2016 Xarakatli 1p65. p65


Harakatli o‘yinlarni guruhlarga bo‘lish



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
5894176c8f652

Harakatli o‘yinlarni guruhlarga bo‘lish
(oddiy tasnifi)
Pedagog harakatli o‘yinlarning keng qo‘llanilishini, ish
sharoitini hisobga olish bilan har xil pedagogik vazifalarni
hal etish uchun o‘yinni maxsus tanlab olishi talab qilinadi.
Buning uchun ma’lum belgilar bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan
o‘yinning ishchi guruhi tashkil etiladi.
O‘yinlar quyidagicha taqsimlanadi:
1. Mazmuniga ko‘ra murakkablik darajasi bo‘yicha. Oddiy
o‘yinlardan to murakkab o‘yinlargacha (yarim sportga).
2. Bolalarning yoshi bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish (7–9, 10–12,13–15 yoshli bolalar uchun
o‘yinlar). Bu belgilar umumiy ta’lim maktablari uchun
jismoniy tarbiya dasturida foydalanilgan (1–4, 5–9-sinflar
uchun).
3. O‘yinlarda ko‘proq keladigan harakat turlari bo‘yicha
(umumrivojlantiruvchi mashq elementlari bilan o‘ynaladigan
o‘yinlar, yugurish, balandlikka sakrash bilan o‘ynash, turgan
joyda yugurib o‘ynash, harakatlanuvchi va harakatlanmay-
digan nishonga uloqtirish bilan o‘ynash, koptokni oshirish
va ilib olish bilan o‘ynash).
4. O‘yinda ko‘proq namoyon qilinadigan jismoniy sifatlar
(kuch, chidamlilik, epchillik, tezlik, egiluvchanlikni ko‘proq
tarbiyalashga yordam beradigan o‘yinlar). Bu sifat tez-tez
birga qo‘shib bajarilganda namoyon bo‘ladi. O‘yinni harakat
turlari va jismoniy sifatlari bo‘yicha taqsimlashni asosan


18
jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlarning barcha
shakllarida foydalaniladi.
5. Alohida sport turlariga tayyorlaydigan o‘inlar u yoki
bu sport turlariga zarur bo‘lgan jismoniy sifatlarni tarbiya-
lashda, ayrim texnika va taktika elementlarini mustah-
kamlash va takomillashtirishda foydalaniladigan harakatli
o‘yinlar.
6. O‘ynovchilarning o‘zaro munosabatiga bog‘liq bo‘l-
gan o‘yinlar: a) o‘yinchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri «raqibi» bi-
lan bir-biriga tegmasdan o‘ynaladigan o‘yinlar; b)
«raqibi» bilan bir-biriga tegish chegaralangan o‘yinlar;
d) «raqib» bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kurashadigan o‘yin-
chilar, ayrim pedagoglar o‘ynovchilarni o‘zaro muno-
sabati bo‘yicha o‘yinlarni taqsimlab, uni «oddiy»ga
bo‘ladilar, bunda har bir maqsad ketidan yurib bosh-
qalarga nisbatan munosabatsiz bo‘ladi va «murakkab»
o‘ynovchilarni guruhlarga, jamoalarga, bo‘limlarga bo‘li-
nish bilan o‘ynaladigan, bunda har bir o‘yinchi o‘zining
jamoasiga e’tibor beradi.
Òurli-tuman ish holatida uni ko‘proq to‘g‘ri tanlashga
yordam beradigan boshqa har xil belgilar bo‘yicha guruhlarga
ajratiladigan o‘yinlar: a) mashg‘ulotni tashkil qilish shakli
bo‘yicha (darsda, tanaffusda, yig‘ilishlarda, bayramlarda
o‘tkaziladigan o‘yinlar); b) motor zichligi xususiyati bo‘yi-
cha (katta, o‘rtacha harakatchanlik va kam harakatli
o‘yinlar); d) ish joylarini va mavsumlarni hisobga olish bilan
(yozda, qishda, bino ichida, ochiq havoda) o‘ynaladigan
o‘yinlar.
Har xil ish sharoitda qo‘yilgan pedagogik vazifani yechish
maqsadida ko‘proq batafsil taqsimlash uchun bir vaqtning
o‘zida o‘yinlarning to‘liq bir qator belgilari hisobga olinadi,
uning eng asosiylari: bolalarning tayyorgarligi va yoshi,
o‘smirlar, o‘yinga kiruvchi, harakat turlarini ushbu o‘yinlar
u yoki boshqa axloqiy-irodaviy va jismoniy sifatlarni ko‘proq
namoyon qilish, o‘yinda o‘ynovchilarning o‘zaro munosabat
prinsiplaridir.
Professor V.G. Yakovlev o‘yinlarning alohida guruhlarini
birlashtirib, o‘yin qatnashchilarining o‘zaro harakati va
o‘zaro munosabati prinsiplaridan kelib chiqib, jamoa bo‘lib


19
o‘ynaladigan harakatli o‘yinlarning pedagogik tasnifini taklif
qildi. Ushbu tasnif pedagogni bolalarda jamoaning qizi-
qishini tarbiyalashga yo‘naltiradi.
Bunday o‘yin materiallarining taqsimlanishi metodik
ketma-ketlikni yoki izchillik o‘rnatishni yengilashtiradi va
o‘yinni mazmuni va shakli bo‘yicha murakkablik darajasini
aniqlashga yordam beradi.

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə