21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə10/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
21-маъруза матни

Endomorfli - jussasi sferik shakldagi, yumshoq, katta qorinli, dumaloq boshli odam, ichki organlari yirik, qo‘llari va oyoqlari bo‘shashgan, suyaklari va mushaklari rivojlanmagan bo‘ladi.

Mezomorfli – elkalari va ko‘krak qafasi keng odam, qo‘llari va oyoqlari muskulli, teri osti yog‘lari kam miqdordagi, katta boshli odam.

Ektomorfli – cho‘ziq yuzli ozg‘in odam, peshonasi keng, qo‘llari va oyoqlari ingichka uzun, ko‘krak qafasi tor va qorinli, muskullari rivojlanmagan bo‘ladi.

Sheldon 200 nafardan ortiq huquqbuzarlarning material-larini umumlashtira borib, shunday xulosaga keldi: jinoiy axloq kishining jismoniy konstitusiyasiga va uning turiga bog‘liq. Bunda jinoyatchilar orasida mezomorf bichimli shaxslar ustun turadilar. Keyinchalik u jinoyatchilarni uch turga ajra-tadi:



  • dionisli, bu erda ma’naviy negizlarning buzilishi ustunlik qiladi;

  • paranoidli, atrof-muhitdan begonalashish bilan tavsif-lanadi;

  • gebefrenik, bu erda infantilizm yoki aqliy rivojlan-maganlik ustunlik qiladi.

Delikvent axloqdagi Krechmercha tipologiya P.K. Gannushkin, E.K. Krasnushkin, M.V. Voloskiy va boshqalar tomonidan keng ravishda ko‘rib chiqilgan. Masalan, E.K. Krasnushkin jismoniy tip va kriminalning ma’lum korrelyasiyasi to‘g‘risida bosqinchilar ko‘p hollarda atletik gavda tuzilishiga ega bo‘lib, o‘g‘rilar esa, aksincha, etilmay qolgan, degenerativ, evnuxoidcha (bichilgan kabi) tuzilishga ega bo‘ladilar deb yozgan.

Tug‘ma hislatlar bilan bog‘liq jismoniy nuqsonlar, ayrim mutaxassislar tomonidan og‘uvchi shaxsning va umuman, jinoyatchilik shakllanishining muhim omili deb baholanadi. Bu holda, sub’ekt axloqi jismoniy nuqsonlarning o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan bo‘ladi va jinoiy axloq shaklini oladi. Amerikalik psixolog Masters, jinoyatchilarning katta bir guruhi suratlari-ni tadqiq etib, ular orasida mayib-majruhlar o‘rtacha aholi orasidagiga qaraganda ancha ko‘proq ekanligini aniqladi va og‘uvchi shaxsda o‘ziga xos "Kvazimodo kompleksi"ni ajratish mumkin degan xulosaga keldi.

Biroq keyinchalik genetika sohasida olib borilgan jiddiy tadqiqotlar shaxsning tana konstitusiyasi ruhiy xususiyatlarining o‘xshashlik ko‘rsatkichi sifatida irsiy genezning omili bo‘lishini ko‘rsatdi. Psixologiyada xromosomali qatorning axloqqa, shu jumladan jinoiy axloqqa ta’sirini o‘rganuvchi yangi yo‘nalish rivojlanmoqda.

Masalan, amerikalik psixologlar Djekobs, Branton va Mervil XYY sindromini erkak jinsidagi shaxslar o‘z irsiy kodida yana bitta erkak xromosomani olganidagi xromosoma to‘pla-mining buzilishi deb ta’riflaydilar. Ularning tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, XYY formulali individlar ko‘pincha jismoniy jihatdan me’yordan qandaydir og‘ish bilan farq qiladi. Odatda, ularning bo‘yi o‘rtachadan ancha baland bo‘lib, haddan ziyod tajovuzkorlik, to‘satdan zo‘ravonlik paydo bo‘lishi holatlari, shuningdek aqliy rivojlanishda kechikishlar bilan tavsiflanadi. Keyingi tadqiqotlar asosan jinoyatchilar orasida XYY xromosomali shaxslar aholining boshqa guruhlaridagi shaxslarga nisbatan ancha ko‘p uchrashi haqidagi xulosani tasdiqladi. Ayniqsa, erkak jinsidagi yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va katta yoshdagi vakillar orasida bu anomaliya taxminan mingtadan bitta uchraydi, qamoqdagilar orasida esa u 15 marta ko‘p namoyon bo‘ladi. Biroq xromosoma anomaliyalarining zo‘rlik ishlatib jinoyat sodir qilishga moyillikka ta’siriga oid natijalar hali olinmadi.

Shunday qilib, noqulay biologik omillarning ta’siri shunga olib keladiki, yomon irsiyat, jismoniy shikastlar, tana konstitusiyasining ayrim xususiyatlari, ruhiy kasalliklar va hokazolar shaxsning ruhiy tuzilmasida – jinoyatlar sodir etilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar, tashvishlar, zehnida va boshqalarda ma’lum deformasiyalarni yuzaga keltiradi. Mazkur nazariya qarashlarining chegaralangan-ligi bizga shaxs rivojlanishining ijtimoiy shart-sharoitlarini mensimaslikka, shuningdek, aniqlangan belgilar metafizik (mavhum) ravishda, ajratib qo‘yilgan holda va shaxs rivojlani-shining dinamikasiga bog‘liq bo‘lmagan holda ko‘rib chiqilishiga olib keluvchi biologik omillarning mutlaqlashtirilishida ko‘rinadi. Tegishlicha, og‘uvchi shaxsga nisbatan tibbiy choralarni qo‘llash, jamiyatdan umrbod ajratib qo‘yish yoki hatto yo‘q qilish taklif etiladigan jinoyatchilikka qarshi kurash choralari ham metafizikaviy (mavhum) bo‘lib ko‘rinadi. Hozirgi vaqtda jinoiy axloqning "biologik korrelyatlar"ini tadqiq qilish, tushuntirish tamoyiliga da’vo qilmagan holda, etarlicha mahalliy xarakterga ega.


Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə