21-mavzu. Delikvent va qaram xulq-atvor. Reja Biologik-genetik yondashuv. Sotsiologik yondashuv



Yüklə 256,08 Kb.
səhifə13/17
tarix30.03.2022
ölçüsü256,08 Kb.
#84883
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
21-маъруза матни

3. Kriminogen yondashuv.

Kriminogen yondashuvda alohida e’tibor sub’ektning jinoiy qilmish sodir qilish niyati shakllanishining individual xususiyatlarini tizimlashtirish yoki jinoiy faoliyatni sistematik ravishda amalga oshirishda bunday niyatga ko‘maklashishni o‘rganishga qaratiladi. Shu asosda shaxs kriminogenligining umumiy turlari qatorini ajratish mumkin.

Birinchi tur jinoiy qilmishni sodir qilishga tayyorgarlik predmeti nafaqat olinayotgan natija, balki sezilarli darajada jinoiy harakatlar sodir qilinishi jarayonining ma’lum jinoiy ehtiyoj mavjudligiga asoslanishi bilan tavsiflanadi. Ushbu ehtiyoj (jinoiy mayl) tashqi shart-sharoitlardan qat’i nazar, faollashishi va jinoiy tajovuz sodir etish uchun ob’ekt va imkoniyatlar izlashga undashi mumkin. Jinoiy mayl kishining axloqida ko‘pincha hukmron xarakterga ega bo‘ladi, uning boshqa intilishlarini so‘ndiradi. Bunday turdagi engish mushkul bo‘lgan mayl, aqli rasolikni istisno etmaydigan, mayllar nuqsoniga kiritiladigan ruhiy anomaliyani namoyon qiladi. Jinoiy mayl ixtiyoriga ko‘ra jinoiy harakatlar sodir qila turib, jinoyatchi bunda qoniqmaslik tuyg‘usining anglab bo‘lmaydigan kompensa-siyasini (badalini), ichki zo‘riqishning bo‘shashishini topadi, zo‘rlik, o‘g‘rilik, buzg‘unchilik va boshqa jinoyatlarni sodir qilish jarayonidan qoniqish, qiziqish tuyg‘usi va o‘zi uchun ijobiy deb hisoblaydigan boshqa holatlarni boshidan kechiradi.

Jinoyatchi shaxs kriminogenligining ikkinchi turi - ayrim ehtiyojlarni qondirish yoki muammoli vaziyatni qonuniyga nisbatan afzalroq ravishda hal etishning jinoiy usullarini sub’ektiv ravishda qarama-qarshiliklarsiz o‘zlashtirishda ifodalanadi. Shaxsning kriminogen potensiyasi (yashirin imkoniyati), shaxsning boshidanoq harakatlarning jinoiy usuliga berilgan-ligi, uning oldida prinsipial tanlov masalasi turmasligida ifodalanadi. Ehtiyojlarni jinoiy usul bilan qondirishning bunday azaliy maqbulligi unga bo‘lgan ko‘p uchraydigan ijobiy munosabat, uning o‘zlashtirilganligi, qo‘llashning odatiyligi, «qulay» natijaga bo‘lgan ishonchi, javobgarlikdan qochishi bilan belgilanadi.

Jinoyatchi shaxs kriminogenligining uchinchi turi - delinkvent nafaqat jinoiy usul bilan shaxsiy-qimmatli natija olish imkoniyatini, balki maksimal darajada xavfsizligini ta’minlovchi qulay sharoitlar bo‘lgandagina ma’lum ehtiyojlarni qondirishning jinoiy usulini o‘zlashtirishi bilan ifodalanadi. Jinoiy maqsad va usulni o‘zlashtirish uni ro‘yobga chiqarishning yuzaga kelgan o‘ta qulay imkoniyatiga javob xususiyatiga ega.

Jinoyatchi shaxsning kriminogen potensiyasining to‘rtinchi turi – jinoiy harakatlar usulini majburiy, ichki qarama-qarshiliklar bilan o‘zlashtirishda namoyon bo‘ladi. Bu sub’ekt ehtiyojlarini qondirishning qonuniy usuli real imkoniyati tarzida mavjud emas va bu ehtiyojni qondirmasdan qoldirish mumkin emas deb hisoblaganda sodir bo‘ladi. Mazkur holatda jinoiy harakatlar usulining faqat majbur qiluvchi holatlar, sub’ektiv tomondan ilojsiz holat tufayligina ma’qulligi ifodalanadi.

Beshinchi tur – ba’zi bir holatlardan ta’sirlanuvchanlik shaklida namoyon bo‘ladigan g‘ayriqonuniy harakatlarni beixtiyor sodir etishga moyillik bilan tavsiflanadi. Bu g‘ayriixtiyoriy ta’sirchanlik ziddiyatli vaziyatda yoki haqoratga javob sifatida tajovuzkorona «chaqnash»da va jabrlanuvchiga tan jarohatlari etkazishda aks etishi mumkin. Bunday axloqning psixologik jihatlari jinoiy xulq yo‘nalishi va stereotiplari mavjudli-gida ifodalanadi.

Jinoyatchi shaxs kriminogenligining oltinchi turi – jinoiy usulni o‘zga shaxslarning tashqi kriminogen bosimining hal qiluvchi ta’siri ostida, yoxud u bilan o‘z axloqini identifika-siyalashga tayyorligini shart qilib qo‘ygan guruhdagi uning konform axloqi natijasida o‘zlashtirishida namoyon bo‘ladi. Mazkur turda shaxsning antikriminal bardoshi mavjud bo‘lmaydi. Bu guruhda o‘z o‘rnini belgilash layoqatining rivojlanmaganligi, ularga bo‘lgan salbiy munosabatiga qaramay, g‘ayriqonuniy harakatlarni sodir etishga qarshilik qilish uchun jur’atsizligi tufayli boshqa shaxslarning ta’siriga ko‘nuvchanligi bilan ifodalanadi.

Mazkur yondashuv asosida rus olimi V.M. Kudryavsev endi klassik bo‘lib qolgan jinoiy axloqning "vaziyat - shaxs - jinoiy axloq" tizimida bog‘liqligi sxemasini "ijtimoiy ehtiyojlar – ehtiyojlarni qondirishning ijtimoiy imkoniyatlari - jinoyatchilik" sxemasiga o‘zgartirdi. Shunga ko‘ra, u shaxs va jinoyat o‘rtasidagi bevosita aloqa o‘rniga shaxslarning ijtimoiy ma’qul yoki ijtimoiy xavfli determinantlar shakllanishi ehtimoli bo‘lgan butun ijtimoiy aloqalari tizimini ko‘rib chiqish taklifini berdi. Demak, jinoiy axloqning ijtimoiy determinasiyasida uni ifodalashning uchta mexanizmi ajralib chiqadi:


  1. shaxsning ma’lum ijtimoiy shakllanishi;

  2. unga noqonuniy yoki qarama-qarshi xarakterda bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;

  3. shaxsni axloqning jinoiy variantini tanlashga majbur qiluvchi va engillashtiruvchi vaziyatga solib qo‘yish.


Yüklə 256,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə