1991 – 2017-yillarida xitoy xalq respublikasi va yaponiya 1990-yillarda Yaponiyaning rivojlanishi



Yüklə 32,4 Mb.
səhifə2/3
tarix12.04.2023
ölçüsü32,4 Mb.
#105269
1   2   3
XITOY

2. Yaponiya XXI asrda. Yaponiya XXI asr boshlarida iqti sodi barqaror rivojlanay otgan mamlakat bo‘lib qolmoqd a. U 400 mlrd dollardan oshiqroq summaga teng mahsul ot eksport qilyapti. Yaponiya kemasozlik, traktorsozlik, metallni qayta ishlash sanoati uchun uskunalar ishlab chiqa rish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallab turibdi. U po‘lat, televizorlar va avtomobil ishlab chiqarishda ham jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Yaponiya YIM hajmi bo‘yicha jahonda AQSH va Xitoydan so‘ng uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yaponiya ko‘plab orollardan iborat mamlakat. U boshqa mamlakatlarga nisbatan tabiat kuchlari: okean bo‘ronlari, tayfunlar, zilzilalarga ko‘proq bog‘liq. Yaponlar o‘z ishlab chiqarish madaniyatida ana shu bog‘liqlikni kamaytirishga intilib keldi. Ammo tabiat kuchlaridan to‘liq ustun kelishn ing iloji yo‘q, ularning zararini kamaytirish mumkin, xolos.
2011-yil mart oyida Xonsyu orolida yuz bergan zilzila Yaponiyaga katta zarar yetkazdi. Minglab kishilar halok bo‘ldi, 300 mingdan oshiq kishi boshpanasiz qoldi. Bir necha atom elektrostans iyalariga zarar yetdi, Fukusima-1 atom elektro stan siya sidan radioaktiv moddalarning atrof-muhitga tarqal ishi yuz berdi. Mamlakatga juda katta iqtisodiy zarar yetkazildi.
Ichki siyosatda asosan LDPning yetakchiligi saqlanib qoldi. 2001-yili Yaponiya bosh vaziri lavozimini Junitiro Koidzumi egalladi. U nisbatan yosh, serg‘ayr at bo‘lib, mamlakatda katta obro‘ga ega edi. J. Koidzumi Yaponiya konstitutsiyasining mamlakatga o‘z qurolli kuchlariga ega bo‘lishini taqiqlovchi moddasini qayta ko‘rib chiqish tarafdori bo‘lib chiqdi. J. Koidzumi uch muddat hukumatni boshqardi. 2012-yildan LDP yetakchis i Sindzo Abe hukum atni boshqarib kelmoqda.
Shuni aytish lozimki, siyosiy inqirozlar faqat Yaponiya uchun xos bo‘lgan hodisa emas. Shunga o‘xshash jarayonlar yangi, postindustrial sivilizatsiya shakllanayotgan boshqa mamlakatlarda ham yuz bermoqda. Aholining ijtimoiy tarkibi o‘zgarmoqda, jamiyatni tashvishga solayotgan muammolarning ham mohiyati o‘zgacha tus olyapti; ko‘plab eski partiyalar inqirozni boshdan ke chirmoqda – ular juda qiyinchilik bilan yangi sharoitlarga moslashmoqda, har doim ham yangilikni o‘z vaqtida ilg‘ab ololmayapti. Rivojlangan mamlakatlar siyosiy tizimida ham jiddiy qayta qurish ketyapti. Vakillik demokratiyasining rivojlanishi yaqin kelajakda mutlaqo yangi mazmun kasb etishi mumkin, qandayligini vaqt ko‘rsatadi. Ammo hozirdanoq yaponlar muammolarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga ishonch bilan harakat qilmoqda.
Yaponiya tashqi siyosatida AQSH bilan munosabat lar asosiy o‘rin tutadi. Ikkinchi jahon urushi yakunlangandan beri Yaponiya AQSHning mintaqadagi eng yaqin savdo hamkori va strategik sherigi bo‘lib kelmoqda. Yaponiyaning Xitoy bilan munosabatlari ancha murakkab. 2005-yili J.Koidz umi hukumati Tayvan oroli masalasida ilk bor AQSHni ochiq qo‘llaganda Xitoy bilan munosabatlari keskin yomonlashdi. Jahonhamjamiyatini tashvishga solib kelayotgan va 2017yili yanada keskinlashgan Shimoliy Koreya masalasida ham Yaponiya bilan Xitoy o‘rtasida kelishmovchiliklar mavjud.
Atamalar izohi:

Yüklə 32,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə