211 korrupsiyaga qarshi kurashishda rivojlangan davlatlar tajribasi



Yüklə 448,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix12.09.2023
ölçüsü448,75 Kb.
#121690
1   2   3   4   5
korrupsiyaga-qarshi-kurashishda-rivojlangan-davlatlar-tajribasi

213 
Hozirda 
rivojlangan 
mamlakatlarda 
ham 
korrupsiya 
bilan 
bog’liq 
jinoyatlarlarni uchratish mumkin, lekin ular doimiy ravishda korrupsiya bilan qarshi 
kurashib keladi va korrupsiya darajasi kamligi bo’yicha jahon reytingida yuqori 
o’rinlarda turadi, Jumladan, Transperensy International xalqaro nohukumat 
tashkilotining 2020-yildagi statistik ma’lumotlariga ko’ra, korrupsiya darajasi past 
mamlakatlar reytingida Yangi Zelandiya 1, Daniya 2, Finlandiya, Singapur, Shvitsiya 3-
o’rinni egallagan bo’lsa, Markaziy Osiyo davlatlaridan Qozog’iston 94, Qirg’ziston 124, 
O’zbekiston 146-o’rinni egallagan [7]. Hech bir davlat korrupsiyadan, uning zararli 
oqibatlaridan mutlaq himoya qilinmagan. Shu sababli har bir davlat qonunlarida 
korrupsiyaga qarshi kurash eng dolzarb masalalardan biri sifatida e’tirof etiladi. Xususan, 
Xitoy Jinoyat kodeksining 382-moddasiga ko’ra davlat xizmatchilarining o’z mansab 
imtiyozlaridan foydalangan holda davlat mulkini o’zlashtirib olishi, o’g’irlashi, firibgarlik 
yo’li bilan olishi yoki boshqacha tarzda o’zlashtirishi korrupsiya deb hisoblanadi. 
Shuningdek, davlat organlari, davlat korxonalari, korxonalar, tashkilotlar, xalq 
birlashmalari davlat mulkini boshqarish va xo’jalik yuritish ishonib topshirilgan 
shaxslarning o’z xizmat afzalliklaridan foydalangan holda o’zlashtirib olishi, o’g’irlashi, 
aldash yo’li bilan davlat mulkini boshqa yo’llar bilan noqonuniy egallab olishi ham 
korrupsiya sifatida baholanishi belgilangan. Korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlarning og’ir-
yengilligiga qarab javobgarlik belgilangan bo’lib, 100 ming yuandan ortiq miqdordagi 
yakka tartibdagi korrupsiya uchun o’n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish 
jazosi tayinlanishi, agar mol-mulki musodara qilingan holda yoki unsiz yillar yoki 
muddatsiz ozodlikdan mahrum qilish, jazoni o’ta og’irlashtiruvchi holatlarda – o’limn jazosi 
va 
mol-mulkini 
musodara 
qilish 
belgilangan. 
Bundan 
tashqari 
Xitoy 
qonunchiligiga ko’ra, mol-mulk yoki xarajati uning qonuniy daromadidan oshib 
ketgan har qanday davlat amaldoriga, farq juda katta bo’lgan taqdirda, o’z mulkining 
manbalarini tushuntirish majburiyati yuklanadi. Agar u manbalar qonuniy ekanligini 
isbotlay olmasa, uning qonuniy daromadidan oshadigan qismi noqonuniy boylik deb 
hisoblanadi. Har qanday davlat amaldori Xitoy tashqarisidagi bankda saqlanuvchi o’z 
mablag’lari haqida tegishli tartibda davlatga xabar qilishi shart [8]. Bizning 
fikrimizcha, Xitoy qonunchiligida korrupsiyaga qarshi kurashda yaxshi amaliyot 


214 
yo’lga qoyilgan bo’lib, bunda mansabdor shaxslarning mol-mulki deklaratsiya qilinib, 
ortiqcha qismi qayerdan kelganligini asosli ma’lumotlar bilan isbotlay olmasa,
korrupsiya 
sifatida baholanadi va mansabdor shaxsning javobgarlikka tortilishiga asos bo’ladi. 
Germaniya huquqshunoslarining fikriga ko’ra, mansabdorlik jinoyatlari nafaqat 
sub’ekt – mansabdor shaxsning belgisi bo’yicha, balki himoya qilinadigan ob’ekt – davlat 
apparati normal amal qilishi bo’yicha ham birlashtirilgan. “Basharti shaxs: a) amaldor yoki 
sudya 
hisoblanadigan; 
b) 
boshqa 
ommaviy-huquqiy 
xizmat 
munosabatlarida bo’lsa; v) ommaviy boshqaruv vazifalarini qaysidir hokimiyat 
organida yoxud boshqa muassasada yo uning topshirig’iga ko’ra amalga oshirishga 
da’vat etilgan bo’lsa, u mansabdor shaxs hisoblanadi”. Bundan tashqari, “bevosita 
ommaviy xizmat qilishga da’vat etilgan”, ya’ni “mansabdor shaxsning o’zi bo’lmasada, 
hokimiyatning qaysidir organida ommaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan yoki 
bunday 
vazifalarni 
amalga 
oshiruvchi 
muassasa 
yoxud 
birlashmada band bo’lgan xodim mansabdorlik jinoyatlarining sub’ekti hisoblanadi” 
[9]. Germaniya Federativ Respublikasi Jinoyat kodeksining 332-moddasiga ko’ra 
korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlar uchun olti oydan besh yilgacha ozodlikdan 
mahrum 
qilish 
bilan 
jazolanishi 
belgilangan 
[10]. 
Demak, 
Germaniya 
qonunchiligaida korrupsiya uchun tayinlanadigan jazo uncha og’ir bolmasada, lekin 
ushbu jinoyatning sub’ekti faqatgina mansabdor shaxs emas, balki davlat 
organlarining har bir xodimi ham bo’lishi mumkin va ular bir xil javobgarlikka 
tortiladi. Ispaniya Jinoyat kodeksi esa, poraxo’rlik jinoyatini pora evaziga amalga 
oshirilgan xatti-harakatlarning qonuniy yoki noqonuniyligiga ko’ra ikki turga ajratadi. 
Kodeksning 419-moddasiga ko’ra, mansabdor shaxs yoki davlat xizmatchisining o’z xizmat 
majburiyatlarini buzish yoki bajarmasligi evaziga o’zi yoki uchinchi shaxslar foydasini 
ko’zlab, sovg’a, mukofot yoki har qanday ko’rinishdagi taqdirlashni qabul qilishi, so’rashi 
yoki qabul qilishga rozilik bildirishi uchun jinoiy javobgarlik belgilangan bo’lib, uch yildan 
olti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi, shuningdek, davlat xizmati bilan 
shug’ullanishni alohida taqiqlash va sodir etgan qilmishi uchun yetti yildan o’n ikki yilgacha 
muddatga mansabdor bo’lish taqiqlanadi. 420-moddasi shunday xatti-harakat yoki 
harakatsizliklarni o’z majburiyatlarini buzmagan holda sodir etish uchun jinoiy 


215 
javobgarlikni nazarda tutadi [11]. Ispaniya qonunchiligida shuni ko’rishimiz mumkinki
agar davlat organi xodimlari korrupsiya bilan bog’liq jinoyatni sodir qilsa, u faqatgina jinoiy 
javobgarlikka tortilib qolmasdan muayyan muddatga davlat xizmatida ishlashi taqiqlanadi. 
Bu korrupsiyaga qarshi kurashishning o’ziga xos yo’li hisoblanib, korrupsiyani oldini 
olishga samarali ta’sir ko’rsatadi. 
XULOSA 
Korrupsiyaga 
oid 
jinoyatlar 
uchun 
javobgarlik 
masalalari, 
ushbu 
turdagi 
jinoyatlarni oldini olish bo’yicha rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasini tahlil 
qilar ekanmiz, xorijiy mamlakatlarda korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlar uchun turli 
darajadagi 
jazolar 
belgilangan. 
Ayrim 
mamlakatlarda 
jinoyatning 
ijtimoiy 
xavfliligiga 
qarab 
jarima 
jazosidan 
ozodlikdan 
mahrum 
qilish 
jazosigacha, 
ayrimlarida esa ozodlikdan mahrum qilish jazosidan o’lim jazosigacha hukm 
qilinishi belgilangan. Shuningdek, yuqorida tahlil qilingan rivojlangan davlatlarning 
deyarli hammasida korrupsiya bilan bog’liq jinoyatlarning aniq ro’yxati belgilangan, 
bo’lib ushbu jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi va ularni sodir etgan shaxslarning 
egallab turgan lavozimi, jamiyatdagi o’rniga qarab jazo tayinlanadi va bu jazoning 
adolatliligi, 
odilligi 
kabi 
prinsiplarning 
to’g’ri 
qo’llanishiga, 
jamiyatda 
korrupsiyaning eng past darajaga tushirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari 
korrupsiyani oldini olish uchun ko’plab xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslarning 
mol-mulkini deklaratsiya qilish, barcha sohalarda jamoatchilik nazorati, davlat 
tashkilotlari tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarning elektron tartibda amalga 
oshirish tizimi yo’lga qoyilgan. Demak, biz korrupsiyaga qarshi kurashda zamonaviy 
axborot texnologiyalardan keng foydalanishni yo‘lga qo‘yishimiz, inson omilisiz onlayn 
dasturlarni har bir sohaga joriy qilishimiz va natijada adolatli hamda shaffof tizimni 
yaratishimiz zarur. 



Yüklə 448,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə