13-Ma’ruza Mavzu. Smart texnologiyalar Reja


Smart - texnologiyada maqsad mezonlariga qo’yiladigan savollarga javoblar



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə4/4
tarix31.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114610
1   2   3   4
13-ma\'ruza

Smart - texnologiyada maqsad mezonlariga qo’yiladigan savollarga javoblar

Shunday qilib, «Smart» — bu atrof muhit bilan o’zaro ta’sirda namoyon bo’ladigan sistema yoki jarayonni hossasidir va qobiliyati bilan sistema jarayonga:
tashqi muhitdagi o’zgarishga tez javob berish;
o’zgarish qilinayotgan shartlarga moslashish;
mustaqil rivojlanish va o’zini-o’zi nazorat qilish;
natijaga samarali erishishga imkoniyat beradi.

«Smart»ning tayanch xossasi atrof-muhit bilan o’zaro ta’sir etish va unga moslashish qobiliyatidir. Uning ushbu xususiyati mustaqil qiymatga ega va shahar, universitet, ta’lim, texnologiya, jamiyat va ko’pgina boshqa kategoriyalarga qo’llanishi mumkin.


Nima uchun ushbu maxsus xususiyatlar «Smart» so’zi bilan belgilanadi? So’zma – so’z tarjimasi “Smart” – «Aqlli» degan ma’noni anglatishini yuqorida ko’rdik. Lekin ingliz tilida, kamida ikkita boshqa aqlni egallashni belgilaydigan “clever” va “intelligent” umumiy foydalanadigan so’z mavjud. Aqlni ifodalaydigan barcha uchta so’zdan, eng chuqur ma’no beradigani “intelligent” dir. Huddi shu so’z chuqur xulosa qilish, shuningdek, ratsional fikrlash va xulqga qandaydir boshlang’ich qobiliyat (inborn-tug’ma, inherent-tabiiy) imkoniyatini beradi. Bu yerda Smart nafaqat intellektual harakatlarni amalga oshirish qobiliyatini, balki tashqi go’zallikni ham belgilaydi. Ana shuning uchun ham turli gadjetlarga (Gаdjet - inson faoliyatini yengillashtirish va takomillashtirish uchun mo’ljallangan dasturlar asosida ishlovchi qurilma) nisbatan Smart tushunchasi yaxshi ishlaydi: u estetika, ergonomika va intellektual funksiyalar orasidagi aloqa haqidagi tasavvurni ifodalaydi. Shu paytni o’zida, “Aqlli” kabi qabul qilinadigan Smart-texnologiyalardan, oqilona hulqning imitatsiyasi kutiladi. Mos holda Smart-texnologiyadan biz foydalanish qulayligi bilan birga ba’zi intellektual funksiyalarga qobiliyatni kutamiz. Shuning uchun, sun’iy intellekt va Smart-texnologiyani tenglashtirish mumkin emas.
“Smart - texnologiya” tushunchasi yaqindagina ommalashdi. Undagi “Smart” so’zi 40 yil muqaddam ma’lum bo’lgan. Dastlab atama aerokosmik tadqiqotlarda paydo bo’lib, boshqa fan sohasidan olingan.
Smart-texnologiyalar – o’zaro ta’sir va tajriba almashish negizida proseduralarga uzatiladigan, avvallari axborot va bilimlarga asoslangan texnologiyalardir.
Dastlab “Smart-tuzilish“ konsepsiyasi, uni yaratish uchta: yangi materialga o’tish, materiallarning yangi xususiyatlarini foydalanish va elektronika va axborot texnologiyalari sohasida muvaffaqiyatlar kabi tendensiyalar bilan mustahkamlanadigan aerokosmik texnologiya kontekstida eslatilgan [3], [4].
Smart-texnologiyalar intellektual sistemalarni «vizuallashtirishdan» iborat. Demak, ularning “Aqlligi” uchun intelletual sistemalar asosida yotgan chegaralarni qo’yish mumkin. Bunday chegaralar qatoriga, xatto sistema “o’rgatuvchi” (agar, bu neyrokompyuterli sistema bo’lmasa) bo’lgan holda ham, uni o’qitish yo’lini chegaralaydigan ishning algoritmiklik tabiati kirishi mumkin. Intellektual sistemalar axborotni izlash va tizimlashtirish bo’yicha juda ko’p amallarni avtomatlashtiradi, lekin albatta, inson intellekti talab qilinadigan intellektual vazifalarni bajarmaydi.
Smart texnologiyalar o’rab turgan atrof muhitda o’zgarishlarga obyekt yoki jarayonni bir onda moslashtirishga imkoniyat beradigan xususiyat sifatida, zamonaviy ijtimoiy rivojlanishda, ayniqsa, ta’lim jarayonida alohida ahamiyat kasb etmoqda. Smart-ta’limning yangi konsepsiyasini shakllanishi, ta’lim tizmida yangi iqtisodiy va ijtimoiy samaralarga erishish va yangi samaradorlik olishga imkoniyat beradigan axborot va kommunikasiya texnologiyalarining yutuqlariga asoslanadi. Smart-ta’lim paradigmasini asta-sekinlik bilan shakllanishini doimiy ravishda Smart-ta’lim va Smart-o’qitish mazusidagi anjumanlarni o’tishi tasdiqlamoqda.
«Ta’lim – ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan va inson, oila, jamiyat va davlat manfaatlarida amalga oshiriladigan yagona maqsadga yo’naltirilgan tarbiya va ta’lim jarayonidir, shuningdek insonning intellektual, ma’naviy, axloqiy, ijodiy, jismoniy va (yoki) kasbiy rivojlanishi uchun, uning ta’lim ehtiyojlari va qiziqishlariga javob beradigan ma’lum bir miqdor va murakkablikning erishiladigan bilimlari, ko’nikmalari, qobiliyatlari, qadriyatlari, faoliyat tajribalari va kompetensiyalari yig’indisidir» [4].
Shuni qayd etish lozimki, ta’lim – bu inson, oila, jamiyat va davlat manfaatlari yo’lida amalga oshiriladigan jarayondir. So’nggi yillarda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdagi, AKTning turli sohalarga keng tarqalishi, shu munosabat bilan hamma joyga “bosimi ostida” inson, oila va jamiyatning o’ziga xosligi o’zgarmoqda. Shunday qilib, “Aqlli” mulk, iqtisodiyot, ishlab chiqarish texnologiyalari va ilm - fandagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda, individual va jamiyatning talab va ehtiyojlariga mos keladigan ta’limni rivojlantirish uchun zarurdir.
Smart – ta’lim – mohiyat jihatdan yangi ta’lim muhitidir; butun jahon bilimlarni foydalanish va passiv kontentdan faol kontentga o’tish uchun o’qituvchi, mutaxassis va talabalarning kuchlarini, ya’ni ta’lim faoliyatini birlashtirishdir.
Smart-ta’lim - umumiy standart, texnologiyalar va o’quv yurtining tarmog’i va professor-o’qituvchilar tarkibi orasidagi kelishuvlar negizida internetda ta’lim faoliyatini tashkil etishdan iboratdir.
Smart – o’quv jarayoni - innovasiyalar va internetdan foydalanish asosida tashkil etilgan ta’lim jarayonidir; u tizimli ko’p o’lchovli ko’rish va ko’p aspektliligi va yangilanishining uzluksizligini e’tiborga olgan holda predmetlarni o’rganish asosida kasbiy kompetensiyalar egallashga imkoniyat beradi.
“Aqlli ta’lim”ning asosiy tamoyillari sifatida quyidagilarni olish mumkin[3]:
1. Ta’lim muammolarini hal qilish uchun ta’lim dasturida tegishli ma’lumotlardan
foydalanish. Ta’limda axborot oqimining tezligi va hajmlari hamda har qanday kasbiy faolit jadal sur’atlar bilan o’sib bormoqda. Talabalarni amaliy mashg’ulotlarni o’tishga, haqiqiy vaqt sharoitida ishlashga tayyorlash uchun namunalar va modellardan foydalanmasdan mavjud o’quv materiallarni haqiqiy vaqtda uzatilayotgan mayeriallar bilan to’latish lozim.
2. Talabalarning o’zini – o’zi anglash, ilmiy tadqiqot, loyihalash ishlarini tashkil etishda foydalanish. Ushbu tamoyil kasbiy masalalarni yechish uchun ijodiy izlanishga, mustaqil axborot va tadqiqot faoliyatiga tayyor bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash asosidir.
3. Taqsimlangan o’quv muhitida o’quv jarayonini amalga oshirish. O’quv muhitini universitet hududi yoki masofali o’qitish tizimi chegaralari bilan cheklanmaydi. O’quv jarayoni uzluksiz bo’lishi kerak, jumladan, kasbiy faoliyat vositalaridan foydalanib, kasbiy muhitda o’qitishni o’ziga olishi kerak.
4. Talabalarning kasbiy jamoa bilan o’zaro aloqasi. Kasbiy muhit nafaqat mutaxassislarni tayyorlash uchun mijozlar, balki o’quv jarayonining faol ishtirokchisiga aylanmoqda. AKT talabalarga kasbiy jamoalar ishida ishtirok etish bo’yicha yangi imkoniyatlar yaratib beradi va mutaxassislar tomonidan muammolarni hal etishni kuzatishga imkoniyatlar beradi
5. Ta’lim egiluvchan trayektoriyalari, ta’limni yakkalashtirish. Ta’lim tizimiga ishlayotgan fuqarolarni jalb etish, kasbiy faoliyat turlarini tez-tez almashish, texnologiyalarni jadal rivojlanishi hisobiga ta’lim sohasi sezilarli darajada kengaymoqda. Universitetlarga kelayotgan talabalar, odatda o’zlarining ta’limdagi extiyojlarini yaxshi anglaydilar va ifodalaydilar. Universitetning vazifasi – talabaning ehtiyojlari va imkoniyatlariga mos holda ta’lim xizmatlarini ta’minlashdan iboratdir.
Ta’lim faoliyatining xilma-xilligi talabalarni ta’lim dasturlari va kurslariga o’qitish, o’quv jarayonida asbob-uskunalardan foydalanish, ularning salomatliklariga, moddiy va ijtimoiy sharoitlarga mos ravishda imkoniyatlarni taqdim etishni talab qiladi.
“Aqlli ta’lim” – bu yangi ta’lim tizimining asosini tashkil etadigan shunday
ta’lim paradigmasi bo’lib, u aqlli axborot texnologiyalaridan foydalanish orqali ta’lim jarayonini mos ravishda amalga oshirishni ko’zda tutadi. Aqliy ta’lim paradigmasini amalga oshirilishi o’zgaruvchan ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik muhit bilan egiluvchan va moslanuvchan ta’sir o’tkazish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va kompetentlikni olish uchun o’qitish va ta’lim jarayonini shaklantirishga qaratilganligini belgilash maqsadga muvofiqdir. Ushbu komponentalarga aqlli ta’lim o’lchovlari deb nom berilgan. Aqlli ta’lim o’lchovlari qatoriga: texnologik, tashkiliy, pedagogik kabi uchta o’lchovni kiritish mumkin.
Shakllanayotgan Smart – ta’lim sistemasi o’zining universalligi bilan: kunduzgi tizimda – talabalarning mustaql ishlarini sifatli va samarali tashkil etishda; masofali o’qitishda – ishlayotgan talabalarga bilim berishda; mutaxasisslarni malakalarini oshirishda; aholining umumiy norasmiy ta’lim tizimida muvaffaqiyatli foydalanilishi mumumkin.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə