Tirik organizmlar orasida turli tuman aloqalardan ko’pchilik
organizmlar uchun
umumiy bo’lgan quyidagi aloqalarni ajratib ko’rsatish mumkin: 1. Yirtqich-o’lja,
parazit-xo’jayin munosabatlari. Yirtqich-o’lja, parazit-xo’jayin munosabatlari
bevosita oziq munosabatlari bo’lib, birinchi tur uchun zararli, ikkinchi tur uchun esa
ijobiy oqibatga ega bo’ladi.Aslida, barcha ozuqa
munosabatlarini shu tipdagi
aloqalarga kiritish mumkin. Utxur hayvonlar yirtqich deb hisoblanmasada hayvon va
o’simlik orasidagi oziq aloqalari yirtqich - o’lja aloqalarga juda o’xshash. Odatda
boshqa hayvonlar bilan oziqlanadigan hayvonlar yirtqichlar deb ataladi.Parazitizm-
turlar
orasidagi shunday aloqaki, bunda bir organizm ikkinchisidan nafaqat oziq
manbai sifatida, balki yashash muhiti sifatida ham foydalanadi.
Ekologik omillarning muhitga ta’siri
Zararkunanda xasharotlarning o’simliklar
bilan
munosabati
ham
parazitizm
Harakteriga
ega.Parazitlar odatda xo’jayindan ancha kichik
bo’ladi.Yirtqichlik ko’p
xollarda faol qarshilik
ko’rsatadigan yoki qochadigan o’ljani tutish bilan
bog’liq.Shuning
uchun bunday munosabatlar
yirtqichlarda
ham,
o’ljada
ham
turli
xil
moslanishlarni yuzaga keltiradi.Yirtqichlar, odatda
keng oziq spektrga ega bo’ladi.
Golozoy organizmlar ham o`z navbatida qo`yidagi
guruhlarga bo`linadi. A) saprofitlar o`simliklarni
chirigan qoldiqlari bilan oziqlanadi. B) fitofag tirik
o`simliklar bilan oziqlanadi. V) zoofag tirik
hayvonlar bilan oziqlanadi. G) nekrofag o`limtiklar
bilan oziqlanadi
Dostları ilə paylaş: