198 kiyimda transformatsiya qo’llash va uning ahamiyati



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix13.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#105363
1   2   3
kiyimda-transformatsiya-qo-llash-va-uning-ahamiyati

200 
1-rasm. Kiyimda transformatsiya qo’llashning dastlabki ko’rinishlari. 
2-rasm. Yaxlit bo’lak matodan kiyim loyihalash 
Foydalilik va utilitarlik prinsiplariga asoslanib, sovet ittifoqi modelyerlari V.Muxina 
va N.Lamanovalar oddiy transformer-kiyimlar modellarini ishlab chiqdilar (3,4-rasmlar).


201 
3-rasm. “Ko’cha va ishda kiyish uchun kostyum”. “Qizil Niva” jurnali. 1925-yil. 
4-rasm. “Sport kiyimi”. 
XX asr oxiri - XXI asr boshlarida dunyoning ko’plab ilg’or dizaynerlari 
transformer-kiyimlar 
yaratish 
bilan 
shug’ullanishdi. 
Transformatsiyalanuvchi 
ko’pfunksiyali buyumlar bugungi kun zamonaviy modasida juda muhim o’rin egallaydi. 


202 
Faol turmush tarzi, ko’p sayohat qilish, ob-havo sharoitlarining o’zgarishi va har doim 
chiroyli ko’rinishga intilish transformer-kiyimlar yaralishiga asos bo’luvchi shartlardir. 
Transformatsiyalanuvchi obyekt “qayta konstruksiyalanish” asosida yangi estetik va 
kostruktruktiv holatni olishga qodir bo’ladi. Transformatsiyalanuvchi kiyim – bu turli 
buyum ko’rinishlariga aylana oladigan yoki xususiyatlarini o’zgartira oladigan 
harakatlanuvchi tuzilma [3].
Transformatsiya – bu ma’lum buyumning mavjud xususiyatlari, shakli, 
ko’rinishining o’zgarishi, almashinishi. Bu obyektning mavjudlik yoki ekspluatatsiya 
jarayonida o’zining dastlabki shakl va parametrlarini o’zgartira olish xususiyatidir [2,3]. 
Transformer kiyim
 
– bir kiyimni bir necha vaziyat uchun almashtirib kiyish, yagona 
nusxadagi kiyimning ko'plab variantlarini yaratishdir (5-rasm). 
5-rasm. Lidiya Silvestr. Infinity dress – cheksiz ko’ylak 1970-y. 
Transformatsiyalanuvchi kiyimlar loyihalashning turli usullari mavjud. Ular 
quyidagicha [4]: 

“cho’zilish-qisish” – transformatsiyalanish buyum chiziqli o’lchamlarining 
o’zgarishi hisobiga amalga oshadi, bu usulda yuqori elastiklikka ega bo’lgan 
matolarni qo’llash tavsiya etiladi; 


203 

“ajratish-qo’shish” – alohida yechiluvchi detallarni qo’llash hisobiga 
yangicha ko’rinish olish (jiletga yeng o’rnatish hisobiga kurtkaga aylanish); 

“tartibga solish-yig’ish” – turli fiksatorlar, bretel, xlyastik va boshqalar 
hisobiga uzunlik, shakl, yopishish darajasini o’zgartirish; 

“o’rash-yoyish” – buyum alohida elementlarining hajm va shakllarini 
o’rash-yoyish hisobiga o’zgarishi. Masalan, yeng uzunligi, yoqa hajmi kabilar; 

“yo’qolish-paydo bo’lish” – buyumning maxsus “cho’ntaklari”dan alohida 
elementlar yoki detallarning paydo bo’lishi, masalan, yig’iluvchi kapyushon.

“almashtirish” – bir elementning yechilib, o’rniga boshqa element ulanishi, 
masalan, uzun yeng o’rniga kalta yeng; 

“o’girish” – teskari o’girish hisobiga buyumning yangicha ko’rinishiga 
erishish; 

“ko’chirib o’tkazish” – buyumning joylashuv chiziqlarini o’zgartirish, 
masalan, yelka chizig’idan bel chizig’iga. 
Quyidagi transformatsiyalash metodlari mavjud: 

Yassi bichim metodi. 

Modulli metod. 

Kinetizm. 

Kombinatoriyali metod 
Transformatsiyaning afzalligi sifatida birinchi navbatda uning ko’pfunksiyaliligi va 
turli faoliyat doiralarida qo’llanilishini ta’kidlash lozim. Masalan, qutqaruvchilar, 
shifokorlar, o’t o’chiruvchilar, sportchilar faoliyati uchun mos keladi. Lekin shunga 
qaramay, transformatsiyalanuvchi kiyimning kundalik hayotdagi ahamiyati ham oz emas. 
Garderobida hech bo’lmasa bitta shunday kiyimi mavjud bo’lgan odamning hayoti 
birmuncha yengillashishi tayin.
Transformatsiyalanuvchi kiyim shuningdek turizm uchun ham ayni muddaodir. Har 
bir sayohatchi yo’l sumkasidagi buyumlarning har bir grammi qanchalik ahamiyatli 
ekanligini juda yaxshi biladi [5]. Shuning uchun ham bagaj og’irligini va 
ekspluatatsiyasini yengillashtiruvchi bunday kiyimlar juda qulay.
Qulaylik va funksionallikdan tashqari transformatsiyalanuvchi kiyim sayyoraning 
ekologik holatiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Sayyoraning ifloslanishi to’g’ridan-to’g’ri 


204 
kiyim ishlab chiqarish masshtabi va darajasiga bog’liq. Shuning uchun ham kiyimning 
ko’pfunksiyali bo’lishi va bir model o’zida bir nechta obrazlarni jamlay olishi odamlarni 
doimiy ravishda garderobini to’ldirish ehtiyojidan saqlaydi. Natijada insonlarda 
mas’uliyat va javobgarlik fazilatlari ham tarbiyalanib boradi. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə