25-mavzu. Mehmonxonalardagi texnik jihozlar va ularga qo‘yiladigan talablar Reja



Yüklə 4,8 Mb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü4,8 Mb.
#144734
1   2   3   4
25-mavzu

Ish qobiliyati – bu mashina yoki apparatning texnikaviy hujjati talablari bo‘yicha, ma’lum berilgan parametrlar funksiyalarining bajarilish qobiliyatiga aytiladi.
Ishonchligi esa, uning ma’lum berilgan vaqtgacha buzilmasdan ishlashiga tushinilib, miqdor jihatdan jihozlarning buzilmasdan ishlagan vaqtining optimal texnikaviy foydalanish koeffitsiyentiga ko‘paytmasi bilan baholanadi.
Albatta, jihozlarning ishonchli ishlashi ularning buzilmasdan uzoq muddatda, ta’mirga yaroqliligi va saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Jihozlarning ishlamay qolishi – bu ularning ish qobiliyatining buzilganligidan, ishonchliligining pasayishi va ta’mirga muhtojligidan darak beradi. Jihozlarning ishlamay qolishi to‘satdan yoki uning eskirgani (izdan chiqishi) sababli bo‘lishi mumkin.
Jihozlarga qo‘yilgan umumiy talablar


Texnologik




Ekspluatatsion




Konstruktiv




Energetik




Iqtisodiy


  • Ishlash rejimiga.

  • Texnologik ko‘rsatkichlarig a.

  • Ishchi kamera tuzilishiga.

-tushirish, Ortish,
_mahsulotga bo‘llangan
jarayonlarni bajarilishiga
_Sifatli
mahsulot
chiqarilishiga mo‘ljallangan texnologik jarayonga
mosligi.




  • Xizmat ko‘rsatishning oddiyligi.

  • Kam mexnat sarfi.

  • Korroziyaga chidamligi. - Jihozlarni ko‘rishda, tozalashda, ta’mirlashda osonlik. - Uzluksiz va shovqinsiz ishlash. - Texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya etish.





  • Mashinasozlik darajasiga mosligi.

  • Ishlash qobiliyati,

(ishlamoqligi).

  • Mustahkamligi. - Uzoq muddatda ishlashi.

  • Ta’mirlashga yaroqligi. - O‘zini-o‘zi saqlashi.

  • Ishlab chiqarish

estetikasi va ergonomik talablarga javob berishi.




- Minimal energiya sarfida jarayonni bajarish. - Jihozning energiya kam
sarfligi funksiyasi. - Solishtirma energiya sarfi.




- Kam
harajatlik. - Solishtirma unumdorlik. - Solishtirma energiya sarfi. - Metallilik sig‘imi. - Foydali ish koeffitsiyenti. - Solishtirma suv sarfi.













Rasm-1. Mehmonxona xo‘jaligi kasbiy texnologik jihozlariga qo‘yilgan umumiy talablar.
Uzoq muddatda ishlashi, jihozlarning ma’lum chegaraviy holatdagi texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun tanaffuslardan iborat ish qobiliyati tushuniladi va u jihozning resursi yoki xizmat muddati bilan harakterlanadi. Resurs tushunchasi – bu tayyorlagan zavodning o‘rta va kapital ta’mirlashni hisobga olgan holda kafolatlangan vaqti bo‘lsa, xizmat muddati – jihozning chegaraviy holatgacha yoki butkul hisobdan chiqarishgacha bo‘lgan kalendar ekspluatatsiya qilish muddatiga tushuniladi.
Ta’mirga yaroqligi – bu jihozning ishlamay qolishi va buzilishini ogohlantiruvchi, aniqlovchi va uni bartaraf etish qobiliyati bo‘lib ular texnikaviy xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashga moyilligi hisoblanadi.
O‘zini saqlash – bu jihozlarning saqlashda va transportirovka qilishda ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmasdan saqlash tushuniladi.
Jihozlarning texnikaviy estetikasi deganda, texnika va sanoatdagi badiiy (dizaynli) konstruksiyalanish bo‘lib, uning vositalari va tashkiliy ishlariga jihozlarning badiiy tayyorlanishi, yoritilishi va shamollashining ratsional ko‘rinishida bo‘lib, xona jihoz ranglarining mosligi, qulay ish kiyimlarining bo‘lishi, zamonaviy sanitar-gigiyenik qurilmalar, turli xildagi signal ranglarining bo‘lishi, xavfsiz belgilar va funksional musiqa va h.k bo‘lishi tushuniladi.
Ergonomik (yunonchadan ergon – ish, nomos – qonun) talablarini: gigiyenik (yorug‘lik, mikroklimat, havoning tozaligi, magnit va elektromaydondan uning kuchlanganligini, tovush bosimi va vibratsiyasi ko‘rsatkichlar normalligi; antropometrik (konstruksiyaning yuzasi) va gavdasining normal holati insonning va psixofiziologik (odamning kuchi, tezligi, energiyasi, ko‘rish, eshitish va sezish qobiliyati) ko‘rsatkichlari mosligi va psixologik normativlariga (odamning yengil va tez, ma’lum hajmda va tezlikda informatsiyani qabul qilishi) mos bo‘lishligi talab etiladi.
Umuman olganda, jihozlarning o‘lchamlari, boshqaruv pultlari va ularning formasi, insonning ergonomik va antropologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bo‘lishi kerak.
Mehmonxona xo‘jaligi kasbiy texnologik jihozlarining iqtisodiy talablari – vositalar, uskunalar, mashina yoki apparatlarning yuqori texnikaviy – iqtisodiy ko‘rsatkichlarini saqlagan holda uning tayyorlanishi, o‘rnatilishi va ekspluatatsiya qilishda minimal sarf – harajat qilish tushuniladi.
Mehmonxona xo‘jaligi kasbiy texnologik jihozlarining hammasi ekspluatatsion va ta’mirlash texnikaviy hujjat bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
Ekspluatatsion hujjat, jihozning ekspluatatsiya qilinishi haqidagi yo‘llanmadan, uni qo‘llash xavfsizlik texnikasi bo‘yicha eslatmadan, pasporti, formulyar va ulardaga ilovadan tarkib topgan.
Jihozlarni ekspluatatsiya qilish haqidagi yo‘llanmada jihozning tuzilishi, chizmalari bilan yozuvi, ekspluatatsiya qilish bo‘yicha instruksiyasi, texnikaviy xizmat ko‘rsatish va boshqa hujjatlar bo‘ladi.
Jihozning pasporti, uni tayyorlagan korxona tomonidan kafolatlangan asosiy parametrlarini, tavsifini, qo‘yilish komplektini, zavod nomerini tasdiqlaydi.
Formulyarda, jihoz haqida umumiy ma’lumotlar birgalikda ekspluatatsiya qilishdan boshlab ishlash resursi, rejali – ogohlantiruvchi ta’mirlash rejasi, ta’mirlash sikli orasi strukturasi bo‘lishi kerak. Chunki, uning yordamida ekspluatatsiya davridagi oylar va yillar bo‘yicha buzilishlari, texnikaviy xizmat ko‘rsatishlar va ta’mirlash hisobi olib boriladi.
Ushbu hujjatlar korxona boshlig‘ining buyrug‘i bilan ekspluatatsiya qilish bo‘yicha javobgar shaxsda saqlanishi kerak.
Jihozlarning umumiy ekspluatatsiya etish qoidalari bo‘yicha, ishlash oldidan albatta jihozlarning sanitariya – texnikaviy holati tekshiriladi. Bunda: elektr o‘tkazgichlar va yerga tutashtirilganligining sozligi, barcha harakatlanuvchi qismlar va ishchi organlarning atrofini o‘rab olinganligi, alohida ulash elektr priborlari bo‘lgan: rubilniklar, paketli o‘chirgichlar, magnitli ulovchilar va h.k. holatini; jihozning polga yoki ishchi stolda mahkamlanganligini; yog‘ini, ayrim uzellari va mexanizmlarini, ishchi organlari va o‘rnatilganligini sozligini, sanitariya holatini, bo‘sh holatda ishlashini tekshirish va sozligini ta’minlash kerak.
Jihozlarning ekspluatatsiyasida me’yoridan ortiqcha ishlatmaslik kerak. Chunki, bunda mashinalar ishdan chiqishi tezlashadi, harakat manbai bo‘lgan elektrodvigatellar ortiqcha yukda ishlab, qizib ishdan chiqishi va ish sifati pasayadi. Jihozlar me’yoridan kam ishlatilsa, unda foydali ish koeffitsiyenti kamayadi. Jihozning ishlashini diqqat bilan kuzatish va ortiqcha tovush yoki taqillagan ovoz chiqsa darrov to‘xtatish lozim.
Jihozning ishlash vaqtida harakat qismlarini qo‘l bilan to‘g‘rilash qat’iyan man etiladi. Buning uchun maxsus vositalardan foydalanish kerak. Jihozlarning ish vaqtida sozlash, ta’mirlash, olish, turish joylarini tozalash ham man etiladi. Jihozni ishlatishdan oldin elektrodvigatel va ishchi organlarning to‘g‘ri tomonga aylanayotganligiga ishonch hosil qilish kerak. Agar tezligini o‘zgartiruvchi variatori bo‘lmasa, uning tezligini o‘zgartirish faqat elektrodvigatelini to‘xtatgandan so‘ng bajariladi.
Jihozlarni ishlatishdan so‘ng o‘chiriladi, ochilishi kerak bo‘lgan qismlari ochilib tozalanadi, keyin yaxshilab yuviladi. Tashqi yuzasi oldin ho‘l, so‘ng quruq mato bilan artiladi. Yuvilgan qismlar esa quritiladi, so‘ng yeyiladigan va korroziya bo‘lishi mumkin bo‘lgan joylariga tuzsiz oziq-ovqat yog‘i surtiladi. Zanglamas metalli va alyumendan qilingan joylar haftada bir marta yaltiragunga qadar flanelli mato bilan artiladi. Barcha elektr jihozlar ishlamagan vaqtda elektr tarmog‘idan uzib qo‘yish kerak.
Har bir mehmonxonaning imidji, eng avvalo, uning tozalik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Uning tozaligi mehmonxonalarga sanitargigiyenik talablarga to‘la javob berishi kerak. Mehmonxonaning sanitargigiyenik holati deganda, nafaqat uning ichki xonalari, balki unga tegishli tashqi xovli joylar tozaligi ham tushuniladi.
Mehmonxona sanitar-gigiyenik holatini talab darajasida bo‘lishligi uchun, sistematik ravishda muntazam tozalash-yig‘ish ishlarini olib borish kerak bo‘ladi. Bunda: mehmonxonaning xona joylarida qanday qurilish metriallaridan foydalanilganligi ham muhim hisoblanadi. Masalan, zamonaviy mehmonxonalarda vestibyulida, zinalar maydonchalarida granit, marmar kabi tabiiy toshlar qo‘llanilsa, xoll, koridorlar, nomerlarning pollarida sintetik moddiyli qoplamalar qo‘llaniladi. Ularni tozalash uchun albatta, tabiiy tosh moddiylarni artib (yuvib) tozalash, sintetik moddiylarni changini yutib (yuvib) tozalash samarali hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda mehmonxonaning xona va joylarini tozalashyig‘ish uchun turli xildagi mashina va mexanizmlar yaratilganki, ular oddiy maishiy xizmatdagi yoki uy-ro‘zg‘ordagilardan o‘zining quvvati, ish unumdorligi va mustahkamligi bilan farq qiladi. Ularning tozalashyig‘ish ishlarining harakteriga mos ravishda: so‘ruvchi mashinalarga (ya’ni changni va axlatlarni havo oqimi yordamida so‘rish), ishiruvchi va gilam tozalovchi (qattiq yuzli pollarni, gilam va gilamli qatlamlarni); pol yuvuvchi va polni artib tozalovchi (parket pollarni tozalovchi, shlifovka va polirovkalovchi, lenoleumlarni artuvchi, changini yutuvchi va pollarni yuvuvchi) mashina va mexanizmlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, maxsus mashina va mexanizmlar borki, ular intventarlar, sanuzellar devorlarni, nomer jihozlarini va boshqalarni tozalash va yig‘ishda qo‘llaniladi.
Umuman olganda, tozalash-yig‘ish mehmonxona jihozlariga mo‘ljallanishiga qarab: quruq tozalash changyutgichlariga, ho‘l va quruq tozalash changyutgichlariga, yuvuvchi chang yutgichlarga, gilam tozalash uchun changyutgichlarga, polyuvgich mashinalarga, supirib tozalovchi mashinalarga, par yordamida tozalagich, yuqori suv bosimi bilan tozalagich apparat va fasadlarni tozalash jihozlariga, kirlarni yuvib tozalash jihozlariga bo‘linadi.
Bundan tashqari, tozalash-yig‘ish ishlarining oxirigacha olib borishga yordam beruvchi, quritish, dazmollash va boshqa jihoz va vositalarga bo‘linadi.
Hozirgi vaqtda, o‘zining yuqori unumdorligi, foydaliligi, qo‘llashda qulay va oddiy ekanligi, ishlashda ishonchli va effektivligi, ayniqsa zamonaviy dizaynga ega ekanligi, ergonomik talablarga javob berishi bilan ajralib turuvchi; «Kardir» va «Sorma» nemis firmasi, «Wetrok» Shveysariya, «Electrolux» shved firmasi chiqarayotgan va mehmonxonalarga keng tarqalgan tozalash-yig‘ish jihozlari qo‘llanilib kelinmoqda.
Mehmonxonalarni tozalash va yig‘ishda keng tarqalgan jihozlardan biri, bu quruq va ho‘l changyutgichlar hisoblanadi.
Jadval-1 da changni quruq va ho‘l yig‘gichlarning turlari va texnikaviy tavsifi keltirilgan. Ular quruq changyutgich, ho‘l va quruq, faqat yuvgich va gilam tozalagich changyutgichlarga bo‘linadi. Ularning hozirgi vaqtda, mehmonxonalarda keng tarqalganlarining umumiy ko‘rinishlari rasm-.2 da keltirilgan

Rasm-2. Quruq tozalash changyutgichlar.
Mehmonxonada qo‘llanilgan gilamlar, parketlar namlikni yaxshi qabul qilmaydi, shuning uchun ularni tozalashda asosan quruq changyutgichlar ishlatiladi. Chunki, agar gilamli qatlamlar qo‘llanilsa, undagi qoldiq namlar kirlarning bir qism chirishiga sabab bo‘ladi, mikroorganizmlarning rivojlanishi, tarqalishida yaxshi sharoit yaratilishi mumkin. Undan tashqari, kimyoviy moddalar suvga erib, so‘ng shamol bilan tarqalishi mumkin.
Quruq changyutgichlar tekstil yuza qatlamli polni, toshli va taxtadan yoki polimer yuza qatlamli pollarni tozalashga juda qo‘l keladi.
Quruq tozalovchi changyutgich asosan umumiy korpusga joylashtirilgan ventilyator (elektrodvigatel), bir necha qavatli qog‘ozli filtr, mikrofiltr, chiqish filtri, harakat g‘ildiragi, boshqaruv nazorat asboblari, uzun elektr uzatgich kabeldan iborat bo‘ladi.
Uning uzluksiz ishida kirlangan havo so‘rish shlangining tirqishidan trubada paydo bo‘lgan havo bo‘shlig‘i tufayli so‘rilib, changyutgich ichiga tushadi. Changyutgich ichidagi ikki qavatli qog‘oz filtrdan o‘tib, so‘ng mikrofiltr orqali, elektrodvigatelning himoya filtridan o‘tib chiqish filtri orqali havo tashqariga chiqarilib yuboriladi. Bu turdagi changyutgichlar toza yig‘ishtirish, ish vaqtida shovqinning kamligi, konstruksiyasining kompaktlashganligi, har xil urilishlarga chidamliligi, kabelining avtomatik tarzda yig‘ilishi, turli xildagi nasadka va vositalarining mavjudligi bilan boshqalardan ajralib turadi.

Tozalangan havo
Rasm-3. Quruq tozalovchi changyutgich tuzilish sxemasi:
1-ikki qavatli qog‘ozli filtr paket; 2-mikrofiltr; 3-yelektrodvigatel himoya filtri; 4-chiqarish filtri.

Rasm-4. Yuvish vositasi yordamida changyutgichlar bilan gilamni tozalash prinsipi.
Jadval 1 Changni quruq va ho‘l yig‘gichlar texnikaviy tavsifi


Yüklə 4,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə