2 soat Reja : So‘z tilning markaziy birligi sifatida


Leksemaning semantik tarkibi



Yüklə 184 Kb.
səhifə6/20
tarix28.11.2023
ölçüsü184 Kb.
#135927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
6-ma\'ruza

Leksemaning semantik tarkibi. Leksemaning semanik tarkibi leksik ma’no; qo‘shimcha ottenkalar (ma’no qirralari, uslubiy semalar) va turkumlik semalarini o‘z ichiga oladi. Leksik ma’no leksemaning nimanidir nomlashi (atashi), anglatishi va ifodasidir. Leksik ma’noning yana bir muhim belgisi shundaki, u leksemaning tildagi boshqa so‘zlar bilan birikuvi imkoniyatini - valentligini belgilaydi. Ikki leksemaning leksik ma’nosida bir xil sema, ya’ni klassema bo‘lsagina, bu so‘zlar nutqda birikishi mumkin bo‘ladi. Masalan, non va yemoq so‘zlarining leksik ma’nosida klassema mavjud, bu umumiy sema - “qattiq” semasidir. Non va ichmoq so‘zlarida bunday sema yo‘q, shuning uchun ular birika olmaydi. Ammo suv va ichmoq so‘zlari bemalol birika oladi, chunki ularda umumiy sema - “suyuqlik” semasi bor.
Qo‘shimcha ottenkalar (ma’no qirralari, uslubiy semalar) leksemaning semantik tarkibidagi ikkinchi hodisadir. Ular leksik ma’noga ustama sema tarzida biriktirilgan bo‘ladi.
Turkumlik semalari - leksemaning semantik tarkibidagi uchinchi komponent. Bunday semalar leksik ma’noga tayangan holda leksemalarning grammatik ma’nolarini belgilaydi, shu asosda leksemalarning leksik-grammatik guruhlanishi - so‘z turkumlariga uyushishi ta’minlanadi. Har bir so‘z turkumining ichki kategoriyalariga xos ma’nolar - otlarda egalik, kelishik, birlik, ko‘plik; fe’llardagi shaxs-son, zamon, mayl; sifatlardagi daraja ham turkumlik semalariga asoslanadi.
Leksema va uning semantik strukturasi masalasida ham tilshunoslikda turlicha fikrlar bildirilgan. Xususan, M.Sodiqova o ‘z doktorlik dissertatsiyasida so‘z semantik strukturasi quyidagilardan tashkil topadi deb hisoblagan:
1. Leksik ma’no.
2. Grammatik ma’no.
3. Stilistik ma’no.
A.Hojiyevning ta’kidlashicha, so‘z semantik strukturasi leksik ma’no va shu leksik ma’noga qo‘shimcha tarzdagi ottenkalardan iborat".
Semema (leksik ma’no)ning semantik tarkibi. Sh.Rahmatullayev o ‘z darsligida leksik ma’noning semalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi:
1. Ideografik sema. 2. Baho semasi. 3. Turkumlik semasi.
M.Mirtojiyevning OMT filologiya fakultetlari talabalari uchun darsligida ko‘rsatilishicha: “So‘zning ma’no tarkibi borliqqa bo‘lgan munosabatiga ko‘ra: denotativ va konnotativ semalardan; subyekt xabariga ko‘ra: informativ va pragmatik semalardan tashkil topadi”;
H.Jamolxonovning darsligida ta’kidlanishicha: “Leksik ma’noning semantik tarkibi atash, ifoda va vazifa semalaridan tashkil topadi”. H.Ne’matov va R.Rasulovlar “O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari”da ta’kidlashicha: “So‘z semantik strukturasida quyidagi semalar mavjud:
1) atash (denotativ) semalari; 2) ifoda (konnotativ) semalar; 3) vazifa (funksional) semalar ”.
B.Mengliyev va A.Sobirovlarning doktorlik ishida ham xuddi shu tasnifga amal qilinadi. Ko‘rinadiki, sememaning mazmuniy tuzilishini tashkil etuvchi qismlar — semalar borasida turli fikrlar mavjud ekan. Bizning vazifamiz bularning ichidan eng maqbulini tanlab olib, undan tilshunoslik faoliyatimizda samarali foydalanishdir.
Avvalo, ularga qisqacha ta’rif berib o‘tamiz.

Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə