Hududiy narx faqat ma’lum hududiy bozorga xos bo’lib,
u shu hudud doirasidagi omillar ta’sirida hosil bo’ladi. Milliy bozor narxi bir
mamlakat doirasida amal qiluvchi vaularning xususiyatini aks ettiruvchi
narxdir.
Milliy narx mamlakat doirasidagi
ijtimoiy sarf-xarajatlarni,
milliy
bozordagi talab va taklifni, tovar nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga
oladi.
Jahon bozori narxi muayyan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan Bayn
alminal xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga moskelish darajasini
va xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narxning xilma-xil
turlari mavjud bo’lsada, ular bir-biri bilan o’zaro bog’langan,
chunki ularda
jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish samarasi o’z ifodasini topadi.
Iqtisodiyot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u narx pariteti deb
ham yuritiladi.
Iqtisodiyot va undagi jarayonlar bir-biriga bog’liq bo’lganidan
narxlar bir-birini yuzaga chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi
mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxi tarkibiga kiradi, chunki bunarxlarning
har biri o’zidan keyingi mahsulot xarajatlarini shakllantiradi.
Bozorga shunday
o’ziga xos tovarlar chiqadiki, ular ko’pchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim
iqtisodiy resurslar hisoblanadi.
Bular metall, neft, ko’mir, gaz, yog’och, bug’doy,
paxta kabi tovarlar bo’lib, ular narxining o’zgarishi
butun narxlar nisbatini
o’zgartiradi.