2016 Xarakatli 1p65. p65


O‘yin mazmuni va murakkabligi bo‘yicha juda ham turli-



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/124
tarix29.11.2023
ölçüsü2,82 Kb.
#138937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124
5894176c8f652

O‘yin mazmuni va murakkabligi bo‘yicha juda ham turli-
tumandir:
A) oddiy jamoasiz harakatli o‘yinlar, bunda har bir o‘yin
qatnashchisi, o‘yin qoidalariga rioya qilgan holda, bitta o‘zi
uchun kurashadi. O‘quvchilardagi barcha o‘yin faoliyati
shaxsiy takomillashtirishga, boshqalar ustidan epchillik, aniq
nishonga tekkizishda, kuchda, tezkorlikda va boshqa sifatlar
bo‘yicha shaxsan ustunlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bu
o‘yinlarda eng asosiy ahamiyat shaxsiy tashabbuskorlikni
va harakat imkoniyatini, o‘zining shaxsiy sifatlaridan foyda-
lanishini bilish maqsadga muvofiqdir.
B) ko‘proq murakkab, jamoali o‘yinlarga o‘tishga oid
harakatli o‘yinlar, bunda o‘ynovchilar birinchi navbatda
o‘zlarining qiziqishlarini himoya qilishga, ayrim paytlarda
shaxsiy imkoniyatlarini, o‘rtoqlariga yordam berish,
qutqarib qolish bo‘yicha ularni o‘yinda hujumchilardan
qutqarib qolishga yordam beradilar («Petnachi, qo‘lingni
ber», «Yugurib o‘tish»). Ba’zi vaqtlarda o‘yinchilar maqsad-
lariga erishish uchun boshqa o‘yinchilar bilan vaqtincha
hamkorlikda ishlashga kirishishlari mumkin. Ayrim o‘yin-
larda bunday hamkorlik qilish qoida bo‘yicha nazarda
tutilgan («Oq ayiqlar» va «Òovonbaliq va cho‘rtanbaliq»).
D) jamoali harakatli o‘yinlar – bunda o‘ynovchilar
alohida-alohida jamoalarni tashkil etadilar. Ular o‘zlarining
shaxsiy qiziqishlarining jamoa qiziqishiga bo‘ysinish,
umumiy maqsadga erishishga yo‘naltirganligi, jamoaning
birgalikdagi faoliyati bilan ta’riflanadi. Jamoaning barcha
muvaffaqiyati har bir o‘yinchining harakatiga bog‘liq bo‘ladi.
Jamoa o‘yinlarida tez-tez harakatning o‘zaro mosligi va


17
2 – Xo‘jayev, P.
o‘yinga umumiy rahbarlik qilish uchun o‘ynovchilar orasidan
jamoaning sardorlarini ajratishga imkoniyat paydo bo‘ladi,
barcha o‘yinchilarning sardorga bo‘ysinishlari majburiy
hisoblanadi.
Jamoali o‘yinlardan ayrimlari yarim sport xarakteriga
ega bo‘ladi: ular ko‘proq o‘yinning texnikasi, harakat texni-
kasi bo‘yicha murakkab bo‘lib, ma’lum qoida bo‘yicha
o‘tkaziladi.
Ba’zi bir o‘yinlarda maxsus rollar talab qilinadi. Ayrim
to‘plamlarda bunday o‘yinlar yarim sport o‘yinlari, deb
ataladi («Òo‘p kapitaniga», «Lapta»).

Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə