2. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishni axborot bilan ta’minlash


Ishlab chiqarish zararsizligining tahlili va qarorlarni qabul qilish



Yüklə 435 Kb.
səhifə3/13
tarix28.11.2023
ölçüsü435 Kb.
#135156
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Ogabek kurs ishi

3. Ishlab chiqarish zararsizligining tahlili va qarorlarni qabul qilish

Bozorning shakllanishi va uni muqobillashtirish usullarini ishlab chiqish bozor elementlarining o’zaro aloqasi va o’zaro bog’liqligini, ya’ni talabni, taklifni va bahoni aniqlaydi. Тizimning har bir elementi o’zgaradi va ishlab chiqarish omillarining, xarajatlar va daromadlilikning ta’siriga bog’liq.


Ishlab chiqarish hajmlari, sotishdan tushgan yalpi daromad, sarflar va sof foydaning o’zgarishlari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish maqsadida ishlab chiqarishning zararsizlik tahlili olib boriladi. Bunda muhim e’tibor mahsulotni ishlab chiqarishga qaratiladi, bu esa boshqaruvchilarga ishlab chiqarish hajmining kritik ("o’lik") nuqtasini aniqlashga imkon beradi. Kritik nuqta deb subyektning xarajatlari ushbu mahsulotni sotishdan tushgan daromadga teng bo’lgan sotuv hajmining nuqtasiga aytiladi. Bu tizimda foyda ham olinmaydi va zarar ham ko’rilmaydi.
Ishlab chiqarishning zararsizlik tahlili qisqa vaqt mobaynida sotish hajmi, sarflar va daromadlar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlaydi. Тahlil natijalariga ko’ra yo’riqnoma beriladigan davr mazkur vaqt ichida mavjud bo’lgan ishlab chiqarish quvvati bilan chegaralangan bo’ladi.
Хalqaro amaliyotda kritik nuqtani aniqlash uchun tenglama, marjinal daromad, grafik usullaridan foydalaniladi. Тenglama usuli sof foyda formulasi bo’yicha hisoblanishga asoslangan:



Mahsulot sotishdan olingan daromad

-

Sotishning hajmi uchun sarflangan o’zgaruvchan xarajatlar

-

Umumiy summadagi doimiy xarajatlar

=

Mahsulot sotishdan tushgan sof foyda

Ushbu formula ko’rsatkichlarini hisoblash tartibini detallashtirib uni quyidagi ko’rinishda berish mumkin:





Birliklar miqdori x Mahsulot birliginining narxi

-

Birlik miqdori x Birlikka bo’lgan o’zgaruvchan sarflar

-

Umumiy summadagi doimiy xarajatlar

=

Mahsulotni sotishdan tushgan sof foyda

Тenglama usulini tizimli siljishlarning ta’sirini tahlil qilishda qo’llash mumkin. Sotish mahsulotning nisbiy hissasini sotishdan tushgan daromadning umumiy summasidagi to’plash sifatida ko’riladi. Agarda tizim o’zgarsa, tushumning hajmi berilgan miqdorga yetishi mumkin, foyda esa kam bo’lishi mumkin. Foydaga bo’lgan ta’sir assortiment mahsulotning past rentabelligi yoki yuqori rentabelligi tomon o’zgarishiga bog’liq.


Deylik, subyekt ikki turdagi (A va V) mahsulotni ishlab chiqaradi.
9.1- jadval
Tizimli siljishlarning ta’siri tahlil




Yüklə 435 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə