235 Texnologiya ta’limida o’quvchilarni psixologik tayyorgarligi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix10.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#116498
  1   2
texnologiya-ta-limida-o-quvchilarni-psixologik-tayyorgarligi



235 
Texnologiya ta’limida o’quvchilarni psixologik tayyorgarligi 
Maraziqova Munojat Xoldarovna 
Farg'ona shahar 3-o'rta ta'lim maktabi 
texnologiya fani o'qituvchisi 
Annnotatsiya
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga texnologiya ta’limi orqali psixologiyasini 
o’rganish, ularga ta’lim-tarbiya berishda va ularni har tomonlama barkamol 
rivojlantirishni ta’minlashda maktabgacha tarbiya muassasalari bilan uzluksiz aloqa 
olib borishni taqozo etadi. O’quvchi psixologiyasi bilan muntazam shug’ullanib 
borish muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Kalit so’zlar: 
uzluksiz ta’lim, qobiliyat, psixologiya, ruxshunos, zaif, 
sog’lom, fikr, tasavvur, ong, psixomotr, iqtidor. 
Uzluksiz ta’lim – tarbiyaning asosi bu – mehnat. Mehnat tufayli inson barcha ezgu 
niyatlariga erishadi, pok vijdonli insonlarning ishlariga qiziquvchan va qadrlaydigan 
bo’ladi. Bolalarni maktabda yaxshi o’qishi ularning maktabgacha ta’lim muassasida 
tayyorgarligiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Buning uchun maktabgacha ta’lim 
muassasalarida, ota – onalar yakka holda tayyorlashlari orqali bolalar maktabga 
ma’lum amaliy ko’nikma va malakalarga ega holda kelishlari ularda his – tuyg’u, 
tafakkur, iroda kabi sifatlar ozmi – ko’p shakllangan, mehnat tarbiyasi asosida 
tejamkorlik va tadbirkorlikkka nisbatan qiziquvchan bo’lishi esa maktabda bola 
shaxsining kamol topishi uchun asosiy zamin hisoblanadi. 
O’zbekiston respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonuniga muvofiq bolalar 1 – 
sinfga 7 yoshdan qabul qilinadi. Lekin ota – ona farzandini 6 yoshdan boshlab 
maktabga berishi mumkin. Ammo 6 yoshdan maktabga qabul qilinayotgan bolaning 
qobiliyati tibbiy xodimlar va ruhshunoslar tomonidan o’rganilishi, ularning 
xulosalariga asoslanib maktabga tortilishi lozim. 


236 
Boshlang’ich sinflarda ta’lim – tarbiya ishlarining maqsadga muvofiq ravishda 
rivojlanishi va yaxshi natija berishi ko’p jihatdan bola shaxsini tarkib toptirish, 
undagi qobiliyatni to’g’ri aniqlash, mehnatga qiziqishi, ko’nikma va malakasi kabi 
holatlarning o’ziga xos jihatlari borki, unga yondoshish juda ko’p sifatlarga bog’liq. 
Buning uchun 1–sinfga qabul qilinayotgan bolalar tibbiyotchilar, ruhshunoslar 
tomonidan quyidagi toifalarga bo’linadilar: 
-
Bolalar ruhan sog’lom; 
-
Jismoniy zaif bo’lmagan; 
-
Fikrlash qobiliyatiga ega; 
-
Mehnat 
tarbiyasi 
asosida 
tejamkorlik 
va 
tadbirkorlik 
qobiliyatiga, tushunchaga ega; 
-
Aqlan zaif emasligi. 
Yuqoridagilar aniqlangandan keyin 1 – sinfga qabul qilish mumkin. Ammo bolalar 
orasida ruhan sog’lom, turli sabablarga ko’ra jismoniy zaiflari ham uchraydi. 
Bunday o’quvchilarni qobiliyatlariga qarabtabaqalarga bo’lib o’qitish mumkin 
emas. Bunday bolalarga o’z vaqtida kerakli maslahatlar berish maqsadga muvofiq. 
O’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar uchun har doim tibbiy xodim, ruhshunos, 
o’qituvchi va qolaversa ota – ona mas’uldirlar. Kerak bo’lsa ularni maxsus 
maktablarda o’qitishni yo’lga qo’yish lozim. Izohlanish zarur bo’lgan 1 – 2 – 
sinflarda o’quv yilining birinchi yarmida boshlang’ich sinf o’quvchilarining nazariy 
bilimi, amaliy ko’nikma va malakalaridagi miqdoriy baholashdan iloji bo’lsa voz 
kechish nazarda tutiladi. Bu davrda o’quvchilarga o’z – o’zini nazorat qilish va o’z 
faoliyatini baholash singari o’qitishning muhim tomonlarini shakllantirib, puxta 
yo’naltirlgan sifatiy baholar qo’llanishi maqsadga muvofiq. 
Ruhshunoslarning ilmiy izlanishlari natijalaridan ma’lumki, bolalarni mehnat 
olamiga yetaklash uchun eng avvalo, ularning ruhiy olamini bilish, qobiliayti, 
tasavvuri, tafakkuri aniqlanib, so’ngra ishga kirishiladi. Chunki, o’ylamasdan, faraz 
qilmasdan ijodiy fikrlash mumkin emasligi ilmiy tadqiqot ishlarda aniqlangan. Inson 
faoliyatida har tomonlama xayol qilish, tafakkur yuritish muhim hisoblanadi. Bu 


237 
sifatlar faqat mehnat orqali shakllanib boradi. Shuning uchun ham boshqa fanlar 
singari mehnat tarbiyasini o’quvchilarga chuqur singdirish lozim. Ikkinchi asosiy 
masala bu mehnat ta’limini va yana bir bora mehnat tarbiyasiga diqqat e’tiborni 
qaratish zarur. 
O’quvchilarning mehnati maktabda majburiy mehnatga o’xshab tuyuladi, lekin 
o’quvchini o’z istagini ham inobatga olish zarur. O’quvchini mehnatga jalb qilish, 
yomon baho qo’yish, ogohlantirish yoki o’quvchilarning shaxsiy faoliyatiga emas, 
balki uning boshqa intilishlaridan qoniqish hosil qilishga qaratilgan mustaqil ishlari: 
jismoniy qobiliyatlariga yarasha ko’rgazmali qurollar yasashlari, musobaqalarga, 
ko’rik – tanlovlarga qatnashishlari alohida muhim ahamiyat kasb etadi va bola 
hayoti davomida zarur bo’lgan psixologik mehnatini, psixologik xislatlarini 
rag’batlantirishlariga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. 
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilarini texnologiya ta’limiga 
psixologik jihatdan tayyorlash, qo’l mehnatini tashkil etishda ularga kerakli 
sharoitlarni yaratib berish va e’tiborliroq bo’lish talab etiladi. Ayniqsa, boshlang’ich 
sinf o’quvchilarini ish qurolisiz, mahsulotsiz mehnat ta’limini tashkil etish 
maqsadga muvofiq. Yosh o’quvchida o’zi bajarayotgan ishga qiziqish, ongli 
munosabat, ko’nikma, malaka hosil qilishda ma’suliyatni xis etish kabi sifatlar 
mehnat tarbiyasi orqali o’quvchida sog’lom psixologik holat rivoj topishini hisobga 
olgan holda zarur choralar ishlab chiqishni ilmiy asoslash zarur. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə