2-Mavzu: Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari Reja


Ijtimoiy mehnat faoliyati-ijtimoiy siyosat asosi sifatida, uning tarkibiy qismlari va elementlari



Yüklə 48,14 Kb.
səhifə8/9
tarix22.03.2024
ölçüsü48,14 Kb.
#183666
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-Mavzu Ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari Reja-fayllar.org

4. Ijtimoiy mehnat faoliyati-ijtimoiy siyosat asosi sifatida, uning tarkibiy qismlari va elementlari

Ijtimoiy mehnat taqsimoti — ijtimoiy mehnatning mustaqil vazifalarni bajaruvchi mehnat turlariga ajralishi, yaʼni mehnat faoliyati turlarining alohidalashuvi. Umuman jamiyatda mehnat taqsimoti asosida faoliyatni ayirboshlash yotadi va har bir mehnat turi aniq bir mahsulotni yoki uning bir qismini yaratishga ix-tisoslashadi. Faoliyat turlari boʻyicha mehnat taqsimotining umumiy, xususiy va yakka koʻrinishlari bor. Umumiy mehnat taqsimoti — jamiyat miqyosida yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, mustaqil yirik sohalarga boʻlinishi (sanoat, q. x., transport va aloqa, qurilish, xizmat koʻrsatish va h.k.). Xususiy mehnat taqsimoti — xalq xoʻjaligining yirik sohalari ichida tarmoqlarning (qarang x. da dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik, sanoatda esa undirma va ishlov berish, ogʻir va yengil sanoat, mashinasozlikda esa avtomobilsozlik, traktorsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik kabi tarmoqpar) vujudga kelishi. Yakka mehnat taqsimoti — kouxona, birlamchi xoʻjalik subʼyekti doirasida boʻladigan mehnat taqsimoti boʻlib, bunda alohida bir mahsulot, mahsulotning tarkibiy butlovchi qismlarini i.ch. boʻyicha ixtisoslashgan mehnat turlari ajralib, alohidalashadi.
Jamiyat taraqqiyoti tarixida birinchi yirik I.m.t. mehnat unumdorligining oʻsishi bilan bogʻliq boʻlib, uning natijasida jamiyatda faqat aqliy yoki jismoniy mehnat bilan shugʻullanadigan kattakatta guruhlar, sinflar (mas, qullar va quldorlar) ga boʻlinish vujudga keldi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi asosida ikkinchi yirik I.m.t. yuz berdi — hunarmandchilik dehqonchilikdan ajrab chiqdi va bu bilan shaharning qishloqdan ajralib chiqishi boshlandi. Hunarmandchilikning deh-qonchilikdan alohidalashuvi natijasida tovar i.ch. yuzaga keldi. Ayirboshlashning kuchayishi bilan uchinchi yirik I.m.t. — savdoning sanoatdan ajralishi yuz berdi.
Mashinalashgan industriyaning paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan I.m.t. da sanoatning mavqei oʻsib va yanada chuqurlashib bordi. Kapitalizmning rivojlanishi xalqlarning xoʻjalik yuritishdagi yaqinlashuviga, xalqaro mehnat taqsimotining paydo boʻlishiga sharoitlar yaratdi. Jahon hamjamiyati mamlakatlari oʻrtasida xalqaro mehnat taqsimoti I.m.t. ning hozirgi davrdagi eng takomillashgan va barcha mamlakatlarni qamraydigan shaklidir. Xalqaro iqtisodiy integratsiya I.m.t. asosida vujudga kelib, iqtisodiy qoloklikni va xoʻjalik taraqqiyotidagi biryoqlamalikni bartaraf etish va farovonlikni koʻtarishga xizmat qiladi (qarang Mehnat taqsimoti).
I.m.t. iqtisodiy qonun boʻlib, unga binoan mehnat turlari uzluksiz ravishda bir-biridan ajralib, yangilari vujudga kelib, ixtisoslashuv yuz beradi va uning unumdorligi ortib boradi. Mehnat taqsimoti va uning asosida ixtisoslashuv natijasida mahsulot ayirboshlash yuz beradi, uning rivojlanishi esa bozor munosabatlarining shakllanib, rivojlanishiga olib keladi.

Mehnat faoliyati deganda insonni biror mehnat turi bilan band bo‘lishi tushiniladi. Mehnat faoliyati insonning hal qilinadigan vazifalar va bajariladigan ishlari yig‘indisidan tashkil topadi.


Mehnat faoliyatining mohiyatini umumlashgan, hamda konkret shaklda olib qaraladigan bo‘lsa, bir-biri bilan bog‘liq ikki muhim vazifani hal qilishning ob’ektiv zarurati bilan belgilanadi. Bu vazifalardan biri — insonlarning moddiy mehnat elementlari bilan o‘zaro harakatga kirishuvini aniklashdan iborat bo‘lsa, ikkinchisi — birgalikda yoki o‘zaro bog‘langai faoliyat qatnashchilari o‘rtasida munosabatlari shakllanishidan iboratdir. Xuddi mana shu narsa mehnat faoliyatini tashkil etish predmeti hisoblanadi. Buning mohiyati mehnat faoliyatini tashkil etish vazifasiga (keng ma’noda olganda) mehnat sub’ektini (ayrim xodim yoki mehnat jamoasi) aniqlash, uni zarur mehnat predmetlari va vositalari bilan ta’minlash, qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish, mehnat (ishlarini bajarish) jarayonlarini tashkil etish, mehnatga haq to‘lash kabi masalalarini o‘rganish bilan bog‘liqdir.

«Tashkil etish» tushunchasi frantsuzcha organisation, lotincha organizo -«tartibga keltiraman» so‘zidan kelib chiqqan. Mazkur tushuncha yaxlit bir butunlik ichida o‘zaro aloqalarning yuzaga kelishi hamda takomillashishiga olib keladigan jarayon yoki harakatlar jamlamasini anglatadi. Tashkil etish deganda birgalikda amalga oshiruvchi muayyan qoida va tamoyillar asosida, biror aniq maqsad sari harakat qiluvchi kishilarning birlashgan faoliyati tushuniladi. Shunga ko‘ra, funktsional nuqtai nazardan, tashkil etish ichki tartiblarni o‘rnatish va takomillashtirish jarayoni demakdir. Binobarin, mehnatni tashkil etish atamasi kishilar faoliyatini tartibga solish va muayyan tizimga keltirishni anglatadi. Biroq, bunday ta’rif haddan tashqari umumiy bo‘lganligi uchun uni mukammal deb bo‘lmaydi.

«Mehnatni tashkil qilish» tushunchasining paydo bo‘lish tarixiga to‘xtalgandi, albatta, ushbu masalaning asoschisi sifatida F. Teylorning (1856-1915) nomi tilga olinadi. F. Teylor mehnatni «ilmiy boshqarish» muammosini amaliy jihatdan asoslab bergan bo‘lib, u iqtisodiyotda muhim o‘rin tutadi. Ammo, F. Teylor ko‘zda tutgan fan sohasini iqtisodiyotda haddan tashqari toraytirib qo‘ygan. «Oqilonalashtirish» atamasi mazkur fanni to‘g‘ri nomlash muammosini murakkablashtirdi, bu atama dastlab Germaniyada qo‘llanilgan bo‘lib, keyinchalik u muayyan darajada boshqa mamlakatlarga ham yoyildi. Mazkur atama shu qadar noaniq va umumiy tusdagi mazmunga egaki, uni har qanday yaxshilanishga nisbatan qo‘llash mumkin. Shuni ham aytish kerakki, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda hozirgi vaqtda «mehnatni ilmiy tashkil etish» yoki «mehnatni tashkil etish» atamalari deyarli qo‘llanilmayapti.

Bu muammo juda ko‘pgina MDH mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonda ham mavjuddir. Undan turli darajalarda o‘rin tutadigan xilma-xil hodisalarni nomlash uchun foydalaniladi. «Tashkil etish» atamasi ayrim korxona, muassasa, firma va umuman jamiyatga nisbatan qo‘llaniladi. Shu bilan birga, gap turli ob’ektlar: mehnat, ishlab chiqarish, boshqarish to‘g‘risida borishi mumkin.

Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi, ayni kishilarni mehnatga jalb etish, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, ijtimoiy mahsulotni taqsimlash usuli va ishchi kuchini tiklash xususiyatlari ko‘rib chiqilayotganda «mehnatni ijtimoiy tashkil etish» tushunchasidan foydalaniladi.
1. Mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi. Korxona miqyosida mehnat taqsimoti amalga oshirilib, uning kooperatsiyasi puxta o‘ylab ko‘rilgandan keyin korxona ichida mehnatni chuqur taqsimlash va kooperatsiyalashni amalga oshirish – alohida uchastkalar, xodimlar o‘rtasida mehnatni taqsimlash, xodimlarni joy-joyiga qo‘yish, ular faoliyatining o‘zaro bog‘lanishi va sinxronizatsiyasini ta’minlash imkonini beradi.
2. Mehnat jarayonlarini tashkil etish. Mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash mehnat jarayonlarini tashkil etish, ya’ni aniq ish turini bajarishda qo‘llaniladigan usullarni belgilab olishni nazarda tutadi. Mehnat jarayonlarini o‘rganib chiqish va uni amalga oshirishga qancha ish vaqti sarflanishi zarurligini aniqlash eng yaxshi ish usullarini tanlash, ish joylarini oqilona taqsimlash imkonini beradi.
3. Mehnatni me’yorlash. Mehnat me’yorini belgilamasdan turib, xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlab bo‘lmaydi. Mehnatni me’yor­lash xodimlar faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning turli variantlarini baholash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Har qanday tashkiliy o‘zgarish ish vaqti sarflariga ma’lum darajada ta’sir etishi tufayli mehnatni me’yorlash ushbu o‘zgarishlarni miqdoran baholab, eng oqilona variantni tanlash imkonini beradi.
4. Ish joylarini tashkil etish. Mehnat jarayoni ma’lum vaqt va makonda amalga oshiriladi. Ish joyi mehnatni makoniy qo‘llash ob’ekti bo‘ladi. Ish joyi ishlab chiqarish jarayonining birlamchi bo‘g‘ini va tashkiliy-texnikaviy negizidir. Aynan unda ushbu jarayon uch asosiy elementining birlashishi ro‘y beradi va uning bosh maqsadi – mehnat buyumining moddiy jihatdan o‘zgartirilishiga erishiladi. Shu sababli ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun har bir ish joyi aniq ishning tabiatiga ko‘ra muayyan tarzda tashkil qilingan bo‘lishi.
5. Mehnat sharoitlari. Mehnat sharoitlarini yaratish xodimlar faoliyatini ma’naviy va moddiy jihatdan ta’minlashning ajralmas qismi bo‘ladi. Mehnat sharoitlari insonning salomatligi va ish qobiliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadigan muhim omildir. Mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishning qiziqarliligini oshirib, mehnatga ijodiy munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashib, katta ijtimoiy vazifani ham bajaradi.

6. Mehnat va dam olish tartiblari. Bir qator mualliflar mehnat va dam olish tartiblarini takomillashtirish masalalarini mehnat sharoitlarini oqilonalashtirishning yagona muammosi doirasida ko‘rib chiqadilar. Biz bunday yondashuvga e’tiroz qilmaymiz, lekin ushbu masalalar ma’lum xususiyatlarga ega ekanligi va nisbatan mustaqilligi tufayli ularni xodimlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashning alohida elementi deb qarash maqsadga muvofiqdir.

7. Xodimlarni tanlash, tayyorlash va malakasini oshirish. Tashkiliy vazifalarni hal qilishda xodimlarni tayyorlash va ularning faollik darajasini oshirish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlarini rivojlantirish xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirishga yondashishni tubdan o‘zgartiradi. Yangi sharoitlarda xodimlar bilan ishlash sohasida vaziyatga moslashuvchanlik zarur, ya’ni kasbiy tuzilma ishlab chiqarishning texnikaviy negizi o‘zgarib borishiga muvofiq ravishda o‘zgaruvchan bo‘lishi lozim.
8. Mehnatni rag‘batlantirish. Mehnatni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tizimini yaratish ish haqi, lavozim maoshi turlari va tizimlaridan foydalanish, mukofotlash tizimlarini ishlab chiqish kabilarni nazarda tutadi. Mehnatni rag‘batlantirishni tashkil etish mehnat faoliyatida yuksak ko‘rsatkichlarga erishish maqsadida ish vaqtidan oqilona foydalanish, ilg‘or ish usullarini o‘zlashtirish, ish joylarini yaxshiroq tashkil etish, ishda zaruriy aniqlik va uyushqoqlikni ta’minlashga qaratilishi lozim.
9. Ijtimoiy-mehnat munosabatlari. Hozirgi vaqtda «ijtimoiy-mehnat munosabatlari» atamasi ilmiy iste’molga kirib qoldi va faol ravishda ishlatilmoqda. U nomlayotgan realliklarni tarkibiy element sifatida xodimlarning mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashga kiritish o‘rinlidir.
10. Mehnat intizomi. Korxona xodimlarining umumiy mehnat natijalari har bir xodimning shaxsiy mehnat natijalariga bog‘liqdir. Shu sababli ularning birgalikda faoliyat olib borishlari uchun muayyan tartibni saqlab borish, ishning boshlanishi va tugallanishi, tanaffuslar va hokazolarga rioya etish lozim. Bundan tashqari esa mehnat intizomini saqlab borishning aniq mexanizmi ham zarur.



Yüklə 48,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə