davrdagi P.Samuelson, K.Makkonnell va S.Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida,
huningdek, yaqinda chop etilgan ayrim iqtisodiyot nazariyasi darsliklari va o’quv
qo’llanmalarida tovar narxining asosini uning nafliligi, aniqroq aytganda, qo’shilgan
miqdor nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda so’nggi qo’shilgan miqdor nafligiga
alohida e’tibor beriladi.
Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi
deyishadi. Ularning har biri o’zlaricha turli dalillar topib, o’z g’oyalarini isbotlashga
harakat qiladilar. Rosiyada chop etilgan bir qator «Iqtisodiyot nazariyasi»
darsliklarida tovarning ikki
xil xususiyati va binobarin, har ikki nazariyaning
mohiyati, mazmuni va ularning narxni to’g’ri aniqlashdagi roli beriladi, lekin
narxning asosida nima yotishi haqida aniq fikr berilmaydi.
Alohida tovarlarga
qilingan mehnat sarflari turlicha bo’lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi
sifatida to’liq tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan
olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat
sarflari yoki qiymatning aynan o’zi deb qarash noto’g’ridir. Chunki unga mehnat
sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori
bo’lishi mumkin. Jumladan, o’zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri
ostida biror
tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi
mumkin. Raqobat ham qiymat – narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir
ko’rsatadi. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda,
nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste’mol
xususiyatlari
o’zining ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya’ni uning nafliligini ham
hisobga oladi. Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas,
balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni
bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat)
ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qimmatga egaligini ko’rsatadi. Shu
mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki,
Dostları ilə paylaş: