2-Mavzu: Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari Reja


Ijtimoiy guruhlarning quyidagi ko'rinishlari mavjud



Yüklə 48,14 Kb.
səhifə4/9
tarix22.03.2024
ölçüsü48,14 Kb.
#183666
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Mavzu Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari Reja-fayllar.org

Ijtimoiy guruhlarning quyidagi ko'rinishlari mavjud:
• demografik guruhlar. Masalan, yoshlar - qariyalar, ayollar - erkaklar, oilallar va oila ko'rmaganlar v.h. Jamiyatda ushbu har bir guruhning o'z muammolari, ehtiyojlari, talab va istaklari mavjudligi demografiya yoki sotsiologiyada chuqur o'rganiladi.
• etnik jamoalar (guruhlar) odamlarning tarixiy, barqaror ijtimoiy birligi sifatida qabilalar, elatlar, millatlardan iborat. Millat - etnosning oliy ko'rinishi. Uni, odatda, hudud, iqtisodiy aloqalar, til, ruhiy o'ziga xoslik, madaniyat va o'z - o'zini anglashning umumiy jihatlariga ko'ra farqlashadi. Siyosatga, etnik jamoalar (guruhlar)ning doimiy bosimi mavjud va bu uning eng nozik, eng murakkab yo'nalishi.
Negaki, etnik masalalarni to'la ko'lamda faqat davlat miqyosidagina hal qilish mumkin. Shuning uchun, har bir millat hokimiyatga o'z ta'sirining doimiy va barqarorligidan manfaatdor.
• e'tiqod asosida birlashuvchi ijtimoiy - guruhlar. Bularga dindorlar va ateistlar, turli e'tiqod tarafdorlari kiradi.
• sinflar. Daromadi, bilimi, malakasi, nufuzi, hokimiyatga ta'sir darajasi bilan ajralib turuvchi guruhlar.
Shunday qilib, mohiyatiga ko'ra siyosiy boshqaruv mexanizmi - turli - jamoalar (guruhlar) o'zaro munosabatining birligidan iborat. Jamiyatda mavjud har qanday manfaat hokimiyat tomonidan tenglik asosida qabul qilinmaydi. U yoki bu ijtimoiy manfaatni siyosatda hisobga olinishi uchun u "eshitilishi", "ko'zga ko'rinarli" bo'lishi, "bosim ko'rsata" olishi lozim.
Guruhlar va fuqarolar o'z resurslarining cheklanganligini yengib o'tishga doimo intiladilar. Ana shu intilishlarni boshqara bilish, ularni tinch yo'lga yo'naltirish siyosiy sohada hal qilinuvchi masalalardan biridir. Chunki, biron guruh ijtimoiy mavqeining ortishi doimo boshqa guruhning hisobiga ro'y beradi. Guruhlar o'rtasidagi farqlar doimiy va o'zgarmas tabiatga egami?
An'anaviy jamiyatlarda, bunday tengsizlik holati barqaror bo'lib, u jamiyatda muayyan ixtiloflar va keskinlikning manbai bo'lib xizmat qiladi. Bir ijtimoiy guruh, masalan, ayollar maqomining jamiyatda kattiq chegarada saqlanib turilishi, manfaatlarining doimiy ravishda inkor etilishi - shu qatlam noroziligining kuchayishiga olib kelishi mumkin. An'anaviy jamiyatlarda buning oldini olish uchun zo'rlik, muayyan urf - odatlarning kuchayishi kabi vositalar qo'llanadi.
Siyosiy jarayonning bevosita subyektlari - davlat, partiyalar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy – siyosiy harakatlar mohiyatiga ko'ra jamiyatdagi turli ijtimoiy guruhlar, qatlamlarning manfaatlarini bayon etish, ularni siyosiy hokimiyat doirasiga olib chiqish, hal etish, uchun faoliyat ko'rsatadi. Agar shunday bo'lmasa, ya'ni partiya, jamoat birlashmasi yoki harakat muayyan ijtimoiy guruh manfaatini emas, tashkilot, ya'ni o'zining manfaatini ifodalash uchungina faoliyat ko'rsatsa, bunday tashkilotni nodemokratik, deb atashga toliq acocga egamiz. Yuqorida aytib o'tilgan manfaatlarni bayon etish vazifasi "vakolat", "vakolatlilik", "vakolat tizimi" tushunchalari bilan chambar chas bog'liq.



Yüklə 48,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə