20-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish. Reja


-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berish



Yüklə 36,33 Kb.
səhifə6/11
tarix19.10.2023
ölçüsü36,33 Kb.
#128004
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
20-Mavzu Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish. R-fayllar.org

22-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berish.

REJA:
  1. Sensor tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari.


  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berishning ahamiyati.




Tayanch so’z va tushunchalar.
Sensor tarbiyasi haqida tushuncha. Sensor tarbiyasining vazifasi va mazmuni. Sensor tarbiyasining usullari.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda xamda ularda «tuyg‘u, sezgi, idrok, sezish» kaby qobiliyatlarini shakllantirishda sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Sensor tarbiyasi tevarak-atrofdagi borliqni bilish sezgi va idrokka asoslanadi. Demak, bola tasavvurining asosini bevosita sezish orqali idrok qilish mumkin. Bunday tasavvurlarning aniqligi, to‘laligi, sensor jarayonlarning rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Sensor tarbiyasi sezgi va idrokni biror maqsad asosida rivojlantirishdir. «Sensor» so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib «sensus»- «tuyg‘u», «sezgi», «idrok», «sezish qobiliyati» ma’nolarini anglatadi. Demak, borliqni bilish avvalo, sezish, idrok qi- lishdan boshlanadi. Inson ko‘rish, sezish, anglash, his qilish yordamida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladi. Insonda faqat shular asosidagina xotira, tafakkur, xayol kabi jarayonlar hosil bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalar aqliy bilimining 9/10 qismini sezish orqali idrok etilgan taassurotlar tashkil etadi. Sezgi va idrok qanchalik boy bo‘lsa, insonning atrofdagi olam haqidagi tasavvurlari shunchalik keng bo‘ladi.
Bolalarning sensor madaniyati, unda sezgi va idrokning m’laffaqiyati uchun muhim shart-sharoit hisoblanadi Bolalarning aqliy estetik jismoniy va mehnat tarbiyasini shakllanishida sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlantirish davri sanaladi. Sh uning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Sensor tarbiya bolalarda hissiy bilish qobiliyatlarini shakllanti- rishga sezgi idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Sensor tarbiyaning mazmuni va metodi ruhshunoslik fanida idrok va sezgini rivojlantirish muammosi qanday talqin qilinishi bilan belgilanadi. Fanda bu muammoni hal etish turlicha yoritilgan. Pedagogika tarixida esa sensor tarbiyasining har xil sistemasi ko‘rsatilgan. O‘tmishdagi pedagoglar Fribel, M.Montesseri, O.Dekroli va boshqalar tomonidan yaratilgan sistema bolalarning qo‘lidagi mayda muskullarini rivojlan- tirishga, rang va uning turlari, shakl va hajmi yuksak darajada farz bo‘lishga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Maktessorining didaktik materiallari o‘z-o‘zini nazorat qilish prinsipiga muvofiq yaratilgan bo‘lib, bolalarga pedagogning ishtirokisiz, mustaqil shug‘ul- lanish imkonini berar edi. Ammo sezgi a’zolarining rivojlanishi, nutqning o‘sishi, samarali faoliyat bilan bog‘lanmas edi deydi. Yuqoridagi allomalar tomo- nsdan ilgari surilgan ta’limot, ayniqsa, hozirgi ta’lim-tarbiya jarayonida keng qo‘llanilmoqda. Bu usullardan foydalanish bolalarni har tomonlama ham aqpiy ham jismoniy rivojlanishiga ularning ongi, aqli va hissiy tuyg‘ularini shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, hozirgi kunda barcha maktabgacha tarbiya muassasalarida ushbu metoddardan keng


qo‘llanishga erishilmoqsa. Buning uchun barcha tarbiyachilar mazkur metodlardan keng qo‘llash maqsadida har bir guruh xonalarida alohida-alohida burchaklar tashkil et- ganlar. Shuningdek, pedagog va ruhshunos olimlar sensor tarbiyaning xilma-xil faoliyat turlari jarayonida fao- liyatning tasviriy-amaliy, musiqali harakat turlari- da bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirishda amalga oshirish muhimligi to‘g‘risidagi yangi tizimni yaratdilar. Ular bunday tizimning mazmuni, metod va nazariyasini ishlab chiqsilar. Istiqlolni qo‘lga kiritilishi barcha sohalar singari maktabgacha tarbiya muassasalari oldida ham qator vazifalarni belgilab berdi. Ayniqsa, yuqorida qayd etilgan, olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan usul va metodlar maktabgacha yosh davrdagi bolalarning rivojlanishiga qanchalik ta’sirchanligi yuqori ekanligiga shak-shubhasiz aloqi- da e’tibor talab qilinmoqsa. Ta’lim-tarbiya jarayonida esa «Mantessorin», «Trizs» kabi metodlardan qo‘l- lash katta samara bermoqsa. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda «tuyg‘u, sezgi, idrok, sezish» qobiliyatla- rini shakllantirishda sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Bunday tarbiyani qo‘llashdan maqsad maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning qobiliyatlarini shakllantirish, o‘stirish va rivojlantirishga qaratilgan. Sensor tarbiya qobiliyatlarni rivojlantirish uchun bolalar buyumning faqat nimaga ishlatilishini nomini- gina bilishi yetarli bo‘lib qolmay, balki buyumlarni chuqurroq idrok etishi, ularni ushlash, ular bilan muomalada bo‘lganda xilma-xil sezgilar ishtirok etishi ham juda muhimdir deb biladi. Shuning uchun tarbiyachi sensor tarbiyaning ana shu tomonlariga alohida e’tibor berishi lozim bo‘ladi. Tarbiyachi bolalarga biror topshiriq berganida, masalan, buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yishda ularni og‘irligini his qilish, buyumni qo‘lga olib uning sirtini sezish va sifatini silliq yoki g‘adir-budurligini, issiq yoki sovuqligini va shunga o‘xshashlarni aniqlashi kerak. Bolalarning yoshi ulg‘ayib, hayot tajribalari ortishi, sharoitlarning o‘zgarishi bilan idrok etish jarayoni va unga qo‘yiladigan talab ham murakkablashadi. Navbatchilar yotoqlarning katta-kichikligi, chuqur yoki yuzaligini, piyola va chinni idishlarning og‘irli- gini, sirtining silliqligini, ushlaganda sovuq- roqligini, plastmassa buyumlarining yengilligini his qiladilar. Sensor tarbiyaning mazmuni uz ichiga tevarak- atrofdagi hamma sensor belgilarni qamrab oladi. Bu- lar bolalarning hamma faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu yoshdagi bolalarga ranglarni farq qilish va ularning nomini aytish o‘rgatiladi, rang tuslari buyoqlar haqida tasavvurlar shakllantiriladi. Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rayem chizish, loy va plastilindan buyumlar, aplikasiyalar yasash) sezgi hamda idrok- ning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga buyumning, shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o‘simliklarni, qushlarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu esa yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. «oldinga», «orqaga», «tepada-pastda», uzoq-yaqini, «chapda- o‘ngda» kabi fazoviy tasavvurlarni o‘zlashtirib oladilar. Bolalar ko‘proq tabiat bilan aloqada bo‘lishlari tufayli taassurotlari, eshitib ta’sirlanishi xususiyatlari ortib boradi. Bolalarni qushlarning sayrashi, barglarning shitirlashi, shamolning guvillashi, yomg‘irning shatur-shutiri va momaqaldiroqning gumburlashini diqqat bilan tinglashga o‘rgatish zarur. Sensor tarbiyaning asosiy usullaridan biri- tekshirishdir. Tekshirish — buyumlarni maxsus ravishda tashkil etilgan idrok qilishdan iborat bo‘lib, uning natijalaridan kerakli jarayonlarda foydalaniladi. Buyumlarning xususiyatlarini, nomini va ta’rifini aniqlash, ularni ma’lum bir xossalariga ko‘ra taqqoslash uchun didaktik o‘yin yoki qo‘llanmalardan foydalanish mumkin. Ulardan bolalar bilan olib boriladigan xilma- xil mashg‘ulotlarda mehnat, kuzatishlar va bolalarning mustaqil ishlarida keng foydalanish mumkin.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Sensor tarbiyasi deganda nimani tushunasiz?
2. Sensor tarbiyasining mazmuni va mohiyatini yoriting.
3. Sensor tarbiyasining maqsadini ayting?
4. Sensor tarbiya usullarini ayting?



Yüklə 36,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə