barabanga solib, aylantiriladi. Barabanning aylanishi natijasida hosil bo‘ladigan markazdan qochma kuch natijasida ho‘l kirlar perforatsiyali sirtga qisilib suvi ajralib chiqadi. Barabanning uzluksiz harakati natijasida kirlar silkinishi, tarqalishi va issiq shamol bilan shamollanishi natijasida quriydi. Mashina dastur asosida, kirning moddiyiga mos ravishda turli rejimda ishlashi mumkin.
Yuvilgan kirlari quritish, hamda dazmollash uchun quritishdazmollash katoklari ishlatiladi.
Dazmollash katogi zanglamas xromlangan 350, 500 mm diametrli valdan iborat bo‘lib, energiya manbai bo‘lgan elektr, gaz yoki par yordamida qizdiriladli, maxsus elektr yuritma yordamida 0,8 dan 8,0 m/min tezlikda aylanadi.
Kirlarni yuqori sifatda dazmollash uchun valning bo‘yicha kirni valga osib, dazmollash uchun tasmalar o‘rnatilgan.
Dazmollash vaqtida choyshablar, g‘iloflar va boshqalar val va tasma orasiga beriladi, tasma yordamida qizdirilgan val yuzasiga kirlar taxlanib ham quritiladi, ham dazmollanadi. Katokning ishlash prinsipial sxemasi rasm-16, 17 da keltirilgan.

Rasm-16. Dazmollash quritish katogining ishlash texnologik sxemasi:
1-choyshab; 2-iste’mol stolchasi; 3-qisish valiki; 4-silindr; 5-dazmollash tasmasi; 6-dazmollash vali; 7-ko‘ndalang taxlash qurilmasi.
Mehmonxonalarda tozalashda ikki standart: kunlik normal tozalash yig‘ishtirish va e’tiborli yoki nufuzli, ya’ni chang kuniga ikki marotaba tozalanadi. Bundan tashqari, mehmonxonada mavsumiy tozalash-yig‘ishtirish ham mumkin. Bunda devorlar yuviladi, mebellar tozalanadi, kichik ta’mirlanadi, ayrim nomerlarni ta’mirlashga qo‘yiladi.
Barcha tozalash ishlari mehmonxona imidjini ko‘tarishdan boshqa yana
kliyent salomatligiga g‘amxo‘rlikni oshiradi, mebellar, gilamlar umrini uzaytiradi. Ko‘pgina mehmonxonalarda xo‘jalik ishlariga kiryuvish va yoddan chiqarib qolgan narsalar byurosi ham kiradi. Mehmonxonada yoddan chiqarib qoldirilgan narsalar uzog‘i bilan uch oy muddatda saqlanadi.
Mehmonxona muxandislik xizmati barcha mavjud muxandislik jihozlari hisoblangan: tez harakatli liftlar, konditsionlash, isitish, suv ta’minoti, kanalizatsiya sistemasi, elektr (katta quvvatdagi) va gazli oshxona jihozlari, kabeli televideniye, kompyuterlar va h.k. muntazam ishlatilishiga javobgar hisoblanadi.

Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə