Boshlang’ich sinf o’qituvchisi



Yüklə 3,2 Mb.
tarix02.06.2023
ölçüsü3,2 Mb.
#115163
Boshlang


Boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Saidnabiyeva Surayyo Sulaymonovnaning 2022-2023-o’quv yili davomida bajargan ishlari to’g’risida
HISOBOTI
Men 2022-2023-o’quv yili davomida 1-“B” sinf o’quvchilariga matematika,ona tili o’qish savodxonligi,tarbiya,tabiiy fandan dars berdim.O’quv yili davomida AKT dan foydalangan holda turli metodlardan foydalanib dars o’tdim.Bu vaqt davomida juda ko’p yutuqlarga erishdim.O’quvchilarim onlayn tanlovlarda qatnashib diplom va faxriy yorliqlarni qo’lga kiritishdi. Maktab miqyosoida o’tkazilgan “Innovatsion g’oya sohibi”ko’rik tanlovida faol qatnashib faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritishdi.
Yil davomida barcha o’quvchilarimning savodi chiqdi.O’zim esa tuman gazetasida maqolalar chiqardim.Respublika maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi metodlarga o’rgatish milliy markazining 2023-yil 26-apreldagi “Aniq va tabiiy fanlarni o’qitishda STEM texnalogiyasini qo’llash:Xalqaro tajribalar,rivojlanish strategiyali intensev usul va vositalar mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiyasida maqolam chop etildi. Sinfimdagi barcha o’quvchilarning savodi chiqdi.Matematik savodxonligi ham ancha yaxshi,yozuvlari chiroyli,o’qish tezligi va ongli o’qishi ham yaxshi.Darslarnio’zlashtirib olishdi.O’quvchilarimga ta’lim bilan bir qatorda tarbiya ham berib,ularning vatanga bo’lgan mehrini oshirish,uning ravnaqi uchun jon kuydiradigan yetuk inson bo’lishlari uchun qo’limdan kelgancha harakat qilmoqdaman.O’quvchilarim yil davomida maktabda tashkil etilgan barcha tadbirlarda ham faol ishtirik etmoqda.Kelgusi o’quv yilida ham yanada shijoat bilan harakat qilaman.Yakunlangan o’quv yili men uchun sermazmun bo’ldi.
Yüklə 3,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə